Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 05.11.2019 yildagi O‘RQ-580-son
Кучга кириш санаси
06.11.2019
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 20.04.2023 sanasi holatiga | Joriy versiya |
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni | Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni |
“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida | “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida |
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-iyulda qabul qilingan Senat tomonidan 2019-yil 11-oktabrda maʼqullangan | Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-iyulda qabul qilingan Senat tomonidan 2019-yil 11-oktabrda maʼqullangan |
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi 216-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 54-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 491-modda, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 337-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2013-yil № 4, 98-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 10, 670-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi). | 1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi 216-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 54-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 491-modda, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 337-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2013-yil № 4, 98-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 10, 670-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi). |
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: | 2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: |
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; | hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; |
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin; | davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin; |
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin. | ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin. |
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. | 3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. |
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV | Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2019-yil 5-noyabr, | 2019-yil 5-noyabr, |
OʻRQ-580-son | OʻRQ-580-son |
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni | Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni |
Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida | Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida |
(yangi tahriri) | (yangi tahriri) |
1-bob. Umumiy qoidalar | 1-bob. Umumiy qoidalar |
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi | 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi |
Ushbu Qonunning maqsadi bank faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. | Ushbu Qonunning maqsadi bank faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. |
2-modda. Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik | 2-modda. Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik |
Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. | Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. |
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda banklar va bank faoliyati ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi. | |
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. | Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. |
3-modda. Asosiy tushunchalar | 3-modda. Asosiy tushunchalar |
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: | Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: |
bank — bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish, toʻlovlarni amalga oshirish, omonatlarga (depozitlarga) pul mablagʻlarini jalb etish, oʻz nomidan kreditlar berish boʻyicha bank faoliyati sifatida aniqlangan operatsiyalar majmuini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti boʻlgan yuridik shaxs; | ariza beruvchi — muassis (muassislar) tomonidan bank tashkil etish boʻyicha uning (ularning) manfaatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida ifodalash uchun vakil qilingan shaxs yoki ushbu Qonunga muvofiq oʻz faoliyatini oʻzgartirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojaat etgan bank yoxud mikromoliya tashkiloti; bank — bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish, toʻlovlarni amalga oshirish, omonatlarga (depozitlarga) pul mablagʻlarini jalb etish, oʻz nomidan kreditlar (qarzlar) berish boʻyicha bank faoliyati sifatida aniqlangan operatsiyalar majmuini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti boʻlgan yuridik shaxs. Agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Qonunning banklarga nisbatan belgilangan qoidalari islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarga nisbatan ham tatbiq etiladi; |
banklar guruhi — moliya institutlarining yuridik shaxs boʻlmagan birlashmasi boʻlib, bunda asosiy bank boshqa moliya institutlarini nazorat qiladi; | banklar guruhi — moliya institutlarining yuridik shaxs boʻlmagan birlashmasi boʻlib, bunda asosiy bank boshqa moliya institutlarini nazorat qiladi; |
bank hisobvaragʻi — bank tomonidan shartnomaga muvofiq mijozga ochilgan hisobvaraq boʻlib, unga koʻra bank mijozning hisobvaragʻiga tushayotgan pul mablagʻlarini qabul qilish va hisobga kiritish, mijozning hisobvaragʻidan tegishli pul mablagʻlarini oʻtkazish hamda berish va hisobvaraq boʻyicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish haqidagi topshiriqlarini bajarish majburiyatini zimmasiga oladi; | bank hisobvaragʻi — bank tomonidan shartnomaga muvofiq mijozga ochilgan hisobvaraq boʻlib, unga koʻra bank mijozning hisobvaragʻiga tushayotgan pul mablagʻlarini qabul qilish va hisobga kiritish, mijozning hisobvaragʻidan tegishli pul mablagʻlarini oʻtkazish hamda berish va hisobvaraq boʻyicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish haqidagi topshiriqlarini bajarish majburiyatini zimmasiga oladi; |
bankning barqaror moliyaviy holati — bankning moliyaviy oqimlar mutanosibligini, toʻlov qobiliyatini, likvidliligi va rentabelli faoliyatini saqlab turish uchun mablagʻlarning yetarliligini, shuningdek barcha prudensial normativlar bank tomonidan bajarilishini ifodalovchi holati; | bankning barqaror moliyaviy holati — bankning moliyaviy oqimlar mutanosibligini, toʻlov qobiliyatini, likvidliligi va rentabelli faoliyatini saqlab turish uchun mablagʻlarning yetarliligini, shuningdek barcha prudensial normativlar bank tomonidan bajarilishini ifodalovchi holati; |
bilvosita egalik qiluvchi (oluvchi) — bankning aksiyalariga oʻzi nazorat qiladigan boshqa shaxs orqali egalik qiluvchi (aksiyalarni oluvchi) shaxs; | bilvosita egalik qiluvchi (oluvchi) — bankning aksiyalariga oʻzi nazorat qiladigan boshqa shaxs orqali egalik qiluvchi (aksiyalarni oluvchi) shaxs; |
islomiy bank faoliyati — banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka hamda islomiy moliya standartlariga muvofiq amalga oshiriladigan bank faoliyati; islomiy moliya standartlari — islomiy moliyalashtirishni amalga oshirish standartlarini belgilovchi xalqaro tashkilotlarning qoidalariga hamda milliy qonunchilikka muvofiq Markaziy bank va (yoki) boshqa vakolatli organ tomonidan qabul qilingan islomiy moliyaga oid qoidalar toʻplami; mikromoliya banki — ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarni inobatga olgan holda oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi bank. Agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Qonunning banklarga nisbatan belgilangan qoidalari mikromoliya banklariga va islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banklariga nisbatan ham tatbiq etiladi; | |
muhim ahamiyatga ega xodimlar — bankning boshqaruv aʼzolari boʻlmagan, lavozimi bank faoliyatiga muhim taʼsir koʻrsatish imkoniyatini beradigan xodimlari; | muhim ahamiyatga ega xodimlar — bankning boshqaruv aʼzolari boʻlmagan, lavozimi bank faoliyatiga muhim taʼsir koʻrsatish imkoniyatini beradigan xodimlari; |
moʻljallangan olish — potensial oluvchi tomonidan bank aksiyalarini olish yoki ularga hal qiluvchi egalik qilishni koʻpaytirish yuzasidan qabul qilingan qaror; | moʻljallangan olish — potensial oluvchi tomonidan bank aksiyalarini olish yoki ularga hal qiluvchi egalik qilishni koʻpaytirish yuzasidan qabul qilingan qaror; |
oxirgi benefitsiar mulkdor — yuridik shaxs boʻlgan, bank aksiyalarining potensial oluvchisiga yoki bu aksiyalarga bevosita yoxud bilvosita egalik qiluvchiga bevosita yoki bilvosita egalik qiladigan yoxud uni nazorat qiladigan jismoniy shaxs; | oxirgi benefitsiar mulkdor — yuridik shaxs boʻlgan, bank aksiyalarining potensial oluvchisiga yoki bu aksiyalarga bevosita yoxud bilvosita egalik qiluvchiga bevosita yoki bilvosita egalik qiladigan yoxud uni nazorat qiladigan jismoniy shaxs; |
prudensial nazorat — bank faoliyatining oʻziga xos tavakkalchiliklarining oldini olish va kamaytirish maqsadida banklar faoliyati ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga oshiradigan nazorat; | prudensial nazorat — bank faoliyatining oʻziga xos tavakkalchiliklarining oldini olish va kamaytirish maqsadida banklar faoliyati ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga oshiradigan nazorat; |
regulyativ kapital — bank faoliyatini tartibga solish va prudensial normativlar hisob-kitobini amalga oshirish maqsadida hisob-kitob qilish yoʻli bilan aniqlanadigan bank kapitali; | regulyativ kapital — bank faoliyatini tartibga solish va prudensial normativlar hisob-kitobini amalga oshirish maqsadida hisob-kitob qilish yoʻli bilan aniqlanadigan bank kapitali; |
tizimli ahamiyatga molik bank — bank tizimining barqarorligi qaysi bankning faoliyatiga bogʻliq boʻlsa, oʻsha bank; | tizimli ahamiyatga molik bank — bank tizimining barqarorligi qaysi bankning faoliyatiga bogʻliq boʻlsa, oʻsha bank; |
chet el banki — chet davlatning hududida roʻyxatga olingan, uning qonunchilikka muvofiq bank deb hisoblanadigan yuridik shaxs; | chet el banki — chet davlatning hududida roʻyxatga olingan, uning qonunchilikka muvofiq bank deb hisoblanadigan yuridik shaxs; |
hal qiluvchi egalik — shaxs tomonidan yoki birgalikda harakat qiluvchi shaxslar tomonidan yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) bir yoxud bir necha bitim natijasida olingan kamida besh foiziga bevosita yoki bilvosita egalik qilish. | hal qiluvchi egalik — shaxs tomonidan yoki birgalikda harakat qiluvchi shaxslar tomonidan yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) bir yoxud bir necha bitim natijasida olingan kamida besh foiziga bevosita yoki bilvosita egalik qilish. |
4-modda. Bank faoliyati sohasini tartibga soluvchi davlat organi | 4-modda. Bank faoliyati sohasini tartibga soluvchi davlat organi |
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) bank faoliyati sohasini tartibga soluvchi va litsenziyalash, tartibga solish hamda prudensial nazorat boʻyicha vakolatlarni amalga oshiruvchi davlat organidir. | Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) bank faoliyati sohasini tartibga soluvchi va litsenziyalash, tartibga solish hamda prudensial nazorat boʻyicha vakolatlarni amalga oshiruvchi davlat organidir. |
5-modda. Bank operatsiyalari | 5-modda. Banklarning moliyaviy operatsiyalari |
Banklar tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalar jumlasiga quyidagilar kiradi: | Banklar tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalar jumlasiga quyidagilar kiradi: |
pul mablagʻlarini omonatlarga (depozitlarga) jalb etish; | pul mablagʻlarini omonatlarga (depozitlarga) jalb etish; |
toʻlovlarni amalga oshirish, shu jumladan bank hisobvaraqlarini ochmasdan amalga oshirish; | toʻlovlarni amalga oshirish, shu jumladan bank hisobvaraqlarini ochmasdan amalga oshirish; |
jismoniy va yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlarini, shu jumladan banklarning vakillik hisobvaraqlarini ochish hamda yuritish; | jismoniy va yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlarini, shu jumladan banklarning vakillik hisobvaraqlarini ochish hamda yuritish; |
kreditlarni ularning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan oʻz nomidan oʻzining mablagʻlari hamda jalb etilgan mablagʻlar hisobidan berish; | kreditlarni ularning qaytarilishi, toʻlovliligi va muddatliligi sharti bilan oʻz nomidan oʻzining mablagʻlari hamda jalb etilgan mablagʻlar hisobidan berish; |
chet el valyutasi bilan naqd va naqdsiz shakllardagi operatsiyalar; | chet el valyutasi bilan naqd va naqdsiz shakllardagi operatsiyalar; |
jismoniy yoki yuridik shaxs bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha mol-mulkni ishonchli boshqarish; | jismoniy yoki yuridik shaxs bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha pul mablagʻlarini va boshqa mol-mulkni ishonchli boshqarish; |
inkassatsiya va kassa xizmatlarini koʻrsatish; | inkassatsiya va kassa xizmatlarini koʻrsatish; |
uchinchi shaxslar nomidan ularning majburiyatlari bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish va boshqa majburiyatlarni qabul qilish; | uchinchi shaxslar nomidan ularning majburiyatlari bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish va boshqa majburiyatlarni qabul qilish; |
uchinchi shaxslardan pul shaklidagi majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish (faktoring); | pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) shartnomasiga asosan talab qilish huquqini olish yoki boshqa shaxsga berish; |
qimmatli qogʻozlarni chiqarish, xarid qilish, sotish, ularning hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qogʻozlarni boshqarish, ular bilan boshqa operatsiyalarni bajarish; | qimmatli qogʻozlarni chiqarish, xarid qilish, sotish, ularning hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qogʻozlarni boshqarish, ular bilan boshqa operatsiyalarni bajarish; |
affinlangan qimmatbaho metallar sotib olish va sotish, shu jumladan metallarni masʼul saqlash hisobvaraqlarini hamda metallarning egasizlantirilgan (jismoniy boʻlmagan) hisobvaraqlarini yuritish; | affinlangan qimmatbaho metallar sotib olish va sotish, shu jumladan metallarni masʼul saqlash hisobvaraqlarini hamda metallarning egasizlantirilgan (jismoniy boʻlmagan) hisobvaraqlarini yuritish; |
qimmatbaho metallardan yasalgan tangalarni sotib olish va sotish; | qimmatbaho metallardan yasalgan tangalarni sotib olish va sotish; |
hosilaviy moliya vositalari (derivativlar) bilan operatsiyalarni amalga oshirish; | hosilaviy moliya vositalari (derivativlar) bilan operatsiyalarni amalga oshirish; |
hujjatlarni yoki qimmatliklarni saqlash uchun maxsus binolarni yoki ularning ichidagi seyflarni ijaraga berish; | hujjatlarni yoki qimmatliklarni saqlash uchun maxsus binolarni yoki ularning ichidagi seyflarni ijaraga berish; |
lizing berish; | lizing berish; |
qonunchilikda nazarda tutilgan shakllarda qarzlar berish; | qonunchilikda nazarda tutilgan shakllarda qarzlar berish; |
moliyaviy operatsiyalar bilan bogʻliq maslahat xizmatlari koʻrsatish; | moliyaviy operatsiyalar bilan bogʻliq maslahat xizmatlari koʻrsatish; |
aktivlar majmuini (portfelini) boshqarish; | aktivlar majmuini (portfelini) boshqarish; |
elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va toʻlash; | elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va toʻlash; |
bank kartalarini berish va toʻlovlarga ishlov berish, bank kartalariga boshqa tashkilotlar, jumladan boshqa moliya institutlari bilan birgalikda xizmat koʻrsatish; | bank kartalarini berish va toʻlovlarga ishlov berish, bank kartalariga boshqa tashkilotlar, jumladan boshqa moliya institutlari bilan birgalikda xizmat koʻrsatish; |
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha xizmatlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan elektron axborot almashish orqali koʻrsatish; islomiy moliya operatsiyalarini amalga oshirish. | |
Banklar banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq boshqa moliyaviy operatsiyalarni ham amalga oshiradi. | Banklar banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq boshqa moliyaviy operatsiyalarni ham amalga oshiradi. |
Banklar bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyada koʻrsatilmagan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga haqli emas. | 51-modda. Bankning islomiy moliya operatsiyalari Bankning islomiy moliya operatsiyalari jumlasiga quyidagilar kiradi: foydani taqsimlash sharti asosida mijozni moliyalashtirish yoki pul mablagʻlarini investitsiyaviy omonatlarga jalb etish; vakillik shartnomasi orqali pul mablagʻlarini berish yoki investitsiyaviy omonatlarga jalb etish; tovarni nasiyaga sotish orqali mijozni moliyalashtirish; tovarlar uchun oldindan haq toʻlash orqali mijozni moliyalashtirish; birgalikdagi faoliyatni (sherikchilik) amalga oshirish yoki yuridik shaxslarning ustav kapitalida ishtirok etish orqali mijozni moliyalashtirish; mol-mulkni islomiy ijaraga berish (sotib olish huquqi bilan). Islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklar umumqabul qilingan xalqaro bank amaliyotiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlmagan boshqa islomiy moliya operatsiyalarini ham amalga oshirishi mumkin. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan islomiy moliya operatsiyalari islomiy moliya standartlariga muvofiq amalga oshirilishi shart. 52-modda. Bank faoliyatini amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasida bank faoliyatini amalga oshirishga ushbu Qonunda belgilangan tartibda tashkil etilgan va Markaziy bank tomonidan beriladigan tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar haqlidir. Oʻzbekiston Respublikasida bank faoliyati bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya va (yoki) islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya (bundan buyon matnda bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) deb yuritiladi) asosida amalga oshiriladi. Mazkur litsenziyalar amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi va litsenziyalarni yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaxslarga oʻtkazish taqiqlanadi. Ushbu Qonun 5-moddasi: birinchi qismining ikkinchi — yigirma ikkinchi xatboshilarida koʻrsatilgan moliyaviy operatsiyalar majmuini faqat bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan bank; birinchi qismining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi, oltinchi — oʻn uchinchi, oʻn beshinchi — yigirma uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan moliyaviy operatsiyalar majmuini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan bank; birinchi qismida koʻrsatilgan moliyaviy operatsiyalar majmuini bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyaga (litsenziyalarga) ega boʻlgan bank amalga oshirishga haqli. Bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyasiz (litsenziyalarsiz) amalga oshiriladigan bank faoliyati gʻayriqonuniy deb hisoblanadi va javobgarlikka sabab boʻladi. Bunday faoliyat natijasida olingan daromad Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qoʻyiladi. Amalga oshirilishi uchun qonunchilikka muvofiq alohida litsenziyalar yoki ruxsatnomalar olinishi talab etiladigan faoliyat banklar tomonidan tegishli hujjatlar olinganidan keyin amalga oshiriladi. |
6-modda. Omonat (depozit) | 6-modda. Omonat (depozit) |
Quyidagi shartlarning barchasiga muvofiq boʻlgan, qoʻyilgan pul mablagʻlari omonatdir (depozitdir): | Quyidagi shartlarning barchasiga muvofiq boʻlgan, qoʻyilgan pul mablagʻlari omonatdir (depozitdir): |
mijozning talabiga binoan yoki muddat oʻtganidan keyin foizlar yoxud boshqa daromadlar bilan yoki ularsiz yoxud omonatchi yoki uning vakolatli vakili va pul mablagʻlarini qabul qiluvchi bank oʻrtasida, kelishilgan shartlar asosida qaytarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari; | mijozning talabiga binoan yoki muddat oʻtganidan keyin foizlar yoxud boshqa daromadlar bilan yoki ularsiz yoxud omonatchi yoki uning vakolatli vakili va pul mablagʻlarini qabul qiluvchi bank oʻrtasida, kelishilgan shartlar asosida qaytarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari, bundan islomiy moliya standartlariga muvofiq omonat (depozit) summasini toʻliq qaytarish majburiyatini nazarda tutmagan holda ushbu Qonun 51-moddasi birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan moliya operatsiyalari asosida jalb etilgan pul mablagʻlari (investitsiyaviy omonatlar (depozitlar) mustasno; |
subordinar qarzga, egalik qilish huquqlariga yoki xizmatlariga, shu jumladan sugʻurta xizmatlariga taalluqli boʻlmagan pul mablagʻlari; | subordinar qarzga, egalik qilish huquqlariga yoki xizmatlariga, shu jumladan sugʻurta xizmatlariga taalluqli boʻlmagan pul mablagʻlari; |
pul mablagʻlarini qabul qiluvchi bankning tegishli hujjati bilan yozma shaklda tasdiqlangan pul mablagʻlari. | pul mablagʻlarini qabul qiluvchi bankning tegishli hujjati bilan yozma shaklda tasdiqlangan pul mablagʻlari. |
Pul mablagʻlarini omonatlarga (depozitlarga) jalb etish boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanishga faqat banklar haqli. | Pul mablagʻlarini omonatlarga (depozitlarga) jalb etish boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanishga faqat banklar haqli. |
7-modda. Banklar uchun taqiqlangan yoki cheklangan faoliyat | 7-modda. Banklar uchun taqiqlangan yoki cheklangan faoliyat |
Banklar bevosita ishlab chiqarish, savdo, sugʻurta faoliyati hamda banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga haqli emas. | Banklar bevosita ishlab chiqarish, savdo, sugʻurta faoliyati hamda banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga haqli emas. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan cheklov quyidagi hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi: | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan cheklov quyidagi hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi: |
bank kartalari asosida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimlarida foydalaniladigan ixtisoslashtirilgan uskunani va unga doir dasturiy taʼminotni sotish yoki ijaraga berishga; | bank kartalari asosida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimlarida foydalaniladigan ixtisoslashtirilgan uskunani va unga doir dasturiy taʼminotni sotish yoki ijaraga berishga; |
oʻz aktivlarini sotishga; | oʻz aktivlarini sotishga; |
chek daftarchalarini chiqarish, realizatsiya qilish va tarqatishga; | chek daftarchalarini chiqarish, realizatsiya qilish va tarqatishga; |
sugʻurta tashkilotlari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari nomidan sugʻurta shartnomasi tuzilishini tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga; | sugʻurta tashkilotlari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari nomidan sugʻurta shartnomasi tuzilishini tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga; |
bank oʻzi muassis boʻlgan yuridik shaxslarga oʻz mol-mulkini mulkiy ijara (arenda) shartnomasiga muvofiq ijaraga berishga. | bank oʻzi muassis boʻlgan yuridik shaxslarga oʻz mol-mulkini mulkiy ijara (arenda) shartnomasiga muvofiq ijaraga berishga. |
Mikromoliya banklari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan cheklovlardan tashqari quyidagilarni inobatga olgan holda oʻz faoliyatini amalga oshiradi: bir jismoniy shaxsdan omonatga jalb qilingan pul mablagʻlari miqdori banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan kafolatlangan omonat miqdoridan oshmasligini; bir qarz oluvchi yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchilikning eng koʻp miqdori besh milliard soʻmdan oshmasligini; tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning daromad olishga yoʻnaltirilgan faoliyati uchun berilgan kreditlarning kredit portfelidagi va (yoki) koʻrsatilgan islomiy moliya operatsiyalarining moliyalashtirish portfelidagi ulushi yetmish foizidan kam boʻlmasligini; chet el banklarida vakillik hisobvaraqlari va boshqa hisobvaraqlar ochish, chet el fuqarolarining va yuridik shaxslarining majburiyatlari boʻyicha kafolatlar berish hamda mijozlarning tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha xizmatlar koʻrsatish taqiqlanganligini; qarz qimmatli qogʻozlariga investitsiyalar banklarning likvidliligini boshqarishga doir talablar doirasida faqat Markaziy bank tomonidan belgilangan yuqori likvidli qarz qimmatli qogʻozlariga qilinishini. | |
Banklarga yuridik shaxslarni tashkil etish va (yoki) yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) ulushlarni yoki aksiyalarni olish taqiqlanadi, bundan quyidagilar mustasno: | Banklarga yuridik shaxslarni tashkil etish va (yoki) yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) ulushlarni yoki aksiyalarni olish taqiqlanadi, bundan quyidagilar mustasno: |
kredit, sugʻurta va lizing operatsiyalarini professional asosda amalga oshiruvchi yuridik shaxslar; | kredit, sugʻurta, faktoring va lizing operatsiyalarini professional asosda amalga oshiruvchi yuridik shaxslar; |
moliya bozori infratuzilmasining bir qismi boʻlgan yoki banklarga axborot va maslahat xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar; | moliya bozori infratuzilmasining bir qismi boʻlgan yoki banklarga axborot va maslahat xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar; |
qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar; | qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar; |
bankning kafolati ostida qimmatli qogʻozlarni chiqarish va joylashtirish maqsadida mazkur bankning xorijda tashkil etiladigan shuʼba tashkilotlari; | bankning kafolati ostida qimmatli qogʻozlarni chiqarish va joylashtirish maqsadida mazkur bankning xorijda tashkil etiladigan shuʼba tashkilotlari; |
faqat inkassatsiya faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar; | faqat inkassatsiya faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar; |
bank operatsiyalari boʻyicha hisob-kitoblar, shu jumladan bank kartalari bilan operatsiyalarga doir hisob-kitoblar ishtirokchilari oʻrtasida oʻzaro bogʻliqligini taʼminlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar; | bank operatsiyalari boʻyicha hisob-kitoblar, shu jumladan bank kartalari bilan operatsiyalarga doir hisob-kitoblar ishtirokchilari oʻrtasida oʻzaro bogʻliqligini taʼminlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar; |
fond va valyuta birjalari; | fond va valyuta birjalari; |
kredit byurolari; | kredit byurolari; |
qimmatli qogʻozlarning ikkilamchi bozoriga joylashtirilgan aksiyalarning yigirma foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda fond birjasi listingiga kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlari. | qimmatli qogʻozlarning ikkilamchi bozoriga joylashtirilgan aksiyalarning yigirma foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda fond birjasi listingiga kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlari. |
Ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq bank tomonidan bir yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini yoki aksiyalarini olish bankning birinchi darajali regulyativ kapitalining oʻn besh foizidan oshmasligi kerak. Ushbu cheklov bank tomonidan mazkur yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga yoki aksiyalariga egalik qilishga, shu jumladan mazkur yuridik shaxslarning tashkil etilishi hollariga nisbatan ham tatbiq etiladi. | Ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq bank tomonidan bir yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini yoki aksiyalarini olish bankning birinchi darajali regulyativ kapitalining oʻn besh foizidan oshmasligi kerak. Ushbu cheklov bank tomonidan mazkur yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga yoki aksiyalariga egalik qilishga, shu jumladan mazkur yuridik shaxslarning tashkil etilishi hollariga nisbatan ham tatbiq etiladi. |
Banklar tomonidan qimmatli qogʻozlar bilan bitimlarni amalga oshirish, yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini yoki aksiyalarini sotib olish yigʻindisi bankning birinchi darajali regulyativ kapitalining ellik foizidan oshmasligi kerak. | Yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini yoki aksiyalarini sotib olish yigʻindisi bankning birinchi darajali regulyativ kapitalining ellik foizidan oshmasligi kerak. |
Agar bank tomonidan yuridik shaxslar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga yoki aksiyalariga egalik qilish ushbu moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlarida koʻrsatilgan miqdordan ortiq boʻlsa, ushbu ortgan qismni bank bir yil ichida sotishi shart. | Agar bank tomonidan yuridik shaxslar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga yoki aksiyalariga egalik qilish ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlarida koʻrsatilgan miqdordan ortiq boʻlsa, ushbu ortgan qismni bank bir yil ichida sotishi shart. |
Bankka ushbu bank ustav kapitalining bir yoki undan ortiq foiziga egalik qiluvchi yuridik shaxsning ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etish taqiqlanadi. | Bankka ushbu bank ustav kapitalining bir yoki undan ortiq foiziga egalik qiluvchi yuridik shaxsning ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etish taqiqlanadi. |
Ushbu moddaning talablari banklar tomonidan boshqa bankning aksiyalarini yoki oʻzga bank saqlovchisi boʻlgan boshqa qimmatli qogʻozlarni yoxud oʻzga bankka tegishli yuridik shaxslar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarni yoki aksiyalarni ular tomonidan qoʻshib yuborish yoki qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etish amalga oshirilayotganda olish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi. | Ushbu moddaning talablari banklar tomonidan boshqa bankning aksiyalarini yoki oʻzga bank saqlovchisi boʻlgan boshqa qimmatli qogʻozlarni yoxud oʻzga bankka tegishli yuridik shaxslar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarni yoki aksiyalarni ular tomonidan qoʻshib yuborish yoki qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etish amalga oshirilayotganda olish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi. |
Ushbu moddaning birinchi qismidagi bevosita savdo faoliyatini amalga oshirishga oid hamda toʻrtinchi qismidagi yuridik shaxslarni tashkil etishga va (yoki) yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) ulushlarni yoki aksiyalarni olishga oid cheklovlar, agar bunday faoliyat va operatsiyalar islomiy moliya operatsiyalari sifatida amalga oshirilsa, islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarga nisbatan tatbiq etilmaydi. | |
8-modda. Banklarning mustaqilligi | 8-modda. Banklarning mustaqilligi |
Banklar moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq qarorlar qabul qilishda mustaqildir. | Banklar moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq qarorlar qabul qilishda mustaqildir. |
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga banklar faoliyatiga, shu jumladan banklarning kredit portfelini va aktivlarini shakllantirish bilan bogʻliq tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarishga, banklarning rahbar xodimlarini tayinlashga aralashish, shuningdek bankning mablagʻlari hisobidan turli xil toʻlovlar va badallar talab qilish taqiqlanadi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno. | Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga banklar faoliyatiga, shu jumladan banklarning kredit portfelini va aktivlarini shakllantirish bilan bogʻliq tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarishga, banklarning rahbar xodimlarini tayinlashga aralashish, shuningdek bankning mablagʻlari hisobidan turli xil toʻlovlar va badallar talab qilish taqiqlanadi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno. |
9-modda. Davlat va banklar majburiyatlarining chegaralab qoʻyilishi | 9-modda. Davlat va banklar majburiyatlarining chegaralab qoʻyilishi |
Banklar davlatning majburiyatlari boʻyicha, davlat esa banklarning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, bundan banklarning yoki davlatning oʻzi bunday majburiyatlarni zimmasiga olish hollari mustasno. | Banklar davlatning majburiyatlari boʻyicha, davlat esa banklarning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, bundan banklarning yoki davlatning oʻzi bunday majburiyatlarni zimmasiga olish hollari mustasno. |
10-modda. Banklarning uyushmalari | 10-modda. Banklarning uyushmalari |
Banklar, agar qonunchilikning talablariga zid kelmasa, oʻzining umumiy manfaatlarini himoya qilish hamda birgalikdagi dasturlarni amalga oshirish maqsadida uyushmalar va boshqa birlashmalar tuzishi mumkin. | Banklar, agar qonunchilikning talablariga zid kelmasa, oʻzining umumiy manfaatlarini himoya qilish hamda birgalikdagi dasturlarni amalga oshirish maqsadida uyushmalar va boshqa birlashmalar tuzishi mumkin. |
Banklarning uyushmalari axborot almashish va bank faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa masalalarni birgalikda hal qilishga doir tashkilotlarni tashkil etishi mumkin. | Banklarning uyushmalari axborot almashish va bank faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa masalalarni birgalikda hal qilishga doir tashkilotlarni tashkil etishi mumkin. |
