Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2024 22.10.2019 yildagi 966-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2024
Hujjat 22.10.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari huzurida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 5-iyundagi 1339-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 10, 14 va 16-moddalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari huzurida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais M. ABDUSALOMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 22-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
966-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 22-oktabrdagi 966-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari huzurida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga (bundan buyon matnda Saylov kodeksi deb yuritiladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Konsullik ustaviga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari huzurida saylov uchastkalarini tuzish, uchastka saylov komissiyalarini shakllantirish va ularning faoliyati tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Xorijdagi saylov uchastkalarini tuzish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Saylov kampaniyasi davrida Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari (bundan buyon matnda diplomatik vakolatxona deb yuritiladi) huzurida saylov uchastkalari (bundan buyon matnda xorijdagi saylov uchastkasi deb yuritiladi) tuzilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xorijdagi saylov uchastkasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (bundan buyon matnda TIV deb yuritiladi) joylashgan hududdagi saylov okrugiga biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) saylovlarida xorijdagi saylov uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda MSK deb yuritiladi) tomonidan TIV bilan kelishilgan holda tegishli saylov okruglariga biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. TIV xorijdagi saylov uchastkasini tuzish toʻgʻrisida taqdimnomani MSKga saylovga kamida oltmish besh kun qolganida, ayrim hollarda esa saylovga kamida yetti kun qolgunga qadar kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xorijdagi saylov uchastkalari saylovga kamida oltmish kun qolganida, qoida tariqasida, saylovchilar soni kamida yigirma nafardan va koʻpi bilan uch ming nafardan oshmagan holda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda xorijdagi saylov uchastkalarining saylovchilar roʻyxatidagi saylovchilar soni belgilangan miqdordan kam yoki ortiq boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Diplomatik vakolatxonalar rahbarlari tomonidan diplomatik vakolatxonalar huzuridagi uchastka saylov komissiyasiga (bundan buyon matnda — xorijdagi uchastka saylov komissiyasi) ovoz berish xonalari bepul taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Diplomatik vakolatxonalar tomonidan xorijdagi saylov uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda jamoatchilikka eʼlon qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu maʼlumotlarda quyidagilar aks etgan boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijdagi saylov uchastkasining tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijdagi saylov uchastkasi joylashgan manzil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijdagi uchastka saylov komissiyasi telefon raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu maʼlumotlar MSK va diplomatik vakolatxonalarning rasmiy veb-saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xorijdagi saylov uchastkalarida Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga boʻlib oʻtadigan saylovlar boʻyicha ovoz berish tashkil etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Xorijdagi uchastka saylov komissiyalarini tuzish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. TIV xorijdagi uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlarni saylov uchastkasi biriktirilgan tegishli okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun saylovdan kamida ellik kun oldin tavsiya etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xorijdagi uchastka saylov komissiyasi saylovga kamida qirq kun qolganida besh — oʻn toʻqqiz nafar aʼzodan, shu jumladan rais, rais oʻrinbosari va kotibdan iborat tarkibda okrug saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijdagi uchastka saylov komissiyasi raisining vazifalarini diplomatik vakolatxonalarning rahbarlari, rahbar tayinlanmagan boʻlsa, diplomatik xodimi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar komissiya yetti nafargacha aʼzodan iborat tarkibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijdagi uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining soni zarur hollarda (ish yuklamasi oʻzgargan va boshqa hollarda) koʻpaytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xorijdagi uchastka saylov komissiyalari shakllantirilgandan soʻng ularga MSK TIV orqali saylovlarni tashkil etish uchun zarur boʻlgan saylovga oid hujjatlarni, xususan, saylov byulletenlari, saylov