Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining qarori, 12.11.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3196
Кучга кириш санаси
12.11.2019
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 28.07.2021 sanasi holatiga | Joriy versiya |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining |
Qarori | Qarori |
Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatini yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatini uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida | Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatini yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatini uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida |
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 12-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3196] | [Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 12-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3196] |
Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati qaror qiladi: | Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati qaror qiladi: |
1. Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatini yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatini uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | 1. Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatini yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatini uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. |
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin. | 2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin. |
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. | 3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. |
Bosh prokuror N. YOʻLDOSHEV | Bosh prokuror N. YOʻLDOSHEV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2019-yil 23-oktabr, | 2019-yil 23-oktabr, |
52-son | 52-son |
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV | Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2019-yil 23-oktabr, | 2019-yil 23-oktabr, |
82-son | 82-son |
Davlat xavfsizlik xizmati raisi A. AZIZOV | Davlat xavfsizlik xizmati raisi A. AZIZOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2019-yil 23-oktabr, | 2019-yil 23-oktabr, |
27-son | 27-son |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining 2019-yil 23-oktabrdagi 52, 82, 27-son qaroriga 1-ILOVA | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining 2019-yil 23-oktabrdagi 52, 82, 27-son qaroriga 1-ILOVA |
Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatini yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatini uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining hamkorligi tartibi toʻgʻrisida | Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatini yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatini uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining hamkorligi tartibi toʻgʻrisida |
NIZOM | NIZOM |
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 421-moddasiga muvofiq sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatini yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatini (bundan buyon matnda ijro hujjati deb yuritiladi) uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxsning (bundan buyon matnda qarzdor deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (bundan buyon matnda Majburiy ijro byurosi deb yuritiladi), Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari (bundan buyon matnda Chegara qoʻshinlari deb yuritiladi) bilan hamkorligini tashkil etish tartibini belgilaydi. | Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 421-moddasiga muvofiq sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatini yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatini (bundan buyon matnda ijro hujjati deb yuritiladi) uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxsning (bundan buyon matnda qarzdor deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (bundan buyon matnda Majburiy ijro byurosi deb yuritiladi), Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari (bundan buyon matnda Chegara qoʻshinlari deb yuritiladi) bilan hamkorligini tashkil etish tartibini belgilaydi. |
1-bob. Umumiy qoidalar | 1-bob. Umumiy qoidalar |
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) muvofiq qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash (bundan buyon matnda qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash deb yuritiladi) mazkur Nizomda belgilangan tartibda qoʻllaniladigan majburiy ijro etish choralaridan biri hisoblanadi. | 1. Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) muvofiq qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash (bundan buyon matnda qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash deb yuritiladi) mazkur Nizomda belgilangan tartibda qoʻllaniladigan majburiy ijro etish choralaridan biri hisoblanadi. |