Banklarning uyushmalari vakolatli davlat organi tomonidan roʻyxatga olinganidan yoki tugatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganidan keyin Markaziy bankni bu haqda oʻn kunlik muddatda xabardor etadi. | Banklarning uyushmalari vakolatli davlat organi tomonidan roʻyxatga olinganidan yoki tugatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganidan keyin Markaziy bankni bu haqda oʻn kunlik muddatda xabardor etadi. |
11-modda. Bankning nomi | 11-modda. Bankning nomi |
“Bank” atamasidan yoki mazkur atama qoʻshib yasalgan soʻz birikmalaridan faqat bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan firma nomida yoxud tovar belgisida (xizmat koʻrsatish belgisida) foydalaniladi. Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar “bank” atamasini oʻzining firma nomiga qoʻshishi shart. | “Bank” atamasidan yoki mazkur atama qoʻshib yasalgan soʻz birikmalaridan faqat Banklarning davlat reyestriga kiritilgan yuridik shaxslar tomonidan firma nomida yoxud tovar belgisida (xizmat koʻrsatish belgisida) yoki Internet jahon axborot tarmogʻining “UZ” domen zonasida foydalaniladi. Bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyaga (litsenziyalarga) ega boʻlgan yuridik shaxslar “bank” yoki “mikromoliya banki” atamasini oʻzining firma nomiga qoʻshishi shart. Islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan banklar oʻzining firma nomida yoxud xizmat koʻrsatish belgisida “islomiy” atamasidan yoki mazkur atama qoʻshib yasalgan soʻz birikmalaridan foydalanish huquqiga ega, bundan bir vaqtning oʻzida islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga va bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan banklar mustasno. Bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyaga (litsenziyalarga) ega boʻlmagan yuridik shaxslar oʻzining firma nomida yoxud xizmat koʻrsatish belgisida “bank” atamasidan yoki mazkur atama qoʻshib yasalgan soʻz birikmalaridan, shu jumladan islomiy bank faoliyatini amalga oshirishni anglatuvchi soʻzdan, soʻz birikmalaridan foydalanishga haqli emas. |
12-modda. Bankning muassislari | 12-modda. Bankning muassislari |
Yuridik va jismoniy shaxs boʻlgan rezidentlar, shuningdek norezidentlar bank muassislari boʻlishi mumkin. | Yuridik va jismoniy shaxs boʻlgan rezidentlar, shuningdek norezidentlar bank muassislari boʻlishi mumkin. |
Davlat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari asosida boshqa davlat tashkilotlari nomidan bank muassisi va aksiyadori boʻlishi mumkin. Ustav fondining (ustav kapitalining) ellik foizdan ortigʻi davlatga tegishli boʻlgan korxonalar va tashkilotlar, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, bank muassislari va aksiyadorlari boʻlishi mumkin emas. | Davlat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari asosida boshqa davlat tashkilotlari nomidan bank muassisi va aksiyadori boʻlishi mumkin. Ustav fondining (ustav kapitalining) ellik foizdan ortigʻi davlatga tegishli boʻlgan korxonalar va tashkilotlar, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, bank muassislari va aksiyadorlari boʻlishi mumkin emas. |
13-modda. Bankning ustav kapitali | 13-modda. Bankning ustav kapitali |
Bank ustav kapitalining eng kam miqdori: 2023-yil 1-sentabrga qadar yuz milliard soʻmni; 2023-yil 1-sentabrdan eʼtiboran ikki yuz milliard soʻmni; | Bankning, bundan mikromoliya banki mustasno, ustav kapitalining eng kam miqdori: |
2024-yil 1-apreldan eʼtiboran uch yuz ellik milliard soʻmni; | 2024-yil 1-apreldan eʼtiboran uch yuz ellik milliard soʻmni; |
2025-yil 1-yanvardan eʼtiboran besh yuz milliard soʻmni tashkil etishi kerak. | 2025-yil 1-yanvardan eʼtiboran besh yuz milliard soʻmni tashkil etishi kerak. |
Mikromoliya banki ustav kapitalining eng kam miqdori ellik milliard soʻmni tashkil etishi kerak. Markaziy bank oraliq bank ustav kapitalining eng kam miqdorini ushbu moddaning birinchi qismida belgilanganidan kam miqdorda belgilashga haqli. | |
Bankning ustav kapitali Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida shakllantiriladi hamda bank muassislari va aksiyadorlari kiritgan pul mablagʻlaridan yoki davlatning qimmatli qogʻozlaridan tashkil topadi, bundan quyidagi hollar mustasno: | Bankning ustav kapitali Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida shakllantiriladi hamda bank muassislari va aksiyadorlari kiritgan pul mablagʻlaridan yoki davlatning qimmatli qogʻozlaridan tashkil topadi, bundan quyidagi hollar mustasno: |
bank aksiyalarini bankning kreditorlari orasida joylashtirish va bankning kreditorlar oldidagi pul majburiyatlari boʻyicha har qanday huquqlarini (talablarini) hisobga olish yoʻli bilan ularning haqini toʻlash; | bank aksiyalarini bankning kreditorlari orasida joylashtirish va bankning kreditorlar oldidagi pul majburiyatlari boʻyicha har qanday huquqlarini (talablarini) hisobga olish yoʻli bilan ularning haqini toʻlash; |
qimmatli qogʻozlarni bank aksiyalariga ayirboshlash; | qimmatli qogʻozlarni bank aksiyalariga ayirboshlash; |
bankning joylashtirilgan bir turdagi aksiyalarini ushbu bankning boshqa turdagi aksiyalariga almashtirish. | bankning joylashtirilgan bir turdagi aksiyalarini ushbu bankning boshqa turdagi aksiyalariga almashtirish. |
Bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun kreditga, garovga olingan mablagʻlardan, shuningdek majburiyat yuklatilgan boshqa mablagʻlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun kreditga, garovga olingan mablagʻlardan, shuningdek majburiyat yuklatilgan boshqa mablagʻlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Tashkil etilayotgan yoki qoʻshib yuborish, boʻlish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan bank ustav kapitali ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan, bank tashkil etilayotgan yoki qayta tashkil etilayotgan kundagi bank ustav kapitalining eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Bunda bank ustav kapitalining eng kam miqdori bankni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza beriladigan paytgacha bank muassislari tomonidan shakllantirilgan boʻlishi kerak. Tashkil etilayotgan bankning ustav kapitaliga kiritilgan mablagʻlar bankda ochilgan jamgʻarma hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. | Tashkil etilayotgan yoki qoʻshib yuborish, boʻlish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan bank ustav kapitali ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan, bank tashkil etilayotgan yoki qayta tashkil etilayotgan kundagi bank ustav kapitalining eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Bunda bank ustav kapitalining eng kam miqdori bankni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza beriladigan paytgacha bank muassislari tomonidan shakllantirilgan boʻlishi kerak. Tashkil etilayotgan bankning ustav kapitaliga kiritilgan mablagʻlar bankda ochilgan jamgʻarma hisobvaragʻiga oʻtkaziladi, bundan bankni qayta tashkil etish yoki mikromoliya tashkiloti faoliyatini oʻzgartirish orqali tashkil etish hollari mustasno. Mikromoliya tashkiloti faoliyatini oʻzgartirish orqali tashkil etilayotgan mikromoliya bankining ustav kapitalini toʻldirish uchun mablagʻlar mikromoliya tashkilotining hisobvaragʻiga kiritiladi. |
Banklar ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatlarda oʻz ustav kapitali miqdorini mazkur moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan talablarga muvofiqlashtirishi kerak. Ustav kapitalida davlat ulushi mavjud boʻlgan banklar norezidentlarga davlat ulushini toʻliq sotish orqali xususiylashtirilganda Markaziy bank boshqaruvi bank ustav kapitalini mazkur moddaning birinchi qismida belgilangan eng kam miqdorga muvofiqlashtirish boʻyicha belgilangandan boshqa muddatlarni oʻrnatishga haqli. | Banklar ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatlarda oʻz ustav kapitali miqdorini mazkur moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan talablarga muvofiqlashtirishi kerak. Ustav kapitalida davlat ulushi mavjud boʻlgan banklar norezidentlarga davlat ulushini toʻliq sotish orqali xususiylashtirilganda Markaziy bank boshqaruvi bank ustav kapitalini mazkur moddaning birinchi qismida belgilangan eng kam miqdorga muvofiqlashtirish boʻyicha belgilangandan boshqa muddatlarni oʻrnatishga haqli. |
Tizimli moliyaviy inqiroz holatida bank aksiyalari davlat qimmatli qogʻozlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan sotib olinishi mumkin. | Tizimli moliyaviy inqiroz holatida bank aksiyalari davlat qimmatli qogʻozlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan sotib olinishi mumkin. |
14-modda. Bankning ustavi va ichki nizomlari | 14-modda. Bankning ustavi va ichki nizomlari |
Bank oʻz ustavi asosida faoliyat koʻrsatadi. | Bank oʻz ustavi asosida faoliyat koʻrsatadi. |
Bank ustavida quyidagilar koʻrsatilishi kerak: | Bank ustavida quyidagilar koʻrsatilishi kerak: |
bankning toʻliq va qisqartirilgan firma nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda elektron pochta manzili; | bankning toʻliq va qisqartirilgan firma nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda elektron pochta manzili; |
ustav kapitalining miqdori; | ustav kapitalining miqdori; |
ustav kapitalini koʻpaytirish va kamaytirish tartibi; | ustav kapitalini koʻpaytirish va kamaytirish tartibi; |
chiqarilayotgan aksiyalarning turlari va soni, aksiyalar turlarining nisbati; | chiqarilayotgan aksiyalarning turlari va soni, aksiyalar turlarining nisbati; |
sof foydani taqsimlash, shuningdek zararlarning oʻrnini qoplash tartibi; | sof foydani taqsimlash, shuningdek zararlarning oʻrnini qoplash tartibi; |
zaxira fondini va boshqa fondlarni tashkil etish tartibi; | zaxira fondini va boshqa fondlarni tashkil etish tartibi; |
bank aksiyadorlarining huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan ushbu Qonun talablariga muvofiqlikni taʼminlash uchun bank tomonidan soʻrab olinadigan axborotni taqdim etish majburiyatlari; | bank aksiyadorlarining huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan ushbu Qonun talablariga muvofiqlikni taʼminlash uchun bank tomonidan soʻrab olinadigan axborotni taqdim etish majburiyatlari; |
bankning boshqaruv organlari tuzilmasi, ularni tashkil etish tartibi, bank kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolarining soni, vakolatlari va vazifalari haqidagi maʼlumotlar; | bankning boshqaruv organlari tuzilmasi, ularni tashkil etish tartibi, bank kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolarining soni, vakolatlari va vazifalari haqidagi maʼlumotlar; |
aksiyadorlar (muassislar) oʻrtasida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish choralari; | aksiyadorlar (muassislar) oʻrtasida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish choralari; |
bank tomonidan aksiyalarni joylashtirish tartibi va shartlari; | bank tomonidan aksiyalarni joylashtirish tartibi va shartlari; |
bankni qayta tashkil etish va tugatish tartibi. | bankni qayta tashkil etish va tugatish tartibi. |
Bankning ustavida ushbu moddada belgilangan talablardan tashqari aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan maʼlumotlar ham boʻlishi kerak. | Bankning ustavida ushbu moddada belgilangan talablardan tashqari aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan maʼlumotlar ham boʻlishi kerak. |
Islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bankning ustavida ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilganidan tashqari quyidagilar qoʻshimcha ravishda koʻrsatilishi kerak: islomiy moliya operatsiyalarini amalga oshirish; islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bankning islomiy moliya masalalarini muvofiqlashtiruvchi islomiy moliya kengashi (bundan buyon matnda bankning islomiy moliya kengashi deb yuritiladi) aʼzolarining soni, ularning vakolatlari va vazifalari; bankning islomiy moliya kengashini tashkil etish tartibi va uning aʼzolariga nisbatan qoʻyiladigan talablar. | |
Bankning ustavi, unga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar Markaziy bankda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim. | Bankning ustavi, unga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar Markaziy bankda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim. |
Bankning ichki qoidalari, shuningdek ularga kiritiladigan keyingi oʻzgartish hamda qoʻshimchalar banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq ishlab chiqilishi hamda Markaziy bankka taqdim etilishi kerak. | Bankning ichki qoidalari, shuningdek ularga kiritiladigan keyingi oʻzgartish hamda qoʻshimchalar banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq ishlab chiqilishi hamda Markaziy bankka taqdim etilishi kerak. |
2-bob. Bank faoliyatiga ruxsat berishga doir eng zarur shartlar | 2-bob. Bank faoliyatiga ruxsat berishga doir eng zarur shartlar |
15-modda. Bankni tashkil etish | 15-modda. Bankni tashkil etish |
Banklar aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi. | Banklar aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi. |
Banklar Markaziy bankda davlat roʻyxatiga olingan paytdan eʼtiboran yuridik shaxs maqomini oladi. Banklar Oʻzbekiston Respublikasida oʻz faoliyatini Markaziy bank tomonidan beriladigan, bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) asosida amalga oshiradi. Litsenziya uning amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi. Litsenziyani yoki unga doir huquqlarni boshqa shaxslarga oʻtkazish taqiqlanadi. Litsenziyasiz amalga oshiriladigan bank faoliyati gʻayriqonuniy deb hisoblanadi va javobgarlikka sabab boʻladi. Bunday faoliyat natijasida olingan daromad Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qoʻyiladi. | Bank taʼsis etish yoki qayta tashkil etish yoxud mikromoliya tashkiloti faoliyatini oʻzgartirish orqali tashkil etiladi. |
Banklarni litsenziyalash tartib-taomili quyidagi ikki bosqichdan iborat: | Banklarni litsenziyalash tartib-taomili quyidagi ikki bosqichdan iborat: |
Markaziy bank tomonidan bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish; | Markaziy bank tomonidan bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish; |
bir vaqtning oʻzida litsenziya bergan holda bankni davlat roʻyxatidan oʻtkazish. | bir vaqtning oʻzida litsenziya bergan holda bankni davlat roʻyxatidan oʻtkazish. |
Amalga oshirilishi uchun qonunchilikka muvofiq alohida litsenziyalar yoki ruxsatnomalar olinishi talab etiladigan faoliyat banklar tomonidan tegishli hujjatlar olinganidan keyin amalga oshiriladi. | Oraliq bankning tashkil etilishi va faoliyatni amalga oshirishining oʻziga xos xususiyatlari “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi. |
16-modda. Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish | 16-modda. Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish |
Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun muassislar tomonidan bank tashkil etish boʻyicha oʻz manfaatlarini Markaziy bankda ifoda etishga vakil qilingan shaxs (bundan buyon matnda ariza beruvchi deb yuritiladi) taʼsis shartnomasi imzolaganidan keyin uch oydan kechiktirmay Markaziy bankka quyidagilarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi: | Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun ariza beruvchi bank tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin uch oydan kechiktirmay Markaziy bankka quyidagilarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi, bundan bankni mikromoliya tashkiloti faoliyatini oʻzgartirish orqali tashkil etish mustasno: |
taʼsis shartnomasini; | bank ikki va undan ortiq shaxslar tomonidan tashkil etilganda taʼsis shartnomasini; |
ikki nusxadagi bank ustavini; | ikki nusxadagi bank ustavini; |
taʼsis yigʻilishining bayonnomasini; | bankni tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorni; |
muassislar roʻyxatini; | muassislar (aksiyadorlar) roʻyxatini; |
hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan bevosita va bilvosita muassislar, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek ushbu Qonunning 24-moddasiga muvofiq baholashni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborotni; | hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan har bir bevosita va bilvosita muassis (egalik qiluvchi), shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdor toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek ushbu Qonunning 24-moddasiga muvofiq baholashni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborotni; |
hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan shaxslar mavjud boʻlmagan taqdirda, bankning ustav kapitalida eng koʻp ulushlarga ega boʻlgan, umumiy ulushi kamida ellik foizni tashkil etadigan bevosita va bilvosita muassislar, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlar toʻgʻrisidagi axborotni, shu jumladan ushbu Qonunning 24-moddasiga muvofiq baholashni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborotni; | hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan shaxslar mavjud boʻlmagan taqdirda, bankning ustav kapitalida eng koʻp ulushlarga ega boʻlgan, umumiy ulushi kamida ellik foizni tashkil etadigan bevosita va bilvosita muassislar (egalik qiluvchilar), shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlar toʻgʻrisidagi axborotni, shu jumladan ushbu Qonunning 24-moddasiga muvofiq baholashni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborotni; |
muassis boʻlgan yuridik shaxsning auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangan oxirgi uch yil uchun moliyaviy hisobotlarini; | muassis (aksiyador) boʻlgan yuridik shaxsning auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangan oxirgi uch yil uchun moliyaviy hisobotlarini; |
bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun kiritilgan mablagʻlarning manbalari toʻgʻrisidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni; | bankning ustav kapitalini shakllantirish (toʻldirish) uchun kiritiladigan mablagʻlarning manbalari toʻgʻrisidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni; |
bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolari toʻgʻrisidagi, bu aʼzolarning ushbu Qonunning 36-moddasi talablariga muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan axborotni; | bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolari toʻgʻrisidagi, bu aʼzolarning ushbu Qonunning 36-moddasi talablariga muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan axborotni; |
bankning tashkiliy tuzilmasini; | bankning tashkiliy tuzilmasini; |
bankning ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi nizom loyihasini; | bankning ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi nizom loyihasini; |
bankning keyingi uch yilga moʻljallangan biznes-rejasini; | bankning keyingi uch yilga moʻljallangan biznes-rejasini; |
keyinchalik bankning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanishi lozim boʻlgan, bankning kredit, investitsiya va emissiya siyosatining loyihalarining, shuningdek tavakkalchiliklarni boshqarish va ichki nazorat siyosati loyihalarining koʻchirma nusxalarini. arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni. | keyinchalik bankning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanishi lozim boʻlgan, bankning kredit (moliyalashtirish), investitsiya va emissiya siyosatining loyihalarining, shuningdek tavakkalchiliklarni boshqarish va ichki nazorat siyosati loyihalarining koʻchirma nusxalarini. Islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun ariza beruvchi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagilarni taqdim etadi: bankning islomiy moliya kengashi, islomiy moliya masalalari boʻyicha maxsus boʻlinmasi va islomiy moliya boʻyicha ichki auditi toʻgʻrisidagi nizomlari loyihalarini; islomiy moliya standartlariga muvofiqlik siyosati loyihasini; bankning islomiy moliya kengashi aʼzolari toʻgʻrisidagi hamda islomiy moliya kengashi aʼzolarining ushbu Qonun 36-moddasining talablariga muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan axborotni. |
Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida yigʻim undiriladi. | Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida yigʻim undiriladi. |
Ariza beruvchi bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizada elektron pochta manzilini koʻrsatishga haqli. Elektron pochta manzilining koʻrsatilishi ariza yuzasidan qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi xabarnomani olishga yoki axborot kommunikatsiya tizimi orqali elektron shaklda qoʻshimcha axborotni soʻrab olinishiga boʻlgan rozilikdir. | Ariza beruvchi bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizada elektron pochta manzilini koʻrsatishga haqli. Elektron pochta manzilining koʻrsatilishi ariza yuzasidan qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi xabarnomani olishga yoki axborot kommunikatsiya tizimi orqali elektron shaklda qoʻshimcha axborotni soʻrab olinishiga boʻlgan rozilikdir. |
Taqdim etilgan hujjatlarda Markaziy bank tomonidan kamchiliklar aniqlangan va (yoki) ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan toʻliq hajmda taqdim etilmagan taqdirda, Markaziy bank ariza beruvchiga bartaraf etilishi lozim boʻlgan kamchiliklar va (yoki) taqdim etilishi zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxati koʻrsatilgan holdagi xabarnomani ariza taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida yuboradi. | Taqdim etilgan hujjatlarda Markaziy bank tomonidan kamchiliklar aniqlangan va (yoki) ushbu moddaning birinchi va (yoki) ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan toʻliq hajmda taqdim etilmagan taqdirda, Markaziy bank ariza beruvchiga bartaraf etilishi lozim boʻlgan kamchiliklar va (yoki) taqdim etilishi zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxati koʻrsatilgan holdagi xabarnomani ariza taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida yuboradi. |
Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi ariza bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran uch oy ichida Markaziy bank tomonidan koʻrib chiqilishi kerak. Mazkur muddat ushbu moddaning oltinchi qismida koʻrsatilgan hollarda toʻrt oygacha uzaytirilishi mumkin. | Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi ariza bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran uch oy ichida Markaziy bank tomonidan koʻrib chiqilishi kerak. Mazkur muddat ushbu moddaning yettinchi qismida koʻrsatilgan hollarda toʻrt oygacha uzaytirilishi mumkin. |
Agar ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar va axborot bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun yetarli boʻlmasa, Markaziy bank ariza beruvchidan qoʻshimcha hujjatlar va axborot soʻrashga haqlidir. | Agar ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan hujjatlar va axborot bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun yetarli boʻlmasa, Markaziy bank ariza beruvchidan qoʻshimcha hujjatlar va axborot soʻrashga haqlidir. |
Ariza beruvchi Markaziy bank soʻragan hujjatlar va axborotni soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan oshmagan muddatda ushbu moddaning oltinchi qismiga muvofiq taqdim etishi kerak, ushbu muddat mobaynida bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqiladigan uch oylik davr toʻxtatib turiladi. | Ariza beruvchi Markaziy bank soʻragan hujjatlar va axborotni soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan oshmagan muddatda ushbu moddaning yettinchi qismiga muvofiq taqdim etishi kerak, ushbu muddat mobaynida bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqiladigan uch oylik davr toʻxtatib turiladi. |
Markaziy bank ariza beruvchini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran uch ish kuni ichida yozma shaklda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya tizimi orqali elektron shaklda xabardor qiladi. | Markaziy bank ariza beruvchini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran uch ish kuni ichida yozma shaklda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya tizimi orqali elektron shaklda xabardor qiladi. |
Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnoma olingan kundan eʼtiboran olti oydan oshmagan muddat ichida yuridik kuchini saqlab turadi. | Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnoma olingan kundan eʼtiboran olti oydan oshmagan muddat ichida yuridik kuchini saqlab turadi. |
Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnoma quyidagi hollarda amal qilish muddati tugashidan oldin bekor qilinadi: | Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnoma quyidagi hollarda amal qilish muddati tugashidan oldin bekor qilinadi: |
dastlabki ruxsatnoma soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda; | dastlabki ruxsatnoma soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda; |
ilgari baholashdan oʻtgan va ushbu Qonunning 24-moddasi talablariga javob bergan muassislar, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlar endilikda ushbu modda talablariga muvofiq boʻlmaganda; | ilgari baholashdan oʻtgan va ushbu Qonunning 24-moddasi talablariga javob bergan muassislar, bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchilar, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlar endilikda ushbu modda talablariga muvofiq boʻlmaganda; |
ilgari baholashdan oʻtgan va ushbu Qonunning 36-moddasi talablariga javob bergan bank kuzatuv kengashi va (yoki) boshqaruvi aʼzolari endilikda ushbu modda talablariga muvofiq boʻlmaganda, shuningdek bank kuzatuv kengashi va (yoki) boshqaruvining yangi tayinlangan aʼzolari toʻgʻrisida axborot taqdim etilmaganda; | ilgari baholashdan oʻtgan va ushbu Qonunning 36-moddasi talablariga javob bergan bankning kuzatuv kengashi, boshqaruvi aʼzolari va (yoki) bankning islomiy moliya kengashi aʼzolaridan biri endilikda ushbu modda talablariga muvofiq boʻlmaganda, shuningdek bank kuzatuv kengashi, boshqaruvi va (yoki) bank islomiy moliya kengashining yangi tayinlangan aʼzolari toʻgʻrisida axborot taqdim etilmaganda; |
taqdim etilgan biznes-rejaga tarkibiy oʻzgartishlar kiritilganda; | taqdim etilgan biznes-rejaga tarkibiy oʻzgartishlar kiritilganda; |
bankni xavfsiz va barqaror boshqarishni taʼminlab boʻlmasligini koʻrsatuvchi faktlar aniqlanganda. | bankni xavfsiz va barqaror boshqarishni taʼminlab boʻlmasligini koʻrsatuvchi faktlar aniqlanganda. |
17-modda. Chet ellik muassislarga nisbatan ular tomonidan bankni tashkil etish yoki bankning ustav kapitalida ishtirok etish chogʻida qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar | 17-modda. Chet ellik muassislarga (aksiyadorlarga) nisbatan ular tomonidan bankni tashkil etish yoki bankning ustav kapitalida ishtirok etish chogʻida qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar |
Bankni tashkil etishda yoki bankning ustav kapitalida chet el banki ishtirok etganda ushbu Qonunning 16-moddasida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlar qoʻshimcha ravishda taqdim etiladi: | Bankni tashkil etishda yoki bankning ustav kapitalida chet el banki ishtirok etganda ushbu Qonunning 16-moddasida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlar qoʻshimcha ravishda taqdim etiladi: |
chet el banki vakolatli organining bankni tashkil etish yoki bankning ustav kapitalida ishtirok etish toʻgʻrisidagi qarori; | chet el banki vakolatli organining bankni tashkil etish yoki bankning ustav kapitalida ishtirok etish toʻgʻrisidagi qarori; |
chet el bankining ustavi; | chet el bankining ustavi; |
chet el banki bankni nazorat qilish organining mazkur chet el banki uning konsolidatsiyalashgan nazorati ostida turishi, pul mablagʻlarini depozitlarga qabul qilish huquqiga ega ekanligi va unga bankni nazorat qilish organining bankni tashkil etish yoki bankning ustav kapitalida ishtirok etish uchun ruxsatnomasi berilganligi toʻgʻrisidagi yozma tasdiqnomasi yoxud shunday ruxsatnoma talab etilmasligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomasi; | chet el banki bankni nazorat qilish organining mazkur chet el banki uning konsolidatsiyalashgan nazorati ostida turishi, pul mablagʻlarini depozitlarga qabul qilish huquqiga ega ekanligi va unga bankni nazorat qilish organining bankni tashkil etish yoki bankning ustav kapitalida ishtirok etish uchun ruxsatnomasi berilganligi toʻgʻrisidagi yozma tasdiqnomasi yoxud shunday ruxsatnoma talab etilmasligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomasi; |
chet el banki kapitalining va kredit reytingining Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat. | chet el banki kapitalining va kredit reytingining Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat. |
Markaziy bank yuqori kapital va kredit reytingi koʻrsatkichlariga ega boʻlgan xalqaro moliya institutlari, chet el banklari hamda boshqa kredit tashkilotlari tomonidan bank tashkil etayotganda yoki bankning ustav kapitalida ishtirok etayotganda dastlabki ruxsatnomani olishning alohida tartibini belgilashga haqli. | Markaziy bank yuqori kapital va kredit reytingi koʻrsatkichlariga ega boʻlgan xalqaro moliya institutlari, chet el banklari hamda boshqa kredit tashkilotlari tomonidan bank tashkil etayotganda yoki bankning ustav kapitalida ishtirok etayotganda dastlabki ruxsatnomani olishning alohida tartibini belgilashga haqli. |
Norezident boʻlgan jismoniy shaxslarning va xalqaro moliya institutlari, chet el banklari va boshqa kredit tashkilotlari boʻlmagan yuridik shaxslarning jami ulushi bank ustav kapitalining ellik foizidan oshmasligi kerak. | Norezident boʻlgan jismoniy shaxslarning va xalqaro moliya institutlari, chet el banklari va boshqa kredit tashkilotlari boʻlmagan yuridik shaxslarning jami ulushi bank ustav kapitalining ellik foizidan oshmasligi kerak. |
Markaziy bank xalqaro moliya institutlari, chet el banklari va boshqa kredit tashkilotlari boʻlmagan, bank muassislari boʻlgan norezidentlarning kapitaliga hamda kredit reytingiga nisbatan, shuningdek norezidentlar joylashgan davlatning reytingiga nisbatan eng zarur talablarni belgilashga haqli. | Markaziy bank xalqaro moliya institutlari, chet el banklari va boshqa kredit tashkilotlari boʻlmagan, bank muassislari (aksiyadorlari) boʻlgan norezidentlarning kapitaliga hamda kredit reytingiga nisbatan, shuningdek norezidentlar joylashgan davlatning reytingiga nisbatan eng zarur talablarni belgilashga haqli. |
Imtiyozli soliq rejimini taqdim etuvchi va (yoki) oxirgi benefitsiar mulkdorning shaxsini oshkor qilish hamda moliyaviy operatsiyalarni oʻtkazish chogʻida axborot taqdim etish nazarda tutilmaydigan davlatda yoki hududda roʻyxatga olingan yuridik shaxslar va shunday davlatda yoki hududda yashaydigan jismoniy shaxslar bankning muassislari va aksiyadorlari boʻlishi mumkin emas (bundan chet el fond bozorlarida bank aksiyalarini sotib olgan yuridik va jismoniy shaxslar mustasno). | Imtiyozli soliq rejimini taqdim etuvchi va (yoki) oxirgi benefitsiar mulkdorning shaxsini oshkor qilish hamda moliyaviy operatsiyalarni oʻtkazish chogʻida axborot taqdim etish nazarda tutilmaydigan davlatda yoki hududda roʻyxatga olingan yuridik shaxslar va shunday davlatda yoki hududda yashaydigan jismoniy shaxslar bankning muassislari va aksiyadorlari boʻlishi mumkin emas (bundan chet el fond bozorlarida bank aksiyalarini sotib olgan yuridik va jismoniy shaxslar mustasno). |
Bank tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishda Markaziy bank: | Bank tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishda Markaziy bank: |
Markaziy bank bilan chet el banki boʻlgan muassisning bankni nazorat qilish organi oʻrtasida axborot ayirboshlash toʻgʻrisidagi kelishuv mavjudligini; | Markaziy bank bilan chet el banki boʻlgan muassisning (aksiyadorning) bankni nazorat qilish organi oʻrtasida axborot ayirboshlash toʻgʻrisidagi kelishuv mavjudligini; |
norezident joylashgan mamlakat vakolatli organlarining axborotini va fikrlarini inobatga oladi. | norezident joylashgan mamlakat vakolatli organlarining axborotini va fikrlarini inobatga oladi. Markaziy bank mazkur holatlarni bankning ustav kapitalidagi ushbu Qonun 22-moddasi birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan miqdordagi ulushni olishga doir dastlabki ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish chogʻida ham inobatga oladi. |
Ushbu Qonunning 16-moddasida va ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar muassis boʻlgan bank roʻyxatga olingan yerda joylashgan Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi yoki boshqa konsullik muassasalari tomonidan tasdiqlanadi. | Ushbu Qonunning 16-moddasida va ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar muassis (aksiyador) boʻlgan bank roʻyxatga olingan yerda joylashgan Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi yoki boshqa konsullik muassasalari tomonidan tasdiqlanadi, bundan ushbu Qonun 16-moddasi birinchi qismining uchinchi, beshinchi, sakkizinchi, toʻqqizinchi, oʻn birinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar mustasno. |
18-modda. Litsenziyalashdan oldin boshqa organlar bilan maslahatlashish | 18-modda. Litsenziyalashdan oldin boshqa organlar bilan maslahatlashish |
Markaziy bank litsenziyalashdan oldingi tartib-taomillar doirasida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan maslahatlashishga haqlidir. | Markaziy bank litsenziyalashdan oldingi tartib-taomillar doirasida vazirliklar, idoralar hamda boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan maslahatlashishga haqlidir. |