qutilari, yashirin ovoz berish kabinalari, xorijdagi uchastka saylov komissiyasining muhri, plastmassali plombalar va boshqalarni yetkazib berish hamda topshirishni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Xorijdagi fuqarolarni saylovchilar roʻyxatiga kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xorijdagi saylov uchastkalari boʻyicha saylovchilarning roʻyxatlari mazkur muassasalar rahbarlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, xorijda vaqtincha yoki doimiy yashayotgan fuqarolar, ularning murojaatlariga asosan xorijdagi saylov uchastkalaridagi saylovchilar roʻyxatiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Saylovchilar roʻyxatiga har bir saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va yashash joyi manzili (vaqtincha yoki doimiy yashash manzili) kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar roʻyxatiga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Fuqarolar xorijdagi uchastka saylov komissiyasiga yozma shaklda saylovchilar roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisida murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar TIV rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda xorijdagi saylov uchastkasining saylovchilar roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi murojaatini saylovga oʻn besh kun qolgunga qadar berishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Saylovchilar roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi murojaatda fuqaro qoʻyidagi maʼlumotlarni koʻrsatishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
familiya, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq pasport raqamidan aniqlashtiriladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugʻilgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidagi oxirgi doimiy yashash manzili (agar mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet davlatdagi yashash manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bogʻlanish uchun telefon raqamlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining (nobiometrik, biometrik, xorijga chiqish va diplomatik), fotosurati boʻlgan va manzili (agar mavjud boʻlsa) koʻrsatilgan varaqlari nusxasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xorijdagi uchastka saylov komissiya aʼzosi fuqaroning saylovchilar roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi murojaatida koʻrsatilgan shaxsga doir maʼlumotlarni tekshiradi va fuqaroning maʼlumotlari boʻyicha roʻyxatga tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlarni toʻliq taqdim etmagan taqdirda, xorijdagi uchastka saylov komissiyasi fuqaroga maʼlumotlarni toʻldirish imkonini beradi. Agar fuqaro ushbu maʼlumotlarni toʻliq taqdim etmasa, xorijdagi uchastka saylov komissiyasi fuqaroni saylovchilar roʻyxatiga kiritilmaganligi haqida xabardor qilish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Diplomatik vakolatxona saylovchilar roʻyxatiga qoʻshimcha kiritilgan saylovchilar haqidagi maʼlumotlarni TIVga taqdim qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TIV oʻz navbatida saylovchilar roʻyxatiga qoʻshimcha kiritilgan saylovchilar haqidagi maʼlumotlarni umumlashtirilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga Saylovchilarning yagona elektron roʻyxatiga tegishli tuzatishlar kiritish uchun taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. TIV Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga xorijdagi saylov uchastkasining saylovchilari roʻyxatiga qoʻshimcha kiritilgan saylovchilar haqidagi maʼlumotlarni, yaʼni elektron shaklda jismoniy shaxsning identifikatsiya raqamini (u mavjud boʻlmaganda — fuqaro pasportining seriya va tartib raqamini), familiyasi, ismi va otasining ismini, fuqaroning xorijdagi yashash manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xorijdagi uchastka saylov komissiyasi roʻyxat bilan tanishish usullari, joyi va vaqti toʻgʻrisida saylovchilarni xabardor etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Har bir fuqaro saylovchilar roʻyxatidagi xato yoki noaniqlik toʻgʻrisida xorijdagi uchastka saylov komissiyasiga arz qilishi mumkin. Xorijdagi uchastka saylov komissiyasi 24 soat ichida murojaatni tekshirishi, xato va noaniqliklarni bartaraf etishi yoki murojaat qiluvchiga uning murojaati rad etilganligi toʻgʻrisida asoslangan javob berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xorijdagi uchastka saylov komissiyasi saylovdan oʻn besh kun oldin oʻz hududidagi saylovchilarning roʻyxatini chop etadi va saylovchilar tanishib chiqishi uchun taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Fuqarolarga TIV va diplomatik vakolatxonalarning rasmiy veb-saytlari va binolarida ularning ichki tartib qoidalari va rejimini inobatga olgan holda saylovchilar roʻyxati bilan tanishish imkoniyati taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Saylov komissiyalari faoliyatining oshkoraligini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalardan, ommaviy axborot vositalari vakillari, boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Xorijdagi