Mazkur Nizom talablari eksklav hududlarda doimiy yashovchi fuqarolarning doimiy yashash joyidan Oʻzbekiston Respublikasining boshqa hududiga oʻtishlarida va qaytishlarida qoʻllanilmaydi. | Mazkur Nizom talablari eksklav hududlarda doimiy yashovchi fuqarolarning doimiy yashash joyidan Oʻzbekiston Respublikasining boshqa hududiga oʻtishlarida va qaytishlarida qoʻllanilmaydi. |
2. Qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash ijro hujjati talablari qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra belgilangan muddatda ijro etilmagan hollarda qoʻllaniladi. | 2. Qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash ijro hujjati talablari qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra belgilangan muddatda ijro etilmagan hollarda qoʻllaniladi. |
Agar ijro hujjati sud hujjati boʻlmasa va sud hujjati asosida berilmagan boʻlsa, undiruvchi qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli. | Agar ijro hujjati sud hujjati boʻlmasa va sud hujjati asosida berilmagan boʻlsa, undiruvchi qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli. |
Davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorida qarzdor tomonidan ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmagan taqdirda unga nisbatan majburiy ijro harakatlari qoʻllanilishi, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklanishini koʻrsatadi. | Davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorida qarzdor tomonidan ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmagan taqdirda unga nisbatan majburiy ijro harakatlari qoʻllanilishi, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklanishini koʻrsatadi. |
3. Qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash quyidagi hollarda qoʻllanilmaydi: | 3. Qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash quyidagi hollarda qoʻllanilmaydi: |
ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kunda bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oshmaydigan miqdorda summa undirishni nazarda tutuvchi ijro ishi boʻyicha (aliment yoki boshqa davriy toʻlovlarni undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bundan mustasno), shuningdek sud qarorini ijro etish uchun yetarli mol-mulk olib qoʻyilgan taqdirda; | ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kunda bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oshmaydigan miqdorda summa undirishni nazarda tutuvchi ijro ishi boʻyicha (aliment yoki boshqa davriy toʻlovlarni undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bundan mustasno), shuningdek sud qarorini ijro etish uchun yetarli mol-mulk olib qoʻyilgan taqdirda; |
qarzdor sifatida yuridik shaxs ishtirok etgan ijro hujjati boʻyicha. | qarzdor sifatida yuridik shaxs ishtirok etgan ijro hujjati boʻyicha. |
4. Davlat ijrochisi qarorining ijrosi ichki ishlar organlari va Chegara qoʻshinlari tomonidan muhokama qilinishiga, toʻxtatilishiga yoki boshqacha tarzda toʻsqinlik qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi, sud tartibida yoxud shikoyat yoki protest keltirish bundan mustasno. | 4. Davlat ijrochisi qarorining ijrosi ichki ishlar organlari va Chegara qoʻshinlari tomonidan muhokama qilinishiga, toʻxtatilishiga yoki boshqacha tarzda toʻsqinlik qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi, sud tartibida yoxud shikoyat yoki protest keltirish bundan mustasno. |
Ijro ishi yuritilishi Qonunda belgilangan hollarda sud yoki davlat ijrochisi tomonidan toʻxtatib turilishi mumkin. | Ijro ishi yuritilishi Qonunda belgilangan hollarda sud yoki davlat ijrochisi tomonidan toʻxtatib turilishi mumkin. |
2-bob. Qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklashni joriy etish | 2-bob. Qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklashni joriy etish |
5. Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatidagi talablar ixtiyoriy ravishda bajarish uchun belgilangan muddatda qarzdor jismoniy shaxs tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmaganda, davlat ijrochisi undiruvchining arizasi boʻyicha yoki oʻz tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqli. | 5. Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatidagi talablar ixtiyoriy ravishda bajarish uchun belgilangan muddatda qarzdor jismoniy shaxs tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmaganda, davlat ijrochisi undiruvchining arizasi boʻyicha yoki oʻz tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqli, bundan jarima tariqasidagi jinoiy jazo boʻyicha ijro ishini yuritish hollari mustasno. |