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari Markaziy bank tomonidan soʻralgan, tegishli qarorni qabul qilish uchun zarur boʻlgan axborotni taqdim etishi kerak. | Vazirliklar, idoralar hamda boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari Markaziy bank tomonidan soʻralgan, tegishli qarorni qabul qilish uchun zarur boʻlgan axborotni taqdim etishi kerak. |
Markaziy bank chet davlatlarning vakolatli organlariga zarur axborotni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrovnomalar yuborishga haqli. | Markaziy bank chet davlatlarning vakolatli organlariga zarur axborotni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrovnomalar yuborishga haqli. |
19-modda. Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berishni rad etish | 19-modda. Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berishni rad etish |
Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi: | Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi: |
ushbu Qonun 16 va 17-moddalarida koʻrsatilgan taqdim etilgan hujjatlarning banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq emasligi; | ushbu Qonun 16 va 17-moddalarida koʻrsatilgan taqdim etilgan hujjatlarning banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq emasligi; |
baholanishi ushbu Qonunning 24-moddasiga muvofiq amalga oshirilgan muassislarning, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlarning mazkur modda talablariga muvofiq emasligi; | baholanishi ushbu Qonunning 24-moddasiga muvofiq amalga oshirilgan bevosita va bilvosita muassislarning (egalik qiluvchilarning), shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlarning mazkur modda talablariga muvofiq emasligi; |
bankning biznes-rejada koʻrsatilgan maqsadlarga erishishga qodir emasligi; | bankning biznes-rejada koʻrsatilgan maqsadlarga erishishga qodir emasligi; |
tashkil etiladigan bank bilan yaqin aloqalarga ega boʻlgan bir yoki bir necha shaxsning faoliyatini tartibga soluvchi boshqa mamlakat qonunlarida yoki normativ hujjatlarida ushbu shaxslarga nisbatan boshqa mamlakat vakolatli organlarining talablari mavjudligi yoxud ular tomonidan qoʻllanilgan, Markaziy bankning nazorat qilish vazifasini amalga oshirishiga toʻsqinlik qiluvchi taqiqlar hamda cheklovlar qoʻllanilganligi yoki Oʻzbekiston Respublikasining banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchiligiga rioya etish borasida boshqa moneliklarning mavjudligi; | tashkil etiladigan bank bilan yaqin aloqalarga ega boʻlgan bir yoki bir necha shaxsning faoliyatini tartibga soluvchi boshqa mamlakat qonunlarida yoki normativ hujjatlarida ushbu shaxslarga nisbatan boshqa mamlakat vakolatli organlarining talablari mavjudligi yoxud ular tomonidan qoʻllanilgan, Markaziy bankning nazorat qilish vazifasini amalga oshirishiga toʻsqinlik qiluvchi taqiqlar hamda cheklovlar qoʻllanilganligi yoki Oʻzbekiston Respublikasining banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchiligiga rioya etish borasida boshqa moneliklarning mavjudligi; |
ushbu Qonun 16-moddasining oltinchi qismiga muvofiq Markaziy bank tomonidan soʻralgan qoʻshimcha hujjatlarning va axborotning taqdim etilmaganligi. | tashkil etiladigan bank islomiy moliya kengashining aʼzolari Markaziy bankning malaka talablariga muvofiq emasligi; ushbu Qonun 16-moddasining yettinchi qismiga muvofiq Markaziy bank tomonidan soʻralgan qoʻshimcha hujjatlarning va axborotning taqdim etilmaganligi. |
Yaqin aloqalar deganda ikki yoki bir necha shaxs quyidagilar vositasida oʻzaro bogʻliq boʻlgan holat tushuniladi: | Yaqin aloqalar deganda ikki yoki bir necha shaxs quyidagilar vositasida oʻzaro bogʻliq boʻlgan holat tushuniladi: |
yuridik shaxs ovoz berish huquqlarining yoki ustav fondining (ustav kapitalining) kamida yigirma foiziga bevosita egalik qilishni yoki nazoratni qoʻlga kiritish; | yuridik shaxs ovoz berish huquqlarining yoki ustav fondining (ustav kapitalining) kamida yigirma foiziga bevosita egalik qilishni yoki nazoratni qoʻlga kiritish; |
nazorat qilish; | nazorat qilish; |
ikki shaxs yoki barcha shaxslar oʻrtasida yoki shu shaxslar va uchinchi shaxs oʻrtasida oʻrnatilgan doimiy nazoratning mavjudligi. | ikki shaxs yoki barcha shaxslar oʻrtasida yoki shu shaxslar va uchinchi shaxs oʻrtasida oʻrnatilgan doimiy nazoratning mavjudligi. |
Nazorat deganda shaxslar oʻrtasidagi quyidagi mezonlardan biriga mos keluvchi oʻzaro aloqa tushuniladi: | Nazorat deganda shaxslar oʻrtasidagi quyidagi mezonlardan biriga mos keluvchi oʻzaro aloqa tushuniladi: |
shaxs tomonidan boshqa yuridik shaxsning ustav fondida (ustav kapitalida) ustunlik qiladigan ulushlarga egalik qilish; | shaxs tomonidan boshqa yuridik shaxsning ustav fondida (ustav kapitalida) ustunlik qiladigan ulushlarga egalik qilish; |
yuridik shaxsning ishtirokchisi (aksiyadori) boʻlgan shaxsning shu yuridik shaxs boshqaruv organlarining koʻpchilik aʼzolarini tayinlash yoki almashtirish huquqi; | yuridik shaxsning ishtirokchisi (aksiyadori) boʻlgan shaxsning shu yuridik shaxs boshqaruv organlarining koʻpchilik aʼzolarini tayinlash yoki almashtirish huquqi; |
shaxsning yuridik shaxs faoliyatiga, u bilan tuzilgan shartnomaga va (yoki) uning ustavi qoidalariga muvofiq taʼsir koʻrsatish imkoniyati; | shaxsning yuridik shaxs faoliyatiga, u bilan tuzilgan shartnomaga va (yoki) uning ustavi qoidalariga muvofiq taʼsir koʻrsatish imkoniyati; |
yuridik shaxsning ishtirokchisi (aksiyadori) boʻlgan shaxsning shu yuridik shaxs boshqaruv organlarining ovoz berish huquqini amalga oshirishi natijasida oʻzi tayinlagan aʼzolariga taʼsir koʻrsatish imkoniyati. Ushbu mezon, agar nazorat ushbu qismning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan mezonlardan biriga muvofiq boʻlsa, qoʻllanilmaydi; | yuridik shaxsning ishtirokchisi (aksiyadori) boʻlgan shaxsning shu yuridik shaxs boshqaruv organlarining ovoz berish huquqini amalga oshirishi natijasida oʻzi tayinlagan aʼzolariga taʼsir koʻrsatish imkoniyati. Ushbu mezon, agar nazorat ushbu qismning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan mezonlardan biriga muvofiq boʻlsa, qoʻllanilmaydi; |
yuridik shaxsning ishtirokchisi (aksiyadori) boʻlgan shaxsning oʻzining boshqa ishtirokchilari (aksiyadorlari) yoki aʼzolari bilan kelishuvga binoan mazkur yuridik shaxsning ustav fondida (ustav kapitalida) ustunlik qiladigan ulushlarni boshqarish imkoniyati. | yuridik shaxsning ishtirokchisi (aksiyadori) boʻlgan shaxsning oʻzining boshqa ishtirokchilari (aksiyadorlari) yoki aʼzolari bilan kelishuvga binoan mazkur yuridik shaxsning ustav fondida (ustav kapitalida) ustunlik qiladigan ulushlarni boshqarish imkoniyati. |
Markaziy bankning asoslantirilgan mulohazasi bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berishni rad etish uchun asos boʻladi. | Markaziy bankning asoslantirilgan mulohazasi bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berishni rad etish uchun asos boʻladi. |
Dastlabki ruxsatnomani berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma ariza beruvchiga ushbu Qonun 16-moddasining sakkizinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda va shakllarda, rad etish sabablari koʻrsatilgan holda yuboriladi. | Dastlabki ruxsatnomani berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma ariza beruvchiga ushbu Qonun 16-moddasining toʻqqizinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda va shakllarda, rad etish sabablari koʻrsatilgan holda yuboriladi. |
Rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf qilinganligi inobatga olingan holda taqdim etilgan ariza va hujjatlar yangidan berilgan deb hisoblanadi. | Rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf qilinganligi inobatga olingan holda taqdim etilgan ariza va hujjatlar yangidan berilgan deb hisoblanadi. |
20-modda. Bankni davlat roʻyxatiga olish va litsenziya berish | 20-modda. Bankni davlat roʻyxatiga olish va bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) berish |
Bankni davlat roʻyxatiga olish va litsenziya olish uchun ariza beruvchi bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnoma olinganidan keyin olti oydan kechiktirmay Markaziy bankka quyidagilarni taqdim etishi kerak: | Bankni davlat roʻyxatiga olish va bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) olish uchun ariza beruvchi bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnoma olinganidan keyin olti oydan kechiktirmay Markaziy bankka quyidagilarni taqdim etishi kerak: |
bankni davlat roʻyxatiga olish va litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza; | bankni davlat roʻyxatiga olish va bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) berish toʻgʻrisidagi ariza; |
ushbu Qonun bilan belgilangan eng kam miqdordan kam boʻlmagan summada bankning ustav kapitali shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek muassislarning roʻyxati; | ushbu Qonun bilan belgilangan eng kam miqdordan kam boʻlmagan summada bankning ustav kapitali shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek muassislarning (aksiyadorlarning) roʻyxati; |
bankning muhim ahamiyatga ega xodimlari toʻgʻrisida ularning ushbu Qonunning 36-moddasi talablariga muvofiqligini baholashdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborot; | bankning muhim ahamiyatga ega xodimlari toʻgʻrisida ularning ushbu Qonunning 36-moddasi talablariga muvofiqligini baholashdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborot; |
tashkil etilayotgan bank joylashgan yerdagi Markaziy bank hududiy bosh boshqarmasining bank binolari, ularning muhofaza qilinishi taʼminlanganligi, uskunalar, ishlarni tashkil etish texnika vositalari bilan jihozlanganligining va dasturiy taʼminotining Markaziy bank talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi; | tashkil etilayotgan bank joylashgan yerdagi Markaziy bank hududiy bosh boshqarmasining bank binolari, ularning muhofaza qilinishi taʼminlanganligi, uskunalar, ishlarni tashkil etish texnika vositalari bilan jihozlanganligining va dasturiy taʼminotining Markaziy bank talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi; |
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun bank binolarida shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq qulay shart-sharoitlar yaratilganligi boʻyicha Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining xulosasi; agar ariza bir vaqtning oʻzida bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya hamda islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berish uchun taqdim etilsa, ushbu Qonun 201-moddasi birinchi qismining yettinchi va toʻqqizinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hujjatlar; | |
ushbu Qonunning 16 va 17-moddalarida sanab oʻtilgan barcha hujjatlarning elektron shakldagi koʻchirma nusxalari. | ushbu Qonunning 16 va 17-moddalarida sanab oʻtilgan barcha hujjatlarning elektron shakldagi koʻchirma nusxalari. |
Basharti bankning faoliyati xavfsiz tarzda amalga oshirilishi taʼminlansa hamda omonatchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini, shuningdek bank tizimi lozim darajada ishlashini kafolatlovchi korporativ boshqaruv talablariga rioya etilsa, Markaziy bank bankni davlat roʻyxatiga olish hamda litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. | Basharti bankning faoliyati xavfsiz tarzda amalga oshirilishi taʼminlansa hamda omonatchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini, shuningdek bank tizimi lozim darajada ishlashini kafolatlovchi korporativ boshqaruv talablariga rioya etilsa, Markaziy bank bankni davlat roʻyxatiga olish hamda bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. |
Bankni davlat roʻyxatiga olish va litsenziya berish haqidagi qaror ariza barcha zarur hujjatlar bilan olingan kundan eʼtiboran bir oydan oshmagan muddatda qabul qilinadi. | Bankni davlat roʻyxatiga olish va bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) berish haqidagi qaror ariza barcha zarur hujjatlar bilan olingan kundan eʼtiboran bir oydan oshmagan muddatda qabul qilinadi. |
Markaziy bank tegishli qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran uch ish kuni ichida ariza beruvchini qabul qilingan qaror haqida yozma shaklda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya tizimi orqali elektron shaklda xabardor qiladi. | Markaziy bank tegishli qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran uch ish kuni ichida ariza beruvchini qabul qilingan qaror haqida yozma shaklda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya tizimi orqali elektron shaklda xabardor qiladi. |
Litsenziya berilganligi uchun qonunda belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi. Bankning davlat roʻyxatiga olinganligi va unga litsenziya berilganligi toʻgʻrisidagi axborot Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. Litsenziyaning qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlangan taqdirda litsenziya Markaziy bank tomonidan chaqirib olinadi. 21-modda. Bankni davlat roʻyxatiga olishni va litsenziya berishni rad etish Bankni davlat roʻyxatiga olishni va litsenziya berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi: | Bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) berilganligi uchun qonunda belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi. Bankning davlat roʻyxatiga olinganligi va unga bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) berilganligi toʻgʻrisidagi axborot Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. Bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyaning (litsenziyalarning) qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlangan taqdirda bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) Markaziy bank tomonidan chaqirib olinadi. 201-modda. Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan bankka islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani berish Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan bank islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun Markaziy bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak: islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani berish toʻgʻrisidagi arizani; bank aksiyadorlari umumiy yigʻilishining islomiy bank faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorini; bankning ushbu Qonun 14-moddasining toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan talablar inobatga olingan ustavini; bankda bankning islomiy moliya kengashi, islomiy moliya masalalari boʻyicha maxsus boʻlinmasi va islomiy moliya boʻyicha ichki auditi tashkil etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni; ushbu Qonun 16-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni; bankning islomiy bank faoliyatiga masʼul boʻlgan rahbar xodimi Markaziy bankning malaka talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni; islomiy bank faoliyati boʻyicha bozor tahlili, moliyalashtirish rejalari, mahsulot va xizmatlar, moliyaviy prognozlar va tavakkalchiliklarni boshqarish masalalarini oʻz ichiga olgan uch yillik biznes-rejani; islomiy bank faoliyati doirasida amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalar boʻyicha buxgalteriya hisobini alohida yuritish imkoniyati yaratilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni. Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan bankka islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani berish haqidagi qaror ariza barcha zarur hujjatlar bilan olingan kundan eʼtiboran ikki oydan oshmagan muddatda qabul qilinadi. Markaziy bank tegishli qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran uch ish kuni ichida ariza beruvchi bankni qabul qilingan qaror haqida yozma shaklda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya tizimi orqali elektron shaklda xabardor qiladi. Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan bankka islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berilganligi uchun qonunda belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi. Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan bankka islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berilganligi toʻgʻrisidagi axborot Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. 21-modda. Bankni davlat roʻyxatiga olishni va bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) berishni rad etish Bankni davlat roʻyxatiga olishni va bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi: |
Bankning shakllantirilgan ustav kapitali miqdorining bankni davlat roʻyxatiga olish va litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani topshirish paytida ushbu Qonun talablariga muvofiq emasligi; | Bankning shakllantirilgan ustav kapitali miqdorining bankni davlat roʻyxatiga olish va litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani topshirish paytida ushbu Qonun talablariga muvofiq emasligi; |
ilgari baholashdan oʻtgan va ushbu Qonunning 24-moddasi talablariga javob bergan muassislarning, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlarning endilikda ushbu modda talablariga muvofiq emasligi; | ilgari baholashdan oʻtgan va ushbu Qonunning 24-moddasi talablariga javob bergan muassislarning bevosita va bilvosita egalik qiluvchilarning, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlarning endilikda ushbu modda talablariga muvofiq emasligi; |
muhim ahamiyatga ega xodimlarning Markaziy bankning malaka talablariga muvofiq emasligi; | muhim ahamiyatga ega xodimlarning Markaziy bankning malaka talablariga muvofiq emasligi; |
bankning binolari, ularning muhofaza qilinishi taʼminlanganligi, uskunalar va ishlarni tashkil etish texnika vositalari bilan jihozlanganligining va dasturiy taʼminotining Markaziy bank talablariga muvofiq emasligi; | bankning binolari, ularning muhofaza qilinishi taʼminlanganligi, uskunalar va ishlarni tashkil etish texnika vositalari bilan jihozlanganligining va dasturiy taʼminotining Markaziy bank talablariga muvofiq emasligi; |
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun bank binolarida shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq qulay shart-sharoitlar yaratilganligi boʻyicha Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining xulosasi mavjud emasligi. Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan bankka islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi: bankning barqaror moliyaviy holatga ega emasligi; bankning islomiy moliya kengashi aʼzolari va islomiy bank faoliyatiga masʼul boʻlgan rahbar xodimi Markaziy bankning malaka talablariga muvofiq emasligi; soʻnggi ikki yil ichida bankda ushbu Qonunning 54 va (yoki) 55-moddalarida koʻrsatilgan qoidabuzarliklar aniqlanganligi; ushbu Qonunning 201-moddasida belgilangan maʼlumot yoki hujjatlar taqdim etilmaganligi yoki ularning Markaziy bank talablariga muvofiq emasligi. | |
Bankni davlat roʻyxatiga olish va litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma ariza beruvchiga ushbu Qonun 20-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan muddatda va shakllarda, rad etish sabablari hamda ariza beruvchi koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi. | Bankni davlat roʻyxatiga olish va litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma ariza beruvchiga ushbu Qonun 20-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan muddatda va shakllarda, rad etish sabablari hamda ariza beruvchi koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi. |
Bankni roʻyxatga olish va litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak hamda ikki oydan kam boʻlishi mumkin emas. | Bankni roʻyxatga olish va litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak hamda ikki oydan kam boʻlishi mumkin emas. |
Ariza beruvchi tomonidan bankni davlat roʻyxatiga olishni va litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish ariza barcha zarur hujjatlar bilan olingan kundan eʼtiboran bir oydan oshmagan muddatda amalga oshiriladi. | Ariza beruvchi tomonidan bankni davlat roʻyxatiga olishni va litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish ariza barcha zarur hujjatlar bilan olingan kundan eʼtiboran bir oydan oshmagan muddatda amalga oshiriladi. |
Bankni davlat roʻyxatiga olish va litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani qayta koʻrib chiqish chogʻida bankni davlat roʻyxatiga olishni va litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Bankni davlat roʻyxatiga olish va litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani qayta koʻrib chiqish chogʻida bankni davlat roʻyxatiga olishni va litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Bankni davlat roʻyxatiga olishni va unga litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin berilgan bankni davlat roʻyxatiga olish va litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi. | Bankni davlat roʻyxatiga olishni va unga litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin berilgan bankni davlat roʻyxatiga olish va litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi. |
22-modda. Bank aksiyalariga egalik qilishga doir ruxsatnoma va cheklov | 22-modda. Bank aksiyalariga egalik qilishga doir ruxsatnoma va cheklov |
Jismoniy va yuridik shaxslar yoki birgalikda harakat qiluvchi shaxslar, shu jumladan norezidentlar bir yoki bir necha bitim natijasida bankning ustav kapitalidagi: | Jismoniy va yuridik shaxslar yoki birgalikda harakat qiluvchi shaxslar, shu jumladan norezidentlar bir yoki bir necha bitim natijasida bankning ustav kapitalidagi: |
besh va undan koʻproq foizni, lekin koʻpi bilan yigirma foizni; | besh va undan koʻproq foizni, lekin koʻpi bilan yigirma foizni; |
yigirma va undan koʻproq foizni, lekin koʻpi bilan ellik foizni; | yigirma va undan koʻproq foizni, lekin koʻpi bilan ellik foizni; |
ellik va undan koʻproq foizni tashkil etadigan ulushni bevosita yoki bilvosita olishdan oldin Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasini olishi shart. | ellik va undan koʻproq foizni tashkil etadigan ulushni bevosita yoki bilvosita olishdan oldin Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasini olishi shart. |
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bank ustav kapitalidagi ulushlar Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasini olgan shaxslar tomonidan oʻzgartirilgan taqdirda, ushbu Qonunning 26-moddasida koʻrsatilgan tartibda xabardor qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi. | Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bank ustav kapitalidagi ulushlar Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasini olgan shaxslar tomonidan oʻzgartirilgan taqdirda, ushbu Qonunning 26-moddasida koʻrsatilgan tartibda xabardor qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi. |
Quyidagilar birgalikda harakat qiluvchi shaxslar hisoblanadi: | Quyidagilar birgalikda harakat qiluvchi shaxslar hisoblanadi: |
1) bank aksiyalarini muvofiqlashtirilgan (kelishilgan) tarzda sotib olishni yoki shaxslarning bank aksiyalarini birgalikda sotib olish niyatida ekanligini koʻrsatuvchi shartlar asosida bank aksiyalarini sotib olgan shaxslar; | 1) bank aksiyalarini muvofiqlashtirilgan (kelishilgan) tarzda sotib olishni yoki shaxslarning bank aksiyalarini birgalikda sotib olish niyatida ekanligini koʻrsatuvchi shartlar asosida bank aksiyalarini sotib olgan shaxslar; |
2) jalb etilgan shaxslar: | 2) jalb etilgan shaxslar: |
a) boshqa shaxs ustidan nazoratni amalga oshiruvchi yoki boshqa shaxsning nazorati ostidagi yoxud uchinchi shaxsning birgalikdagi nazorati ostidagi shaxslar; | a) boshqa shaxs ustidan nazoratni amalga oshiruvchi yoki boshqa shaxsning nazorati ostidagi yoxud uchinchi shaxsning birgalikdagi nazorati ostidagi shaxslar; |
b) ovoz berish huquqini olish uchun yoki ovoz berish huquqini birgalikda amalga oshirish uchun bitimlarda bevosita yoki bilvosita ishtirok etuvchi shaxslar, agar bitimning predmeti boʻlgan ulushlar (aksiyalar) ularga nazoratni taʼminlasa; | b) ovoz berish huquqini olish uchun yoki ovoz berish huquqini birgalikda amalga oshirish uchun bitimlarda bevosita yoki bilvosita ishtirok etuvchi shaxslar, agar bitimning predmeti boʻlgan ulushlar (aksiyalar) ularga nazoratni taʼminlasa; |
v) yuridik shaxsga nisbatan rahbarlik vakolatiga yoki nazorat qilish vakolatiga ega boʻlgan jismoniy shaxslar; | v) yuridik shaxsga nisbatan rahbarlik vakolatiga yoki nazorat qilish vakolatiga ega boʻlgan jismoniy shaxslar; |
g) yuridik shaxs boshqaruv organlari aʼzolarining koʻpchiligini tayinlash vakolatiga ega boʻlgan shaxslar; | g) yuridik shaxs boshqaruv organlari aʼzolarining koʻpchiligini tayinlash vakolatiga ega boʻlgan shaxslar; |
d) yaqin qarindoshlar (qarindoshlik yoki qayin-boʻyinchilik munosabatidagi shaxslar, yaʼni ota-ona, tugʻishgan va oʻgay aka-ukalar, opa-singillar, er-xotin, farzandlar, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobolar, buvilar, nevaralar, er-xotinning ota-onasi, tugʻishgan yoki oʻgay aka-ukalari, opa-singillari, shuningdek ularning nazorati ostidagi yuridik shaxslar); | d) yaqin qarindoshlar (qarindoshlik yoki qayin-boʻyinchilik munosabatidagi shaxslar, yaʼni ota-ona, tugʻishgan va oʻgay aka-ukalar, opa-singillar, er-xotin, farzandlar, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobolar, buvilar, nevaralar, er-xotinning ota-onasi, tugʻishgan yoki oʻgay aka-ukalari, opa-singillari, shuningdek ularning nazorati ostidagi yuridik shaxslar); |
3) nazoratni amalga oshiruvchi yuridik shaxs va uning nazorati ostidagi yuridik shaxslar, shuningdek bitta nazorat qiluvchi yuridik shaxsning nazorati ostidagi yuridik shaxslar oʻzaro; | 3) nazoratni amalga oshiruvchi yuridik shaxs va uning nazorati ostidagi yuridik shaxslar, shuningdek bitta nazorat qiluvchi yuridik shaxsning nazorati ostidagi yuridik shaxslar oʻzaro; |
4) yuridik shaxs oʻz boshqaruv organi aʼzolari va jalb etilgan shaxslari bilan birga, shuningdek ushbu shaxslar oʻzaro; | 4) yuridik shaxs oʻz boshqaruv organi aʼzolari va jalb etilgan shaxslari bilan birga, shuningdek ushbu shaxslar oʻzaro; |
5) oʻzining moliya-xoʻjalik faoliyatida ayni bir shaxs tomonidan taqdim etilgan yoki jalb etilgan shaxslar hisoblanuvchi turli shaxslardan kelib tushayotgan moliyaviy resurslardan foydalanuvchi shaxslar; | 5) oʻzining moliya-xoʻjalik faoliyatida ayni bir shaxs tomonidan taqdim etilgan yoki jalb etilgan shaxslar hisoblanuvchi turli shaxslardan kelib tushayotgan moliyaviy resurslardan foydalanuvchi shaxslar; |
6) oʻz iqtisodiy faoliyatidan olingan nafni ayni bir shaxsga yoki jalb etilgan shaxslar boʻlgan turli shaxslarga oʻtkazuvchi shaxslar; | 6) oʻz iqtisodiy faoliyatidan olingan nafni ayni bir shaxsga yoki jalb etilgan shaxslar boʻlgan turli shaxslarga oʻtkazuvchi shaxslar; |
7) asosan ishtirokchilarning (aksiyadorlarning) yoki boshqaruv organlarining bir xil tarkibiga ega boʻlgan yuridik shaxslar; | 7) asosan ishtirokchilarning (aksiyadorlarning) yoki boshqaruv organlarining bir xil tarkibiga ega boʻlgan yuridik shaxslar; |
8) bitta emitent yoki jalb etilgan shaxslar tomonidan chiqarilgan moliyaviy vositalarni sotib olish va (yoki) sotish orqali aynan oʻxshash investitsiya siyosatini qabul qilgan yoki amalga oshirayotgan shaxslar; | 8) bitta emitent yoki jalb etilgan shaxslar tomonidan chiqarilgan moliyaviy vositalarni sotib olish va (yoki) sotish orqali aynan oʻxshash investitsiya siyosatini qabul qilgan yoki amalga oshirayotgan shaxslar; |
9) bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar beradigan huquqlarni oʻxshash holda amalga oshirish orqali bankka nisbatan birgalikdagi uzoq muddatli siyosatni olib boruvchi shaxslar; | 9) bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar beradigan huquqlarni oʻxshash holda amalga oshirish orqali bankka nisbatan birgalikdagi uzoq muddatli siyosatni olib boruvchi shaxslar; |
10) jalb etilgan shaxs (jalb etilgan shaxslar) boʻlgan ayni bir shaxsni (ayni oʻsha shaxslarni) moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, manfaatlarni ifodalash yoki oʻz egaligida boʻlgan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlar yoki aksiyalar beradigan ovoz berish huquqlarini amalga oshirish uchun vakolatli vakil (vakolatli vakillar) sifatida tayinlagan yoki tayinlaydigan shaxslar; | 10) jalb etilgan shaxs (jalb etilgan shaxslar) boʻlgan ayni bir shaxsni (ayni oʻsha shaxslarni) moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, manfaatlarni ifodalash yoki oʻz egaligida boʻlgan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlar yoki aksiyalar beradigan ovoz berish huquqlarini amalga oshirish uchun vakolatli vakil (vakolatli vakillar) sifatida tayinlagan yoki tayinlaydigan shaxslar; |
11) bank bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni oʻtkazish maqsadida har qanday tashkiliy-huquqiy shaklga birlashgan shaxslar; | 11) bank bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni oʻtkazish maqsadida har qanday tashkiliy-huquqiy shaklga birlashgan shaxslar; |
12) bir vaqtning oʻzida bir yoki bir necha yuridik shaxsning ustav fondida (ustav kapitalida) aksiyalarga yoki ulushlarga ega boʻlgan yoki egalik qiluvchi, ularning ustidan nazoratni amalga oshiruvchi va ularga nisbatan birgalikda siyosatni amalga oshiruvchi shaxslar; | 12) bir vaqtning oʻzida bir yoki bir necha yuridik shaxsning ustav fondida (ustav kapitalida) aksiyalarga yoki ulushlarga ega boʻlgan yoki egalik qiluvchi, ularning ustidan nazoratni amalga oshiruvchi va ularga nisbatan birgalikda siyosatni amalga oshiruvchi shaxslar; |
13) birgalikda moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirgan yoki amalga oshirayotgan shaxslar; | 13) birgalikda moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirgan yoki amalga oshirayotgan shaxslar; |
14) Markaziy bank tomonidan asosli mulohaza asosida belgilangan boshqa shaxslar. | 14) Markaziy bank tomonidan asosli mulohaza asosida belgilangan boshqa shaxslar. |
Banklar boshqa bankning aksiyalarini bevosita yoki bilvosita olishdan oldin Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasini olishi shart. Banklar boshqa bankning ustav kapitalidagi ulushini koʻpaytirish uchun Markaziy bankning takroriy dastlabki ruxsatnomasini olishi shart. | Banklar boshqa bankning aksiyalarini bevosita yoki bilvosita olishdan oldin Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasini olishi shart. Banklar boshqa bankning ustav kapitalidagi ulushini koʻpaytirish uchun Markaziy bankning takroriy dastlabki ruxsatnomasini olishi shart. |
Agar bankning aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish talab etilsa, bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun berilgan ariza Markaziy bank tomonidan monopoliyaga qarshi organning qarorini hisobga olgan holda koʻrib chiqiladi. | Agar bankning aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish talab etilsa, bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun berilgan ariza Markaziy bank tomonidan monopoliyaga qarshi organning qarorini hisobga olgan holda koʻrib chiqiladi. |
Ushbu moddaning birinchi va toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomasiz tuzilgan bank aksiyalarini olishga oid bitimlar haqiqiy emas deb hisoblanadi. | Ushbu moddaning birinchi va toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomasiz tuzilgan bank aksiyalarini olishga oid bitimlar haqiqiy emas deb hisoblanadi. |
Bank aksiyalari ushbu moddaning birinchi va toʻrtinchi qismlarida belgilangan talablar buzilgan holda olingan taqdirda, aksiyalarning egasi bunday bitim tuzilgan kundan eʼtiboran aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovoz berishga, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishni va oʻtkazishni talab qilishga, kun tartibiga masalalar kiritishga, bank kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzoligiga nomzodlar koʻrsatishga, shuningdek bank foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga haqli emas. | Bank aksiyalari ushbu moddaning birinchi va toʻrtinchi qismlarida belgilangan talablar buzilgan holda olingan taqdirda, aksiyalarning egasi bunday bitim tuzilgan kundan eʼtiboran aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovoz berishga, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishni va oʻtkazishni talab qilishga, kun tartibiga masalalar kiritishga, bank kuzatuv kengashi va boshqaruvi, bankning islomiy moliya kengashi aʼzoligiga nomzodlar koʻrsatishga, shuningdek bank foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga haqli emas. |
Shaxs oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarda bankning aksiyalarini ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hajmda olganda Markaziy bank ruxsatnomasini olish talab qilinadi. Shaxs oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarda bankning aksiyalarini olgan kundan eʼtiboran Markaziy bank tomonidan tegishli qaror qabul qilinadigan kunga qadar aksiyalar egasining huquqlari toʻxtatib turiladi. | Shaxs oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarda bankning aksiyalarini ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hajmda olganda Markaziy bank ruxsatnomasini olish talab qilinadi. Shaxs oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarda bankning aksiyalarini olgan kundan eʼtiboran Markaziy bank tomonidan tegishli qaror qabul qilinadigan kunga qadar aksiyalar egasining huquqlari toʻxtatib turiladi. |
