Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.03.2021 23.11.2019 yildagi 942-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.03.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi “Gʻoʻza urugʻchiligi markazi” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-martdagi 158-sonli “Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning tuproq-iqlim sharoitiga mos gʻoʻzaning serhosil, ertapishar va kasalliklarga chidamli istiqbolli navlarini yaratish, yangi va istiqbolli gʻoʻza navlarining urugʻchilik ishlarini olib borish hamda elita va urugʻchilik xoʻjaliklarini yuqori sifatli original urugʻlik chigit bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent davlat agrar universiteti huzurida boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 22 nafardan iborat “Gʻoʻza urugʻchiligi markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda ekilgan yangi, istiqbolli va rayonlashgan gʻoʻza navlari boʻyicha monitoring hamda keng sinovdan oʻtkazish ishlarini tashkil etish, Markazga ajratilgan yer maydonlarida toʻliq seleksion sxema asosida yangi gʻoʻza navlari seleksiyasi boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va rayonlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga ajratilgan yer maydonlarida toʻliq seleksion sxema asosida gʻoʻzaning yangi navlarini yaratish va rayonlashtirish, qishloq xoʻjaligining turli ekinlari urugʻchiligini tashkil etgan holda almashlab ekish tizimini joriy etish va agrotexnologiyasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlarining yuqori avlodli urugʻliklarini yetishtirish boʻyicha ilmiy asoslangan uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki elita-urugʻchilik xoʻjaliklarida koʻpaytirilayotgan ertapishar, tola hosili va sifati yuqori boʻlgan yangi va istiqbolli gʻoʻza navlarining original urugʻlarini yetishtirish, urugʻchilik xoʻjaliklarida koʻpaytirilayotgan yangi va istiqbolli gʻoʻza navlari orasidan Toshkent viloyatining iqlim sharoitiga mos, ertapishar, tola hosildorligi va sifati yuqori boʻlgan gʻoʻza navlaridan yetarli miqdorda urugʻlik material yetishtirishni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi urugʻchilik klastyerlari hamda urugʻchilik xoʻjaliklarini belgilangan tartibda yuqori sifatli original urugʻlik chigit bilan taʼminlash, urugʻlik gʻoʻzalarining genetik (navdorlik) tozaligini baholash, sinovlardan oʻtkazish hamda ekinboplik sifatlarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari rahbarlari va paxta-toʻqimachilik klastyerlari mutaxassislari uchun seminar-treninglar tashkil etish, bakalavr, magistr, doktorantlarning amaliyoti hamda ilmiy tadqiqotlarini oʻtkazish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi elita laboratoriyalari va urugʻchilik xoʻjaliklarining texnik laborantlari hamda urugʻchi agronomlarini qayta tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajariladigan loyihalar hamda xalqaro tashkilotlarning grantlari tanlovida ishtirok etish, sohaga doir dolzarb ilmiy-tadqiqot mavzularini asoslash va tanlovlarda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻlik paxta va urugʻlik chigitlarning zamonaviy talablarga muvofiqligini taʼminlash, xalqaro standartlar hamda texnik reglamentlarni faol joriy etish yoʻli bilan tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohaga ilgʻor xorijiy tajribalar, ilmiy, innovatsion ishlanmalarni joriy qilish hamda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish boʻyicha xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik oʻrnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻlik paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklariga belgilangan tartibda ajratiladigan ustama haqlardan kelishuvga asosan olinadigan oʻtkazmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, xorijiy va mahalliy tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Markazda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda zarur boʻlgan zamonaviy laboratoriya jihozlari va asbob-uskunalarini xarid qilish uchun Toshkent davlat agrar universitetiga 12,5 mlrd soʻm mablagʻ ajratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati joriy yil yakuniga qadar ushbu maqsadlar uchun qoʻshimcha 7,5 mlrd soʻm mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, Markaz direktori Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan holda Toshkent davlat agrar universiteti rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent davlat agrar universiteti bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan holda Markazning tuzilmasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning ustavini, shuningdek, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazni yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy kadrlar bilan toʻldirish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent viloyati hokimligi oʻn kun muddatda Markazda tajriba sinovlarini oʻtkazish uchun viloyat hududidan 50 gektar sugʻoriladigan yer maydonining belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov hamda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 23-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
942-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/942/4609-son)