6. Ijro hujjatidagi talablarni qarzdor tomonidan ijro etish muddati ijro ishi yuritish qoʻzgʻatilgan kundan oʻn besh kundan oshib ketmaydigan ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorda davlat ijrochisi tomonidan belgilanadi. | 6. Ijro hujjatidagi talablarni qarzdor tomonidan ijro etish muddati ijro ishi yuritish qoʻzgʻatilgan kundan oʻn besh kundan oshib ketmaydigan ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorda davlat ijrochisi tomonidan belgilanadi. |
61. Davlat ijrochisi jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror chiqarish bilan bir vaqtda hukm qilingan shaxsning yoki qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash haqidagi qaror qabul qilishi shart. | |
7. Qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi ariza undiruvchi yoki uning vakili tomonidan davlat ijrochisiga taqdim qilinadi. Ushbu ariza qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklashning asoslantirilgan sababini oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim. | 7. Qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi ariza undiruvchi yoki uning vakili tomonidan davlat ijrochisiga taqdim qilinadi. Ushbu ariza qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklashning asoslantirilgan sababini oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim. |
Davlat ijrochisi qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklashni qoʻllash toʻgʻrisidagi undiruvchining arizasini koʻrib chiqib maxsus elektron tizim orqali qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi yoki arizani qanoatlantirishni rad qiladi va undiruvchiga yoxud uning vakiliga yozma yoki elektron shaklda asoslantirilgan javob yuboradi. | Davlat ijrochisi qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklashni qoʻllash toʻgʻrisidagi undiruvchining arizasini koʻrib chiqib maxsus elektron tizim orqali qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi yoki arizani qanoatlantirishni rad qiladi va undiruvchiga yoxud uning vakiliga yozma yoki elektron shaklda asoslantirilgan javob yuboradi. |
8. Davlat ijrochisining qarzdor chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarori katta davlat ijrochisi tomonidan maxsus elektron tizim orqali elektron shaklda tasdiqlanadi. | 8. Davlat ijrochisining qarzdor chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarori katta davlat ijrochisi tomonidan maxsus elektron tizim orqali elektron shaklda tasdiqlanadi. |
9. Qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qaror tasdiqlangandan soʻng cheklov qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot Yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimi (bundan keyin matnda Yagona elektron hamkorlik tizimi deb yuritiladi) orqali avtomatik tarzda Oʻzbekiston Respublikasidan Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga (bundan buyon matnda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi deb yuritiladi) hamda Chegara qoʻshinlariga yuboriladi. | 9. Qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qaror tasdiqlangandan soʻng cheklov qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot Yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimi (bundan keyin matnda Yagona elektron hamkorlik tizimi deb yuritiladi) orqali avtomatik tarzda Oʻzbekiston Respublikasidan Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga (bundan buyon matnda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi deb yuritiladi) hamda Chegara qoʻshinlariga yuboriladi. |
Qarzdorga nisbatan cheklov qoʻyilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotda koʻrsatiladigan axborot tomonlar oʻrtasidagi kelishuv va texnik yoʻriqnomaga asosan belgilanadi. | Qarzdorga nisbatan cheklov qoʻyilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotda koʻrsatiladigan axborot tomonlar oʻrtasidagi kelishuv va texnik yoʻriqnomaga asosan belgilanadi. |