Aksiyador oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarda bank aksiyalarini olgan kundan eʼtiboran oltmish kun ichida Markaziy bankning ruxsatnomasini olish uchun ariza taqdim etishi kerak. Aksiyador tomonidan ariza taqdim etilmagan taqdirda, oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarda olingan bank aksiyalari olingan kundan eʼtiboran uch oy ichida boshqa shaxsga berilishi lozim. | Aksiyador oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarda bank aksiyalarini olgan kundan eʼtiboran oltmish kun ichida Markaziy bankning ruxsatnomasini olish uchun ariza taqdim etishi kerak. Aksiyador tomonidan ariza taqdim etilmagan taqdirda, oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarda olingan bank aksiyalari olingan kundan eʼtiboran uch oy ichida boshqa shaxsga berilishi lozim. |
23-modda. Bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani berish | 23-modda. Bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani berish |
Potensial oluvchi bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun Markaziy bank tomonidan belgilangan hujjatlar ilova qilingan holdagi arizani Markaziy bankka taqdim etadi. Markaziy bank ariza olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida potensial oluvchiga ariza olinganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma yuboradi. | Potensial oluvchi bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun Markaziy bank tomonidan belgilangan hujjatlar ilova qilingan holdagi arizani Markaziy bankka taqdim etadi. Markaziy bank ariza olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida potensial oluvchiga ariza olinganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma yuboradi. |
Birgalikda harakat qilayotgan, moʻljallanilayotgan sotib olish munosabati bilan bank aksiyalarini bevosita yoki bilvosita, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdor sifatida olishni niyat qilgan shaxs yoki shaxslar guruhi potensial oluvchidir. | Birgalikda harakat qilayotgan, moʻljallanilayotgan sotib olish munosabati bilan bank aksiyalarini bevosita yoki bilvosita, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdor sifatida olishni niyat qilgan shaxs yoki shaxslar guruhi potensial oluvchidir. |
Markaziy bank potensial sotib oluvchini ariza olinganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma yuborilgan kundan eʼtiboran ikki oy ichida ushbu Qonunning 24-moddasiga muvofiq baholashni amalga oshiradi. | Markaziy bank potensial sotib oluvchini ariza olinganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma yuborilgan kundan eʼtiboran ikki oy ichida ushbu Qonunning 24-moddasiga muvofiq baholashni amalga oshiradi. |
Potensial oluvchi hujjatlarni toʻliq hajmda taqdim etmagan taqdirda, baholash davri Markaziy bank tomonidan barcha tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran boshlanadi. | Potensial oluvchi hujjatlarni toʻliq hajmda taqdim etmagan taqdirda, baholash davri Markaziy bank tomonidan barcha tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran boshlanadi. |
Potensial sotib oluvchining ushbu Qonunning 24-moddasida koʻrsatilgan mezonlardan birontasiga muvofiq emasligini tasdiqlovchi hujjatlar va (yoki) axborot mavjud boʻlgan taqdirda, Markaziy bank bankning aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani berishni baholashni oʻtkazmasdan rad etishga haqli. | Potensial sotib oluvchining ushbu Qonunning 24-moddasida koʻrsatilgan mezonlardan birontasiga muvofiq emasligini tasdiqlovchi hujjatlar va (yoki) axborot mavjud boʻlgan taqdirda, Markaziy bank bankning aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani berishni baholashni oʻtkazmasdan rad etishga haqli. |
Markaziy bank baholash oʻtkazilayotgan davrda potensial oluvchiga baholashni tamomlash uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha hujjatlarni va axborotni taqdim etishi toʻgʻrisida soʻrovnoma yuborishga haqli. | Markaziy bank baholash oʻtkazilayotgan davrda potensial oluvchiga baholashni tamomlash uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha hujjatlarni va axborotni taqdim etishi toʻgʻrisida soʻrovnoma yuborishga haqli. |
Potensial oluvchi Markaziy bankning soʻrovnomasiga binoan qoʻshimcha hujjatlar va axborotni soʻrovnoma olingan kundan eʼtiboran yigirma ish kunidan oshmagan muddatda taqdim etishi kerak, shu vaqt mobaynida baholash davri toʻxtatib turiladi. Potensial oluvchi chet elda joylashgan yoki unga nisbatan boshqa davlatning qonunlari tatbiq etilgan taqdirda, Markaziy bank qoʻshimcha axborot taqdim etish davrini oʻttiz ish kunigacha uzaytirishga haqli. Taqdim etilgan axborotni aniqlashtirish maqsadida Markaziy bank tomonidan potensial oluvchiga yuboriladigan keyingi soʻrovnomalar baholash davrining toʻxtatib turilishiga olib kelmasligi kerak. | Potensial oluvchi Markaziy bankning soʻrovnomasiga binoan qoʻshimcha hujjatlar va axborotni soʻrovnoma olingan kundan eʼtiboran yigirma ish kunidan oshmagan muddatda taqdim etishi kerak, shu vaqt mobaynida baholash davri toʻxtatib turiladi. Potensial oluvchi chet elda joylashgan yoki unga nisbatan boshqa davlatning qonunlari tatbiq etilgan taqdirda, Markaziy bank qoʻshimcha axborot taqdim etish davrini oʻttiz ish kunigacha uzaytirishga haqli. Taqdim etilgan axborotni aniqlashtirish maqsadida Markaziy bank tomonidan potensial oluvchiga yuboriladigan keyingi soʻrovnomalar baholash davrining toʻxtatib turilishiga olib kelmasligi kerak. |
Potensial oluvchi tomonidan ushbu moddaning yettinchi qismida koʻrsatilgan muddatlarga rioya etilmagan taqdirda, Markaziy bank bankning aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani berishni rad etishga haqlidir. | Potensial oluvchi tomonidan ushbu moddaning yettinchi qismida koʻrsatilgan muddatlarga rioya etilmagan taqdirda, Markaziy bank bankning aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani berishni rad etishga haqlidir. |
Markaziy bank potensial oluvchining soʻrovnomasi asosida bankning aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun berilgan arizani koʻrib chiqish natijalari yuzasidan qabul qilingan asoslangan qarorni oʻz rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi. Markaziy bank mazkur axborotni potensial oluvchining soʻrovnomasi boʻlmasa ham eʼlon qilishga haqli. | Markaziy bank potensial oluvchining soʻrovnomasi asosida bankning aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun berilgan arizani koʻrib chiqish natijalari yuzasidan qabul qilingan asoslangan qarorni oʻz rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi. Markaziy bank mazkur axborotni potensial oluvchining soʻrovnomasi boʻlmasa ham eʼlon qilishga haqli. |
Bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnoma olingan kundan eʼtiboran olti oy mobaynida yuridik kuchini saqlab qoladi. | Bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnoma olingan kundan eʼtiboran olti oy mobaynida yuridik kuchini saqlab qoladi. |
Bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani bekor qilish banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. | Bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani bekor qilish banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. |
24-modda. Potensial oluvchini baholash | 24-modda. Potensial oluvchini baholash |
Bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun berilgan arizani koʻrib chiqish chogʻida Markaziy bank: | Bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun berilgan arizani koʻrib chiqish chogʻida Markaziy bank: |
potensial oluvchining ishchanlik obroʻsini; | potensial oluvchining ishchanlik obroʻsini; |
moʻljallanayotgan olish amalga oshirilganidan keyin tayinlanishi nazarda tutilayotgan bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolarining, shuningdek muhim ahamiyatga ega xodimlarining ishchanlik obroʻsi, bilimi, malakasi va tajribasini; | moʻljallanayotgan olish amalga oshirilganidan keyin tayinlanishi nazarda tutilayotgan bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvi, bank islomiy moliya kengashi aʼzolarining, shuningdek muhim ahamiyatga ega xodimlarining ishchanlik obroʻsi, bilimi, malakasi va tajribasini; |
potensial oluvchining moliyaviy salohiyatini, xususan aksiyalarini olish moʻljallanilayotgan bank faoliyatining koʻlami va ixtisoslashuvi jihatidan salohiyatini; | potensial oluvchining moliyaviy salohiyatini, xususan aksiyalarini olish moʻljallanilayotgan bank faoliyatining koʻlami va ixtisoslashuvi jihatidan salohiyatini; |
moʻljallanilayotgan olish amalga oshirilganidan keyin bankning banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan prudensial talablarni bajara olish imkoniyatini; | moʻljallanilayotgan olish amalga oshirilganidan keyin bankning banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan prudensial talablarni bajara olish imkoniyatini; |
moʻljallanilayotgan olish borasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolining tarqatilishini moliyalashtirishga doir amalga oshirilgan yoki amalga oshirilayotgan urinishlar mavjudligi haqidagi shubhalar, shuningdek moʻljallanilayotgan olish amalga oshirilganidan keyin shunday tavakkalchilikning ortishi toʻgʻrisidagi taxmin mavjud emasligini; | moʻljallanilayotgan olish borasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolining tarqatilishini moliyalashtirishga doir amalga oshirilgan yoki amalga oshirilayotgan urinishlar mavjudligi haqidagi shubhalar, shuningdek moʻljallanilayotgan olish amalga oshirilganidan keyin shunday tavakkalchilikning ortishi toʻgʻrisidagi taxmin mavjud emasligini; |
potensial oluvchi faoliyatining bank faoliyati bilan uygʻunlashuvi ehtimolini va buning bank faoliyatining rivojlanishiga taʼsirini; | potensial oluvchi faoliyatining bank faoliyati bilan uygʻunlashuvi ehtimolini va buning bank faoliyatining rivojlanishiga taʼsirini; |
potensial oluvchi korporativ boshqaruvi tashkiliy tuzilmasining va unga aloqador boʻlgan shaxslarning bankni tartibga solishga hamda uning ustidan nazorat qilishga doir taʼsirini baholaydi. | potensial oluvchi korporativ boshqaruvi tashkiliy tuzilmasining va unga aloqador boʻlgan shaxslarning bankni tartibga solishga hamda uning ustidan nazorat qilishga doir taʼsirini baholaydi. |
Boshqa shaxsga aloqador shaxslar quyidagilardan iborat: | Boshqa shaxsga aloqador shaxslar quyidagilardan iborat: |
yuridik shaxs boshqaruvi organlarining aʼzolari, shuningdek bankning muhim ahamiyatga ega xodimlari; | yuridik shaxs boshqaruvi organlarining aʼzolari, shuningdek bankning muhim ahamiyatga ega xodimlari; |
bevosita yoki bilvosita, yakka tartibda yoki shaxslar guruhi tarkibida birgalikda faoliyat koʻrsatuvchi, bankda hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlar. Agar mazkur jismoniy shaxslarning yaqin qarindoshlari bankning ustav kapitalidagi ulushlarga egalik qilsa yoki egalikni nazorat qilsa, uning miqdoridan qatʼi nazar, ushbu ulush mazkur shaxsning egaligida va nazorati ostida turgan deb hisoblanadi; | bevosita yoki bilvosita, yakka tartibda yoki shaxslar guruhi tarkibida birgalikda faoliyat koʻrsatuvchi, bankda hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlar. Agar mazkur jismoniy shaxslarning yaqin qarindoshlari bankning ustav kapitalidagi ulushlarga egalik qilsa yoki egalikni nazorat qilsa, uning miqdoridan qatʼi nazar, ushbu ulush mazkur shaxsning egaligida va nazorati ostida turgan deb hisoblanadi; |
boshqa shaxs ustidan nazoratni amalga oshirayotgan yoki boshqa shaxsning nazorati ostidagi yoxud uchinchi shaxsning birgalikdagi nazorati ostidagi shaxslar; | boshqa shaxs ustidan nazoratni amalga oshirayotgan yoki boshqa shaxsning nazorati ostidagi yoxud uchinchi shaxsning birgalikdagi nazorati ostidagi shaxslar; |
bank ustidan nazoratni amalga oshirayotgan shaxslar oʻzida hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan yuridik shaxslar; | bank ustidan nazoratni amalga oshirayotgan shaxslar oʻzida hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan yuridik shaxslar; |
ushbu qismning ikkinchi — beshinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslarga aloqador shaxslar, shu jumladan jismoniy shaxsning yaqin qarindoshlari, shuningdek jismoniy shaxslar va (yoki) ularning yaqin qarindoshlari oʻzida nazoratni amalga oshirayotgan yoki ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ulushlarga egalik qilayotgan yoki boshqaruv organining aʼzolari boʻlgan yuridik shaxslar; | ushbu qismning ikkinchi — beshinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslarga aloqador shaxslar, shu jumladan jismoniy shaxsning yaqin qarindoshlari, shuningdek jismoniy shaxslar va (yoki) ularning yaqin qarindoshlari oʻzida nazoratni amalga oshirayotgan yoki ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ulushlarga egalik qilayotgan yoki boshqaruv organining aʼzolari boʻlgan yuridik shaxslar; |
ushbu qismning ikkinchi — oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bank bilan qaysi shaxslar orqali bitim amalga oshiriladigan boʻlsa, oʻsha shaxslar va mazkur shaxslar oʻrtasida qonunchilikda belgilangan mehnatga oid fuqaroviy yoki boshqa munosabatlar mavjudligi tufayli mazkur bitimda ushbu qismning ikkinchi — oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslarning taʼsiri ostida deb hisoblanadigan shaxslar; | ushbu qismning ikkinchi — oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bank bilan qaysi shaxslar orqali bitim amalga oshiriladigan boʻlsa, oʻsha shaxslar va mazkur shaxslar oʻrtasida qonunchilikda belgilangan mehnatga oid fuqaroviy yoki boshqa munosabatlar mavjudligi tufayli mazkur bitimda ushbu qismning ikkinchi — oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslarning taʼsiri ostida deb hisoblanadigan shaxslar; |
asoslantirilgan mulohaza asosida Markaziy bank tomonidan belgilangan boshqa shaxslar. | asoslantirilgan mulohaza asosida Markaziy bank tomonidan belgilangan boshqa shaxslar. |
Markaziy bank potensial oluvchiga dastlabki ruxsatnomani quyidagi hollarda beradi: | Markaziy bank potensial oluvchiga dastlabki ruxsatnomani quyidagi hollarda beradi: |
potensial oluvchi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan mezonlarga toʻliq mos kelsa; | potensial oluvchi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan mezonlarga toʻliq mos kelsa; |
potensial oluvchi moʻljallanilayotgan olishning oxirgi benefitsiar mulkdori emasligi xususida shubha mavjud boʻlmasa; | potensial oluvchi moʻljallanilayotgan olishning oxirgi benefitsiar mulkdori emasligi xususida shubha mavjud boʻlmasa; |
aksiyadorlar boʻlgan yuridik shaxslarning haddan tashqari (potensial oluvchidan oxirgi benefitsiar mulkdorgacha uchta pogʻonadan koʻp) darajalarga tabaqalashtirilishi mavjud boʻlmasa; | aksiyadorlar boʻlgan yuridik shaxslarning haddan tashqari (potensial oluvchidan oxirgi benefitsiar mulkdorgacha uchta pogʻonadan koʻp) darajalarga tabaqalashtirilishi mavjud boʻlmasa; |
hujjatlar toʻliq hajmda topshirilgan boʻlsa; | hujjatlar toʻliq hajmda topshirilgan boʻlsa; |
potensial oluvchi taqdim etgan hujjatlarda va axborotda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlmasa. | potensial oluvchi taqdim etgan hujjatlarda va axborotda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlmasa. |
Markaziy bank ushbu moddada nazarda tutilgan baholashni faqat bank aksiyalariga bevosita egalik qiluvchi va oxirgi benefitsiar mulkdor boʻlgan shaxsga nisbatan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir. | Markaziy bank ushbu moddada nazarda tutilgan baholashni faqat bank aksiyalariga bevosita egalik qiluvchi va oxirgi benefitsiar mulkdor boʻlgan shaxsga nisbatan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir. |
Markaziy bank olinayotgan ulushning miqdorini belgilashga va moʻljallanilayotgan olishni bozorning iqtisodiy ehtiyojlari nuqtai nazaridan baholashga haqli emas. | Markaziy bank olinayotgan ulushning miqdorini belgilashga va moʻljallanilayotgan olishni bozorning iqtisodiy ehtiyojlari nuqtai nazaridan baholashga haqli emas. |
Ayni bir bankning oʻzidan hal qiluvchi egalikni olish yoki koʻpaytirish uchun bir vaqtning oʻzida ikki yoki undan ortiq ariza berilganda Markaziy bank potensial oluvchilarni teng shartlar asosida koʻrib chiqadi. | Ayni bir bankning oʻzidan hal qiluvchi egalikni olish yoki koʻpaytirish uchun bir vaqtning oʻzida ikki yoki undan ortiq ariza berilganda Markaziy bank potensial oluvchilarni teng shartlar asosida koʻrib chiqadi. |
Potensial oluvchini baholash tartibi va shartlari Markaziy bank tomonidan belgilanadi. | Potensial oluvchini baholash tartibi va shartlari Markaziy bank tomonidan belgilanadi. |
Ushbu moddaning talablari ariza beruvchi tomonidan bank tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish uchun hujjatlarni taqdim etish chogʻida muassislarni baholashga nisbatan ham tatbiq etiladi. | Ushbu moddaning talablari ariza beruvchi tomonidan bank tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish uchun hujjatlarni taqdim etish chogʻida muassislarni bevosita va bilvosita egalik qiluvchilarni, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlarni baholashga nisbatan ham tatbiq etiladi. |
25-modda. Aksiyadorning muvofiqligi toʻgʻrisidagi talablarga rioya etmaslik | 25-modda. Aksiyadorning muvofiqligi toʻgʻrisidagi talablarga rioya etmaslik |
Markaziy bank hal etuvchi egalikka bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchiga, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorga nisbatan choralar va sanksiyalar qoʻllashga quyidagi hollarda haqlidir, agar ular: | Markaziy bank hal etuvchi egalikka bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchiga, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorga nisbatan choralar va sanksiyalar qoʻllashga quyidagi hollarda haqlidir, agar ular: |
banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga mos boʻlmasa; | banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga mos boʻlmasa; |
bankka uning barqaror moliyaviy holatiga xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan tarzda taʼsir koʻrsatayotgan boʻlsa; | bankka uning barqaror moliyaviy holatiga xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan tarzda taʼsir koʻrsatayotgan boʻlsa; |
oxirgi benefitsiar mulkdorning shaxsi toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etmagan boʻlsa. | oxirgi benefitsiar mulkdorning shaxsi toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etmagan boʻlsa. |
Markaziy bank bankning aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani olmasdan turib kelishilgan faoliyat natijasida hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan aksiyadorlarga nisbatan choralar va sanksiyalar qoʻllashga haqli. | Markaziy bank bankning aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani olmasdan turib kelishilgan faoliyat natijasida hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan aksiyadorlarga nisbatan choralar va sanksiyalar qoʻllashga haqli. |
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan hollarda Markaziy bank quyidagi choralar hamda sanksiyalarni alohida-alohida yoki jamlangan tarzda qoʻllaydi: | Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan hollarda Markaziy bank quyidagi choralar hamda sanksiyalarni alohida-alohida yoki jamlangan tarzda qoʻllaydi: |
ovoz berish, aksiyadorlarning navbatdan tashqari yigʻilishini chaqirish va oʻtkazishni talab qilish, kun tartibiga masalalarni kiritish, bank kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzoligiga nomzodlar koʻrsatish hamda bank foydasining bir qismini dividendlar tarzida olish huquqini toʻxtatib qoʻyadi; | ovoz berish, aksiyadorlarning navbatdan tashqari yigʻilishini chaqirish va oʻtkazishni talab qilish, kun tartibiga masalalarni kiritish, bank kuzatuv kengashi va boshqaruvining, bank islomiy moliya kengashining aʼzoligiga nomzodlar koʻrsatish hamda bank foydasining bir qismini dividendlar tarzida olish huquqini toʻxtatib qoʻyadi; |
ovoz berish huquqi toʻxtatib qoʻyilgan shaxslar tomonidan bank aksiyalari sotilishi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi; | ovoz berish huquqi toʻxtatib qoʻyilgan shaxslar tomonidan bank aksiyalari sotilishi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi; |
bank aksiyalarini olishga doir berilgan dastlabki ruxsatnomani chaqirib oladi. | bank aksiyalarini olishga doir berilgan dastlabki ruxsatnomani chaqirib oladi. |
Hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan aksiyadorlar oʻziga tegishli aksiyalarni bankning aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnoma chaqirib olingan kundan eʼtiboran uch oy ichida sotishi kerak. | Hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan aksiyadorlar oʻziga tegishli aksiyalarni bankning aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnoma chaqirib olingan kundan eʼtiboran uch oy ichida sotishi kerak. |
Ushbu moddaga muvofiq oʻziga nisbatan choralar va sanksiyalar qoʻllanilgan shaxslar tegishli bankning, shuningdek boshqa banklarning aksiyalariga bevosita yoki bilvosita egalik qilishga haqli emas. | Ushbu moddaga muvofiq oʻziga nisbatan choralar va sanksiyalar qoʻllanilgan shaxslar tegishli bankning, shuningdek boshqa banklarning aksiyalariga bevosita yoki bilvosita egalik qilishga haqli emas. |
26-modda. Hal qiluvchi egalik sotib olinganligi, oʻzgartirilganligi yoki boshqalarga berilganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma | 26-modda. Hal qiluvchi egalik sotib olinganligi, oʻzgartirilganligi yoki boshqalarga berilganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma |
Hal qiluvchi egalikka bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchi, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdor quyidagi hollarda Markaziy bankni va bankni oʻn kunlik muddatda yozma shaklda, shu jumladan elektron shaklda xabardor qilishi shart: | Hal qiluvchi egalikka bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchi, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdor quyidagi hollarda Markaziy bankni va bankni oʻn kunlik muddatda yozma shaklda, shu jumladan elektron shaklda xabardor qilishi shart: |
bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnoma olingan bitim amalga oshirilganda; | bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnoma olingan bitim amalga oshirilganda; |
dastlabki ruxsatnoma olingan, ushbu Qonun 22-moddasining birinchi qismida belgilangan aksiyalar ulushi koʻpayganda; | dastlabki ruxsatnoma olingan, ushbu Qonun 22-moddasining birinchi qismida belgilangan aksiyalar ulushi koʻpayganda; |
bank ustav kapitalidagi hal qiluvchi egalikni boshqa shaxsga berish yoki kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish natijasida hal qiluvchi egalik tegishincha ellik foizdan, yigirma foizdan yoki besh foizdan kam boʻlib qolganda; | bank ustav kapitalidagi hal qiluvchi egalikni boshqa shaxsga berish yoki kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish natijasida hal qiluvchi egalik tegishincha ellik foizdan, yigirma foizdan yoki besh foizdan kam boʻlib qolganda; |
ushbu Qonunning 22-moddasi birinchi qismida belgilangan hajmdagi bank aksiyalari shaxs tomonidan oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarda olinganda. | ushbu Qonunning 22-moddasi birinchi qismida belgilangan hajmdagi bank aksiyalari shaxs tomonidan oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarda olinganda. |
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda bank xabarnoma olingan kundan eʼtiboran bir kunlik muddatda Markaziy bankni yozma shaklda, shu jumladan elektron shaklda xabardor qilishi kerak. | Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda bank xabarnoma olingan kundan eʼtiboran bir kunlik muddatda Markaziy bankni yozma shaklda, shu jumladan elektron shaklda xabardor qilishi kerak. |
27-modda. Xabardor qilish majburiyati | 27-modda. Xabardor qilish majburiyati |
Bank bankning ustav kapitalidagi ulushlarga bevosita va bilvosita egalik qiluvchilarning, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorning shaxsi va ulushining miqdori toʻgʻrisidagi mavjud maʼlumotlarni Markaziy bankning soʻrovnomasiga binoan taqdim etishi shart. | Bank bankning ustav kapitalidagi ulushlarga bevosita va bilvosita egalik qiluvchilarning, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorning shaxsi va ulushining miqdori toʻgʻrisidagi mavjud maʼlumotlarni Markaziy bankning soʻrovnomasiga binoan taqdim etishi shart. |
Bank aksiyalariga bevosita va bilvosita egalik qiluvchining, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorning banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini baholashdan oʻtkazish maqsadida Markaziy bankning yoki bankning soʻrovnomasiga binoan ushbu shaxslar: | Bank aksiyalariga bevosita va bilvosita egalik qiluvchining, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorning banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini baholashdan oʻtkazish maqsadida Markaziy bankning yoki bankning soʻrovnomasiga binoan ushbu shaxslar: |
tadbirkorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shu jumladan yillik moliyaviy hisobotni; | tadbirkorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shu jumladan yillik moliyaviy hisobotni; |
oʻziga aloqador shaxslar va egalik qiluvchi bankka nisbatan birgalikda harakat qilayotgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek Markaziy bankka zarur boʻlgan boshqa axborotni taqdim etishi shart. | oʻziga aloqador shaxslar va egalik qiluvchi bankka nisbatan birgalikda harakat qilayotgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek Markaziy bankka zarur boʻlgan boshqa axborotni taqdim etishi shart. |
Markaziy bank predmeti yoki mazmuni quyidagilardan iborat boʻlgan har qanday tuzilgan kelishuv toʻgʻrisida xabardor etilishi kerak: | Markaziy bank predmeti yoki mazmuni quyidagilardan iborat boʻlgan har qanday tuzilgan kelishuv toʻgʻrisida xabardor etilishi kerak: |
bank aksiyadorlarining umumiy yigʻilishlarida yoki bank ustidan nazoratni amalga oshiruvchi shaxslarning umumiy yigʻilishlarida ovoz berish huquqini kelishilgan holda amalga oshirish; | bank aksiyadorlarining umumiy yigʻilishlarida yoki bank ustidan nazoratni amalga oshiruvchi shaxslarning umumiy yigʻilishlarida ovoz berish huquqini kelishilgan holda amalga oshirish; |
bank boshqaruvi organi aʼzolarining yoki bank ustidan nazoratni amalga oshiruvchi shaxslarning kelishilgan holda faoliyat koʻrsatishi; | bank boshqaruvi organi aʼzolarining yoki bank ustidan nazoratni amalga oshiruvchi shaxslarning kelishilgan holda faoliyat koʻrsatishi; |
bank boshqaruvi yoki kuzatuv kengashi aʼzolarining nomzodlarning yoxud bank ustidan nazoratni amalga oshiruvchi shaxslarning koʻpchiligi nomzodini koʻrsatish huquqini amalga oshirish. | bank boshqaruvi yoki kuzatuv kengashi, shuningdek bank islomiy moliya kengashi aʼzolarining nomzodlarning yoxud bank ustidan nazoratni amalga oshiruvchi shaxslarning koʻpchiligi nomzodini koʻrsatish huquqini amalga oshirish. |
Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan xabarnoma kelishuv imzolangan sanadan eʼtiboran besh ish kuni ichida yoki uning mavjudligini oshkor etuvchi holatlar aniqlangan paytdan eʼtiboran darhol Markaziy bankka kelishuv taraflari yoki bankning boshqaruv organlari tomonidan yuborilishi kerak. | Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan xabarnoma kelishuv imzolangan sanadan eʼtiboran besh ish kuni ichida yoki uning mavjudligini oshkor etuvchi holatlar aniqlangan paytdan eʼtiboran darhol Markaziy bankka kelishuv taraflari yoki bankning boshqaruv organlari tomonidan yuborilishi kerak. |
Hal qiluvchi egalikka bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchi, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdor aksiyadorning banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini baholashga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan holatlar toʻgʻrisida shunday holatlar vujudga kelgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida Markaziy bankni xabardor qilishi kerak. | Hal qiluvchi egalikka bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchi, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdor aksiyadorning banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini baholashga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan holatlar toʻgʻrisida shunday holatlar vujudga kelgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida Markaziy bankni xabardor qilishi kerak. |
28-modda. Banklar tomonidan oʻz aksiyalarini sotib olish | 28-modda. Banklar tomonidan oʻz aksiyalarini sotib olish |
Banklar oʻz aksiyalarini sotib olish uchun Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasini olishi shart. Bank tomonidan sotib olinadigan oʻz aksiyalarining summasi bank ustav kapitalining oʻn foizidan oshishi mumkin emas. | Banklar oʻz aksiyalarini sotib olish uchun Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasini olishi shart. Bank tomonidan sotib olinadigan oʻz aksiyalarining summasi bank ustav kapitalining oʻn foizidan oshishi mumkin emas. |
Bank oʻz aksiyalarini sotib olishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun Markaziy bankka arizani va oʻz aksiyalarini sotib olish sabablarini koʻrsatgan holda bank aksiyadorlari umumiy yigʻilishining qarorini taqdim etadi. | Bank oʻz aksiyalarini sotib olishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun Markaziy bankka arizani va oʻz aksiyalarini sotib olish sabablarini koʻrsatgan holda bank aksiyadorlari umumiy yigʻilishining qarorini taqdim etadi. |
Bankning moliyaviy holati qoniqarsiz boʻlsa, shuningdek ushbu sotib olish prudensial normativlarga rioya etilmasligiga olib kelsa, Markaziy bank dastlabki ruxsatnomani berishga haqli emas. | Bankning moliyaviy holati qoniqarsiz boʻlsa, shuningdek ushbu sotib olish prudensial normativlarga rioya etilmasligiga olib kelsa, Markaziy bank dastlabki ruxsatnomani berishga haqli emas. |
3-bob. Filiallar va vakolatxonalar | 3-bob. Filiallar va vakolatxonalar |
29-modda. Banklarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi filiallari va boshqa alohida boʻlinmalari | 29-modda. Banklarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi filiallari va boshqa alohida boʻlinmalari |
Banklar Oʻzbekiston Respublikasida filiallar, bank xizmatlari ofislari va boshqa alohida boʻlinmalar ochishi mumkin. | Banklar Oʻzbekiston Respublikasida filiallar, bank xizmatlari ofislari va boshqa alohida boʻlinmalar ochishi mumkin. |
Bank filiali bankning yuridik shaxs boʻlmagan, bank nomidan bank faoliyatini amalga oshiruvchi va bank tomonidan oʻziga berilgan vakolatlar doirasida harakat qiluvchi alohida boʻlinmasidir. | Bank filiali bankning yuridik shaxs boʻlmagan, bank nomidan bank faoliyatini amalga oshiruvchi va bank tomonidan oʻziga berilgan vakolatlar doirasida harakat qiluvchi alohida boʻlinmasidir. |
Banklar oʻz filiali yoki bank xizmatlari ofisini ochganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida Markaziy bankka belgilangan tartibda xabarnoma yuborishi shart. | Banklar oʻz filiali yoki bank xizmatlari ofisini ochganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida Markaziy bankka belgilangan tartibda xabarnoma yuborishi shart. |
Bank filiali yoki bank xizmatlari ofisini ochganlik toʻgʻrisidagi xabarnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: | Bank filiali yoki bank xizmatlari ofisini ochganlik toʻgʻrisidagi xabarnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: |
filial yoki bank xizmatlari ofisini ochish toʻgʻrisida bankning vakolatli organining qarori; | filial yoki bank xizmatlari ofisini ochish toʻgʻrisida bankning vakolatli organining qarori; |
filial rahbari va bosh buxgalteri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (filial ochilgan taqdirda); | filial rahbari va bosh buxgalteri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (filial ochilgan taqdirda); |
filial yoki bank xizmatlari ofisi joylashgan yerdagi Markaziy bank hududiy bosh boshqarmasining filial yoki bank xizmatlari ofisi binolari, ularning muhofaza qilinishi taʼminlanganligi, uskunalar, tashkiliy-texnika vositalari bilan jihozlanganligining va dasturiy taʼminotning Markaziy bank talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi. | filial yoki bank xizmatlari ofisi joylashgan yerdagi Markaziy bank hududiy bosh boshqarmasining filial yoki bank xizmatlari ofisi binolari, ularning muhofaza qilinishi taʼminlanganligi, uskunalar, tashkiliy-texnika vositalari bilan jihozlanganligining va dasturiy taʼminotning Markaziy bank talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi. |
Bank filiali yoki bank xizmatlari ofisini ochganlik toʻgʻrisidagi xabarnomani Markaziy bankka yuborish uchun quyidagi talablar va shartlarga rioya etilishi lozim: | Bank filiali yoki bank xizmatlari ofisini ochganlik toʻgʻrisidagi xabarnomani Markaziy bankka yuborish uchun quyidagi talablar va shartlarga rioya etilishi lozim: |
bankning barqaror moliyaviy holati; | bankning barqaror moliyaviy holati; |
filial rahbari va bosh buxgalterining malakasi Markaziy bank tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligi (filial ochilgan taqdirda); | filial rahbari va bosh buxgalterining malakasi Markaziy bank tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligi (filial ochilgan taqdirda); |
