21.11.2019 yildagi 924-son
ONLINE TRANSLATE
Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
Hujjat 29.12.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va unga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil yoʻllari sohasini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va unga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respubikasi Moliya vazirligi va Transport vazirligining yuridik shaxs tashkil etmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va unga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 21-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
924-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 924-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish, boshqarish va undan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) gʻaznachilik hisobvaraqlarida jamlanadi hamda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma avtomobil yoʻllari sohasida loyihalash, qurish, qayta qurish, taʼmirlash va saqlash ishlarini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik, texnologik ishlarni qoʻllab-quvvatlash, avtomobil yoʻllarida xavfsizlikni taʼminlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, intellektual tizimlar, texnik vositalar va dasturiy mahsulotlarni keng joriy etish, avtomobil yoʻllari sohasiga malakali mutaxassislarni jalb etish hamda Qoʻmita va unga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining kirganligi va tranzit oʻtishi uchun yigʻimning 80 foizi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ogʻir yukli va katta hajmli transport vositalarining umumiy foydalanishdagi yoʻllar boʻylab yurishi uchun toʻlovning 100 foizi (qatnov yoʻlini kelishib olish va yurishga ruxsatnomani rasmiylashtirish, transport vositasi umumiy haqiqiy vaznining yoʻl qoʻyiladigan umumiy vazndan oshib ketganligi, gʻildirak oʻqi haqiqiy yuklamalarining yoʻl qoʻyiladigan yoʻl konstruksiyalaridan oshib ketganligi hamda transport vositasi hajmlarining oshib ketganligi uchun toʻlov);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tegishli ruxsatnomasiz ogʻir vaznli, yirik gabaritli, xavfli yuklarni tashish va yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit oʻlchamlari belgilangan normalardan ortiq boʻlgan transport vositalarida yoʻlga chiqish uchun undiriladigan jarimalar summasining 100 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining, shuningdek, boshqa xorijiy donorlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushgan daromadlar boʻyicha tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamgʻarma mablagʻlari Qoʻmita raisi yoki uning majburiyatlarini bajaruvchi shaxs tomonidan boshqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish uchun taqdim etilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalar va tajriba-konstruktorlik ishlari loyihalari (keyingi oʻrinlarda loyihalar deb ataladi) Qoʻmitaning tarmoq Ilmiy-texnik kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqilgan texnologiyalarni tajriba-sanoat sinovlaridan oʻtkazish, mahsulotning sinov partiyalarini chiqarishni va seriyali ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish va ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida buyurtmalar portfelini shakllantirish uchun Qoʻmita markaziy apparati tomonidan loyihalar Kengashga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash loyihalarning ilmiy-texnik ekspertizasini oʻtkazadi va loyihani Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishga qabul qilish yoki loyihani moliyalashtirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat boʻlganda, tegishli tarmoqda yetarli darajada bilim va malakaga ega boʻlgan olimlar yoki mutaxassislar ekspert sifatida jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash qarorlari koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va uning raisi imzolaydigan bayonnoma tarzida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoʻmita va unga idoraviy mansub korxonalar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va unga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamgʻarmaning mablagʻlari quyidagilarga sarflanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita markaziy apparati va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududiy boshqarmalari, shuningdek, “Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” UK hamda Respublika yoʻl jamgʻarmasi xodimlariga qoʻshimcha haqlar, ustamalar, mukofot pullari, moddiy yordam, ijtimoiy va boshqa toʻlovlarni toʻlash hamda ularni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita markaziy apparati xodimlarining mamlakat ichiga va undan tashqariga xizmat safari xarajatlarini toʻlash, yengil avtotransport vositalarini xarid qilish va saqlash, Qoʻmita va unga idoraviy mansub korxonalar rahbariyati uchun mobil aloqa xizmatlariga haq toʻlash, shuningdek, idoraviy mansub korxonalar xodimlarining mamlakat tashqarisiga xizmat safari xarajatlarini toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ofis jihozlari va mebellar, asosiy vositalar, inventarlar va tovar-moddiy boyliklarni xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