10. Ijro hujjatlarida qarzdor yoki undiruvchining (agar qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash undiruvchining arizasiga binoan qoʻllanilgan boʻlsa) elektron pochtasi yoki telefon (mobil) raqami haqidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda, qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi xabarnoma uning joʻnatilganligi va qabul qilinib olinganligi faktini qayd etish imkonini beruvchi maxsus avtomatlashtirilgan tizimdan foydalangan holda elektron pochtaga yoki mobil aloqa vositalari orqali qisqa xabar (SMS) koʻrinishida yoʻllanadi. | 10. Ijro hujjatlarida qarzdor yoki undiruvchining (agar qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash undiruvchining arizasiga binoan qoʻllanilgan boʻlsa) elektron pochtasi yoki telefon (mobil) raqami haqidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda, qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi xabarnoma uning joʻnatilganligi va qabul qilinib olinganligi faktini qayd etish imkonini beruvchi maxsus avtomatlashtirilgan tizimdan foydalangan holda elektron pochtaga yoki mobil aloqa vositalari orqali qisqa xabar (SMS) koʻrinishida yoʻllanadi. |
Qarzdor yoki undiruvchi elektron pochtasi yoki telefon (mobil) raqamiga qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi xabarnomani elektron shaklda yoki qisqa xabar (SMS) koʻrinishida yuborish imkoni boʻlmagan taqdirda, davlat ijrochisi tomonidan qaror chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmasdan qarorning koʻchirma nusxalari yashash manzili boʻyicha pochta orqali qarzdorga va undiruvchiga (agar qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash undiruvchining arizasiga binoan qoʻllanilgan boʻlsa) yuboriladi. | Qarzdor yoki undiruvchi elektron pochtasi yoki telefon (mobil) raqamiga qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi xabarnomani elektron shaklda yoki qisqa xabar (SMS) koʻrinishida yuborish imkoni boʻlmagan taqdirda, davlat ijrochisi tomonidan qaror chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmasdan qarorning koʻchirma nusxalari yashash manzili boʻyicha pochta orqali qarzdorga va undiruvchiga (agar qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash undiruvchining arizasiga binoan qoʻllanilgan boʻlsa) yuboriladi. |
11. Agar qarzdor chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlsa, cheklov qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot, keyinchalik tegishli organga maʼlumot berish uchun Yagona elektron hamkorlik tizimi orqali avtomatik tarzda davlat ijrochisi tomonidan faqat Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga yuboriladi. | 11. Agar qarzdor chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlsa, cheklov qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot, keyinchalik tegishli organga maʼlumot berish uchun Yagona elektron hamkorlik tizimi orqali avtomatik tarzda davlat ijrochisi tomonidan faqat Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga yuboriladi. |
12. Cheklov qoʻyilgani toʻgʻrisidagi maʼlumot qabul qilinganligi haqidagi elektron xabarnoma Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi va Chegara qoʻshinlari tomonidan Majburiy ijro byurosiga Yagona elektron hamkorlik tizimi orqali yuboriladi. | 12. Cheklov qoʻyilgani toʻgʻrisidagi maʼlumot qabul qilinganligi haqidagi elektron xabarnoma Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi va Chegara qoʻshinlari tomonidan Majburiy ijro byurosiga Yagona elektron hamkorlik tizimi orqali yuboriladi. |
Qabul qilingan cheklov Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi va Chegara qoʻshinlari tomonidan shu vaqtning oʻzida oʻzining idoraviy elektron bazasiga kiritiladi. | Qabul qilingan cheklov Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi va Chegara qoʻshinlari tomonidan shu vaqtning oʻzida oʻzining idoraviy elektron bazasiga kiritiladi. |
13. Texnik nosozliklar, shuningdek vaqtincha elektron hujjat almashinuvi imkoni boʻlmagan holatlarda ushbu Nizomning 9 va 11-bandlarida nazarda tutilgan maʼlumotlar faks yoki hujjatli maʼlumotni tezkor joʻnatish imkonini beradigan boshqa aloqa vositalari orqali yuborilishi mumkin. | 13. Texnik nosozliklar, shuningdek vaqtincha elektron hujjat almashinuvi imkoni boʻlmagan holatlarda ushbu Nizomning 9 va 11-bandlarida nazarda tutilgan maʼlumotlar faks yoki hujjatli maʼlumotni tezkor joʻnatish imkonini beradigan boshqa aloqa vositalari orqali yuborilishi mumkin. |
14. Ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari (boshqarmalari) hamda Chegara qoʻshinlari boʻlinmalari sud yoki davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga nisbatan qoʻllanilgan vaqtincha cheklash olib tashlanmagunga qadar qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishiga yoʻl qoʻymaslikka majburdirlar. | 14. Ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari (boshqarmalari) hamda Chegara qoʻshinlari boʻlinmalari sud yoki davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga nisbatan qoʻllanilgan vaqtincha cheklash olib tashlanmagunga qadar qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishiga yoʻl qoʻymaslikka majburdirlar. |
Ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari (boshqarmalari) hamda Chegara qoʻshinlari boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishi cheklangan qarzdor aniqlangan taqdirda, unga Majburiy ijro byurosining qaysi tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishi cheklangani toʻgʻrisida maʼlumot beriladi va toʻliq axborotni Majburiy ijro byurosining rasmiy veb-saytidan (www.mib.uz) olishi mumkinligi tushuntiriladi. | Ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari (boshqarmalari) hamda Chegara qoʻshinlari boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishi cheklangan qarzdor aniqlangan taqdirda, unga Majburiy ijro byurosining qaysi tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishi cheklangani toʻgʻrisida maʼlumot beriladi va toʻliq axborotni Majburiy ijro byurosining rasmiy veb-saytidan (www.mib.uz) olishi mumkinligi tushuntiriladi. |
3-bob. Qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklashni olib tashlash | 3-bob. Qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklashni olib tashlash |
15. Qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklashga asos boʻlgan ijro hujjati talablari ijro etilganda yoxud Qonunda belgilangan asoslarga koʻra ijro hujjati tugatilganda, tamomlanganda yoki alimentlarni oldindan toʻlash hamda alimentlarni toʻlash majburiyatini garov bilan taʼminlanganda, shuningdek qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi davlat ijrochisining qarori bekor qilinganda davlat ijrochisi: | 15. Qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklashga asos boʻlgan ijro hujjati talablari ijro etilganda yoxud Qonunda belgilangan asoslarga koʻra ijro hujjati tugatilganda, tamomlanganda yoki alimentlarni oldindan toʻlash hamda alimentlarni toʻlash majburiyatini garov bilan taʼminlanganda, shuningdek qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi davlat ijrochisining qarori bekor qilinganda davlat ijrochisi: |
maxsus elektron tizim orqali qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishiga qoʻyilgan vaqtincha cheklovni olib tashlaydi; | maxsus elektron tizim orqali qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishiga qoʻyilgan vaqtincha cheklovni olib tashlaydi; |
qarzdorni va undiruvchini ushbu Nizomning 10-bandida belgilangan tartibda xabardor qiladi. | qarzdorni va undiruvchini ushbu Nizomning 10-bandida belgilangan tartibda xabardor qiladi. |
16. Maxsus elektron tizimdan qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishiga qoʻyilgan vaqtincha cheklov olib tashlanganda cheklov olib tashlangani toʻgʻrisidagi maʼlumot Yagona elektron hamkorlik tizimi orqali avtomatik tarzda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga hamda Chegara qoʻshinlariga yuboriladi. | 16. Maxsus elektron tizimdan qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishiga qoʻyilgan vaqtincha cheklov olib tashlanganda cheklov olib tashlangani toʻgʻrisidagi maʼlumot Yagona elektron hamkorlik tizimi orqali avtomatik tarzda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga hamda Chegara qoʻshinlariga yuboriladi. |
Texnik nosozliklar, shuningdek vaqtincha elektron hujjat almashish imkoni boʻlmagan boshqa holatlarda cheklov olib tashlangani toʻgʻrisidagi maʼlumot shu vaqtning oʻzida faks yoki hujjatli maʼlumotni tezkor joʻnatish imkonini beradigan boshqa aloqa vositalari orqali yuboriladi. | Texnik nosozliklar, shuningdek vaqtincha elektron hujjat almashish imkoni boʻlmagan boshqa holatlarda cheklov olib tashlangani toʻgʻrisidagi maʼlumot shu vaqtning oʻzida faks yoki hujjatli maʼlumotni tezkor joʻnatish imkonini beradigan boshqa aloqa vositalari orqali yuboriladi. |
17. Qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklashga asos boʻlgan ijro hujjati talablari elektron toʻlov tizimlari orqali ijro etilganda Majburiy ijro byurosi tomonidan: | 17. Qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklashga asos boʻlgan ijro hujjati talablari elektron toʻlov tizimlari orqali ijro etilganda Majburiy ijro byurosi tomonidan: |
qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishiga qoʻyilgan vaqtincha cheklov Ijro hujjatlarining yagona elektron bazasidan avtomatik tarzda olib tashlanadi; | qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishiga qoʻyilgan vaqtincha cheklov Ijro hujjatlarining yagona elektron bazasidan avtomatik tarzda olib tashlanadi; |