filial yoki bank xizmatlari ofisi binolari, ularning muhofazasi taʼminlanishi, uskunalar, tashkiliy-texnika vositalari va dasturiy taʼminoti bilan jihozlanishi Markaziy bank talablariga muvofiqligi. | filial yoki bank xizmatlari ofisi binolari, ularning muhofazasi taʼminlanishi, uskunalar, tashkiliy-texnika vositalari va dasturiy taʼminoti bilan jihozlanishi Markaziy bank talablariga muvofiqligi. |
Bank filiali, uning faoliyati boshlanganligi toʻgʻrisidagi axborot Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. | Bank filiali, uning faoliyati boshlanganligi toʻgʻrisidagi axborot Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. |
Bank filialini yoki bank xizmatlari ofisini ochganlik va tugatganlik toʻgʻrisida Markaziy bankni belgilangan tartibda xabardor qilmay amalga oshiriladigan faoliyat qonunga xilofdir. | Bank filialini yoki bank xizmatlari ofisini ochganlik va tugatganlik toʻgʻrisida Markaziy bankni belgilangan tartibda xabardor qilmay amalga oshiriladigan faoliyat qonunga xilofdir. |
Bank tomonidan filialni tugatganlik toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, bank mijozlarni filial tugatilishidan oʻn besh kun oldin xabardor qilishi va ularning oldidagi majburiyatlar bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrishi yoki bu majburiyatlarni mijoz bilan kelishilgan holda boshqa filialga oʻtkazishi shart. | Bank tomonidan filialni tugatganlik toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, bank mijozlarni filial tugatilishidan oʻn besh kun oldin xabardor qilishi va ularning oldidagi majburiyatlar bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrishi yoki bu majburiyatlarni mijoz bilan kelishilgan holda boshqa filialga oʻtkazishi shart. |
Bank filialni tugatganlik toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran ikki ish kuni ichida Markaziy bankni bu haqda xabardor qilishi va mijozlar oldidagi majburiyatlarni bajarishni taʼminlashga doir rejani taqdim etishi kerak. | Bank filialni tugatganlik toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran ikki ish kuni ichida Markaziy bankni bu haqda xabardor qilishi va mijozlar oldidagi majburiyatlarni bajarishni taʼminlashga doir rejani taqdim etishi kerak. |
Bank vakolatxonasi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ochiladi. | Bank vakolatxonasi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ochiladi. |
30-modda. Chet el banklarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi filiallari va vakolatxonalari | 30-modda. Chet el banklarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi filiallari va vakolatxonalari |
Oʻzbekiston Respublikasida chet el banklari tomonidan filiallar tashkil etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. | Oʻzbekiston Respublikasida chet el banklari tomonidan filiallar tashkil etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Chet el bankining Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan hamda bank faoliyatini va boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirish huquqisiz bankning manfaatlarini ifodalovchi alohida boʻlinmasi chet el bankining vakolatxonasidir. | Chet el bankining Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan hamda bank faoliyatini va boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirish huquqisiz bankning manfaatlarini ifodalovchi alohida boʻlinmasi chet el bankining vakolatxonasidir. |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el bankining vakolatxonasi Markaziy bank tomonidan akkreditatsiya qilinadi. | Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el bankining vakolatxonasi Markaziy bank tomonidan akkreditatsiya qilinadi. |
31-modda. Banklarning chet eldagi shuʼba banklari, filiallari va vakolatxonalari | 31-modda. Banklarning chet eldagi shuʼba banklari, filiallari va vakolatxonalari |
Banklar Markaziy bankning ruxsatnomasi bilan quyidagi hollarda chet elda shuʼba banklar ochishi va filiallar tashkil etishi, banklarning kapitalida ishtirok etishi, shu jumladan chet el banklarini tashkil etishda ishtirok etishi mumkin: | Banklar Markaziy bankning ruxsatnomasi bilan quyidagi hollarda chet elda shuʼba banklar ochishi va filiallar tashkil etishi, chet el banklarining kapitalida ishtirok etishi, shu jumladan chet el banklarini tashkil etishda ishtirok etishi mumkin, bundan mikromoliya banklari mustasno: |
Markaziy bank va qabul qiluvchi mamlakatning bank nazorati organi bilan axborot ayirboshlash toʻgʻrisida kelishuv mavjud boʻlganda; | Markaziy bank va qabul qiluvchi mamlakatning bank nazorati organi bilan axborot ayirboshlash toʻgʻrisida kelishuv mavjud boʻlganda; |
qabul qiluvchi mamlakatning qonunchilik va uning qoʻllanilish uslubiyoti Markaziy bank tomonidan shuʼba bank, filial ustidan nazorat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilmaganda; | qabul qiluvchi mamlakatning qonunchilik va uning qoʻllanilish uslubiyoti Markaziy bank tomonidan shuʼba bank, filial ustidan nazorat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilmaganda; |
bankning boshqaruvi va moliyaviy holati shuʼba bank, filial orqali amalga oshiriladigan, rejalashtirilayotgan faoliyat uchun yetarli boʻlganda; | bankning boshqaruvi va moliyaviy holati shuʼba bank, filial orqali amalga oshiriladigan, rejalashtirilayotgan faoliyat uchun yetarli boʻlganda; |
prudensial normativlar koʻrsatkichlariga rioya etilganda va ular oʻsib borganda hamda banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunning boshqa talablariga muvofiq boʻlganda. | prudensial normativlar koʻrsatkichlariga rioya etilganda va ular oʻsib borganda hamda banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunning boshqa talablariga muvofiq boʻlganda. |
Mikromoliya banklariga chet elda banklar, vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish, chet el banklarining kapitalida, shu jumladan chet el banklarini tashkil etishda ishtirok etish taqiqlanadi. | |
Bankning shuʼba banklari hamda vakolatxonalari ular ochiladigan va (yoki) tashkil etiladigan mamlakat qonunchiligiga muvofiq ochiladi va (yoki) filiallari tashkil etiladi. | Bankning shuʼba banklari hamda vakolatxonalari ular ochiladigan va (yoki) tashkil etiladigan mamlakat qonunchiligiga muvofiq ochiladi va (yoki) filiallari tashkil etiladi. |
Bank tomonidan chet elda vakolatxona ochish, shuʼba bankni, vakolatxonani yoki filialni yopish, shuningdek chet el banki aksiyalarini sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, bank bunday qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kun ichida Markaziy bankni xabardor qilishi va ushbu qaror bankning moliyaviy barqarorligiga qanday taʼsir koʻrsatishi toʻgʻrisida axborot taqdim etishi shart. | Bank tomonidan chet elda vakolatxona ochish, shuʼba bankni, vakolatxonani yoki filialni yopish, shuningdek chet el banki aksiyalarini sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, bank bunday qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kun ichida Markaziy bankni xabardor qilishi va ushbu qaror bankning moliyaviy barqarorligiga qanday taʼsir koʻrsatishi toʻgʻrisida axborot taqdim etishi shart. |
Markaziy bank qabul qiluvchi mamlakatdagi bank nazorati organini Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsi boʻlgan, mazkur mamlakat hududida shuʼba bank, vakolatxona yoki filial orqali faoliyat koʻrsatayotgan bankning litsenziyasi chaqirib olinayotganligi toʻgʻrisida xabardor qilishi kerak. | Markaziy bank qabul qiluvchi mamlakatdagi bank nazorati organini Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsi boʻlgan, mazkur mamlakat hududida shuʼba bank, vakolatxona yoki filial orqali faoliyat koʻrsatayotgan bankning litsenziyasi chaqirib olinayotganligi toʻgʻrisida xabardor qilishi kerak. |
4-bob. Bankning korporativ boshqaruvi | 4-bob. Bankning korporativ boshqaruvi |
32-modda. Bankning boshqaruv organlari | 32-modda. Bankning boshqaruv organlari |
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi, bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvi bankning boshqaruv organlaridir. | Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi, bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvi bankning boshqaruv organlaridir. |
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi bankning yuqori boshqaruv organidir. | Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi bankning yuqori boshqaruv organidir. |
Bank korporativ boshqaruvga oid siyosatni ishlab chiqishi va tasdiqlashi shart. | Bank korporativ boshqaruvga oid siyosatni ishlab chiqishi va tasdiqlashi shart. |
Bank kuzatuv kengashining va boshqaruvining vakolatlari ijro etish uchun uchinchi shaxslarga oʻtkazilishi mumkin emas, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno. | Bank kuzatuv kengashining va boshqaruvining vakolatlari ijro etish uchun uchinchi shaxslarga oʻtkazilishi mumkin emas, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno. |
33-modda. Korporativ boshqaruv | 33-modda. Korporativ boshqaruv |
Bank: | Bank: |
javobgarlikning shaffof sohalarini; | javobgarlikning shaffof sohalarini; |
bank duchor boʻlgan yoki duchor boʻlishi mumkin boʻlgan tavakkalchiliklarni aniqlash, boshqarish, monitoring qilish va ular haqida xabardor etishning samarali tartib-taomillarini (tanglik vaziyatining sodir boʻlishi ssenariylarini); | bank duchor boʻlgan yoki duchor boʻlishi mumkin boʻlgan tavakkalchiliklarni aniqlash, boshqarish, monitoring qilish va ular haqida xabardor etishning samarali tartib-taomillarini (tanglik vaziyatining sodir boʻlishi ssenariylarini); |
operatsiyaga oid tavakkalchilikning oʻrnini qoplash uchun likvidlikni va kapitalning yetarliligini baholash tartib-taomilini; | operatsiyaga oid tavakkalchilikning oʻrnini qoplash uchun likvidlikni va kapitalning yetarliligini baholash tartib-taomilini; |
ichki nazoratning tegishli mexanizmlarini, shu jumladan buxgalteriya hisobini yuritish tartibini; | ichki nazoratning tegishli mexanizmlarini, shu jumladan buxgalteriya hisobini yuritish tartibini; |
tavakkalchiliklarni oqilona hamda samarali boshqarishga koʻmaklashadigan hamda mos keladigan xodimlarni mukofotlashning siyosati va usullarini belgilovchi korporativ boshqaruvning aniq ifodalangan tashkiliy tuzilmasiga ega boʻlishi kerak. | tavakkalchiliklarni oqilona hamda samarali boshqarishga koʻmaklashadigan hamda mos keladigan xodimlarni mukofotlashning siyosati va usullarini belgilovchi korporativ boshqaruvning aniq ifodalangan tashkiliy tuzilmasiga ega boʻlishi kerak. |
Korporativ boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi, tartib-taomillari va mexanizmlari kompleks tusga ega boʻlishi hamda bank amalga oshirayotgan biznes-model va faoliyatga xos boʻlgan tavakkalchiliklarning xususiyati, miqyosi hamda murakkabligiga muvofiq boʻlishi kerak. Ichki nazorat mexanizmlari kamida boshqaruv vazifalari bajarilishini va tavakkalchiliklar baholanishini hamda ichki audit talablariga rioya etilishini taʼminlashi kerak. | Korporativ boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi, tartib-taomillari va mexanizmlari kompleks tusga ega boʻlishi hamda bank amalga oshirayotgan biznes-model va faoliyatga xos boʻlgan tavakkalchiliklarning xususiyati, miqyosi hamda murakkabligiga muvofiq boʻlishi kerak. Ichki nazorat mexanizmlari kamida boshqaruv vazifalari bajarilishini va tavakkalchiliklar baholanishini hamda ichki audit talablariga rioya etilishini taʼminlashi kerak. |
Banklardagi korporativ boshqaruvga doir talablar Markaziy bank tomonidan belgilanadi. | Banklardagi korporativ boshqaruvga doir talablar Markaziy bank tomonidan belgilanadi. |
34-modda. Bankning kuzatuv kengashi | 34-modda. Bankning kuzatuv kengashi |
Bankning kuzatuv kengashi bank faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, boshqaruvga oid qarorlar qabul qilish jarayonida nazorat va tekshiruv vazifasini bajaradi hamda umuman bankning faoliyati va moliyaviy barqarorligi uchun javobgardir. | Bankning kuzatuv kengashi bank faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, boshqaruvga oid qarorlar qabul qilish jarayonida nazorat va tekshiruv vazifasini bajaradi hamda umuman bankning faoliyati va moliyaviy barqarorligi uchun javobgardir. |
Bankning kuzatuv kengashi bankni samarali va tadbirli boshqarishni, shu jumladan bank boshqaruvi aʼzolari oʻrtasida vakolatlarning hamda javobgarlikning taqsimlanishini, manfaatlar toʻqnashuvining oldi olinishini va bartaraf etilishini taʼminlaydigan boshqaruv tashkiliy tuzilmasini belgilaydi hamda uning joriy etilishi ustidan nazorat va tekshiruvni amalga oshiradi. | Bankning kuzatuv kengashi bankni samarali va tadbirli boshqarishni, shu jumladan bank boshqaruvi aʼzolari oʻrtasida vakolatlarning hamda javobgarlikning taqsimlanishini, manfaatlar toʻqnashuvining oldi olinishini va bartaraf etilishini taʼminlaydigan boshqaruv tashkiliy tuzilmasini belgilaydi hamda uning joriy etilishi ustidan nazorat va tekshiruvni amalga oshiradi. |
Bankning kuzatuv kengashi aʼzolari bankning oqilona korporativ boshqaruviga koʻmaklashishi hamda oʻz vakolatlarini va majburiyatlarini bajarish chogʻida bankning, uning omonatchilari va aksiyadorlarining qonuniy manfaatlarini inobatga olishi, shuningdek Markaziy bank bilan samarali hamkorlikni taʼminlashi kerak. | Bankning kuzatuv kengashi aʼzolari bankning oqilona korporativ boshqaruviga koʻmaklashishi hamda oʻz vakolatlarini va majburiyatlarini bajarish chogʻida bankning, uning omonatchilari va aksiyadorlarining qonuniy manfaatlarini inobatga olishi, shuningdek Markaziy bank bilan samarali hamkorlikni taʼminlashi kerak. |
Bank kuzatuv kengashining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan vakolatlari jumlasiga qoʻshimcha ravishda quyidagilar kiradi: | Bank kuzatuv kengashining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan vakolatlari jumlasiga qoʻshimcha ravishda quyidagilar kiradi: |
strategik maqsadlarni, korporativ boshqaruv siyosatini, bankning boshqa ichki siyosatlarini, shu jumladan tavakkalchiliklarni aniqlash, boshqarish, monitoring qilish va ular toʻgʻrisida xabardor etish, kapitalning yetarliligini lozim darajada saqlab turish siyosatini tasdiqlash hamda ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish; | strategik maqsadlarni, korporativ boshqaruv siyosatini, bankning boshqa ichki siyosatlarini, shu jumladan tavakkalchiliklarni aniqlash, boshqarish, monitoring qilish va ular toʻgʻrisida xabardor etish, kapitalning yetarliligini lozim darajada saqlab turish siyosatini tasdiqlash hamda ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish; |
aktivlarni tasniflash asosida aktivlar boʻyicha ehtimoldagi zararlarga qarshi yaratiladigan zaxiralar shakllantirilishi ustidan nazorat qilish, shuningdek bankning kapital va umumiy zaxiralarining yetarli darajada saqlab turilishini taʼminlash; | aktivlarni tasniflash asosida aktivlar boʻyicha ehtimoldagi zararlarga qarshi yaratiladigan zaxiralar shakllantirilishi ustidan nazorat qilish, shuningdek bankning kapital va umumiy zaxiralarining yetarli darajada saqlab turilishini taʼminlash; |
manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish tartibini tasdiqlash; | manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish tartibini tasdiqlash; |
bankning moliyaviy holatini tiklash rejalarini tasdiqlash; | bankning moliyaviy holatini tiklash rejalarini tasdiqlash; |
bankning boshqaruvi ustidan nazoratni amalga oshirish; | bankning boshqaruvi ustidan nazoratni amalga oshirish; |
bankning qabul qilingan biznes-rejasi bajarilishi ustidan nazorat qilish, shuningdek har chorakda bankning faoliyati natijalari toʻgʻrisida bank boshqaruvining hisobotini eshitish; | bankning qabul qilingan biznes-rejasi bajarilishi ustidan nazorat qilish, shuningdek har chorakda bankning faoliyati natijalari toʻgʻrisida bank boshqaruvining hisobotini eshitish; |
bankning ichki audit xizmati faoliyatini tashkil etish, shuningdek bank ichki audit xizmatining choraklik hisobotlari asosida bank boshqaruvi tomonidan bank strategiyalari va siyosatlariga rioya etilishini baholashdan oʻtkazish; | bankning ichki audit xizmati faoliyatini tashkil etish, shuningdek bank ichki audit xizmatining choraklik hisobotlari asosida bank boshqaruvi tomonidan bank strategiyalari va siyosatlariga rioya etilishini baholashdan oʻtkazish; |
bank boshqaruvi aʼzolari tomonidan taqdim etilgan axborotni, takliflarni va tushuntirishlarni oʻrganish, muhokama qilish hamda ular boʻyicha bahslashish; | bank boshqaruvi aʼzolari tomonidan taqdim etilgan axborotni, takliflarni va tushuntirishlarni oʻrganish, muhokama qilish hamda ular boʻyicha bahslashish; |
bank faoliyatini boshqarish tizimi samaradorligini, shu jumladan bank boshqaruvi prinsiplari monitoringini va ularni davriy baholashni amalga oshirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun tegishli choralarni koʻrish; | bank faoliyatini boshqarish tizimi samaradorligini, shu jumladan bank boshqaruvi prinsiplari monitoringini va ularni davriy baholashni amalga oshirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun tegishli choralarni koʻrish; |
bir yilda kamida bir marta amalga oshirilgan nazorat va tekshiruv faoliyati toʻgʻrisida aksiyadorlarning umumiy yigʻilishiga hisobot taqdim etish; | bir yilda kamida bir marta amalga oshirilgan nazorat va tekshiruv faoliyati toʻgʻrisida aksiyadorlarning umumiy yigʻilishiga hisobot taqdim etish; |
yillik moliyaviy hisobotlarni tasdiqlash hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlar tizimining yaxlitligini taʼminlash; | yillik moliyaviy hisobotlarni tasdiqlash hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlar tizimining yaxlitligini taʼminlash; |
bankning uzoq muddatli moliyaviy manfaatlarini va Markaziy bank tomonidan kapitalga nisbatan belgilangan talablarni hisobga olgan holda prudensial talablarga rioya etilishini taʼminlash. | bankning uzoq muddatli moliyaviy manfaatlarini va Markaziy bank tomonidan kapitalga nisbatan belgilangan talablarni hisobga olgan holda prudensial talablarga rioya etilishini taʼminlash. |
Islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bankning kuzatuv kengashi bankda islomiy moliya standartlariga muvofiq boʻlgan samarali boshqaruv tizimini yoʻlga qoʻyish uchun javobgardir. | |
Bankning kuzatuv kengashi aʼzolari soni, bank aksiyadorlari sonidan qatʼi nazar, besh kishidan kam boʻlmagan miqdorda toq sonda boʻlishi lozim. Kuzatuv kengashi aʼzolarining koʻpchiligi bankka aloqador shaxslar boʻlmasligi kerak, bundan ularning kuzatuv kengashidagi aʼzoligi mustasno. | Bankning kuzatuv kengashi aʼzolari soni, bank aksiyadorlari sonidan qatʼi nazar, besh kishidan kam boʻlmagan miqdorda toq sonda boʻlishi lozim. Kuzatuv kengashi aʼzolarining koʻpchiligi bankka aloqador shaxslar boʻlmasligi kerak, bundan ularning kuzatuv kengashidagi aʼzoligi mustasno. |
Bank kuzatuv kengashi aʼzolari oʻz mulohazalarining mustaqilligi boʻyicha talablarga rioya etishi kerak. | Bank kuzatuv kengashi aʼzolari oʻz mulohazalarining mustaqilligi boʻyicha talablarga rioya etishi kerak. |
Quyidagi hollarda shaxs kuzatuv kengashi aʼzoligiga saylanishi mumkin emas yoki saylangan shaxs kuzatuv kengashi aʼzoligi huquqidan mahrum etiladi, agar: | Quyidagi hollarda shaxs kuzatuv kengashi aʼzoligiga saylanishi mumkin emas yoki saylangan shaxs kuzatuv kengashi aʼzoligi huquqidan mahrum etiladi, agar: |
shaxs ikki yoki undan ortiq bankning kuzatuv kengashi aʼzosi boʻlsa yoki aʼzo boʻlish niyatida boʻlsa, bundan mazkur banklar bir bank guruhiga tegishli boʻlgan hollar mustasno; | shaxs ikki yoki undan ortiq bankning kuzatuv kengashi aʼzosi boʻlsa yoki aʼzo boʻlish niyatida boʻlsa, bundan mazkur banklar bir bank guruhiga tegishli boʻlgan hollar mustasno; |
shaxsning vakolatlari Markaziy bank talabiga koʻra muddatidan ilgari tugatilgan boʻlsa. | shaxsning vakolatlari Markaziy bank talabiga koʻra muddatidan ilgari tugatilgan boʻlsa. |
35-modda. Bank boshqaruvi | 35-modda. Bank boshqaruvi |
Bank boshqaruvi bankni boshqarishning ijro etuvchi organi boʻlib, u bankning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan faoliyat strategiyasi va uni boshqarish tizimiga muvofiq bankning faoliyatiga operativ boshqaruvni amalga oshiradi hamda bankning faoliyati uchun javobgarlikni toʻliq zimmasiga oladi. | Bank boshqaruvi bankni boshqarishning ijro etuvchi organi boʻlib, u bankning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan faoliyat strategiyasi va uni boshqarish tizimiga muvofiq bankning faoliyatiga operativ boshqaruvni amalga oshiradi hamda bankning faoliyati uchun javobgarlikni toʻliq zimmasiga oladi. |
Bank boshqaruvi: | Bank boshqaruvi: |
strategik maqsadlarni, korporativ boshqaruv siyosatini, bankning boshqa ichki siyosatlarini, shu jumladan tavakkalchiliklarni aniqlash, boshqarish, monitoring qilish va tavakkalchiliklar toʻgʻrisida xabardor etish, kapitalning yetarliligini lozim darajada saqlab turish siyosatini amalga oshirishi; | strategik maqsadlarni, korporativ boshqaruv siyosatini, bankning boshqa ichki siyosatlarini, shu jumladan tavakkalchiliklarni aniqlash, boshqarish, monitoring qilish va tavakkalchiliklar toʻgʻrisida xabardor etish, kapitalning yetarliligini lozim darajada saqlab turish siyosatini amalga oshirishi; |
bankning tegishli va shaffof tashkiliy tuzilmasini, shu jumladan vakolatlarni va javobgarlikni bank xodimlari oʻrtasida oʻz vakolatlari doirasida taqsimlashni taʼminlashi; | bankning tegishli va shaffof tashkiliy tuzilmasini, shu jumladan vakolatlarni va javobgarlikni bank xodimlari oʻrtasida oʻz vakolatlari doirasida taqsimlashni taʼminlashi; |
bank xodimlarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishi; | bank xodimlarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishi; |
bankning qabul qilingan yillik biznes-rejasini bajarishi, shuningdek bank aksiyadorlarining umumiy yigʻilishiga va kuzatuv kengashiga bajarilgan ishlar, bankka nisbatan qoʻllanilgan choralar hamda sanksiyalar toʻgʻrisidagi hisobotni davriy ravishda taqdim etishi; | bankning qabul qilingan yillik biznes-rejasini bajarishi, shuningdek bank aksiyadorlarining umumiy yigʻilishiga va kuzatuv kengashiga bajarilgan ishlar, bankka nisbatan qoʻllanilgan choralar hamda sanksiyalar toʻgʻrisidagi hisobotni davriy ravishda taqdim etishi; |
bank ustavida hamda banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarishi shart. | bank ustavida hamda banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarishi shart. |
Bank boshqaruvi bank aksiyadorlarining umumiy yigʻilishiga va kuzatuv kengashiga hisobdordir. | Bank boshqaruvi bank aksiyadorlarining umumiy yigʻilishiga va kuzatuv kengashiga hisobdordir. |
Islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank boshqaruvi islomiy bank faoliyatining islomiy moliya standartlariga muvofiq amalga oshirilishini taʼminlash uchun javobgardir. 351-modda. Bankning islomiy moliya kengashi Bankning islomiy moliya kengashi bankdagi islomiy bank faoliyati islomiy moliya standartlariga muvofiq tarzda amalga oshirilishini muvofiqlashtiruvchi kollegial organ hisoblanadi. Bankning islomiy moliya kengashi vazifalari jumlasiga quyidagilar kiradi: bank islomiy moliya operatsiyalarining islomiy moliya standartlariga muvofiqligini taʼminlash hamda muvofiqlik bilan bogʻliq masalalar va murojaatlar boʻyicha xulosalar taqdim etib borish; islomiy moliya operatsiyalari bilan bogʻliq shartnomalar, ichki hujjatlar va hisobotlar loyihalarini koʻrib chiqish hamda maʼqullash; islomiy bank faoliyati, shu jumladan islomiy moliya operatsiyalari va ular bilan bogʻliq boʻlgan shartnomalar hamda hujjatlar boʻyicha bank tomonidan amal qilinishi shart boʻlgan va qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan qarorlarni qabul qilish; islomiy bank faoliyati bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni boshqarish hamda ichki nazorat tizimini joriy etishda bankning kuzatuv kengashi va boshqaruviga oʻz xulosalari orqali koʻmaklashish. Bankning islomiy moliya kengashi bankning ustaviga asosan boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin. Bankning islomiy moliya kengashi aʼzolari Markaziy bank bilan kelishilgan holda hamda bankning kuzatuv kengashi tavsiyasi asosida aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan saylanadi va ularning aʼzoligi tugatiladi. Bankning islomiy moliya kengashi aʼzolari soni uch nafardan kam boʻlmasligi kerak. Bankning hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan aksiyadorlari va muhim ahamiyatga ega xodimlari bankning islomiy moliya kengashi aʼzosi boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bankning islomiy moliya kengashi bankdagi islomiy bank faoliyatining islomiy moliya standartlariga muvofiqligini baholaydi va baholash natijalari boʻyicha bank aksiyadorlarining umumiy yigʻilishiga bir yilda kamida bir marotaba hisobot taqdim etadi. Bank islomiy moliya kengashining vazifalari bank aksiyadorlarining umumiy yigʻilishiga yoki bankning boshqa boshqaruv organiga yuklatilishi mumkin emas. | |
36-modda. Rahbarlik prinsiplarini qoʻllash | 36-modda. Rahbarlik prinsiplarini qoʻllash |
Bank kuzatuv kengashining va boshqaruvining aʼzolari, shuningdek muhim ahamiyatga ega xodimlari benuqson ishchanlik obroʻsiga, bank tavakkalchiliklarining samarali boshqarilishini, oʻz vakolatlari doirasida asosli qarorlar qabul qilinishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tajribaga, bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi kerak. | Bank kuzatuv kengashining va boshqaruvining aʼzolari, shuningdek muhim ahamiyatga ega xodimlari benuqson ishchanlik obroʻsiga, bank tavakkalchiliklarining samarali boshqarilishini, oʻz vakolatlari doirasida asosli qarorlar qabul qilinishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tajribaga, bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi kerak. |
Bank bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolari, shuningdek muhim ahamiyatga ega xodimlari banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga doimo muvofiq boʻlishini taʼminlashi shart. Markaziy bank bank kuzatuv kengashining va boshqaruvning aʼzoligiga hamda muhim ahamiyatga ega xodimlar lavozimlariga koʻrsatilayotgan nomzodlarni ularning lavozimga kirishishidan oldin kelishib oladi. Agar muhim ahamiyatga ega xodimlarni obyektiv sabablarga koʻra oldindan kelishib olishning imkoni boʻlmasa, bank keyinchalik rozilik olish uchun soʻrovnoma yuborishi kerak. | Bank bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvi, bankning islomiy moliya kengashi aʼzolari, shuningdek muhim ahamiyatga ega xodimlari banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga doimo muvofiq boʻlishini taʼminlashi shart. Bankning islomiy moliya kengashi kamida uch nafar aʼzodan iborat boʻlib, ularga nisbatan qoʻyiladigan talablar Markaziy bank tomonidan belgilanadi. Markaziy bank bank kuzatuv kengashining va boshqaruvining, bank islomiy moliya kengashining aʼzoligiga hamda muhim ahamiyatga ega xodimlar lavozimlariga koʻrsatilayotgan nomzodlarni ularning lavozimga kirishishidan oldin kelishib oladi. Agar muhim ahamiyatga ega xodimlarni obyektiv sabablarga koʻra oldindan kelishib olishning imkoni boʻlmasa, bank keyinchalik rozilik olish uchun soʻrovnoma yuborishi kerak. |
Bank boshqaruvi aʼzolari va muhim ahamiyatga ega xodimlari ish beruvchining roziligi bilan boshqa tashkilotlarda oʻrindoshlik asosida ishlashi mumkin, bundan ularning boshqa banklar va tashkilotlarda ishga joylashuvi manfaatlar toʻqnashuviga olib kelishi mumkin boʻlgan hollar mustasno. | Bank boshqaruvi aʼzolari va muhim ahamiyatga ega xodimlari ish beruvchining roziligi bilan boshqa tashkilotlarda oʻrindoshlik asosida ishlashi mumkin, bundan ularning boshqa banklar va tashkilotlarda ishga joylashuvi manfaatlar toʻqnashuviga olib kelishi mumkin boʻlgan hollar mustasno. |
Bank kuzatuv kengashining va boshqaruvining aʼzolarini, shuningdek muhim ahamiyatga ega xodimlarni baholash shartlari, baholash uchun zarur hujjatlar, malaka talablariga muvofiqlik mezonlari, shuningdek ularni kelishib olish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi. | Bank kuzatuv kengashining va boshqaruvining, bank islomiy moliya kengashining aʼzolarini, shuningdek muhim ahamiyatga ega xodimlarni baholash shartlari, baholash uchun zarur hujjatlar, malaka talablariga muvofiqlik mezonlari, shuningdek ularni kelishib olish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi. |
37-modda. Korrupsiyaning oldini olish choralari, bank xodimlarining odob-axloq qoidalari va manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilmasligi | 37-modda. Korrupsiyaning oldini olish choralari, bank xodimlarining odob-axloq qoidalari va manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilmasligi |
Banklar bankning saylanadigan organlari aʼzolari va xodimlari tomonidan rioya etilishi majburiy boʻlgan: | Banklar bankning saylanadigan organlari aʼzolari va xodimlari tomonidan rioya etilishi majburiy boʻlgan: |
korrupsiyaning oldini olish boʻyicha choralarni; | korrupsiyaning oldini olish boʻyicha choralarni; |
odob-axloq qoidalarini; | odob-axloq qoidalarini; |
manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish siyosatini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi. | manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish siyosatini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi. |
Bankka yoki bankning nazorati ostidagi yuridik shaxsga aloqador boʻlgan shubhali faoliyat, firibgarlik yoxud suiisteʼmolliklar toʻgʻrisida xabar qilgan bank kuzatuv kengashi, boshqaruvi aʼzosining yoki xodimining shaxsi oshkor qilinmasligi kerak. | Bankka yoki bankning nazorati ostidagi yuridik shaxsga aloqador boʻlgan shubhali faoliyat, firibgarlik yoxud suiisteʼmolliklar toʻgʻrisida xabar qilgan bank kuzatuv kengashi, boshqaruvi, bank islomiy moliya kengashi aʼzosining yoki xodimining shaxsi oshkor qilinmasligi kerak. |
5-bob. Prudensial talablar va tavakkalchiliklarni boshqarish | 5-bob. Prudensial talablar va tavakkalchiliklarni boshqarish |
38-modda. Banklar va bank guruhlari tomonidan prudensial normativlarga rioya etish | 38-modda. Banklar va bank guruhlari tomonidan prudensial normativlarga rioya etish |
Banklarning moliyaviy barqarorligini taʼminlash hamda omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida banklar va bank guruhlari hisoblab chiqarish tartibi va yoʻl qoʻyiladigan qiymatlari Markaziy bank tomonidan belgilanadigan prudensial normativlarga rioya etishi shart. | Banklarning moliyaviy barqarorligini taʼminlash hamda omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida banklar va bank guruhlari hisoblab chiqarish tartibi va yoʻl qoʻyiladigan qiymatlari Markaziy bank tomonidan belgilanadigan prudensial normativlarga rioya etishi shart. |
Prudensial normativlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi: | Banklar va bank guruhlari uchun prudensial normativlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi, bundan mikromoliya banklari mustasno: |
kapitalning monandlik koeffitsiyentlari; | kapitalning monandlik koeffitsiyentlari; |
bir qarz oluvchiga yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchilikning eng koʻp miqdori; | bir qarz oluvchiga yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchilikning eng koʻp miqdori; |
yirik kredit tavakkalchiliklarining va investitsiyalarning eng koʻp miqdori; | yirik kredit tavakkalchiliklarining va investitsiyalarning eng koʻp miqdori; |
sohalar kesimida toʻplanish (konsentratsiya) koeffitsiyentlari; | sohalar kesimida toʻplanish (konsentratsiya) koeffitsiyentlari; |
likvidlik koeffitsiyentlari; | likvidlik koeffitsiyentlari; |
bankning aloqador shaxslari uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori; | bankning aloqador shaxslari uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori; |
taʼminotsiz kreditlar (ishonchga asoslangan kreditlar) berishning eng koʻp miqdori; | taʼminotsiz kreditlar (ishonchga asoslangan kreditlar) berishning eng koʻp miqdori; |
bankning aktivlarini tasniflashga va ularning sifatini baholashga, bank aktivlari boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi zaxiralarni aktivlarni tasniflash asosida shakllantirishga doir talablar; | bankning aktivlarini tasniflashga va ularning sifatini baholashga, bank aktivlari boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi zaxiralarni aktivlarni tasniflash asosida shakllantirishga doir talablar; |
bank aktivlari boʻyicha foizlarni hisoblash va ularni bankning daromadlar hisobvaragʻiga kiritishga doir talablar; | |
yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) sotib olinadigan ulushlar va aksiyalarning eng koʻp miqdori; | yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) sotib olinadigan ulushlar va aksiyalarning eng koʻp miqdori; |
koʻchmas mulkni va boshqa mol-mulkni sotib olishga hamda unga egalik qilishga doir talablar; | koʻchmas mulkni va boshqa mol-mulkni sotib olishga hamda unga egalik qilishga doir talablar; |
ochiq valyuta mavqeyi limitlari; | ochiq valyuta mavqeyi limitlari; |
umum qabul qilingan xalqaro amaliyotga muvofiq Markaziy bank tomonidan belgilanadigan boshqa prudensial normativlar. | umum qabul qilingan xalqaro amaliyotga muvofiq Markaziy bank tomonidan belgilanadigan boshqa prudensial normativlar. |
