25.11.2019 yildagi 950-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.04.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyatida intensiv texnologiyalarga asoslangan bogʻ va tokzorlar barpo etish loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga zamonaviy bozor munosabatlarining tatbiq etilishini taʼminlash, 2019-2020-yillarda Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston, Oltiariq va Quva tumanlarida, shuningdek, Quvasoy shahrida intensiv texnologiyalarga asoslangan, eksportbop navli bogʻ va tokzorlar barpo etish loyihasini samarali amalga oshirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Fargʻona viloyati hokimligi hamda loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan mahalliy operator — “Green control” masʼuliyati cheklangan jamiyatining:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-2020-yillarda Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston, Oltiariq, Quva, Qoʻshtepa tumanlarida, shuningdek, Quvasoy shahrida 2000 gektar yer maydonida dastlabki qiymati 38,6 mln. AQSh dollariga teng boʻlgan intensiv texnologiyalarga asoslangan, eksportbop navli bogʻ va tokzorlarni tajriba tariqasida aksiyadorlik jamiyati orqali barpo etish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-apreldagi 180-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2021-y., 09/21/180/0281-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish uchun Fargʻona viloyati Fargʻona shahrida aksiyadorlik jamiyati shaklidagi tadbirkorlik subyektini taʼsis etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalini Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligiga — 13 foiz, Fargʻona viloyati hokimligiga — 2 foiz, mahalliy va xorijiy investorlarga — 85 foiz miqdorida taqsimlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-apreldagi 180-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2021-y., 09/21/180/0281-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fargʻona viloyati hokimligi loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yer maydonini bir oy muddatda belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi hamda Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligining aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitalidagi ulushlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamda Fargʻona viloyati hokimligiga istisno tariqasida, aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitalidagi davlat paketlari boʻyicha aksiyador huquqlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining yirik shaharlarida loyiha taqdimotlarini oʻtkazish, aholi va tadbirkorlik subyektlarining boʻsh turgan mablagʻlarini loyihani amalga oshirishga jalb etish, mablagʻlardan maqsadli va samarali ishlatilishi taʼminlash maqsadida auditorlik va konsalting xizmatlari koʻrsatuvchi dunyoning “katta toʻrtligi”ga kirgan kompaniyalardan birini jalb etish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda intensiv texnologiyalarga asoslangan bogʻ va tokzorlarni aksiyadorlik jamiyati orqali barpo etish natijalariga koʻra, 2020-yil 1-dekabrga qadar mazkur loyihani respublikaning boshqa hududlariga tatbiq etish toʻgʻrisida asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 25-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
950-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2019-y., 09/19/950/4072-son; 03.04.2021-y., 09/21/180/0281-son)