Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar, kengashlar va ishchi guruhlar)ning Oʻzbekistonga oid qismlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4331-son va 2019-yil 24-maydagi “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sugʻurta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4337-son qarorlariga muvofiq, shuningdek, davlat aktivlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 22-noyabr,
PF-5881-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-noyabrdagi PF-5881-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari asosida eksport qilinadigan buyumlar va mahsulotlar roʻyxatining rus tilidagi matni “Kod TN VED” ustunida:
1-pozitsiyadagi “0101 — 0105” raqamlari “0101 — 0105 (krome 010511, 0105940000)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-pozitsiyadagi “0208 90 700 0” raqamlari “0208 90 700 0, 0209” raqamlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-avgustdagi PF-5515-son Farmoni bilan tasdiqlangan Toshkent shahrining boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning rus tilidagi matni 31-pozitsiyasi “Naimenovaniye meropriyatiy” ustuni uchinchi xatboshisidan “na usloviyax gosudarstvenno-chastnogo partnerstva” soʻzlari chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar va kengashlar)ning Oʻzbekistonga oid qismlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2732-son qarorining rus tilidagi matnida:
a) nomlanishidan “i uzbekskix chastey mejpravitelstvennix komissiy (komitetov i sovetov) po dvustoronnemu sotrudnichestvu s zarubejnimi stranami” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) muqaddimada:
ikkinchi xatboshidan “i uzbekskix chastey mejpravitelstvennix komissiy (komitetov i sovetov) po dvustoronnemu sotrudnichestvu s zarubejnimi stranami” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidan “i uzbekskiye chasti mejpravitelstvennix komissiy” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 1-bandning birinchi xatboshisidan “i uzbekskix chastey mejpravitelstvennix komissiy (komitetov i sovetov) po dvustoronnemu sotrudnichestvu s zarubejnimi stranami (daleye — uzbekskiye chasti mejpravitelstvennix komissiy)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) 2-bandning toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
d) 3-bandning birinchi xatboshisidan “i uzbekskiye chasti mejpravitelstvennix komissiy” soʻzlari chiqarib tashlansin;
e) 4-banddan “i predsedateli uzbekskix chastey mejpravitelstvennix komissiy” soʻzlari chiqarib tashlansin;
j) 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “Respublika iqtisodiyotiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4300-son qaroriga 1-ilovaning “Oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoati” boʻlimi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 06/19/5881/4045-son)