uchastka saylov komissiyasi diplomatik vakolatxonalarining maʼmuriyatiga mazkur Nizomning 23-bandida koʻrsatilgan shaxslar haqidagi maʼlumotlarni (ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, saylovda kim sifatida ishtirok etishi) taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. Xorijdagi saylov kampaniyasining borishi haqida xabardor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Xorijdagi uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni ommaviy axborot vositalari yoki boshqa yoʻllar bilan (mahalliy sharoitni inobatga olgan holda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylov kampaniyasi boshlangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatidan oldin ovoz berish kunlari va saylov kuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijdagi saylov uchastkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan fuqarolarni tegishli xorijdagi saylov uchastkasi saylovchilar roʻyxatiga kiritish tartibi va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatlikka nomzod koʻrsatgan siyosiy partiyalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining saylov qonunchiligi haqida xabardor qilishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Xorijdagi uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni saylov kuni, vaqti va joyi haqida saylovga kamida oʻn kun qolganda, muddatidan oldin ovoz berish boshlanishi haqida esa muddatidan oldin ovoz berish boshlanishiga besh kun qolganida ommaviy axborot vositalari orqali yoki boshqa yoʻllar bilan xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchilarni xabardor qilish uchun MSKning rasmiy veb-sayti (www.elections.uz), diplomatik vakolatxonalarning rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda xorijdagi mahalliy ommaviy axborot vositalaridan (mahalliy sharoitni inobatga olgan holda) foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Diplomatik vakolatxonalarining maʼmuriyati tomonidan nomzodlarga, ularning ishonchli vakillariga, siyosiy partiyalarga fuqarolar bilan uchrashuvlar oʻtkazish orqali saylovoldi tashviqoti uchun teng sharoitlar yaratib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida saylovoldi tashviqotiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI bob. Saylov byulleteni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov byulletenlarining topshirilgani hamda qabul qilingani toʻgʻrisida okrug saylov komissiyasi raisi yoki rais oʻrinbosari va TIVning masʼul xodimi mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnomada oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MSK TIV orqali xorijdagi uchastka saylov komissiyalariga saylov byulletenlarini muddatidan oldin ovoz berish kuniga qadar saylovchilar roʻyxatining umumiy sonidan kelib chiqqan holda 100,5 foizda yetkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Saylov byulleteni oʻng tomonining yuqori burchagiga xorijdagi uchastka saylov komissiyasining ikki aʼzosi imzo qoʻyadi va imzolar xorijdagi uchastka saylov komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Xorijdagi uchastka saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanmagan saylov byulletenlari ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Xorijdagi uchastka saylov komissiyalari saylov byulletenlarining saqlanishiga masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII bob. Muddatidan oldin ovoz berish
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Muddatidan oldin ovoz berish saylovga oʻn kun qolganida boshlanadi va saylovga uch kun qolganida tugallanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Muddatidan oldin ovoz berishni oʻtkazish vaqti tegishli okrug saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi va saylovchilarning, kuzatuvchilarning eʼtiboriga ommaviy axborot vositalari yoki boshqa yoʻllar bilan yetkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Xorijdagi uchastka saylov komissiyalari saylovchilar soni koʻpligini inobatga olgan holda va saylov kuni ovoz berish binosida navbatlarning oldini olish maqsadida fuqarolarga muddatidan oldin ovoz berishni taklif qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Saylovchilar zich holda istiqomat qiladigan joylarda xorijdagi uchastka saylov komissiyasi tomonidan saylovchilarga turgan joyida muddatidan oldin ovoz berish tashkil etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Zich holda yashaydigan yoki ishlaydigan saylovchilarning muddatidan oldin ovoz berishi xorijdagi saylov uchastkasining binosidan tashqarida koʻchma saylov qutilaridan foydalanilgan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijdagi uchastka saylov komissiyasi koʻchma saylov qutilarining zaruriy soni haqida TIVga saylovga kamida oʻn besh kun qolgunga qadar maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TIV zarur boʻlgan koʻchma saylov qutilarining soni haqidagi umumlashtirilgan maʼlumotni MSKga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MSK TIV yordamida xorijdagi saylov uchastkalarini muddatdan oldin ovoz berish boshlangunga