videokonferensiya tizimini oʻrnatish va saqlash, Qoʻmita va unga idoraviy mansub korxonalarda kompleks axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita va unga idoraviy mansub korxonalar xodimlarining davolanishi va tibbiy xizmat boʻyicha xarajatlarini qisman qoplash, shuningdek, sanatoriy, dam olish maskanlari va davolanish-sogʻlomlashtirish muassasalari, pansionatlar va boshqalarga yoʻllanmalarni xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl xoʻjaligi sohasidagi kam taʼminlangan oilalarni va faxriylarini ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun konsalting va boshqa tashkilotlardan xorijiy mutaxassislarni oʻrnatilgan tartibda shartnoma asosida jalb qilish hamda mahalliy mutaxassislarni, maslahatchilarni shartnoma asosida jalb qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl-qurilish faoliyati sohasidagi davlat ilmiy-texnik dasturlari bajarilishini moliyalashtirish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish, avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, taʼmirlash va yoʻl-qurilish materiallari hamda konstruksiyalarini ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish, mehnat samaradorligini oshirish, yoʻl-qurilish faoliyatini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratish sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalashtirish, ilmiy va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan yoʻl-qurilish faoliyati sohasidagi normalar va qoidalar ishlab chiqilishini moliyalashtirish, yoʻl-qurilish faoliyati sohasida ilmiy-texnik va ilmiy-metodik adabiyotlar (shu jumladan, davriy nashrlar) tayyorlash hamda chop etish, bu faoliyatni ilmiy-metodik va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlashni tashkil etish, yoʻl-qurilish faoliyati sohasidagi xalqaro koʻrgazmalar, yarmarkalar, tadbirlar, loyihalar va dasturlarda ishtirok etish, tarmoq xodimlarining malakasi oshirilishini va ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganishini tashkil etish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shu jumladan, chet mamlakatlarga va taʼlim muassasalariga amaliyotlarini tashkil etish, shuningdek, innovatsion loyihalar va zamonaviy texnologiyalar joriy etilishini ragʻbatlantirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada ilk bor ilmiy tadqiqotlar natijalari tekshiriladigan (ishlov beriladigan) eksperimental obyektlarni loyihalashtirish va qurishni ilmiy qoʻllab-quvvatlashga sarflanadigan ilmiy tashkilotlar va loyiha tashkilotlarining qoʻshimcha xarajatlarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-texnik simpoziumlar, konferensiyalar, seminarlar, treninglar, koʻrgazmalar, davra suhbatlari, amaliy mashgʻulotlar, mahorat darslariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish, ilmiy, normativ, metodik, texnik, texnologik hujjatlar va boshqa ilmiy-texnik axborot manbalarini xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitaga idoraviy mansub korxonalar tasarrufidagi maʼmuriy, ishlab chiqarish va boshqa bino hamda inshootlarni, shu jumladan, ijtimoiy obyektlarni (bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari, pansionatlar, dam olish maskanlari va boshqalar) qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash, shuningdek, ularni zarur inventar, jihozlar, aloqa, kompyuter va tashkiliy texnika bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqitishning ilgʻor shakllari va usullarini, kompyuter hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitaga idoraviy mansub korxonalarni zamonaviy laboratoriyalar, kompyuter va boshqa asbob-uskunalar hamda texnik vositalar bilan jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
risolalar, bukletlar, kitoblar, toʻplamlar va boshqa axborot-maʼrifiy materiallar ishlab chiqish hamda eʼlon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakillik xarajatlarini toʻlash va sovgʻalar xarid qilish, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan vaqtida xorijiy va xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda mutaxassislarini qabul qilish va ularga hamrohlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita va unga idoraviy mansub korxonalarning, shuningdek, Qoʻmitaga idoraviy mansub korxonalar ishtirokida tashkil etiladigan qoʻshma korxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning ustav fondlarini, aylanma mablagʻlarini shakllantirish va toʻldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita va unga idoraviy mansub korxonalar xodimlariga uy-joy va mahalliy ishlab chiqarilgan avtotransport vositalarini xarid qilish uchun kreditlarni rasmiylashtirishda uy-joy va avtotransport vositalari qiymatining 50 foizigacha boʻlgan miqdorda dastlabki badalni toʻlash uchun Qoʻmita tomonidan belgilanadigan tartibda foizsiz qarzlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik, texnologik ishlarni oʻtkazish bilan bogʻliq investitsiya loyihalarining texnik iqtisodiy asosi/texnik iqtisodiy hisobini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada zamonaviy landshaft dizayni elementlarini oʻzlashtirish, yoʻlboʻyi infratuzilma obyektlarini rivojlantirish sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribani joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yoʻli oʻqining maydonlarida vazn oʻlchovchi statsionar nazorat postlarini joylashtirish, ularni avtotransport vositalarining gabarit parametrlari va ogʻirliklarini oʻlchash uchun uskunalar bilan taʼminlash hamda maxsus avtomobillarda koʻchma vazn oʻlchov nazorat postini tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamgʻarmaning mablagʻlari Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlangan smetasi doirasida Qoʻmita raisining yoki uning majburiyatlarini bajaruvchi shaxsning qarori asosida sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoʻmita tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 924-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va unga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) va unga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududiy boshqarmalari, “Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” unitar korxonasi va Respublika yoʻl jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda boshqarmalar deb ataladi) xodimlariga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita tuzilmasidagi yoʻllardan muntazam foydalanish unitar korxonalari, tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonalari, koʻpriklardan foydalanish unitar korxonalari, “Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” unitar korxonasi tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xududiy korxonalari, “Doʻrmonavtoyoʻl” va “Qamchiqavtoyoʻl” ixtisoslashtirilgan yoʻllardan foydalanish unitar korxonalari, “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish Direksiyasi” davlat unitar korxonasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududiy boshqarmalari tarkibidagi “Mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonalari (keyingi oʻrinlarda tarkibiy korxonalar deb ataladi) xodimlariga (ishlab chiqarish xodimlari bundan mustasno) joriy qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xodimlar mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tadbirlarini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoʻmita, boshqarmalar va tarkibiy korxonalar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash, shuningdek, qoʻshimcha mehnat kafolatlari Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga, ushbu Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga, jamoa shartnomasiga va boshqa normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoʻmita, boshqarmalar va tarkibiy korxonalar xodimlarining lavozim maoshlari qonun hujjatlariga muvofiq mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasi asosida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning lavozim maoshi belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini Yagona tarif setkasining tegishli razryadi tarif koeffitsiyentiga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoʻmita va boshqarmalar xodimlari mehnatiga xaq toʻlash, mukofotlash va ularga moddiy yordam koʻrsatish quyidagi mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) budjet mablagʻlari hisobiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lavozim maoshlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yilda ikki oylik ish haqi fondi miqdoridagi mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yilda bir oylik ish haqi fondi miqdoridagi moddiy yordam mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan miqdor va tartibda davlat xizmatchilarining lavozim maoshiga mehnatni ragʻbatlantirish mablagʻlari (ragʻbatlantirish koeffitsiyenti);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga haq toʻlash fondining 15 foizi miqdorida shakllantiriladigan budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mukofotlari bilan taqdirlanganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdor va tartibda ragʻbatlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, budjetdan tashqari jamgʻarmalar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimning umumiy ish staji davomiyligidan kelib chiqib uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun lavozim maoshiga har oylik ustamalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bayram sanalariga mukofotlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat vazifalarini sidqidildan va samarali bajarganlik uchun yuqori malakali xodimlarning lavozim maoshlariga ustamalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oy va yil yakunlari boʻyicha mukofotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimning pensiyaga chiqishi munosabati bilan qimmatbaho sovgʻalar yoki pul mablagʻlari bilan taqdirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida ularning sogʻligini tiklash, ovqatlanish va transport xarajatlarini qoplash hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tarkibiy korxonalar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash, lavozim maoshlariga qoʻshimchalar va ustamalar, shuningdek, mukofotlar va boshqa barcha turdagi toʻlovlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita tarkibidagi yoʻllardan muntazam foydalanish unitar korxonalari, tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonalari, koʻpriklardan foydalanish unitar korxonalari, “Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” unitar korxonasi tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xududiy korxonalari, “Doʻrmonavtoyoʻl” va “Qamchiqavtoyoʻl” ixtisoslashtirilgan yoʻllardan foydalanish unitar korxonalari — avtomobil yoʻllarini saqlash va koʻkalamzorlashtirish xarajatlariga ajratilgan mablagʻlar limiti doirasida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish Direksiyasi” davlat unitar korxonasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hududiy boshqarmalari tarkibidagi “Mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonalari — buyurtmachilik funksiyasini bajargan ish xajmlaridan belgilangan tartibda ajratiladigan ajratmalar hisobidan korxona rahbarlari tomonidan jamoa shartnomalarida, shuningdek, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilgan boshqa lokal hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarni mukofotlash va xodimlarga beriladigan qoʻshimcha va ustamalar belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlar davlat mukofotlari, faxriy unvonlar bilan taqdirlanganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda ragʻbatlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xodimlarni mukofotlash, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoʻmita, boshqarmalar va tarkibiy korxonalarning xodimlariga uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga foiz miqdorida har oyda quyidagi miqdorlarda ustamalar toʻlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoʻmita, boshqarmalar va tarkibiy korxonalar xodimlariga bayram sanalarida — Yangi yil bayrami, Xotin-qizlar kuni, Navroʻz bayrami, Xotira va qadrlash kuni, Mustaqillik kuni, Oʻqituvchi va murabbiylar kuni, Konstitutsiya kuni, diniy bayramlarda (“Roʻza hayit” (Iyd al-Fitr) va “Qurbon hayit” (Iyd al-Adha) hamda kasb bayramida oylik lavozim maoshining ragʻbatlantirish koeffitsentini hisobga olgan holda bir barobari miqdorida mukofot beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoʻmita, boshqarmalar va tarkibiy korxonalarning xizmat vazifalarini sidqidildan va samarali bajarib kelayotgan yuqori malakali va tashabbuskor xodimlariga lavozim maoshining ragʻbatlantirish koeffitsentini hisobga olgan holda 50 foizgacha ustamalar toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustamaning aniq miqdori tegishliligi boʻyicha belgilangan tartibda Qoʻmita, boshqarmalar va tarkibiy korxonalar rahbari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoʻmita, boshqarmalar va tarkibiy korxonalar xodimlariga ish koʻrsatkichlarining bajarilishiga qarab, lavozim oylik maoshining ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda har oy yakuni boʻyicha 100 foizgacha va yil yakuni boʻyicha ikki barobari miqdorida mukofotlar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoʻmita, boshqarmalar va tarkibiy korxonalar xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish va ularning mehnati samaradorligini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda transport xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir barobarigacha;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobarigacha;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun xodimlarga bir yilda bir marotaba bazaviy hisoblash miqdorining oʻn barobarigacha boʻlgan miqdorda toʻlovlar amalga oshiriladi.
(11-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kasaba uyushmasi tashkiloti bilan kelishilgan holda Qoʻmita, boshqarmalar va tarkibiy korxonalar xodimlariga va (yoki) ularning oila aʼzolariga quyidagi holatlarda bazaviy hisoblash miqdorining oʻn barobarigacha boʻlgan miqdorda moddiy yordam beriladi:
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim vafot etganda — bunda moddiy yordam xotiniga (eriga) toʻlab beriladi, agar xodimning xotini (eri) boʻlmasa, moddiy yordam farzandlariga yoki qonuniy vakillariga (vasiylari va homiylariga) yoxud ularning voyaga yetmagan farzandlarini asrab olgan shaxslarga toʻlab beriladi, shuningdek, xodim turmush qurmagan boʻlsa, moddiy yordam ota-onasi yoki boqimandalar oʻrtasida teng ulushlarda taqsimlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50, 55, 60 (yubiley) yoshi munosabati bilan, pensiyaga chiqqanda, xodimning oʻzi, shuningdek uning farzandlari turmush qurganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaqin qarindoshi vafot etganda, vafoti toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi taqdim etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida zaruratga koʻra (baxtsiz hodisa, falokat, uzoq muddatli kasallik sababli davolanish va boshqa holatlarda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qoʻmita, boshqarmalar va tarkibiy korxonalar xodimlariga davolanish muassasalariga, dam olish, sanatoriylar, pansionatlar, turizm bazalari va bolalarni sogʻlomlashtirish muassasalariga yoʻllanmalar qiymatining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorida bir yilda bir martalik kompensatsiya toʻlovi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishni taʼminlash yuzasidan masʼuliyat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qoʻmita, boshqarmalar va tarkibiy korxonalar rahbarlari va bosh buxgalterlari xodimlar mehnatini normalash va hisobga olishning tashkil etilishi, lavozim maoshlari va tarif stavkalarining toʻgʻri belgilanganligi, ushbu Nizomda nazarda tutilgan qoʻshimchalar, ustamalar va mukofotlar toʻgʻri hisoblab chiqilganligi, mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanganligi uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qoʻmita, xududiy boshqarmalar va tarkibiy korxonalarni moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq tegishli manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar kiritishda xolis yondashuv taʼminlanadi va ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 924-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yigʻimlarni undirish milliy valyuta “soʻm”da naqd pulsiz shaklda yoki tijorat banklari tomonidan bevosita bojxona postlarida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov kunidagi kursi boʻyicha naqd pul shaklida amalga oshiriladi, olingan mablagʻlarning 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hisob raqamiga, qolgan 80 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisob raqamiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Belgilab qoʻyilsinki, xorijiy mamlakatlarning ogʻir yuk koʻtaruvchi va katta hajmli transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab yurishidan tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisob raqamiga oʻtkaziladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yoʻllari infratuzilmasini yanada rivojlantirish va yoʻl harakatini tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 26-iyuldagi 584-son qarori 7-bandining “v” kichik bandi hamda 8-bandining uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/924/4055-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 16.10.2023-y., 07/23/330/0776-son; 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son; 10.01.2025-y., 09/25/901/0019-son; 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)