Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 31.07.1996 yildagi 272-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BANK KOLLEJLARI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank, moliya, soliq tuzilmalari, bozor infrastrukturasi tashkilotlari uchun malakali kadrlar tayyorlash va Bank tizimini rivojlantirishning kompleks dasturini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Banklar uyushmasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, bir qancha viloyatlar hokimliklarining 1996/97 oʻquv yilidan boshlab toʻliqsiz oliy maʼlumotli kichik mutaxassislar tayyorlash boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida — Toshkent shahar, Talabalar shaharchasi, Toshkent davlat texnika universitetining 75-yotoqxonasi binosida joylashgan Toshkent davlat moliya instituti huzuridagi bank kolleji;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyatida — binolar majmuini Oʻzbekbirlashuv balansidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi balansiga bergan holda Oltinkoʻl tumani, Turkiston koʻchasi, 6-uyda joylashgan bank kolleji;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand shahrida — binolar majmuini Samarqand shahar hokimligi balansidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim balansiga tekin bergan holda Dogʻbet koʻchasi, 6-uyda joylashgan bank kolleji;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch shahrida — binolar majmuini “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi balansidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi balansiga bergan xolda Tinchlik koʻchasi, 29-uyda joylashgan bank kolleji;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida — binolar majmuini “Paxta-bank” balansidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi balansiga bergan holda Toʻrtkoʻl shahri, Toʻrtkoʻl koʻchasi, 59-uyda joylashgan bank kolleji tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Andijon viloyati, Urganch shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasida Oʻzbekbirlashuv, “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi va “Paxta-bank” tomonidan unga berilayotgan binolarning haqqini bir oy muddatda 1996-yil 1-iyuldagi holatiga koʻra qoldiq qiymat boʻyicha toʻlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bank operatsiyalarini kompyuterda ishlash va statistika;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalterlik hisobi va audit;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya va kredit;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar va soliq solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar va koʻchmas mulk bilan operatsiyalar oʻtkazish boʻyicha mutaxassislar tayyorlash bank kollejlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bank kollejlarini mablagʻ bilan taʼminlash respublika budjeti va Banklar uyushmasining markazlashtirilgan fondi hisobidan tegishlicha 30:70 foiz nisbatida oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 1996/97 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida oʻqish uchun belgilangan davlat grantlari doirasida talabalar qabul qilish Toshkent, Andijon, Samarqand, Urganch bank kollejlarining har biriga 100 tadan, Toʻrtkoʻl bank kollejiga 60 kishi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Banklar uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda yangidan tashkil etilayotgan kollejlar ustavlarini va tuzilmasini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996/1997 oʻquv yilidan boshlab belgilangan tartibda talabalar qabul qilish va oʻquv jarayoni boshlanishini taʼminlovchi zarur chora-tadbirlarni koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kollejlarni yuqori malakali kadrlar bilan butlashni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Samarqand va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahar hokimliklari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda tashkil etilayotgan kollejlarni joylashtirish va ularning faoliyatini tashkil etish masalalarini oʻn kun muddatda hal etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Banklar uyushmasi, Markaziy bank, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi yangi bank kollejlariga ularning oʻquv-laboratoriya bazalarini zamonaviy asbob-uskunalar, kompyuter va audio-videotexnika bilan jihozlashda muntazam moddiy va tashkiliy-texnik yordam bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilab qoʻyilsinki, yangidan tashkil etilgan bank kollejlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tuzilmasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Moliya vazirligi yuqorida sanab oʻtilgan kollejlar tashkil etilishi munosabati bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining budjeti parametrlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari S.S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 31-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
272-son