qadar zarur koʻchma saylov kutilari bilan taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Zich holda yashaydigan yoki ishlaydigan saylovchilarning turgan joyida muddatidan oldin ovoz berishi xorijdagi uchastka saylov komissiyasining kamida ikki nafar aʼzosi ishtirokida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzolarida oldindan plombalangan koʻchma saylov qutisi, belgilangan shakldagi saylov byulletenlari, muddatidan oldin ovoz beruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan saylovchilar roʻyxatining koʻchirmasi yoki saylovchilar roʻyxati, shuningdek saylovchi tomonidan saylov byulleteni toʻldirilishi uchun zaruriy yozma vositalar (qalam bundan mustasno) mavjud boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Saylovchi saylov byulletenini mazkur Nizomning 47-bandida koʻrsatilgan tartibda toʻldiradi va uni koʻchma saylov qutisiga tashlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Xorijdagi uchastka saylov komissiyasi tomonidan saylovchilarning turgan joyida muddatidan oldin ovoz berishni oʻtkazish toʻgʻrisida mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomada saylovchilar yashaydigan yoki ishlaydigan joyida muddatidan oldin ovoz berish kuni va joyi, muddatidan oldin ovoz berish uchun saylov byulletenini olgan saylovchilar soni, xorijdagi uchastka saylov komissiyasi aʼzolari va ovoz berish jarayonida ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning familiyalari koʻrsatiladi. Mazkur dalolatnoma koʻchma saylov qutisi bilan birga saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Koʻchma saylov qutilarini saqlash xorijdagi uchastka saylov komissiyasi kotibi tomonidan taʼminlanadi. Koʻchma saylov qutilari saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish boshlanmaguncha ochilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII bob. Saylov kuni ovoz berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Xorijdagi uchastka saylov komissiyalari saylov kuni ovoz berish jarayonini ushbu komissiya joylashgan hududdagi mahalliy vaqt bilan soat 8:00 dan 20:00 ga qadar amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Xorijdagi uchastka saylov komissiyalari ovoz berishni diplomatik vakolatxonalardagi ichki tartib-qoidalari, rejimi va ularning boshqa oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Fuqarolar diplomatik vakolatxona ichki-tartib qoidalari va rejimidan kelib chiqqan holda, ovoz berish xonasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ovoz berish binosiga kelgach, saylovchi xorijdagi uchastka saylov komissiyasining aʼzosiga oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatadi (pasport — nobiometrik, biometrik, xorijga chiqish va diplomatik; harbiy guvohnoma; Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi) hamda saylovchilar roʻyxatiga imzo qoʻyadi. Shundan keyin unga saylov byulleteni beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Saylov byulleteni saylovchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida toʻldiriladi. Saylov byulletenini toʻldirish vaqtida saylovchidan boshqa shaxslarning hozir boʻlishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Saylovchi oʻzi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi roʻparasida, oʻng tomonda joylashgan boʻsh kvadratga “+” yoki “” yoxud “x” belgisini qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchi toʻldirilgan saylov byulletenini saylov qutisiga tashlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Xorijdagi saylov uchastkalarida saylov qutilarini mahalliy vaqt bilan soat 20:00 dan oldin ochish va ovozlarni sanab chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Xorijdagi uchastka saylov komissiyasi tomonidan ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomaning koʻchirma nusxasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda darhol tegishli okrug saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomaning asl nusxasini pochta aloqa vositalaridan foydalangan holda diplomatik vakolatxonalar orqali okrug saylov komissiyasiga yetkazib berish taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. MSK xorijdagi uchastka saylov komissiyalari tomonidan bayonnoma nusxalarini tegishli okrug saylov komissiyalariga yetkazib berilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Ushbu Nizom bilan tartibga solinmagan masalalar MSKning 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Xorijdagi uchastka saylov komissiyasining saylov oʻtkazish bilan bogʻliq barcha hujjatlari, jumladan saylov byulletenlari Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik idoralariga topshiriladi va saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Xorijdagi uchastka saylov komissiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari chiqarilgandan soʻng va tegishli saylov okruglaridan saylangan Qonunchilik palatasi deputatlari Oʻzbekiston Respublikasi MSK tomonidan roʻyxatga olinganidan keyin oʻz faoliyatini tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari huzurida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