cheklov olib tashlangani toʻgʻrisidagi maʼlumot Yagona elektron hamkorlik tizimi orqali avtomatik tarzda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga hamda Chegara qoʻshinlariga yuboriladi. | cheklov olib tashlangani toʻgʻrisidagi maʼlumot Yagona elektron hamkorlik tizimi orqali avtomatik tarzda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga hamda Chegara qoʻshinlariga yuboriladi. |
18. Yagona elektron hamkorlik tizimi orqali Majburiy ijro byurosidan cheklov olib tashlangani toʻgʻrisidagi maʼlumot kelib tushgan taqdirda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi va Chegara qoʻshinlari tomonidan shu vaqtning oʻzida qarzdorning chiqishiga vaqtincha cheklov olib tashlanadi. | 18. Yagona elektron hamkorlik tizimi orqali Majburiy ijro byurosidan cheklov olib tashlangani toʻgʻrisidagi maʼlumot kelib tushgan taqdirda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi va Chegara qoʻshinlari tomonidan shu vaqtning oʻzida qarzdorning chiqishiga vaqtincha cheklov olib tashlanadi. |
19. Davlat ijrochisi quyidagi hollarda qarzdorning iltimosnomasiga asosan qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklashni harakatdan toʻxtatib turishi lozim: | 19. Davlat ijrochisi quyidagi hollarda qarzdorning iltimosnomasiga asosan qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklashni harakatdan toʻxtatib turishi lozim: |
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida kasalxonaga yotqizishni talab qiladigan qarzdorning sogʻligʻini tiklash zaruriyatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda; | Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida kasalxonaga yotqizishni talab qiladigan qarzdorning sogʻligʻini tiklash zaruriyatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda; |
aliment toʻlovlarini undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha aliment toʻlashi shart boʻlgan, chet davlatga uch oygacha boʻlgan muddatga borib keluvchi shaxslarni chet davlatdan qaytib kelmasligi natijasida aliment toʻlovlarini toʻlash yuzasidan fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilishga doir sugʻurta polisi mavjud boʻlganda, bunda sugʻurta polisining mavjudligi Majburiy ijro byurosi va Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali avtomatik ravishda aniqlanadi; | |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarzdorni Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketuvchi rasmiy delegatsiya tarkibiga kiritish haqidagi qarori mavjud boʻlganda. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarzdorni Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketuvchi rasmiy delegatsiya tarkibiga kiritish haqidagi qarori mavjud boʻlganda. |
Bunda, qarzdorning chiqishiga vaqtincha cheklovni toʻxtatib turish toʻgʻrisida davlat ijrochisi qaror qabul qiladi va katta davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlanadi va ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan tartibda cheklov olib tashlanadi. | Bunda, qarzdorning chiqishiga vaqtincha cheklovni toʻxtatib turish toʻgʻrisida davlat ijrochisi qaror qabul qiladi va katta davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlanadi va ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan tartibda cheklov olib tashlanadi. |
191. Aliment toʻlashi shart boʻlgan, chet davlatga uch oygacha boʻlgan muddatga borib keluvchi shaxslar chet davlatdan qaytib kelmasligi natijasida aliment toʻlovlarini toʻlash yuzasidan fuqarolik javobgarligini sugʻurtalash sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlgan sugʻurtalovchilar tomonidan amalga oshiriladi. Aliment toʻlovlarini toʻlash yuzasidan fuqarolik javobgarlikni sugʻurtalash shartlari sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlgan sugʻurtalovchilar va Majburiy ijro byurosi oʻrtasida tuziladigan bosh kelishuvda belgilanadi. | |
20. Qarzdorning chiqishiga vaqtincha cheklovni olib tashlashga quyidagilar asos boʻlmaydi: | 20. Qarzdorning chiqishiga vaqtincha cheklovni olib tashlashga quyidagilar asos boʻlmaydi: |
davlat ijrochisi va sud tomonidan ijro ishi yuritish toʻxtatib turilganligi, davlat ijrochisining qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarori sud tomonidan toʻxtatib turilgan hollar bundan mustasno; | davlat ijrochisi va sud tomonidan ijro ishi yuritish toʻxtatib turilganligi, davlat ijrochisining qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarori sud tomonidan toʻxtatib turilgan hollar bundan mustasno; |
aliment qarzini joriy kun holatiga toʻlaganligi; | aliment qarzini joriy kun holatiga toʻlaganligi; |