Mikromoliya banklari uchun prudensial normativlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi: kapitalning monandligi koeffitsiyentlarini; bir qarz oluvchi yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchilikning eng koʻp miqdorini; likvidlilik koeffitsiyentlarini; mikromoliya bankining aloqador shaxslari uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdorini; umumqabul qilingan xalqaro amaliyotga muvofiq Markaziy bank tomonidan belgilanadigan boshqa prudensial normativlarni. Mikromoliya bankining ustav kapitali miqdori ushbu Qonun 13-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan bank ustav kapitalining miqdoriga muvofiq boʻlgan hollarda, mazkur mikromoliya banki ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan prudensial normativlarga rioya etishi shart. Bunda bir qarz oluvchiga yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchilikning eng koʻp miqdori ushbu Qonun 7-moddasi uchinchi qismining uchinchi xatboshisida belgilangan miqdordan oshmasligi kerak. | |
Banklar aktivlar boʻyicha yoʻqotishlarga oid tavakkalchilikni kamaytirish maqsadida oʻzining kapitalini va likvid resurslarini yetarli darajada saqlab turishi, aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi zaxiralarni aktivlarni tasniflash asosida shakllantirishi, shuningdek oʻz aktivlarining diversifikatsiya qilinishini taʼminlashi kerak. | Banklar aktivlar boʻyicha yoʻqotishlarga oid tavakkalchilikni kamaytirish maqsadida oʻzining kapitalini va likvid resurslarini yetarli darajada saqlab turishi, aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi zaxiralarni aktivlarni tasniflash asosida shakllantirishi, shuningdek oʻz aktivlarining diversifikatsiya qilinishini taʼminlashi kerak. |
Markaziy bank banklar, banklar guruhi va tizimli ahamiyatga ega banklar uchun mazkur bankka, tizimli ahamiyatga ega bankka va banklar guruhiga xos tavakkalchilik omillarining eng koʻp oʻzgarishlari chogʻida yuzaga keladigan ehtimoldagi zararlarning oʻrnini qoplash uchun likvidlik va kapitalning yetarlilik koeffitsiyentlariga qoʻshimcha ustamalar belgilashga haqli. | Markaziy bank banklar, banklar guruhi va tizimli ahamiyatga ega banklar uchun mazkur bankka, tizimli ahamiyatga ega bankka va banklar guruhiga xos tavakkalchilik omillarining eng koʻp oʻzgarishlari chogʻida yuzaga keladigan ehtimoldagi zararlarning oʻrnini qoplash uchun likvidlik va kapitalning yetarlilik koeffitsiyentlariga qoʻshimcha ustamalar belgilashga haqli. |
Prudensial normativlarga kelgusidagi oʻzgartishlar ushbu oʻzgartishlar amalga kiritilishidan kamida bir oy oldin Markaziy bank tomonidan rasman eʼlon qilinadi. | Prudensial normativlarga kelgusidagi oʻzgartishlar ushbu oʻzgartishlar amalga kiritilishidan kamida bir oy oldin Markaziy bank tomonidan rasman eʼlon qilinadi. |
39-modda. Foydaning taqsimlanishini cheklash | 39-modda. Foydaning taqsimlanishini cheklash |
Bank aksiyadorlarga dividendlar toʻlash, shuningdek bankning kuzatuv kengashi, boshqaruvi aʼzolari va xodimlarini mukofotlash orqali foydani taqsimlashni quyidagi hollarda amalga oshirishga haqli emas: | Bank aksiyadorlarga dividendlar toʻlash, shuningdek bankning kuzatuv kengashi, boshqaruvi aʼzolari va xodimlarini, bankning islomiy moliya kengashi aʼzolarini mukofotlash orqali foydani taqsimlashni quyidagi hollarda amalga oshirishga haqli emas: |
prudensial normativlar Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda yoki ular mazkur taqsimlash oqibatida buzilganda; | prudensial normativlar Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda yoki ular mazkur taqsimlash oqibatida buzilganda; |
nochorlik (bankrotlik) boʻlganda yoki mazkur taqsimlash oqibatida nochorlikning (bankrotlikning) alomatlari yuzaga kelganda; | toʻlovga qobiliyatsiz boʻlganda yoki mazkur taqsimlash oqibatida toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari yuzaga kelganda; |
Markaziy bankning ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmasida aks ettirilgan, shu jumladan axborotni oshkor etish borasida koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilmaganda yoki ularni bartaraf etish imkoniyati mavjud boʻlmaganda; | Markaziy bankning ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmasida aks ettirilgan, shu jumladan axborotni oshkor etish borasida koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilmaganda yoki ularni bartaraf etish imkoniyati mavjud boʻlmaganda; |
Markaziy bankning foydani taqsimlamaslik toʻgʻrisida bankka nisbatan talabi mavjud boʻlganda. | Markaziy bankning foydani taqsimlamaslik toʻgʻrisida bankka nisbatan talabi mavjud boʻlganda. |
Banklar quyidagi hollarda foydani taqsimlash uchun Markaziy bankning roziligini olishi kerak: | Banklar quyidagi hollarda foydani taqsimlash uchun Markaziy bankning roziligini olishi kerak: |
ushbu modda birinchi qismining birinchi xatboshisida koʻrsatilgan toʻlovlarning umumiy summasi bankning oʻz kapitalining oʻn foizidan ortganda; | ushbu modda birinchi qismining birinchi xatboshisida koʻrsatilgan toʻlovlarning umumiy summasi bankning oʻz kapitalining oʻn foizidan ortganda; |
joriy yoki oʻtgan chorakda va (yoki) moliya yilida zarar mavjud boʻlganda. | joriy yoki oʻtgan chorakda va (yoki) moliya yilida zarar mavjud boʻlganda. |
40-modda. Majburiy zaxiralash talablari | 40-modda. Majburiy zaxiralash talablari |
Banklar Markaziy bank tomonidan belgilangan majburiy zaxiralash talablarini bajarishi shart. | Banklar Markaziy bank tomonidan belgilangan majburiy zaxiralash talablarini bajarishi shart. |
Bank majburiy zaxiralash talablarini bajarmagan taqdirda, Markaziy bank qatʼiy tartibda bu bankning Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻidan yetishmayotgan majburiy zaxira mablagʻlari miqdoridagi summani, shuningdek ushbu yetishmayotgan summaga nisbatan amaldagi qayta moliyalash yillik stavkasining ikki baravaridan oshmaydigan miqdorda jarima undirib oladi. | Bank majburiy zaxiralash talablarini bajarmagan taqdirda, Markaziy bank qatʼiy tartibda bu bankning Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻidan yetishmayotgan majburiy zaxira mablagʻlari miqdoridagi summani, shuningdek ushbu yetishmayotgan summaga nisbatan amaldagi qayta moliyalash yillik stavkasining ikki baravaridan oshmaydigan miqdorda jarima undirib oladi. |
41-modda. Bank xizmatlari va operatsiyalarining autsorsingi | 41-modda. Bank xizmatlari va operatsiyalarining autsorsingi |
Xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlarini bank tomonidan shartnoma asosida va uzluksiz asosda amalga oshirish uchun uchinchi tarafga topshirish bank xizmatlari va operatsiyalarining autsorsingidir (bundan buyon matnda autsorsing deb yuritiladi). | Xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlarini bank tomonidan shartnoma asosida va uzluksiz asosda amalga oshirish uchun uchinchi tarafga topshirish bank xizmatlari va operatsiyalarining autsorsingidir (bundan buyon matnda autsorsing deb yuritiladi). |
Bank Markaziy bankning ruxsatnomasi olinganidan keyin xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlarini Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga muvofiq autsorsingga topshirish huquqiga ega. | Bank Markaziy bankning ruxsatnomasi olinganidan keyin xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlarini Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga muvofiq autsorsingga topshirish huquqiga ega. |
Litsenziya asosida amalga oshiriladigan xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlarini faqat tegishli litsenziya egasiga autsorsingga topshirishga yoʻl qoʻyiladi. | Litsenziya asosida amalga oshiriladigan xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlarini faqat tegishli litsenziya egasiga autsorsingga topshirishga yoʻl qoʻyiladi. |
Bank xizmatlari va operatsiyalarining ayrim turlari oʻziga autsorsingga topshirilgan shaxsning mazkur xizmatlar hamda operatsiyalarni keyinchalik boshqa shaxsga autsorsingga topshirishi taqiqlanadi. Mazkur cheklov bank tomonidan xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlarini autsorsingga topshirish toʻgʻrisidagi shartnomada aks ettirilishi kerak. | Bank xizmatlari va operatsiyalarining ayrim turlari oʻziga autsorsingga topshirilgan shaxsning mazkur xizmatlar hamda operatsiyalarni keyinchalik boshqa shaxsga autsorsingga topshirishi taqiqlanadi. Mazkur cheklov bank tomonidan xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlarini autsorsingga topshirish toʻgʻrisidagi shartnomada aks ettirilishi kerak. |
Bank autsorsingga topshirilgan xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlari bilan bogʻliq tavakkalchiliklarning boshqarilishi uchun javobgar boʻladi. | Bank autsorsingga topshirilgan xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlari bilan bogʻliq tavakkalchiliklarning boshqarilishi uchun javobgar boʻladi. |
Xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlarini autsorsingga topshirishda bank Markaziy bankning talablariga, shu jumladan ichki siyosatlar va hisobotdorlik mavjudligi boʻyicha, shuningdek Markaziy bankka autsorsingga topshirilgan xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlari yuzasidan axborot taqdim etish boʻyicha talablariga javob berishi kerak. | Xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlarini autsorsingga topshirishda bank Markaziy bankning talablariga, shu jumladan ichki siyosatlar va hisobotdorlik mavjudligi boʻyicha, shuningdek Markaziy bankka autsorsingga topshirilgan xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlari yuzasidan axborot taqdim etish boʻyicha talablariga javob berishi kerak. |
Banklar autsorsingga topshirilgan xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlari tashqi auditdan oʻtkazilishini har yili yoki Markaziy bankning talabiga binoan taʼminlashi shart. | Banklar autsorsingga topshirilgan xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlari tashqi auditdan oʻtkazilishini har yili yoki Markaziy bankning talabiga binoan taʼminlashi shart. |
Markaziy bank quyidagi hollarda autsorsing shartnomasini bekor qilishni talab etishga haqli: | Markaziy bank quyidagi hollarda autsorsing shartnomasini bekor qilishni talab etishga haqli: |
bank tomonidan autsorsingga topshirilgan xizmatlar va operatsiyalarning lozim darajadagi hamda muntazam ravishdagi nazorati, tekshiruvi va tavakkalchilik boshqaruvi amalga oshirilmaganda; | bank tomonidan autsorsingga topshirilgan xizmatlar va operatsiyalarning lozim darajadagi hamda muntazam ravishdagi nazorati, tekshiruvi va tavakkalchilik boshqaruvi amalga oshirilmaganda; |
autsorsing uchun jalb etilgan shaxs faoliyatida bankning oʻz majburiyatlarini bajarish qobiliyatiga tahdid soluvchi kamchiliklar mavjud boʻlganda. | autsorsing uchun jalb etilgan shaxs faoliyatida bankning oʻz majburiyatlarini bajarish qobiliyatiga tahdid soluvchi kamchiliklar mavjud boʻlganda. |
42-modda. Bank va banklar guruhining ichki nazoratiga hamda tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir talablar | 42-modda. Bank va banklar guruhining ichki nazoratiga hamda tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir talablar |
Bank va banklar guruhi Markaziy bank tomonidan belgilangan ichki nazoratga hamda tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir talablarga rioya etishi shart. Markaziy bankning talablari bank amalga oshirayotgan faoliyat turining tizimli ahamiyatini, oʻziga xos xususiyatini, miqyosini va murakkabligini mutanosiblik prinsipini inobatga olgan holda hisobga oladi. | Bank va banklar guruhi Markaziy bank tomonidan belgilangan ichki nazoratga hamda tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir talablarga rioya etishi shart. Markaziy bankning talablari bank amalga oshirayotgan faoliyat turining tizimli ahamiyatini, oʻziga xos xususiyatini, miqyosini va murakkabligini mutanosiblik prinsipini inobatga olgan holda hisobga oladi. |
Bank va banklar guruhining ichki nazoratiga hamda tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir Markaziy bank talablari jumlasiga quyidagilar kiradi: | Bank va banklar guruhining ichki nazoratiga hamda tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir Markaziy bank talablari jumlasiga quyidagilar kiradi: |
ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy, nazoratga oid hamda boshqa hisobotlarning toʻliqligini, ishonchliligini va oʻz vaqtidaligini, shuningdek axborot xavfsizligini taʼminlash; | ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy, nazoratga oid hamda boshqa hisobotlarning toʻliqligini, ishonchliligini va oʻz vaqtidaligini, shuningdek axborot xavfsizligini va kiberxavfsizligini taʼminlash; |
bank tomonidan prudensial talablar bajarilishini taʼminlash; | bank tomonidan prudensial talablar bajarilishini taʼminlash; |
bankda bank uchun ahamiyatli boʻlgan tavakkalchiliklarni aniqlash va boshqarish, stress-testdan oʻtkazish boʻyicha tasdiqlangan siyosatining, shuningdek bank uchun ahamiyatli tavakkalchiliklar va kapital boʻyicha hisobot tizimining mavjudligi; | bankda bank uchun ahamiyatli boʻlgan tavakkalchiliklarni aniqlash va boshqarish, stress-testdan oʻtkazish boʻyicha tasdiqlangan siyosatining, shuningdek bank uchun ahamiyatli tavakkalchiliklar va kapital boʻyicha hisobot tizimining mavjudligi; |
bank uchun ahamiyatli tavakkalchiliklarni boshqarishga va ularning samaradorligini baholashga doir siyosatlarning bank tomonidan izchil amalga oshirilishi hamda ularga rioya etilishi; | bank uchun ahamiyatli tavakkalchiliklarni boshqarishga va ularning samaradorligini baholashga doir siyosatlarning bank tomonidan izchil amalga oshirilishi hamda ularga rioya etilishi; |
bankning ichki hujjatlarida belgilangan tavakkalchiliklarning eng yuqori miqdorlariga va kapitalning monandligiga, tavakkalchiliklarni boshqarish boʻyicha bankda qoʻllanilayotgan tartib-taomillarning samaradorligiga hamda ularni qoʻllash izchilligiga bankning rioya etishi ustidan kuzatuv kengashi tomonidan nazoratni amalga oshirish. | bankning ichki hujjatlarida belgilangan tavakkalchiliklarning eng yuqori miqdorlariga va kapitalning monandligiga, tavakkalchiliklarni boshqarish boʻyicha bankda qoʻllanilayotgan tartib-taomillarning samaradorligiga hamda ularni qoʻllash izchilligiga bankning rioya etishi ustidan kuzatuv kengashi tomonidan nazoratni amalga oshirish. |
43-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga banklar tomonidan rioya etilishi | 43-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga banklar tomonidan rioya etilishi |
Banklar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi shart. | Banklar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi shart. |
44-modda. Bankka aloqador boʻlgan shaxslar bilan bitimlar tuzish | 44-modda. Bankka aloqador boʻlgan shaxslar bilan bitimlar tuzish |
Banklarning bankka aloqador boʻlgan shaxslar bilan yoki bunday shaxslar nomidan harakat qiladigan shaxslar bilan tuzadigan shartnomalari bankka aloqador boʻlmagan shaxslar uchun nazarda tutilgan shartnomalarga qaraganda ancha qulay shartlarga asoslangan hollarda ularning bunday shartnomalarni tuzishi taqiqlanadi. | Banklarning bankka aloqador boʻlgan shaxslar bilan yoki bunday shaxslar nomidan harakat qiladigan shaxslar bilan tuzadigan shartnomalari bankka aloqador boʻlmagan shaxslar uchun nazarda tutilgan shartnomalarga qaraganda ancha qulay shartlarga asoslangan hollarda ularning bunday shartnomalarni tuzishi taqiqlanadi. |
Ancha qulay shartlarni taqdim etish quyidagilarni anglatadi: | Ancha qulay shartlarni taqdim etish quyidagilarni anglatadi: |
bank bankka aloqador boʻlmagan shaxslar bilan ularning tabiati, maqsadi, xususiyatlari va bankning tavakkalchiligidan kelib chiqib tuzmaydigan bitimni bankka aloqador shaxs bilan yoki shunday shaxsning manfaatlarini koʻzlab tuzilishini; | bank bankka aloqador boʻlmagan shaxslar bilan ularning tabiati, maqsadi, xususiyatlari va bankning tavakkalchiligidan kelib chiqib tuzmaydigan bitimni bankka aloqador shaxs bilan yoki shunday shaxsning manfaatlarini koʻzlab tuzilishini; |
boshqa shaxslarga nisbatan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirganligi uchun pastroq tarzda mukofotlar olinishini va toʻlovlarni pastroq tarzda undirilishini yoki taʼminotni boshqa shaxslardan talab qilinadigan qiymatdan yuqoriroq qiymat boʻyicha qabul qilinishini. | boshqa shaxslarga nisbatan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirganligi uchun pastroq tarzda mukofotlar olinishini va toʻlovlarni pastroq tarzda undirilishini yoki taʼminotni boshqa shaxslardan talab qilinadigan qiymatdan yuqoriroq qiymat boʻyicha qabul qilinishini. |
Bank oʻziga aloqador shaxslarga taʼminlanmagan (ishonchga asoslangan kreditlar) kreditlar (qarzlar) berishi mumkin emas. | Bank oʻziga aloqador shaxslarga taʼminlanmagan (ishonchga asoslangan kreditlar) kreditlar (qarzlar) berishi mumkin emas. |
Bank oʻziga aloqador shaxslar bilan ushbu moddaning talablarini hisobga olgan holda faqat bank kuzatuv kengashining qaroriga koʻra bitimlar tuzishi mumkin. Agar shaxs bank bilan bitim tuzish boʻyicha shartnoma imzolanganidan keyin bankka aloqador shaxsga aylansa, bankning kuzatuv kengashi shaxs bankka aloqador shaxsga aylangan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida mazkur shartnomani maʼqullashi yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida farmoyish berishi kerak. | Bank oʻziga aloqador shaxslar bilan ushbu moddaning talablarini hisobga olgan holda faqat bank kuzatuv kengashining qaroriga koʻra bitimlar tuzishi mumkin. Agar shaxs bank bilan bitim tuzish boʻyicha shartnoma imzolanganidan keyin bankka aloqador shaxsga aylansa, bankning kuzatuv kengashi shaxs bankka aloqador shaxsga aylangan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida mazkur shartnomani maʼqullashi yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida farmoyish berishi kerak. |
Kuzatuv kengashining aʼzosi bank bilan oʻzi oʻrtasida yoki oʻziga aloqador shaxs oʻrtasida tuzilgan yoki tuziladigan bitim masalasi koʻrilayotgan kuzatuv kengashi yigʻilishida hozir boʻlmasligi, kuzatuv kengashi qabul qiladigan qarorga taʼsir koʻrsatishga urinmasligi kerak. | Kuzatuv kengashining aʼzosi bank bilan oʻzi oʻrtasida yoki oʻziga aloqador shaxs oʻrtasida tuzilgan yoki tuziladigan bitim masalasi koʻrilayotgan kuzatuv kengashi yigʻilishida hozir boʻlmasligi, kuzatuv kengashi qabul qiladigan qarorga taʼsir koʻrsatishga urinmasligi kerak. |
Bank oʻziga aloqador boʻlgan shaxslar bilan tuzilgan bitimlarning alohida roʻyxatini yuritishi va Markaziy bankni bankka aloqador shaxslar bilan bitimlar tuzilishi oldidan xabardor etishi shart. | Bank oʻziga aloqador boʻlgan shaxslar bilan tuzilgan bitimlarning alohida roʻyxatini yuritishi va Markaziy bankni bankka aloqador shaxslar bilan bitimlar tuzilishi oldidan xabardor etishi shart. |
6-bob. Banklarning faoliyati ustidan prudensial nazorat va nazorat tadbirlari | 6-bob. Banklarning faoliyati ustidan prudensial nazorat va nazorat tadbirlari |
45-modda. Prudensial nazorat | 45-modda. Prudensial nazorat |
Bank faoliyatining oʻziga xos tavakkalchiliklarining oldini olish va qisqartirish maqsadida Markaziy bank, basharti banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilsa, banklar faoliyati ustidan prudensial nazoratni taʼminlaydi. | Bank faoliyatining oʻziga xos tavakkalchiliklarining oldini olish va qisqartirish maqsadida Markaziy bank, basharti banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilsa, banklar faoliyati ustidan prudensial nazoratni taʼminlaydi. |
Prudensial nazoratni taʼminlash uchun Markaziy bank: | Prudensial nazoratni taʼminlash uchun Markaziy bank: |
banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikning prudensial talablariga muvofiq boʻlishi uchun banklar tomonidan foydalaniladigan tizimlar, strategiyalar, tartib-taomillar hamda mexanizmlar ustidan; | banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikning prudensial talablariga muvofiq boʻlishi uchun banklar tomonidan foydalaniladigan tizimlar, strategiyalar, tartib-taomillar hamda mexanizmlar ustidan; |
banklarga tahdid solayotgan yoki tahdid solishi mumkin boʻlgan tavakkalchiliklar, oqilona boshqaruv taʼminlanganligi hamda tavakkalchiliklarni muvofiqlashtiruvchi mexanizmlar banklarning kapitali va likvidligi bilan qoplanganligi ustidan; | banklarga tahdid solayotgan yoki tahdid solishi mumkin boʻlgan tavakkalchiliklar, oqilona boshqaruv taʼminlanganligi hamda tavakkalchiliklarni muvofiqlashtiruvchi mexanizmlar banklarning kapitali va likvidligi bilan qoplanganligi ustidan; |
banklarning tavakkalchilikni boshqarish, shuningdek korporativ boshqaruv jihatidan banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshiradi. | banklarning tavakkalchilikni boshqarish, shuningdek korporativ boshqaruv jihatidan banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshiradi. |
Banklar oʻzining banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikning prudensial talablariga muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan axborotni Markaziy bankka taqdim etishi shart. | Banklar oʻzining banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikning prudensial talablariga muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan axborotni Markaziy bankka taqdim etishi shart. |
Banklarning ichki boshqaruv mexanizmlari, buxgalteriya hisobi va hisobotlarning yuritilishi, shuningdek maʼmuriy tartib-taomillari banklarning prudensial talablarga muvofiqligini tekshirish imkonini berishi kerak. | Banklarning ichki boshqaruv mexanizmlari, buxgalteriya hisobi va hisobotlarning yuritilishi, shuningdek maʼmuriy tartib-taomillari banklarning prudensial talablarga muvofiqligini tekshirish imkonini berishi kerak. |
Banklar Markaziy bank tomonidan prudensial talablarga muvofiqlikni tekshirish uchun bitimlar va operatsiyalarni Markaziy bank tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq roʻyxatga olishi shart. | Banklar Markaziy bank tomonidan prudensial talablarga muvofiqlikni tekshirish uchun bitimlar va operatsiyalarni Markaziy bank tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq roʻyxatga olishi shart. |
Markaziy bank banklar kapitalining monandligini ularning tavakkalchiliklari sohasidan kelib chiqib baholash uchun ularning faoliyati, tashkil etilishi va ichki jarayonlari toʻgʻrisida axborot olish maqsadida banklar bilan hamkorlik qiladi. | Markaziy bank banklar kapitalining monandligini ularning tavakkalchiliklari sohasidan kelib chiqib baholash uchun ularning faoliyati, tashkil etilishi va ichki jarayonlari toʻgʻrisida axborot olish maqsadida banklar bilan hamkorlik qiladi. |
Zarur hollarda Markaziy bank nazorat vazifalarini bajarish uchun tashqi ekspertlarni jalb etishga haqli. | Zarur hollarda Markaziy bank nazorat vazifalarini bajarish uchun tashqi ekspertlarni jalb etishga haqli. |
46-modda. Tekshirish va baholash jarayoni | 46-modda. Tekshirish va baholash jarayoni |
Markaziy bank banklar tomonidan foydalaniladigan tizimlar, strategiyalar, tartib-taomillar hamda mexanizmlarning banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini tekshiradi, shuningdek banklarning mavjud va ehtimoldagi tavakkalchiliklarini, shu jumladan alohida banklar tomonidan bank (moliya) tizimiga xavf soluvchi tavakkalchiliklarni baholaydi. | Markaziy bank banklar tomonidan foydalaniladigan tizimlar, strategiyalar, tartib-taomillar hamda mexanizmlarning banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini tekshiradi, shuningdek banklarning mavjud va ehtimoldagi tavakkalchiliklarini, shu jumladan alohida banklar tomonidan bank (moliya) tizimiga xavf soluvchi tavakkalchiliklarni baholaydi. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan tekshiruvlar va baholashlarda banklar tomonidan banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining bajarilishi zarurligi hisobga olinadi. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan tekshiruvlar va baholashlarda banklar tomonidan banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining bajarilishi zarurligi hisobga olinadi. |
Markaziy bank ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan tekshiruvlar va baholashlarning natijalari asosida bank faoliyatining ixtisoslashuvi, miqyosi va murakkabligini, shuningdek oqilona boshqaruvning taʼminlanganligi hamda tavakkalchiliklarning oʻrni bankning regulyativ muvofiqlik mexanizmlari, kapitali va likvidliligi bilan qoplanganligi darajasini aniqlaydi. | Markaziy bank ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan tekshiruvlar va baholashlarning natijalari asosida bank faoliyatining ixtisoslashuvi, miqyosi va murakkabligini, shuningdek oqilona boshqaruvning taʼminlanganligi hamda tavakkalchiliklarning oʻrni bankning regulyativ muvofiqlik mexanizmlari, kapitali va likvidliligi bilan qoplanganligi darajasini aniqlaydi. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan tekshiruvlar va baholashlarni oʻtkazish davriyligi va darajasi Markaziy bank tomonidan mutanosiblik prinsipidan, shuningdek bank faoliyatining tizimdagi ahamiyati, ixtisoslashuvi, miqyosi va murakkabligidan kelib chiqib, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan kelishuvlarsiz va xabar berilmasdan mustaqil ravishda belgilanadi. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan tekshiruvlar va baholashlarni oʻtkazish davriyligi va darajasi Markaziy bank tomonidan mutanosiblik prinsipidan, shuningdek bank faoliyatining tizimdagi ahamiyati, ixtisoslashuvi, miqyosi va murakkabligidan kelib chiqib, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan kelishuvlarsiz va xabar berilmasdan mustaqil ravishda belgilanadi. |
47-modda. Prudensial nazorat dasturi | 47-modda. Prudensial nazorat dasturi |
Markaziy bank har yili banklar faoliyati ustidan prudensial nazorat dasturini tasdiqlaydi, bu dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi: | Markaziy bank har yili banklar faoliyati ustidan prudensial nazorat dasturini tasdiqlaydi, bu dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi: |
stress-test natijalari moliyaviy barqarorligida sezilarli tavakkalchiliklar mavjud ekanligini koʻrsatgan yoki bank faoliyati banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq emasligi taxmin qilingan banklar; | stress-test natijalari moliyaviy barqarorligida sezilarli tavakkalchiliklar mavjud ekanligini koʻrsatgan yoki bank faoliyati banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq emasligi taxmin qilingan banklar; |
tizimli ahamiyatga ega boʻlgan banklar; | tizimli ahamiyatga ega boʻlgan banklar; |
Markaziy bankning fikriga koʻra qoʻshimcha nazorat qilinishi talab etiladigan banklar. | Markaziy bankning fikriga koʻra qoʻshimcha nazorat qilinishi talab etiladigan banklar. |
Prudensial nazorat dasturi: | Prudensial nazorat dasturi: |
Markaziy bank tomonidan nazorat vazifalarini amalga oshirish va resurslarni taqsimlash tartibini; | Markaziy bank tomonidan nazorat vazifalarini amalga oshirish va resurslarni taqsimlash tartibini; |
qoʻshimcha nazorat qilinishi lozim boʻlgan banklarni aniqlash tartib-taomilini va ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq uni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan choralarni; | qoʻshimcha nazorat qilinishi lozim boʻlgan banklarni aniqlash tartib-taomilini va ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq uni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan choralarni; |
banklarni tekshirish rejasini oʻz ichiga oladi. | banklarni tekshirish rejasini oʻz ichiga oladi. |
Markaziy bank bankning tavakkalchiliklarini baholash natijalarini hisobga olib, quyidagilarni oʻz ichiga olgan tegishli choralarni koʻrishi mumkin: | Markaziy bank bankning tavakkalchiliklarini baholash natijalarini hisobga olib, quyidagilarni oʻz ichiga olgan tegishli choralarni koʻrishi mumkin: |
bankdagi tekshiruvlarning davriyligini oshirish; | bankdagi tekshiruvlarning davriyligini oshirish; |
bank tomonidan qoʻshimcha hisobotlar taqdim etish; | bank tomonidan qoʻshimcha hisobotlar taqdim etish; |
bank tomonidan biznes-rejaning bajarilishi ustidan qoʻshimcha tekshiruvlar oʻtkazish; | bank tomonidan biznes-rejaning bajarilishi ustidan qoʻshimcha tekshiruvlar oʻtkazish; |
muayyan tavakkalchiliklar boʻyicha mavzuli tekshiruvlar oʻtkazish. | muayyan tavakkalchiliklar boʻyicha mavzuli tekshiruvlar oʻtkazish. |
48-modda. Konsolidatsiyalashgan nazorat | 48-modda. Konsolidatsiyalashgan nazorat |
Markaziy bank quyidagi hollarda banklar ustidan konsolidatsiyalashgan nazoratni amalga oshirishi kerak: | Markaziy bank quyidagi hollarda banklar ustidan konsolidatsiyalashgan nazoratni amalga oshirishi kerak: |
banklar guruhi tashkil etilganda; | banklar guruhi tashkil etilganda; |
Markaziy bank tomonidan bankni asosiy bank deb yoki asoslangan mulohazalarga koʻra bank guruhining aʼzosi deb belgilaganda. | Markaziy bank tomonidan bankni asosiy bank deb yoki asoslangan mulohazalarga koʻra bank guruhining aʼzosi deb belgilaganda. |
Bank faqat bitta banklar guruhining ishtirokchisi boʻlishi mumkin. | Bank faqat bitta banklar guruhining ishtirokchisi boʻlishi mumkin. |
Markaziy bank samarali hamkorlikni, axborot almashinuvini tashkil etish va konsolidatsiyalashgan asosda samarali nazorat oʻrnatish maqsadida boshqa mamlakatlarning bank nazorati organlari bilan (agar mavjud boʻlsa) mazkur mamlakatlarning qonunlari bilan qoʻriqlanadigan sirlarga, shaxsga doir maʼlumotlar va maxfiy axborotdan foydalanish tartibiga rioya etgan holda hamjihatlik va hamkorlik toʻgʻrisida yozma kelishuvlar tuzishga haqli. | Markaziy bank samarali hamkorlikni, axborot almashinuvini tashkil etish va konsolidatsiyalashgan asosda samarali nazorat oʻrnatish maqsadida boshqa mamlakatlarning bank nazorati organlari bilan (agar mavjud boʻlsa) mazkur mamlakatlarning qonunlari bilan qoʻriqlanadigan sirlarga, shaxsga doir maʼlumotlar va konfidensial axborotdan foydalanish tartibiga rioya etgan holda hamjihatlik va hamkorlik toʻgʻrisida yozma kelishuvlar tuzishga haqli. |
Banklar ustidan konsolidatsiyalashgan nazoratni amalga oshirishning oʻziga xos xususiyatlari Markaziy bank tomonidan belgilanadi. | Banklar ustidan konsolidatsiyalashgan nazoratni amalga oshirishning oʻziga xos xususiyatlari Markaziy bank tomonidan belgilanadi. |
49-modda. Bankning moliyaviy ahvolini tiklash rejasi | 49-modda. Bankning moliyaviy ahvolini tiklash rejasi |
Bank oʻzining moliyaviy ahvoli yomonlashgan taqdirda Markaziy bankning talabiga koʻra uni tiklash choralarini oʻz ichiga olgan bankning moliyaviy ahvolini tiklash rejasini (bundan buyon matnda tiklash rejasi deb yuritiladi) ishlab chiqadi hamda koʻrib chiqish va baholash uchun taqdim etadi. | Bank oʻzining moliyaviy ahvoli yomonlashgan taqdirda Markaziy bankning talabiga koʻra uni tiklash choralarini oʻz ichiga olgan bankning moliyaviy ahvolini tiklash rejasini (bundan buyon matnda tiklash rejasi deb yuritiladi) ishlab chiqadi hamda koʻrib chiqish va baholash uchun taqdim etadi. |
Bank tiklash rejasini har yili yoki bankning tashkiliy tuzilmasida, uning faoliyatida yoki moliyaviy ahvolida tiklash rejasiga taʼsir etishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlardan keyin yangilashi kerak. | Bank tiklash rejasini har yili yoki bankning tashkiliy tuzilmasida, uning faoliyatida yoki moliyaviy ahvolida tiklash rejasiga taʼsir etishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlardan keyin yangilashi kerak. |
Bankning tiklash rejasi makroiqtisodiy va moliyaviy inqiroz koʻrinishlarining bank faoliyatiga taʼsirini, shu jumladan tizimga oid hodisalarni va mazkur bank uchun tavakkalchiliklarni oʻzida aks ettirishi kerak. | Bankning tiklash rejasi makroiqtisodiy va moliyaviy inqiroz koʻrinishlarining bank faoliyatiga taʼsirini, shu jumladan tizimga oid hodisalarni va mazkur bank uchun tavakkalchiliklarni oʻzida aks ettirishi kerak. |
Bankni tiklash rejasi tegishli qarorlar qabul qilinishi kerak boʻlgan holatni aniqlovchi chora-tadbirlar roʻyxatini va koʻrsatkichlarini oʻz ichiga olishi kerak. | Bankni tiklash rejasi tegishli qarorlar qabul qilinishi kerak boʻlgan holatni aniqlovchi chora-tadbirlar roʻyxatini va koʻrsatkichlarini oʻz ichiga olishi kerak. |
Tiklash rejasi bank tomonidan taqdim etilgan kundan eʼtiboran uch oy ichida Markaziy bank uni koʻrib chiqadi va ushbu rejaning quyidagi mezonlarga muvofiqligini baholaydi: | Tiklash rejasi bank tomonidan taqdim etilgan kundan eʼtiboran uch oy ichida Markaziy bank uni koʻrib chiqadi va ushbu rejaning quyidagi mezonlarga muvofiqligini baholaydi: |
tiklash rejasida koʻrsatilgan chora-tadbirlar amalga oshirilgan taqdirda, bankning moliyaviy mavqeyini saqlab qolishi va (yoki) tiklashi; | tiklash rejasida koʻrsatilgan chora-tadbirlar amalga oshirilgan taqdirda, bankning moliyaviy mavqeyini saqlab qolishi va (yoki) tiklashi; |
moliyaviy inqiroz sharoitida tiklash rejasida koʻrsatilgan chora-tadbirlarni tez va samarali amalga oshirish, shuningdek bank va moliya tizimiga salbiy taʼsirlarni kamaytirish imkoniyati. | moliyaviy inqiroz sharoitida tiklash rejasida koʻrsatilgan chora-tadbirlarni tez va samarali amalga oshirish, shuningdek bank va moliya tizimiga salbiy taʼsirlarni kamaytirish imkoniyati. |