2-ILOVA

SAYLOV BYuLLETENLARINI TOPShIRISh VA QABUL QILISh
‎DALOLATNOMASI

2019-yil “___” dekabr

___________‎‎_____________________________

(manzil)

_____________________________________________________________okrug saylov komissiyasi tomonidan

(okrug saylov komissiyasining nomi)

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziriligining masʼul xodimiga _______ uchastka saylov komissiyasi uchun __________dona saylov byulletenlarini topshirildi.
Saylov byulletenlarini topshirdim:
________________________________________________________________okrug saylov komisssiyasi raisi,

(okrug saylov komissiyasining nomi)

rais oʻrinbosari, kotibi ______________________________________________________________________

(imzo)‎

(F.I.O.)‎

Saylov byulletenlarini qabul qildim:
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziriligining masʼul xodimi
‎___________________________________________________________________________________________

(imzo)‎

(F.I.O.)‎

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari huzurida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
__________________________________________________________________________________ huzuridagi

(diplomatik vaxolatxona nomi)

____ son UChASTKA SAYLOV KOMISSIYASI

Saylovchilarning turgani joyida muddatidan oldin ovoz berish haqidagi
‎DALOLATNOMA

Biz, quyidagi imzo chekuvchilar _____________________________________________________________ning

(Okrug saylov komissiyasi soni va nomi)

_____ son uchastka saylov komissiyasining aʼzolari:

___________________________________________________________________________________________
‎(F.I.O.)
‎___________________________________________________________________________________________,
‎(F.I.O.)

20__ yil “__” _______ kuni ________________________________________________________________da

(saylovchilarning turgan joyida muddatidan oldin ovoz berilgan joy nomi)

saylovchilarning turgan joyida muddatidan oldin ovoz berishni tashkillashtirilganligi haqida ushbu dalolatnomani tuzdik.
Saylovchilarning turgan joyida muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish uchun:
__________________________________________ saylov byulleteni olindi;
(soni raqam va yozma shakilda aks etirilishi lozim)
__________________________________________ saylov byulletenlari saylovchilarga berildi.
(soni raqam va yozma shakilda aks etirilishi lozim)
Qaytarilgan saylov byulletenlari:
Foydalanilmagan:____________________________________________________________________________;

(soni raqam va yozma shakilda aks etirilishi lozim)

Buzilgan:___________________________________________________________________________________.

(soni raqam va yozma shakilda aks etirilishi lozim)

Saylovchilarning turgan joyida muddatidan oldin ovoz berishni oʻtkazgan uchastka saylov komissiya aʼzolari:
______________________‎‎ _________________________________‎‎

‎MOʻ

(Imzo)‎‎

(F.I.O.)‎‎

Saylovchilarning turgan joyida muddatidan oldin ovoz berishda qatnashganlar (agarda bor boʻlsa):
______________________ _________________________________

(Imzo)‎‎‎‎

(F.I.O.)‎‎‎‎

______________________‎‎‎‎ _________________________________‎‎

(Imzo)‎‎‎‎

(F.I.O.)‎‎‎‎

Keyingi tahrirga qarang.