ijro ishi yuritish Qonunning 25-moddasiga asosan boshqa davlat ijrochisiga yuborilganligi. | ijro ishi yuritish Qonunning 25-moddasiga asosan boshqa davlat ijrochisiga yuborilganligi. |
21. Majburiy ijro byurosi, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi hamda Chegara qoʻshinlari tomonidan qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklashlar hisobi boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasi yuritiladi. | 21. Majburiy ijro byurosi, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi hamda Chegara qoʻshinlari tomonidan qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklashlar hisobi boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasi yuritiladi. |
22. Chiqishi vaqtincha cheklangan qarzdor tomonidan ijro hujjati talablari besh yil davomida bajarilmasa (aliment boʻyicha qarzdorlik bundan mustasno), Majburiy ijro byurosi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga va Chegara qoʻshinlariga cheklov mavjudligi toʻgʻrisidagi yangilangan maʼlumotni yuboradi. | 22. Chiqishi vaqtincha cheklangan qarzdor tomonidan ijro hujjati talablari besh yil davomida bajarilmasa (aliment boʻyicha qarzdorlik bundan mustasno), Majburiy ijro byurosi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga va Chegara qoʻshinlariga cheklov mavjudligi toʻgʻrisidagi yangilangan maʼlumotni yuboradi. |
4-bob. Yakuniy qoidalar | 4-bob. Yakuniy qoidalar |
23. Qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi, qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklashni toʻxtatish toʻgʻrisidagi, shuningdek qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklashni rad qilish toʻgʻrisidagi davlat ijrochisining qarori ustidan Majburiy ijro byurosining yuqori turuvchi organiga yoki sudga shikoyat qilinishi yoxud protest keltirilishi mumkin. | 23. Qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi, qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklashni toʻxtatish toʻgʻrisidagi, shuningdek qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklashni rad qilish toʻgʻrisidagi davlat ijrochisining qarori ustidan Majburiy ijro byurosining yuqori turuvchi organiga yoki sudga shikoyat qilinishi yoxud protest keltirilishi mumkin. |
24. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar. | 24. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining 2019-yil 23-oktabrdagi 52, 82, 27-son qaroriga 2-ILOVA | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining 2019-yil 23-oktabrdagi 52, 82, 27-son qaroriga 2-ILOVA |
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar | Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar |
roʻyxati | roʻyxati |
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining 2009-yil 20-avgustdagi 9, 11, 76-son “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan boʻyin tovlayotgan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash hamda Sud departamenti, ichki ishlar idoralari va Davlat chegarasini qoʻriqlash organlarining hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1997, 2009-yil 25-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2009-y., 35-son, 389-modda). | 1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining 2009-yil 20-avgustdagi 9, 11, 76-son “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan boʻyin tovlayotgan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash hamda Sud departamenti, ichki ishlar idoralari va Davlat chegarasini qoʻriqlash organlarining hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1997, 2009-yil 25-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2009-y., 35-son, 389-modda). |
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining 2015-yil 11-avgustdagi 1, 25, 81-son “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan boʻyin tovlayotgan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash hamda Sud departamenti, ichki ishlar idoralari va Davlat chegarasini qoʻriqlash organlarining hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1997-1, 2015-yil 11-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2015-y., 32-son, 434-modda). | 2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining 2015-yil 11-avgustdagi 1, 25, 81-son “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan boʻyin tovlayotgan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash hamda Sud departamenti, ichki ishlar idoralari va Davlat chegarasini qoʻriqlash organlarining hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1997-1, 2015-yil 11-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2015-y., 32-son, 434-modda). |