21.11.2019 yildagi 939-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasini amalga oshirishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasi ratifikatsiya qilinganligi munosabati bilan hamda Konvensiya qoidalaridan kelib chiqadigan Oʻzbekiston Respublikasining huquqlarini amalga oshirish hamda majburiyatlari samarali bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasi (keyingi oʻrinlarda Konvensiya deb ataladi) amalga oshirilishi uchun masʼul vakolatli organ etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiya qoidalari amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha vazirliklar va idoralar, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiya boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy harakatlar rejasini oʻz vaqtida ishlab chiqish va muntazam ravishda yangilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiya talablarini bajarish masalalari boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan samarali hamkorlik qilishni taʼminlash yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konvensiya qoidalarini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ haqida Konvensiyaning Kotibiyatiga tegishli xabarnoma yuborsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 21-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
939-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/939/4048-son)