Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.01.2019 29.01.2018 yildagi Қ-88-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.01.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat ichimlik suv taʼminoti tariflariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Surxondaryo viloyati hokimining 2019-yil 30-martdagi Q-130-sonli “Viloyatdagi ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari uchun belgilangan maxsus ustama haq miqdorlariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5017-sonli Farmoni hamda 2017-yil 18-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2900-sonli qaroriga asosan “Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi”ning moliyaviy manbasini shakllantirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2017-yil 15-dekabrdagi 05/1-804-sonli topshirigʻi ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2017-yil 15-dekabrdagi 05/1-804-sonli topshirigʻi rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyat moliya bosh boshqarmasi (B. Xudoyberganov), Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi (E. Eshkeldiyev), viloyat “Suvoqova” DUK (Yu. Mengliyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-yanvardan boshlab, isteʼmolchilarga yetkazib berilayotgan ichimlik suv taʼminoti tarifiga 20 soʻm miqdorda maxsus ustama haq miqdorini xarajatlar tarkibiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Suvoqova” DUK (Yu. Mengliyev) 2018-yil 1-yanvardan boshlab xizmat koʻrsatuvchi banklarda maxsus hisob-varaq (226260.,.)da toʻplangan maxsus ustama haq mablagʻlarini har oyda uch marta, yaʼni har 10 bank ish kunida quyidagi Moliya vazirligining gʻaznachilik hisob-raqamiga oʻtkazib borilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23402000300100001010 Toshkent shahar MB XKKM, MFO 00014, STIR 201122919;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi hisob-varaqasi 401010860262667950100110001 STIR 304931516 OKED 84111.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Suvoqova” DUK (Yu. Mengliyev) ichimlik suvi korxonalari, xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari rahbarlari bilan birgalikda uy-joy kommunal xujaligini rivojlantirish jamgʻarmasi hisob-varaqasiga oʻtkazish toʻgʻrisida bank xizmat koʻrsatish shartnomasiga tegishli qoʻshimchalar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorni ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari A. Amirov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimi E. TURDIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termiz sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 29-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Q-88-son