Tiklash rejasi ushbu moddaning beshinchi qismida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, Markaziy bank bankdan: | Tiklash rejasi ushbu moddaning beshinchi qismida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, Markaziy bank bankdan: |
tiklash rejasini qayta koʻrib chiqishni; | tiklash rejasini qayta koʻrib chiqishni; |
tiklash rejasiga Markaziy bank tomonidan belgilangan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni; | tiklash rejasiga Markaziy bank tomonidan belgilangan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni; |
tiklash rejasidagi kamchiliklarni yoki uni amalga oshirish borasidagi toʻsiqlarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan, oʻz faoliyatiga kiritiladigan oʻzgarishlarni bank tomonidan aniqlashni; | tiklash rejasidagi kamchiliklarni yoki uni amalga oshirish borasidagi toʻsiqlarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan, oʻz faoliyatiga kiritiladigan oʻzgarishlarni bank tomonidan aniqlashni; |
tavakkalchiliklar sohasini kamaytirishni; | tavakkalchiliklar sohasini kamaytirishni; |
bankni qayta kapitallashtirish choralari oʻz vaqtida koʻrilishini; | bankni qayta kapitallashtirish choralari oʻz vaqtida koʻrilishini; |
bankni rivojlantirish strategiyasini qayta koʻrib chiqishni; | bankni rivojlantirish strategiyasini qayta koʻrib chiqishni; |
bank boshqaruvining tashkiliy tuzilmasini oʻzgartirishni talab qilishga haqli. | bank boshqaruvining tashkiliy tuzilmasini oʻzgartirishni talab qilishga haqli. |
Ushbu modda oltinchi qismining beshinchi — sakkizinchi xatboshilarida koʻrsatilgan chora-tadbirlar, agar ushbu modda oltinchi qismining ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan chora-tadbirlar tiklash rejasining banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini taʼminlamasa, qoʻllaniladi. | Ushbu modda oltinchi qismining beshinchi — sakkizinchi xatboshilarida koʻrsatilgan chora-tadbirlar, agar ushbu modda oltinchi qismining ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan chora-tadbirlar tiklash rejasining banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini taʼminlamasa, qoʻllaniladi. |
Banklar guruhining asosiy banki guruh darajasida oʻzining moliyaviy ahvoli yomonlashganidan keyin tiklash uchun koʻriladigan chora-tadbirlarni oʻz ichiga oluvchi bank guruhini tiklash rejasini ishlab chiqishi kerak. | Banklar guruhining asosiy banki guruh darajasida oʻzining moliyaviy ahvoli yomonlashganidan keyin tiklash uchun koʻriladigan chora-tadbirlarni oʻz ichiga oluvchi bank guruhini tiklash rejasini ishlab chiqishi kerak. |
Banklar guruhini tiklash rejasi banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq boʻlishi lozim. | Banklar guruhini tiklash rejasi banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq boʻlishi lozim. |
Bankni tiklash rejasining mazmuniga va yangilanishiga oid talablar, uni taqdim etish va baholash tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi. | Bankni tiklash rejasining mazmuniga va yangilanishiga oid talablar, uni taqdim etish va baholash tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi. |
50-modda. Nazoratga doir vazifalar | 50-modda. Nazoratga doir vazifalar |
Markaziy bank nazoratga doir vazifalarni amalga oshirish maqsadida: | Markaziy bank nazoratga doir vazifalarni amalga oshirish maqsadida: |
banklardan, ularga aloqador shaxslardan va oʻz nazorati ostidagi shaxslardan, bank tomonidan autsorsingga berilgan xizmatlar va operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslardan olingan hisobotlarni, shuningdek boshqa hujjatlarni olish va tekshirishga, axborotga tushuntirish berishni talab qilishga; | banklardan, ularga aloqador shaxslardan va oʻz nazorati ostidagi shaxslardan, bank tomonidan autsorsingga berilgan xizmatlar va operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslardan olingan hisobotlarni, shuningdek boshqa hujjatlarni olish va tekshirishga, axborotga tushuntirish berishni talab qilishga; |
banklarning, bank tomonidan autsorsingga berilgan xizmatlar va operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarning, shuningdek konsolidatsiyalashgan asosda nazorat qilinishi lozim boʻlgan boshqa shaxslarning faoliyatini tekshirishga; | banklarning, bank tomonidan autsorsingga berilgan xizmatlar va operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarning, shuningdek konsolidatsiyalashgan asosda nazorat qilinishi lozim boʻlgan boshqa shaxslarning faoliyatini tekshirishga; |
banklarning axborot tizimlaridan va maʼlumotlar bazasidan foydalanishga haqlidir. | banklarning axborot tizimlaridan va maʼlumotlar bazasidan foydalanishga haqlidir. |
51-modda. Nazorat choralari | 51-modda. Nazorat choralari |
Markaziy bank quyidagi hollarda banklardan yoki bank guruhlaridan zudlik bilan zarur choralar koʻrishni talab qilishga haqli: | Markaziy bank quyidagi hollarda banklardan yoki bank guruhlaridan zudlik bilan zarur choralar koʻrishni talab qilishga haqli: |
bankning yoki banklar guruhining faoliyati banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq boʻlmaganda; | bankning yoki banklar guruhining faoliyati banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq boʻlmaganda; |
bank yoki banklar guruhi tomonidan keyingi oʻn ikki oy davomida banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining buzilishi ehtimoli toʻgʻrisida Markaziy bankning mulohazalariga asoslangan axborot mavjud boʻlganda; | bank yoki banklar guruhi tomonidan keyingi oʻn ikki oy davomida banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining buzilishi ehtimoli toʻgʻrisida Markaziy bankning mulohazalariga asoslangan axborot mavjud boʻlganda; |
Markaziy bank tomonidan bankning yoki banklar guruhining faoliyatiga va (yoki) axborot xavfsizligiga taʼsir koʻrsatuvchi tavakkalchiliklar aniqlanganda. | Markaziy bank tomonidan bankning yoki banklar guruhining faoliyatiga va (yoki) axborot xavfsizligiga va kiberxavfsizligiga taʼsir koʻrsatuvchi tavakkalchiliklar aniqlanganda. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hollarda Markaziy bank bankdan yoki banklar guruhidan: | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hollarda Markaziy bank bankdan yoki banklar guruhidan: |
kapital boʻyicha prudensial normativlarning Markaziy bank tomonidan belgilangan talablardan yuqori miqdorda boʻlishini taʼminlash va saqlab turishni; | kapital boʻyicha prudensial normativlarning Markaziy bank tomonidan belgilangan talablardan yuqori miqdorda boʻlishini taʼminlash va saqlab turishni; |
korporativ boshqaruvni, tavakkalchiliklarni boshqarishni, ichki nazoratni va bankning moliyaviy ahvolini tiklash rejasini takomillashtirishni; | korporativ boshqaruvni, tavakkalchiliklarni boshqarishni, ichki nazoratni va bankning moliyaviy ahvolini tiklash rejasini takomillashtirishni; |
bankning yoki banklar guruhining faoliyati banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini taqdim etishni; | bankning yoki banklar guruhining faoliyati banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini taqdim etishni; |
bankni moliyaviy sogʻlomlashtirish, shu jumladan oʻz aktivlari tuzilmasini oʻzgartirish va xarajatlarini qisqartirish, bankni qayta tashkil etish, bank filialini yoki boshqa boʻlinmalarini yopish boʻyicha tadbirlarni bank tomonidan amalga oshirishni; | bankni moliyaviy sogʻlomlashtirish, shu jumladan oʻz aktivlari tuzilmasini oʻzgartirish va xarajatlarini qisqartirish, bankni qayta tashkil etish, bank filialini yoki boshqa boʻlinmalarini yopish boʻyicha tadbirlarni bank tomonidan amalga oshirishni; |
kapitalga doir talablarni hisobga olgan holda yakka tartibdagi zaxiralash talablarini yoki aktivlarni boshqarish usullarini qoʻllashni; | kapitalga doir talablarni hisobga olgan holda yakka tartibdagi zaxiralash talablarini yoki aktivlarni boshqarish usullarini qoʻllashni; |
bankning yoki banklar guruhining barqarorligini sezilarli darajada yomonlashtiruvchi tavakkalchiliklarga sabab boʻladigan ayrim moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga va ularning infratuzilmasini kengaytirishga nisbatan belgilangan cheklovlarga va (yoki) taqiqqa bank tomonidan rioya etilishini; | bankning yoki banklar guruhining barqarorligini sezilarli darajada yomonlashtiruvchi tavakkalchiliklarga sabab boʻladigan ayrim moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga va ularning infratuzilmasini kengaytirishga nisbatan belgilangan cheklovlarga va (yoki) taqiqqa bank tomonidan rioya etilishini; |
bankning faoliyatiga, xizmatlariga, moliyaviy operatsiyalariga va ichki tizimiga xos boʻlgan tavakkalchilikning pasaytirilishini; | bankning faoliyatiga, xizmatlariga, moliyaviy operatsiyalariga va ichki tizimiga xos boʻlgan tavakkalchilikning pasaytirilishini; |
sof foydaning bankning ustav kapitalini koʻpaytirishga yoʻnaltirilishini; | sof foydaning bankning ustav kapitalini koʻpaytirishga yoʻnaltirilishini; |
aksiyadorlarga yoki qoʻshimcha kapital vositalarini saqlovchilarga dividendlar va subordinar qarzlar boʻyicha foizlar toʻlashga doir cheklovlarning va (yoki) taqiqning bajarilishini; | aksiyadorlarga yoki qoʻshimcha kapital vositalarini saqlovchilarga dividendlar va subordinar qarzlar boʻyicha foizlar toʻlashga doir cheklovlarning va (yoki) taqiqning bajarilishini; |
bank xodimlariga sof foydadan foizlar tarzida toʻlanadigan mukofot toʻlovlari boʻyicha cheklovlarning va (yoki) taqiqning bajarilishini, agar mazkur toʻlovlar oqibatida kapitalga doir talablarga bank muvofiq boʻlmasa yoki uning ushbu talablarga muvofiq emasligi ehtimoli boʻlsa; | bank xodimlariga sof foydadan foizlar tarzida toʻlanadigan mukofot toʻlovlari boʻyicha cheklovlarning va (yoki) taqiqning bajarilishini, agar mazkur toʻlovlar oqibatida kapitalga doir talablarga bank muvofiq boʻlmasa yoki uning ushbu talablarga muvofiq emasligi ehtimoli boʻlsa; |
cheklov amal qilishi davrida tuziladigan (muddati uzaytiriladigan) bank omonatlari boʻyicha bank omonati shartnomalarida belgilangan foiz stavkasi miqdori boʻyicha cheklovni bajarishni; | cheklov amal qilishi davrida tuziladigan (muddati uzaytiriladigan) bank omonatlari boʻyicha bank omonati shartnomalarida belgilangan foiz stavkasi miqdori boʻyicha cheklovni bajarishni; |
qoʻshimcha hisobotlar taqdim etilishini; | qoʻshimcha hisobotlar taqdim etilishini; |
axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni taʼminlash borasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha yuborilgan koʻrsatmalar ijrosini; | |
bank likvidligiga oid muammolarning oldini olish maqsadida toʻlovlarning uzluksizligi, moliyaviy manbalarning tegishli tuzilmasi hamda aktivlar va majburiyatlarning muddatlar boʻyicha mutanosibligi uchun zarur boʻlgan likvid aktivlarning eng kam summasini saqlab turish boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini; | bank likvidligiga oid muammolarning oldini olish maqsadida toʻlovlarning uzluksizligi, moliyaviy manbalarning tegishli tuzilmasi hamda aktivlar va majburiyatlarning muddatlar boʻyicha mutanosibligi uchun zarur boʻlgan likvid aktivlarning eng kam summasini saqlab turish boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini; |
bank kuzatuv kengashi tomonidan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazishni, aksiyadorlar Markaziy bank tomonidan belgilangan masalalarni, shu jumladan bank kapitalini bankning moliyaviy barqarorligini taʼminlay oladigan miqdorgacha koʻpaytirish masalasini koʻrib chiqishni; | bank kuzatuv kengashi tomonidan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazishni, aksiyadorlar Markaziy bank tomonidan belgilangan masalalarni, shu jumladan bank kapitalini bankning moliyaviy barqarorligini taʼminlay oladigan miqdorgacha koʻpaytirish masalasini koʻrib chiqishni; |
bank kuzatuv kengashining bitta yoki undan ortiq aʼzosining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, boshqaruvining bitta yoki undan ortiq aʼzosini, shuningdek muhim ahamiyatga ega xodimlarini egallab turgan lavozimidan chetlatishini yoki almashtirishini; | bank kuzatuv kengashining bitta yoki undan ortiq aʼzosining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, boshqaruvining bitta yoki undan ortiq aʼzosini, shuningdek muhim ahamiyatga ega xodimlarini egallab turgan lavozimidan chetlatishini yoki almashtirishini; |
bank boshqaruvi tomonidan bir necha yoki barcha kreditorlarning qarzlarini restrukturizatsiya qilishga doir tadbirlar rejasining ishlab chiqilishini; | bank boshqaruvi tomonidan bir necha yoki barcha kreditorlarning qarzlarini restrukturizatsiya qilishga doir tadbirlar rejasining ishlab chiqilishini; |
qoʻshimcha maʼlumotlarning oshkor etilishini; | qoʻshimcha maʼlumotlarning oshkor etilishini; |
Markaziy bankning boshqa koʻrsatmalari bajarilishini talab qilishga haqli. | Markaziy bankning boshqa koʻrsatmalari bajarilishini talab qilishga haqli. |
Bank kuzatuv kengashi tomonidan ushbu modda ikkinchi qismining oʻn beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan talab bajarilmagan taqdirda Markaziy bank aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishga va kun tartibini belgilashga haqli. | Bank kuzatuv kengashi tomonidan ushbu modda ikkinchi qismining oʻn beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan talab bajarilmagan taqdirda Markaziy bank aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishga va kun tartibini belgilashga haqli. |
52-modda. Vaqtinchalik boshqaruvchi | 52-modda. Vaqtinchalik boshqaruvchi |
Agar kuzatuv kengashining yoki boshqaruvning bitta yoki bir necha aʼzosini almashtirish boʻyicha Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan nazorat choralari yetarli emas deb hisoblansa, Markaziy bank: | Agar kuzatuv kengashining yoki boshqaruvning bitta yoki bir necha aʼzosini almashtirish boʻyicha Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan nazorat choralari yetarli emas deb hisoblansa, Markaziy bank: |
kuzatuv kengashi va boshqaruv aʼzolari bilan vaqtinchalik ishlashga; | kuzatuv kengashi va boshqaruv aʼzolari bilan vaqtinchalik ishlashga; |
kuzatuv kengashi va boshqaruv aʼzolarini vaqtinchalik almashtirishga; | kuzatuv kengashi va boshqaruv aʼzolarini vaqtinchalik almashtirishga; |
bankka bitta yoki bir necha vaqtinchalik boshqaruvchini tayinlashga haqli. | bankka bitta yoki bir necha vaqtinchalik boshqaruvchini tayinlashga haqli. |
Vaqtinchalik boshqaruvchi ushbu Qonun 36-moddasining talablariga muvofiq boʻlishi kerak. | Vaqtinchalik boshqaruvchi ushbu Qonun 36-moddasining talablariga muvofiq boʻlishi kerak. |
Bank aksiyadori, qarz oluvchisi, kreditori yoki bankka aloqador shaxs bankning vaqtinchalik boshqaruvchisi etib tayinlanishi mumkin emas. | Bank aksiyadori, qarz oluvchisi, kreditori yoki bankka aloqador shaxs bankning vaqtinchalik boshqaruvchisi etib tayinlanishi mumkin emas. |
Markaziy bank vaqtinchalik boshqaruvchini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish, uning vakolatlarini bank ustaviga va ushbu Qonunga muvofiq belgilash boʻyicha mutlaq huquqqa ega. | Markaziy bank vaqtinchalik boshqaruvchini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish, uning vakolatlarini bank ustaviga va ushbu Qonunga muvofiq belgilash boʻyicha mutlaq huquqqa ega. |
Markaziy bank tomonidan belgilangan hollarda vaqtinchalik boshqaruvchining harakatlari Markaziy bank bilan oldindan kelishilishi kerak. Oldindan kelishmay turib amalga oshirilgan harakatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi. | Markaziy bank tomonidan belgilangan hollarda vaqtinchalik boshqaruvchining harakatlari Markaziy bank bilan oldindan kelishilishi kerak. Oldindan kelishmay turib amalga oshirilgan harakatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi. |
Vaqtinchalik boshqaruvchi Markaziy bankka bankning moliyaviy ahvoli va oʻz vakolatlari doirasida koʻrilgan choralar toʻgʻrisidagi hisobotlarni Markaziy bank tomonidan belgilangan muddatlarda, shuningdek amalga oshirilgan ishlar haqidagi yakuniy hisobotni taqdim etadi. | Vaqtinchalik boshqaruvchi Markaziy bankka bankning moliyaviy ahvoli va oʻz vakolatlari doirasida koʻrilgan choralar toʻgʻrisidagi hisobotlarni Markaziy bank tomonidan belgilangan muddatlarda, shuningdek amalga oshirilgan ishlar haqidagi yakuniy hisobotni taqdim etadi. |
Markaziy bank vaqtinchalik boshqaruvchining zimmasiga ushbu Qonunga muvofiq choralar koʻrish, shu jumladan bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish va kapitalni koʻpaytirish toʻgʻrisida talab qoʻyish majburiyatini yuklatishga haqli. | Markaziy bank vaqtinchalik boshqaruvchining zimmasiga ushbu Qonunga muvofiq choralar koʻrish, shu jumladan bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish va kapitalni koʻpaytirish toʻgʻrisida talab qoʻyish majburiyatini yuklatishga haqli. |
Vaqtinchalik boshqaruvchi oʻn ikki oygacha boʻlgan muddatga tayinlanadi. Bu muddat alohida hollarda Markaziy bank tomonidan uzaytirilishi mumkin. | Vaqtinchalik boshqaruvchi oʻn ikki oygacha boʻlgan muddatga tayinlanadi. Bu muddat alohida hollarda Markaziy bank tomonidan uzaytirilishi mumkin. |
Bankda vaqtinchalik boshqaruvni amalga oshirish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi. | Bankda vaqtinchalik boshqaruvni amalga oshirish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi. |
7-bob. Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun Markaziy bank tomonidan qoʻllaniladigan choralar hamda sanksiyalar | 7-bob. Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun Markaziy bank tomonidan qoʻllaniladigan choralar hamda sanksiyalar |
53-modda. Choralarning va sanksiyalarning qoʻllanilishi | 53-modda. Choralarning va sanksiyalarning qoʻllanilishi |
Markaziy bank ushbu Qonunning 54, 55 va 56-moddalarida koʻrsatilgan qoidabuzarliklar uchun javobgar boʻlgan bankka, uning kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolariga, shuningdek bankning muhim ahamiyatga ega xodimlariga nisbatan choralar va sanksiyalar qoʻllashga haqli. | Markaziy bank ushbu Qonunning 54, 55 va 56-moddalarida koʻrsatilgan qoidabuzarliklar uchun javobgar boʻlgan bankka, uning kuzatuv kengashi va boshqaruvi, bankning islomiy moliya kengashi aʼzolariga, shuningdek bankning muhim ahamiyatga ega xodimlariga nisbatan choralar va sanksiyalar qoʻllashga haqli. |
Qoidabuzarliklar qoʻpol, jiddiy va juzʼiy qoidabuzarliklarga boʻlinadi. | Qoidabuzarliklar qoʻpol, jiddiy va juzʼiy qoidabuzarliklarga boʻlinadi. |
Choralar va sanksiyalarni qoʻllash tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi. | Choralar va sanksiyalarni qoʻllash tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi. |
Choralar va sanksiyalar qoʻllanilganda Markaziy bank quyidagilarni hisobga oladi: | Choralar va sanksiyalar qoʻllanilganda Markaziy bank quyidagilarni hisobga oladi: |
tavakkalchilikning darajasini, qoidabuzarliklarning xususiyatini, miqyosini va oqibatlarini; | tavakkalchilikning darajasini, qoidabuzarliklarning xususiyatini, miqyosini va oqibatlarini; |
qoidabuzarliklarning tizimliligini va davomiyligini; | qoidabuzarliklarning tizimliligini va davomiyligini; |
yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklarning moliyaviy holatga taʼsirini; | yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklarning moliyaviy holatga taʼsirini; |
qoʻllaniladigan choralar va (yoki) sanksiyalar natijasida vaziyatni oʻzgartirish imkoniyatini; | qoʻllaniladigan choralar va (yoki) sanksiyalar natijasida vaziyatni oʻzgartirish imkoniyatini; |
aniqlangan qoidabuzarliklarning va (yoki) tavakkalchiliklarning yuzaga kelishiga olib kelgan sabablarni; | aniqlangan qoidabuzarliklarning va (yoki) tavakkalchiliklarning yuzaga kelishiga olib kelgan sabablarni; |
ilgari qoʻllanilgan choralar va sanksiyalarning samaradorligini (natijadorligini); | ilgari qoʻllanilgan choralar va sanksiyalarning samaradorligini (natijadorligini); |
bank, bevosita va bilvosita aksiyador tomonidan, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdor, kuzatuv kengashining va boshqaruvning aʼzosi, bankning muhim ahamiyatga ega xodimi tomonidan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga qaratilgan mustaqil choralar koʻrilishini. | bank, bevosita va bilvosita aksiyador tomonidan, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdor, kuzatuv kengashining va boshqaruvning, bank islomiy moliya kengashining aʼzosi, bankning muhim ahamiyatga ega xodimi tomonidan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga qaratilgan mustaqil choralar koʻrilishini. |
54-modda. Qoʻpol qoidabuzarliklar | 54-modda. Qoʻpol qoidabuzarliklar |
Qoʻpol qoidabuzarliklar jumlasiga quyidagilar kiradi: | Qoʻpol qoidabuzarliklar jumlasiga quyidagilar kiradi: |
litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi; | litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi; |
sodir etilishi uchun oldindan Markaziy bankning ruxsatini olish talab etiladigan harakatlarning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olmay turib amalga oshirilganligi; | sodir etilishi uchun oldindan Markaziy bankning ruxsatini olish talab etiladigan harakatlarning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olmay turib amalga oshirilganligi; |
bankning yoki banklar guruhining faoliyatidagi qoʻpol qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi Markaziy bank koʻrsatmalarining belgilangan muddatda bajarilmaganligi; | bankning yoki banklar guruhining faoliyatidagi qoʻpol qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi Markaziy bank koʻrsatmalarining belgilangan muddatda bajarilmaganligi; |
foydani taqsimlashda ushbu Qonunning 39-moddasida koʻrsatilgan talablarning bajarilmaganligi; | foydani taqsimlashda ushbu Qonunning 39-moddasida koʻrsatilgan talablarning bajarilmaganligi; |
bank ustav kapitali miqdori bank ustav kapitalining eng kam miqdoriga nisbatan belgilangan talabga muvofiq emasligi; | bank ustav kapitali miqdori bank ustav kapitalining eng kam miqdoriga nisbatan belgilangan talabga muvofiq emasligi; |
bank yoki banklar guruhi kapitali monandligi koeffitsiyentining olti oydan koʻproq muddat davomida Markaziy bank tomonidan belgilangan yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdordan sakson foizgacha va undan kamroq foizgacha pasayganligi; | bank yoki banklar guruhi kapitali monandligi koeffitsiyentlarining va (yoki) ustav kapitali miqdorining qonunchilikda belgilangan eng kam miqdordan ellik foizga yoki undan koʻp foizga kamayganligi; |
bank aktivlari boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi yetarlicha zaxiraning mavjud emasligi; | bank aktivlari boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi yetarlicha zaxiraning mavjud emasligi; |
litsenziyada nazarda tutilmagan moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilganligi; | litsenziyada nazarda tutilmagan moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilganligi; |
ushbu Qonun bilan taqiqlangan yoki cheklangan faoliyat amalga oshirilganligi; | ushbu Qonun bilan taqiqlangan yoki cheklangan faoliyat amalga oshirilganligi; |
bankka aloqador boʻlgan shaxslar bilan ancha qulay shartlar asosida bitimlar tuzilganligi; | bankka aloqador boʻlgan shaxslar bilan ancha qulay shartlar asosida bitimlar tuzilganligi; |
buxgalteriya hisobining hisobotga oid maʼlumotlar buzilishiga olib keladigan va bankning yoki banklar guruhining haqiqiy moliyaviy ahvolini aks ettirish imkonini bermaydigan qoidabuzarliklar bilan yuritilganligi; | buxgalteriya hisobining hisobotga oid maʼlumotlar buzilishiga olib keladigan va bankning yoki banklar guruhining haqiqiy moliyaviy ahvolini aks ettirish imkonini bermaydigan qoidabuzarliklar bilan yuritilganligi; |
auditorlik tashkilotiga bankning auditorlik tekshiruvini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan moliyaviy hisobotlar va boshqa moliyaviy axborotlar taqdim etilmaganligi; | auditorlik tashkilotiga bankning auditorlik tekshiruvini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan moliyaviy hisobotlar va boshqa moliyaviy axborotlar taqdim etilmaganligi; |
Markaziy bank tomonidan nazorat vazifalari bajarilishiga toʻsqinlik qilinganligi; | Markaziy bank tomonidan nazorat vazifalari bajarilishiga toʻsqinlik qilinganligi; |
bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi; | bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi; |
Markaziy bankka axborotni taqdim etmaganlik, oʻz vaqtida taqdim etmaganlik yoki bankning yoki banklar guruhining toʻlov layoqatini yoxud likvidligini baholashni oʻtkazishga toʻsqinlik qiluvchi buzilgan yoki toʻliq boʻlmagan axborot taqdim etilganligi; | Markaziy bankka axborotni taqdim etmaganlik, oʻz vaqtida taqdim etmaganlik yoki bankning yoki banklar guruhining toʻlov layoqatini yoxud likvidligini baholashni oʻtkazishga toʻsqinlik qiluvchi buzilgan yoki toʻliq boʻlmagan axborot taqdim etilganligi; |
oxirgi benefitsiar mulkdorlar toʻgʻrisidagi axborotning oshkor etilmaganligi; | oxirgi benefitsiar mulkdorlar toʻgʻrisidagi axborotning oshkor etilmaganligi; |
boshqaruvning tashkiliy tuzilmasida, ichki nazoratda, shuningdek tavakkalchiliklarni boshqarish tizimida bankning toʻlov layoqatiga tahdid soluvchi yoki zarar koʻrilishiga olib keluvchi nuqsonlarning mavjudligi; | boshqaruvning tashkiliy tuzilmasida, ichki nazoratda, shuningdek tavakkalchiliklarni boshqarish tizimida bankning toʻlov layoqatiga tahdid soluvchi yoki zarar koʻrilishiga olib keluvchi nuqsonlarning mavjudligi; |
tizimli ahamiyatga ega banklar tomonidan Markaziy bankning bufer kapitaliga oid talablariga rioya etilmaganligi; | tizimli ahamiyatga ega banklar tomonidan Markaziy bankning bufer kapitaliga oid talablariga rioya etilmaganligi; |
bank tomonidan ayrim moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish yoki filiallar ochishga doir cheklovlarga va (yoki) taqiqqa rioya etilmaganligi; | bank tomonidan ayrim moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish yoki filiallar ochishga doir cheklovlarga va (yoki) taqiqqa rioya etilmaganligi; |
bank tomonidan islomiy bank faoliyatini amalga oshirishda islomiy moliya standartlari talablariga rioya etilmaganligi; | |
bank tomonidan bankning moliyaviy ahvolini tiklash rejasi taqdim etilmaganligi; | bank tomonidan bankning moliyaviy ahvolini tiklash rejasi taqdim etilmaganligi; |
bankning kuzatuv kengashi va boshqaruv aʼzolari, shuningdek muhim ahamiyatga ega xodimlarining ushbu Qonunning 36-moddasi talablariga muvofiq emasligi; | bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvi, bankning islomiy moliya kengashi aʼzolari, shuningdek muhim ahamiyatga ega xodimlarining ushbu Qonunning 36-moddasi talablariga muvofiq emasligi; |
bank siri toʻgʻrisidagi qonunchilik, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolining tarqatilishini moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilganligi; | bank siri toʻgʻrisidagi qonunchilik, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolining tarqatilishini moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilganligi, shuningdek bank axborot tizimlarida kibertahdid yoki kiberxavfsizlik hodisasi vujudga kelishiga olib keluvchi qonunchilik talablari buzilganligi; |
jiddiy qoidabuzarlik uchun Markaziy bank tomonidan jarima qoʻllanilganidan keyin besh yil davomida takroran sodir etilgan xuddi shunday qoidabuzarlik. | jiddiy qoidabuzarlik uchun Markaziy bank tomonidan jarima qoʻllanilganidan keyin besh yil davomida takroran sodir etilgan xuddi shunday qoidabuzarlik. |
55-modda. Jiddiy qoidabuzarliklar | 55-modda. Jiddiy qoidabuzarliklar |
Jiddiy qoidabuzarliklar jumlasiga quyidagilar kiradi: | Jiddiy qoidabuzarliklar jumlasiga quyidagilar kiradi: |
prudensial normativlarga rioya etilmaganligi, bundan bank ustav kapitalining eng kam miqdoriga oid talablar mustasno; | prudensial normativlarga rioya etilmaganligi, bundan bank ustav kapitalining eng kam miqdoriga oid talablar mustasno; |
bank yoki banklar guruhi kapitali monandligi koeffitsiyentining olti oydan koʻp boʻlmagan muddat davomida Markaziy bank tomonidan belgilangan yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdordan sakson foizgacha va undan kamroq foizgacha pasayganligi; | |
banklar tomonidan toʻlovlarning oʻz vaqtida oʻtkazilmaganligi; | banklar tomonidan toʻlovlarning oʻz vaqtida oʻtkazilmaganligi; |
moliyaviy ahvoli barqaror boʻlmagan qarz oluvchilarning kreditlari restrukturizatsiya qilinganligi; | moliyaviy ahvoli barqaror boʻlmagan qarz oluvchilarning kreditlari restrukturizatsiya qilinganligi; |
Markaziy bankning aniqlangan qoidabuzarliklar toʻgʻrisida bank aksiyadorlarining umumiy yigʻilishini xabardor qilishga doir talabi bankning kuzatuv kengashi yoki boshqaruv aʼzolari tomonidan bajarilmaganligi; | Markaziy bankning aniqlangan qoidabuzarliklar toʻgʻrisida bank aksiyadorlarining umumiy yigʻilishini xabardor qilishga doir talabi bankning kuzatuv kengashi yoki boshqaruv aʼzolari, shuningdek bankning islomiy moliya kengashi aʼzolari tomonidan bajarilmaganligi; |
bankning kuzatuv kengashi yoki boshqaruv aʼzolari yoxud muhim ahamiyatga ega xodimlari tomonidan korporativ boshqaruv va mukofotlash siyosatlari bajarilmaganligi; | bankning kuzatuv kengashi yoki boshqaruv aʼzolari yoxud muhim ahamiyatga ega xodimlari, shuningdek bankning islomiy moliya kengashi aʼzolari tomonidan korporativ boshqaruv va mukofotlash siyosatlari bajarilmaganligi; |
buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni tuzish qoidalari buzilganligi; | buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni tuzish qoidalari buzilganligi; |
xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat (harakatlar) Markaziy bankni belgilangan tartibda xabardor qilmay amalga oshirilganligi yoki tugatilganligi; | xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat (harakatlar) Markaziy bankni belgilangan tartibda xabardor qilmay amalga oshirilganligi yoki tugatilganligi; |
banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilganligi; | |
juzʼiy qoidabuzarlik uchun Markaziy bank tomonidan jarima qoʻllanilganidan keyin uch yil davomida takroran sodir etilgan xuddi shunday qoidabuzarlik. | juzʼiy qoidabuzarlik uchun Markaziy bank tomonidan jarima qoʻllanilganidan keyin uch yil davomida takroran sodir etilgan xuddi shunday qoidabuzarlik. |
56-modda. Juzʼiy qoidabuzarliklar | 56-modda. Juzʼiy qoidabuzarliklar |
Juzʼiy qoidabuzarliklar jumlasiga mazkur Qonunning 54 va 55-moddalariga muvofiq qoʻpol yoki jiddiy qoidabuzarlik hisoblanmaydigan, banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga javob bermaydigan nomuvofiqliklar kiradi. | Juzʼiy qoidabuzarliklar jumlasiga mazkur Qonunning 54 va 55-moddalariga muvofiq qoʻpol yoki jiddiy qoidabuzarlik hisoblanmaydigan, banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga javob bermaydigan nomuvofiqliklar kiradi. |
57-modda. Qoʻpol qoidabuzarliklar uchun choralar va sanksiyalar | 57-modda. Qoʻpol qoidabuzarliklar uchun choralar va sanksiyalar |
Qoʻpol qoidabuzarliklarni sodir etganlik uchun Markaziy bank: | Qoʻpol qoidabuzarliklarni sodir etganlik uchun Markaziy bank: |
banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan holda amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalardan olingan daromadlarning miqdorini aniqlash imkoni boʻlsa, bankdan ushbu daromadlarning ikki baravari miqdoridan yoki bank tomonidan oʻtgan moliya yili davomida olingan sof foydaning besh foizi yoki bank jami kapitalining bir foizi miqdoridan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima undirishga; | banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan holda amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalardan olingan daromadlarning miqdorini aniqlash imkoni boʻlsa, bankdan ushbu daromadlarning ikki baravari miqdoridan yoki bank tomonidan oʻtgan moliya yili davomida olingan sof foydaning besh foizi yoki bank jami kapitalining bir foizi miqdoridan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima undirishga; |
ushbu Qonun 51-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan choralarni bankka nisbatan alohida holda yoki jamlangan tarzda qoʻllashga; | ushbu Qonun 51-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan choralarni bankka nisbatan alohida holda yoki jamlangan tarzda qoʻllashga; |
litsenziyani chaqirib olishga; | litsenziyani chaqirib olishga; |
bank kuzatuv kengashining, boshqaruvining aʼzosidan yoki muhim ahamiyatga ega xodimidan jarima qoʻllanilayotgan oydan avvalgi bir yil ichida olingan mukofotning yuz foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima undirishga; | bank kuzatuv kengashining, boshqaruvining, bankning islomiy moliya kengashi aʼzosidan yoki muhim ahamiyatga ega xodimidan jarima qoʻllanilayotgan oydan avvalgi bir yil ichida olingan mukofotning yuz foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima undirishga; |
qoidabuzarliklar, qoidabuzarlarga nisbatan qoʻllanilgan choralar va sanksiyalar toʻgʻrisidagi xabarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilishga haqli. | qoidabuzarliklar, qoidabuzarlarga nisbatan qoʻllanilgan choralar va sanksiyalar toʻgʻrisidagi xabarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilishga haqli. |
58-modda. Jiddiy qoidabuzarliklar uchun choralar va sanksiyalar | 58-modda. Jiddiy qoidabuzarliklar uchun choralar va sanksiyalar |
Jiddiy qoidabuzarliklarni sodir etganlik uchun Markaziy bank: | Jiddiy qoidabuzarliklarni sodir etganlik uchun Markaziy bank: |
banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan holda amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalardan olingan daromadlarning miqdorini aniqlash imkoni boʻlsa, bankdan ushbu daromadlarning bir yarim baravari miqdoridan yoki bank tomonidan oʻtgan moliya yili davomida olingan sof foydaning ikki foizi yoki bank jami kapitalining 0,5 foizi miqdoridan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima undirishga; | banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan holda amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalardan olingan daromadlarning miqdorini aniqlash imkoni boʻlsa, bankdan ushbu daromadlarning bir yarim baravari miqdoridan yoki bank tomonidan oʻtgan moliya yili davomida olingan sof foydaning ikki foizi yoki bank jami kapitalining 0,5 foizi miqdoridan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima undirishga; |
ushbu Qonun 51-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan choralarni bankka nisbatan alohida holda yoki jamlangan tarzda qoʻllashga; | ushbu Qonun 51-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan choralarni bankka nisbatan alohida holda yoki jamlangan tarzda qoʻllashga; |
bank kuzatuv kengashining, boshqaruvining aʼzosidan yoki muhim ahamiyatga ega xodimidan jarima qoʻllanilayotgan oydan avvalgi bir yil ichida olingan mukofotning yetmish besh foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima undirishga; | bank kuzatuv kengashining, boshqaruvining aʼzosidan yoki muhim ahamiyatga ega xodimidan yoki bankning islomiy moliya kengashi aʼzosidan jarima qoʻllanilayotgan oydan avvalgi bir yil ichida olingan mukofotning yetmish besh foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima undirishga; |
qoidabuzarliklar, qoidabuzarlarga nisbatan qoʻllanilgan choralar va sanksiyalar toʻgʻrisidagi xabarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilishga haqli. | qoidabuzarliklar, qoidabuzarlarga nisbatan qoʻllanilgan choralar va sanksiyalar toʻgʻrisidagi xabarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilishga haqli. |
Banklar tomonidan toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilmagan hollarda Markaziy bank bankning aybi bilan amalga oshirilmay qolgan summaga teng miqdorda jarima solishga haqli. | Banklar tomonidan toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilmagan hollarda Markaziy bank bankning aybi bilan amalga oshirilmay qolgan summaga teng miqdorda jarima solishga haqli. |
59-modda. Juzʼiy qoidabuzarliklar uchun choralar va sanksiyalar | 59-modda. Juzʼiy qoidabuzarliklar uchun choralar va sanksiyalar |
Juzʼiy qoidabuzarliklarni sodir etganlik uchun Markaziy bank: | Juzʼiy qoidabuzarliklarni sodir etganlik uchun Markaziy bank: |
banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan holda amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalardan olingan daromadlarning miqdorini aniqlash imkoni boʻlsa, bankdan ushbu daromadlardan yoki bank tomonidan oʻtgan moliya yili davomida olingan sof foydaning bir foizi yoki bank jami kapitalining 0,1 foizi miqdoridan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima undirishga; | banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan holda amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalardan olingan daromadlarning miqdorini aniqlash imkoni boʻlsa, bankdan ushbu daromadlardan yoki bank tomonidan oʻtgan moliya yili davomida olingan sof foydaning bir foizi yoki bank jami kapitalining 0,1 foizi miqdoridan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima undirishga; |
ushbu Qonun 51-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan choralarni bankka nisbatan alohida holda yoki jamlangan tarzda qoʻllashga; | ushbu Qonun 51-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan choralarni bankka nisbatan alohida holda yoki jamlangan tarzda qoʻllashga; |
bank kuzatuv kengashining, boshqaruvining aʼzosidan yoki muhim ahamiyatga ega xodimidan jarima qoʻllanilayotgan oydan avvalgi bir yil ichida olingan mukofotning ellik foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima undirishga; | bank kuzatuv kengashining, boshqaruvining aʼzosidan yoki muhim ahamiyatga ega xodimidan yoki bankning islomiy moliya kengashi aʼzosidan jarima qoʻllanilayotgan oydan avvalgi bir yil ichida olingan mukofotning ellik foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima undirishga; |
qoidabuzarga nisbatan choralar va sanksiyalar qoʻllanilishi toʻgʻrisida yozma ogohlantirish yuborishga haqli. | qoidabuzarga nisbatan choralar va sanksiyalar qoʻllanilishi toʻgʻrisida yozma ogohlantirish yuborishga haqli. |
8-bob. Banklararo operatsiyalar va mijozlarga xizmat koʻrsatish | 8-bob. Banklararo operatsiyalar va mijozlarga xizmat koʻrsatish |
60-modda. Banklararo operatsiyalar | 60-modda. Banklararo operatsiyalar |
Banklar shartnoma asosida pul mablagʻlarini depozitlar, kreditlar shaklida bir-biridan jalb etishi va bir-biriga joylashtirishi, hisob-kitob markazlari va vakillik hisobvaraqlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishi hamda litsenziyada nazarda tutilgan boshqa moliyaviy operatsiyalarni bajarishi mumkin. | Banklar shartnoma asosida pul mablagʻlarini depozitlar, kreditlar shaklida bir-biridan jalb etishi va bir-biriga joylashtirishi, hisob-kitob markazlari va vakillik hisobvaraqlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishi hamda litsenziyada nazarda tutilgan boshqa moliyaviy operatsiyalarni bajarishi mumkin. |
Markaziy bank sogʻlomlashtirish rejimida boʻlgan banklar uchun banklararo operatsiyalar boʻyicha qoʻshimcha limitlar belgilashga haqli. | Markaziy bank sogʻlomlashtirish rejimida boʻlgan banklar uchun banklararo operatsiyalar boʻyicha qoʻshimcha limitlar belgilashga haqli. |
61-modda. Banklar va ularning mijozlari oʻrtasidagi munosabatlar | 61-modda. Banklar va ularning mijozlari oʻrtasidagi munosabatlar |
Banklar va ularning mijozlari oʻrtasidagi munosabatlar shartnomalar asosida amalga oshiriladi. | Banklar va ularning mijozlari oʻrtasidagi munosabatlar shartnomalar asosida amalga oshiriladi. |
Mijozlar oʻzlari tanlagan bitta yoki bir necha bankda milliy va chet el valyutasida bank hisobvaraqlari ochishga haqli. | Mijozlar oʻzlari tanlagan bitta yoki bir necha bankda milliy va chet el valyutasida bank hisobvaraqlari ochishga haqli. |
Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish, shuningdek banklar va ularning mijozlari oʻrtasidagi milliy va chet el valyutasidagi hisob-kitoblar tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi. | Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish, shuningdek banklar va ularning mijozlari oʻrtasidagi milliy va chet el valyutasidagi hisob-kitoblar tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi. |
62-modda. Kreditlar, depozitlar boʻyicha foiz stavkalari va bank operatsiyalariga oid vositachilik haqi miqdori | 62-modda. Kreditlar, depozitlar boʻyicha foiz stavkalari, bankning moliyaviy operatsiyalariga oid vositachilik haqi va boshqa daromadlar miqdori |
Kreditlar, depozitlar boʻyicha foiz stavkalari, bank operatsiyalariga oid vositachilik haqi miqdori bank tomonidan mustaqil belgilanadi. | Kreditlar, depozitlar boʻyicha foiz stavkalari, bankning moliyaviy operatsiyalariga oid vositachilik haqi miqdori, shuningdek islomiy moliya operatsiyalari boʻyicha ustama va (yoki) foydadan olinadigan ulush miqdori bank tomonidan mustaqil belgilanadi. |
Bank mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini, shu jumladan kreditlar boʻyicha foiz stavkalarini va ularni belgilash tartibini, depozitlar boʻyicha foiz stavkalarini, vositachilik haqi miqdorini va ushbu shartnomalarning amal qilish muddatlarini bir taraflama oʻzgartirish huquqiga ega emas. | Bank mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini, shu jumladan kreditlar boʻyicha foiz stavkalarini va ularni belgilash tartibini, depozitlar boʻyicha foiz stavkalarini, vositachilik haqi miqdorini, islomiy moliya operatsiyalari boʻyicha ustama va (yoki) foydadan olinadigan ulush miqdorini hamda ushbu shartnomalarning amal qilish muddatlarini bir taraflama oʻzgartirish huquqiga ega emas. |
63-modda. Kreditlarning qaytarilishini taʼminlash | 63-modda. Kreditlarning qaytarilishini taʼminlash |
Banklar garov, kafolatlar, kafillik, majburiyatlar asosida va majburiyatlar bajarilishini taʼminlashning qonunda nazarda tutilgan boshqa usullari asosida kreditlar beradi. | Banklar garov, kafolatlar, kafillik, majburiyatlar asosida va majburiyatlar bajarilishini taʼminlashning qonunda nazarda tutilgan boshqa usullari asosida kreditlar beradi. |
Qarz oluvchi tomonidan shartnomaga doir majburiyatlar buzilgan taqdirda, banklar taqdim etilgan kreditlarni va ular boʻyicha hisoblangan foizlarni shartnomada nazarda tutilgan tartibda muddatidan ilgari undirishga, shuningdek undiruvni qonunchilikda belgilangan tartibda garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishga haqli. | Qarz oluvchi tomonidan shartnomaga doir majburiyatlar buzilgan taqdirda, banklar taqdim etilgan kreditlarni va ular boʻyicha hisoblangan foizlarni shartnomada nazarda tutilgan tartibda muddatidan ilgari undirishga, shuningdek undiruvni qonunchilikda belgilangan tartibda garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishga haqli. |
Yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi), ushbu Qonun 7-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilmagan va uning talablariga muvofiq boʻlmagan aksiyalari hamda ulushlari banklar tomonidan taʼminot sifatida qabul qilinishi mumkin emas. | Yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi), ushbu Qonun 7-moddasining toʻrtinchi qismida koʻrsatilmagan va uning talablariga muvofiq boʻlmagan aksiyalari hamda ulushlari banklar tomonidan taʼminot sifatida qabul qilinishi mumkin emas. |
Banklar taʼminlanmagan kredit (ishonchga asoslangan kredit) berish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. | Banklar taʼminlanmagan kredit (ishonchga asoslangan kredit) berish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. |
Banklarga oʻz aksiyalarini garovga qoʻyish evaziga kredit berish taqiqlanadi. | Banklarga oʻz aksiyalarini garovga qoʻyish evaziga kredit berish taqiqlanadi. |
Ushbu moddada belgilangan normalar banklarning kafolatlar berishga oid moliyaviy operatsiyalarni taʼminlashga nisbatan ham tatbiq etiladi. | Ushbu moddada belgilangan normalar banklarning kafolatlar berishga oid moliyaviy operatsiyalarni taʼminlashga nisbatan ham tatbiq etiladi. |
64-modda. Qarzdorni toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼlon qilish | 64-modda. Qarzdorni toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼlon qilish |
Bank qarzni toʻlash boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmayotgan qarzdorning bankrotligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishga haqli. | Bank qarzni toʻlash boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmayotgan qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishga haqli. |
9-bob. Bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish | 9-bob. Bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish |
65-modda. Bank xizmatlarini koʻrsatish | 65-modda. Bank xizmatlarini koʻrsatish |
Bank xizmatlarining isteʼmolchilari bankni va bank xizmatlarini tanlashda erkindir. Banklar isteʼmolchining talabiga binoan unga bank xizmatlarini koʻrsatish shartlari bilan tanishish imkoniyatini taqdim etishi shart. | Bank xizmatlarining isteʼmolchilari bankni va bank xizmatlarini tanlashda erkindir. Banklar isteʼmolchining talabiga binoan unga bank xizmatlarini koʻrsatish shartlari bilan tanishish imkoniyatini taqdim etishi shart. |
Bank shaxsni bankning xizmatidan yoki mahsulotidan foydalanish sharti sifatida bankning yoki oʻzga uchinchi shaxsning boshqa bank xizmatidan yoki mahsulotidan foydalanishga majbur qilmasligi kerak. | Bank shaxsni bankning xizmatidan yoki mahsulotidan foydalanish sharti sifatida bankning yoki oʻzga uchinchi shaxsning boshqa bank xizmatidan yoki mahsulotidan foydalanishga majbur qilmasligi kerak. |
66-modda. Bank xizmatlari toʻgʻrisidagi axborotni oshkor qilish | 66-modda. Bank xizmatlari toʻgʻrisidagi axborotni oshkor qilish |
Bank xizmatlari koʻrsatishning umumiy shartlari, vositachilik haqi, tariflar va bank xizmatlari koʻrsatganlik uchun foiz stavkalari toʻgʻrisidagi axborot ochiq axborot boʻlib, ular bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. Mazkur axborot tijorat yoki bank sirining predmeti boʻlishi mumkin emas. | Bank xizmatlari koʻrsatishning umumiy shartlari, vositachilik haqi, tariflar va bank xizmatlari koʻrsatganlik uchun foiz stavkalari toʻgʻrisidagi axborot ochiq axborot boʻlib, ular bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. Mazkur axborot tijorat yoki bank sirining predmeti boʻlishi mumkin emas. |
Bank xizmatlari koʻrsatish shartnomasi tuzilguniga qadar isteʼmolchiga ular toʻgʻrisidagi axborotning toʻliq oshkor qilinishi taʼminlanishi kerak. Koʻrsatiladigan bank xizmatlarining shartlari va qiymati haqidagi axborotni mijozga taqdim etishni rad qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Bank xizmatlari koʻrsatish shartnomasi tuzilguniga qadar isteʼmolchiga ular toʻgʻrisidagi axborotning toʻliq oshkor qilinishi taʼminlanishi kerak. Koʻrsatiladigan bank xizmatlarining shartlari va qiymati haqidagi axborotni mijozga taqdim etishni rad qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Banklar kredit berish qanday shartlar asosida amalga oshirilayotganligi haqida, shu jumladan kreditning (qarzning) toʻliq qiymati toʻgʻrisida mijozga axborot berishi kerak. | Banklar kredit berish qanday shartlar asosida amalga oshirilayotganligi haqida, shu jumladan kreditning (qarzning) toʻliq qiymati toʻgʻrisida mijozga axborot berishi kerak. |
Kreditning (qarzning) toʻliq qiymati deganda hisob-kitob qilish chogʻida qarz oluvchining kredit (qarz) olish bilan bogʻliq toʻlovlari hisobga olinadigan ishonchli, yillik va samarali tarzda hisoblab chiqarilgan foiz stavkasi tushuniladi. Kreditning (qarzning) toʻliq qiymati hisob-kitobiga qarz oluvchining toʻlovlari, shu jumladan uchinchi shaxslar foydasiga toʻlovlari, agar qarz oluvchining bunday toʻlovlar boʻyicha majburiyati shartnoma shartlaridan kelib chiqsa va (yoki), agar kredit (qarz) berish bunday toʻlovlarni amalga oshirishga bogʻliq qilib qoʻyilgan boʻlsa, kiritiladi. | Kreditning (qarzning) toʻliq qiymati deganda hisob-kitob qilish chogʻida qarz oluvchining kredit (qarz) olish bilan bogʻliq toʻlovlari hisobga olinadigan ishonchli, yillik va samarali tarzda hisoblab chiqarilgan foiz stavkasi tushuniladi. Kreditning (qarzning) toʻliq qiymati hisob-kitobiga qarz oluvchining toʻlovlari, shu jumladan uchinchi shaxslar foydasiga toʻlovlari, agar qarz oluvchining bunday toʻlovlar boʻyicha majburiyati shartnoma shartlaridan kelib chiqsa va (yoki), agar kredit (qarz) berish bunday toʻlovlarni amalga oshirishga bogʻliq qilib qoʻyilgan boʻlsa, kiritiladi. |
Bank xizmatlari koʻrsatishning umumiy shartlaridagi oʻzgarishlar ular kuchga kirishidan kamida oʻn kun oldin bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi kerak, shuningdek foiz stavkalarining va valyutalarni ayirboshlash kursining oʻzgarishi toʻgʻrisidagi axborot ular oʻzgargan kuni eʼlon qilinadi. | Bank xizmatlari koʻrsatishning umumiy shartlaridagi oʻzgarishlar ular kuchga kirishidan kamida oʻn kun oldin bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi kerak, shuningdek foiz stavkalarining va valyutalarni ayirboshlash kursining oʻzgarishi toʻgʻrisidagi axborot ular oʻzgargan kuni eʼlon qilinadi. |
67-modda. Omonatchilarning huquqlari | 67-modda. Omonatchilarning huquqlari |
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bank omonatchilari boʻlishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bank omonatchilari boʻlishi mumkin. |
Omonatchilar oʻziga tegishli pul mablagʻlarini omonatlarga joylashtirish uchun bankni tanlashda erkindir va bir yoki bir nechta bankda omonatlarga ega boʻlishi mumkin. | Omonatchilar oʻziga tegishli pul mablagʻlarini omonatlarga joylashtirish uchun bankni tanlashda erkindir va bir yoki bir nechta bankda omonatlarga ega boʻlishi mumkin. |
68-modda. Murojaatlarni koʻrib chiqish | 68-modda. Murojaatlarni koʻrib chiqish |
Banklar mijozlarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartib-taomilini oʻz ichiga olgan tartibga ega boʻlishi shart. Mijozlarning murojaatlari bankka kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kundan kechiktirmay, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda esa bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqilishi va yozma yoki elektron shaklda javob berilishi kerak. | Banklar mijozlarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartib-taomilini oʻz ichiga olgan tartibga ega boʻlishi shart. Mijozlarning murojaatlari bankka kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kundan kechiktirmay, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda esa bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqilishi va yozma yoki elektron shaklda javob berilishi kerak. |
Mijozlarning murojaatlarini koʻrib chiqish natijalariga oid hujjatlar kamida uch yil saqlanishi kerak. | Mijozlarning murojaatlarini koʻrib chiqish natijalariga oid hujjatlar kamida uch yil saqlanishi kerak. |
69-modda. Monopoliyaga qarshi qoidalar | 69-modda. Monopoliyaga qarshi qoidalar |
Banklarga moliyaviy operatsiyalar bozorini monopollashtirish va bank sohasida raqobatni cheklashga qaratilgan bitimlarga erishish uchun oʻz uyushmalaridan va boshqa birlashmalaridan foydalanish taqiqlanadi. | Banklarga moliyaviy operatsiyalar bozorini monopollashtirish va bank sohasida raqobatni cheklashga qaratilgan bitimlarga erishish uchun oʻz uyushmalaridan va boshqa birlashmalaridan foydalanish taqiqlanadi. |
Banklarning monopoliyaga qarshi qoidalarga rioya etishi Markaziy bank tomonidan, shuningdek qonunchilikka muvofiq monopoliyaga qarshi organ tomonidan nazorat qilinadi. | Banklarning monopoliyaga qarshi qoidalarga rioya etishi Markaziy bank tomonidan, shuningdek qonunchilikka muvofiq monopoliyaga qarshi organ tomonidan nazorat qilinadi. |
10-bob. Banklarda hisobga olish, hisobotlar va auditorlik tekshiruvi | 10-bob. Banklarda hisobga olish, hisobotlar va auditorlik tekshiruvi |
70-modda. Banklarda buxgalteriya hisobini yuritish | 70-modda. Banklarda buxgalteriya hisobini yuritish |
Banklar buxgalteriya hisobini Markaziy bank tomonidan belgilangan qoidalar asosida ishlab chiqilgan ichki hisob-kitob siyosatiga muvofiq tashkil etadi va yuritadi. | Banklar buxgalteriya hisobini Markaziy bank tomonidan belgilangan qoidalar asosida ishlab chiqilgan ichki hisob-kitob siyosatiga muvofiq tashkil etadi va yuritadi. |
Banklar moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini qoʻllashi mumkin. | Banklar moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini qoʻllashi mumkin. |
Banklardagi buxgalteriya hisobi: | Banklardagi buxgalteriya hisobi: |
boshqaruvga, moliyaga, soliqqa va nazoratga oid hisobotning hamda boshqa hisobotlarning ishonchliligini, ularda bankning haqiqiy moliyaviy holati va faoliyati natijalari aks ettirilishini; | boshqaruvga, moliyaga, soliqqa va nazoratga oid hisobotning hamda boshqa hisobotlarning ishonchliligini, ularda bankning haqiqiy moliyaviy holati va faoliyati natijalari aks ettirilishini; |
bank aktivlarini va yuzaga keluvchi tavakkalchiliklarni boshqarish xavfsizligini; | bank aktivlarini va yuzaga keluvchi tavakkalchiliklarni boshqarish xavfsizligini; |
bank aksiyadorlari va kuzatuv kengashi tomonidan bankning moliyaviy ahvolini va uning mansabdor shaxslarining ishini nazorat qilish imkoniyatini taʼminlashi kerak. | bank aksiyadorlari va kuzatuv kengashi tomonidan bankning moliyaviy ahvolini va uning mansabdor shaxslarining ishini nazorat qilish imkoniyatini taʼminlashi kerak. |
71-modda. Banklarning hisobotlari | 71-modda. Banklarning hisobotlari |
Banklar Markaziy bankka moliyaviy va nazorat hisobotlarini taqdim etadi. | Banklar Markaziy bankka moliyaviy va nazorat hisobotlarini taqdim etadi. |
Bank oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni Markaziy bank tomonidan belgilangan shakllarda, tartibda va muddatlarda tuzadi hamda Markaziy bankka taqdim etadi. | Bank oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni Markaziy bank tomonidan belgilangan shakllarda, tartibda va muddatlarda tuzadi hamda Markaziy bankka taqdim etadi. |
Banklar Markaziy bankning talabiga koʻra konsolidatsiyalashgan, davriy, shuningdek bir martalik hisobotlarni taqdim etadi. | Banklar Markaziy bankning talabiga koʻra konsolidatsiyalashgan, davriy, shuningdek bir martalik hisobotlarni taqdim etadi. |
Bank Markaziy bankka taqdim etiladigan hisobotlarning va boshqa maʼlumotlarning yaxlitligi hamda ishonchliligi uchun javobgardir. | Bank Markaziy bankka taqdim etiladigan hisobotlarning va boshqa maʼlumotlarning yaxlitligi hamda ishonchliligi uchun javobgardir. |
Banklar qonunchilikka muvofiq boshqa turdagi hisobotlarni ham taqdim etadi. | Banklar qonunchilikka muvofiq boshqa turdagi hisobotlarni ham taqdim etadi. |
72-modda. Banklar tomonidan moliyaviy hisobotlarni eʼlon qilish | 72-modda. Banklar tomonidan moliyaviy hisobotlarni eʼlon qilish |
Banklar moliyaviy hisobotlarni, banklar guruhining asosiy banki konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini auditorlik tashkiloti tasdiqlaganidan keyin Markaziy bank tomonidan belgilanadigan shaklda eʼlon qiladi. | Banklar moliyaviy hisobotlarni, banklar guruhining asosiy banki konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini auditorlik tashkiloti tasdiqlaganidan keyin Markaziy bank tomonidan belgilanadigan shaklda eʼlon qiladi. |
Banklar oʻz mablagʻlariga, kapitalga doir talablarning bajarilishiga, likvidlikka, tavakkalchiliklarning qiymatiga va boshqa muhim koʻrsatkichlarga (normativlarga) doir axborotni oshkor etishi kerak. | Banklar oʻz mablagʻlariga, kapitalga doir talablarning bajarilishiga, likvidlikka, tavakkalchiliklarning qiymatiga va boshqa muhim koʻrsatkichlarga (normativlarga) doir axborotni oshkor etishi kerak. |
73-modda. Bank operatsiyalariga doir hujjatlarni saqlash | 73-modda. Bank operatsiyalariga doir hujjatlarni saqlash |
Banklar hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda va muddatlarda oʻz idoraviy arxivida saqlashi shart. | Banklar hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda va muddatlarda oʻz idoraviy arxivida saqlashi shart. |
74-modda. Banklarning va banklar guruhining auditorlik tekshiruvi | 74-modda. Banklarning va banklar guruhining auditorlik tekshiruvi |
Bank va banklar guruhi auditorlik tekshiruvining maqsadi bankning va banklar guruhining moliyaviy axboroti hamda boshqa moliyaviy maʼlumotlari toʻgʻriligini va buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikka hamda moliyaviy hisobotlarga oid xalqaro standartlarga muvofiqligini auditorlik tashkiloti tomonidan aniqlashdan iborat. | Bank va banklar guruhi auditorlik tekshiruvining maqsadi bankning va banklar guruhining moliyaviy axboroti hamda boshqa moliyaviy maʼlumotlari toʻgʻriligini va buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikka hamda moliyaviy hisobotlarga oid xalqaro standartlarga muvofiqligini auditorlik tashkiloti tomonidan aniqlashdan iborat. |
Banklarning yillik moliyaviy hisobotlari va banklar guruhining yillik konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisoboti auditorlik tekshiruvidan oʻtkazilishi majburiydir. Bankning va banklar guruhining auditorlik tekshiruvi Markaziy bankning talabiga koʻra umuman bankning yoki banklar guruhining faoliyati boʻyicha ham, ular faoliyatining alohida yoʻnalishlari boʻyicha ham oʻtkazilishi mumkin. | Banklarning yillik moliyaviy hisobotlari va banklar guruhining yillik konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisoboti auditorlik tekshiruvidan oʻtkazilishi majburiydir. Bankning va banklar guruhining auditorlik tekshiruvi Markaziy bankning talabiga koʻra umuman bankning yoki banklar guruhining faoliyati boʻyicha ham, ular faoliyatining alohida yoʻnalishlari boʻyicha ham oʻtkazilishi mumkin. |
Bankning yillik moliyaviy hisoboti, banklar guruhining yillik konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisoboti toʻgʻrisidagi auditorlik xulosasi qonunda nazarda tutilganidan tashqari, auditorlik tashkiloti tomonidan: | Bankning yillik moliyaviy hisoboti, banklar guruhining yillik konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisoboti toʻgʻrisidagi auditorlik xulosasi qonunda nazarda tutilganidan tashqari, auditorlik tashkiloti tomonidan: |
bank, banklar guruhi tomonidan hisobot sanasidagi holatga koʻra prudensial normativlarning bajarilishini; | bank, banklar guruhi tomonidan hisobot sanasidagi holatga koʻra prudensial normativlarning bajarilishini; |
bankning, banklar guruhining ichki nazorati va tavakkalchiliklarini boshqarish tizimlarining tashkil etilishi Markaziy bank tomonidan qoʻyilgan talablarga muvofiqligini tekshirish natijalarini oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak. | bankning, banklar guruhining ichki nazorati va tavakkalchiliklarini boshqarish tizimlarining tashkil etilishi Markaziy bank tomonidan qoʻyilgan talablarga muvofiqligini tekshirish natijalarini oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak. |
Auditorlik tashkilotlari bankning va banklar guruhining faoliyatini tekshirish natijalariga koʻra moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini va buxgalteriya hisobini yuritish tartibi qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlaydi (yoki tasdiqlamaydi), shuningdek bankning yillik moliyaviy hisobotiga, banklar guruhining konsolidatsiyalashgan yillik moliyaviy hisobotiga ilova qilinadigan auditorlik xulosasini beradi. | Auditorlik tashkilotlari bankning va banklar guruhining faoliyatini tekshirish natijalariga koʻra moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini va buxgalteriya hisobini yuritish tartibi qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlaydi (yoki tasdiqlamaydi), shuningdek bankning yillik moliyaviy hisobotiga, banklar guruhining konsolidatsiyalashgan yillik moliyaviy hisobotiga ilova qilinadigan auditorlik xulosasini beradi. |
Auditorlik xulosasisiz bankning yillik moliyaviy hisoboti, shuningdek banklar guruhining konsolidatsiyalashgan yillik moliyaviy hisoboti Markaziy bank tomonidan qabul qilinmaydi va eʼlon qilinmaydi. | Auditorlik xulosasisiz bankning yillik moliyaviy hisoboti, shuningdek banklar guruhining konsolidatsiyalashgan yillik moliyaviy hisoboti Markaziy bank tomonidan qabul qilinmaydi va eʼlon qilinmaydi. |
Islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan banklarda amalga oshirilayotgan islomiy bank faoliyatining islomiy moliya standartlariga muvofiqligi yuzasidan har yili kamida bir marotaba islomiy moliya boʻyicha tashqi audit tekshiruvi oʻtkazilishi lozim. | |
75-modda. Bankning va banklar guruhining auditorlik tekshiruvini amalga oshiruvchi auditorlik tashkilotiga doir talablar | 75-modda. Bankning va banklar guruhining auditorlik tekshiruvini amalga oshiruvchi auditorlik tashkilotiga doir talablar |
Bank moliyaviy hisobotining va banklar guruhi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotining auditorlik tekshiruvi shtatida Markaziy bankning banklarda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqini beruvchi malaka sertifikatiga ega kamida ikki nafar auditori (auditorlik tashkiloti rahbarini hisobga olgan holda) mavjud boʻlgan auditorlik tashkiloti tomonidan oʻtkaziladi. | Bank moliyaviy hisobotining va banklar guruhi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotining auditorlik tekshiruvi shtatida Markaziy bankning banklarda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqini beruvchi malaka sertifikatiga ega kamida ikki nafar auditori (auditorlik tashkiloti rahbarini hisobga olgan holda) mavjud boʻlgan auditorlik tashkiloti tomonidan oʻtkaziladi. |
Auditorlik tashkiloti bankka aloqador shaxs boʻlmasligi va uning oldida pul majburiyatlariga ega boʻlmasligi kerak. | Auditorlik tashkiloti bankka aloqador shaxs boʻlmasligi va uning oldida pul majburiyatlariga ega boʻlmasligi kerak. |
Bank bilan (banklar guruhining asosiy banki bilan) auditorlik tashkiloti oʻrtasida tuzilgan shartnomalarda auditorlik hisobotining Markaziy bankka topshirilishini cheklovchi qoidalar boʻlmasligi kerak. | Bank bilan (banklar guruhining asosiy banki bilan) auditorlik tashkiloti oʻrtasida tuzilgan shartnomalarda auditorlik hisobotining Markaziy bankka topshirilishini cheklovchi qoidalar boʻlmasligi kerak. |
Auditorlik tashkiloti: | Auditorlik tashkiloti: |
banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining qoʻpol buzilishiga olib keluvchi; | banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining qoʻpol buzilishiga olib keluvchi; |
bank faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan; | bank faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan; |
moliyaviy hisobotning ishonchliligi va buxgalteriya hisobini yuritish tartibi qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiqligi toʻgʻrisida fikr bildirishni auditorlik tashkiloti tomonidan rad etishga yoki fikrlarni qoʻshimcha shart bilan bildirishga olib kelishi mumkin boʻlgan holatlar toʻgʻrisida Markaziy bankni darhol xabardor etishi shart. | moliyaviy hisobotning ishonchliligi va buxgalteriya hisobini yuritish tartibi qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiqligi toʻgʻrisida fikr bildirishni auditorlik tashkiloti tomonidan rad etishga yoki fikrlarni qoʻshimcha shart bilan bildirishga olib kelishi mumkin boʻlgan holatlar toʻgʻrisida Markaziy bankni darhol xabardor etishi shart. |
Markaziy bankning talabiga koʻra auditorlik tashkiloti auditorlik hisoboti bilan bogʻliq qoʻshimcha tushuntirishlar taqdim etishi kerak. | Markaziy bankning talabiga koʻra auditorlik tashkiloti auditorlik hisoboti bilan bogʻliq qoʻshimcha tushuntirishlar taqdim etishi kerak. |
Banklarda auditorlik tekshiruvini oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari, auditorning malaka sertifikatini berish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi. | Banklarda auditorlik tekshiruvini oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari, auditorning malaka sertifikatini berish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi. |
11-bob. Banklarni qayta tashkil etish va tugatish | 101-bob. Kredit tashkilotlarining faoliyatini oʻzgartirish 751-modda. Kredit tashkilotlari faoliyatini oʻzgartirishning oʻziga xos xususiyatlari Quyidagi kredit tashkilotlari oʻz faoliyatini oʻzgartirishi mumkin: mikromoliya tashkiloti — mikromoliya banki faoliyatiga; mikromoliya banki — bank faoliyatiga; bank — mikromoliya banki faoliyatiga; mikromoliya banki — mikromoliya tashkiloti faoliyatiga; mikromoliya tashkiloti — faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga; faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki — faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatiga; faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank — faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga; faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki — mikromoliya tashkiloti faoliyatiga; bank — faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatiga. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan kredit tashkilotlari faoliyatini oʻzgartirishning oʻziga xos xususiyatlari Markaziy bank tomonidan belgilanadi. 752-modda. Mikromoliya tashkiloti faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirish Mikromoliya tashkiloti faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirish orqali mikromoliya bankini tashkil etish banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan bank faoliyatiga ruxsat berish shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Mikromoliya tashkiloti oʻz faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirish uchun aksiyadorlik jamiyati tashkiliy-huquqiy shakliga ega boʻlishi kerak. Mikromoliya tashkiloti oʻz faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirishi uchun uning oʻz faoliyatidagi islomiy moliya standartlariga muvofiq boʻlmagan aktivlar va majburiyatlardan xalos boʻlishi talab etiladi. Mikromoliya bankini tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun ariza beruvchi mikromoliya bankini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida Markaziy bankka quyidagilarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi: aksiyadorning (aksiyadorlarning) mikromoliya tashkiloti faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirish orqali mikromoliya bankini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorini; ushbu Qonun 16-moddasi birinchi qismining uchinchi, beshinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlarni; ariza mikromoliya tashkiloti faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirish uchun taqdim etilgan taqdirda, qoʻshimcha ravishda ushbu Qonun 16-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarni; mikromoliya bankining ustav kapitalida chet el banki ishtirok etgan taqdirda ushbu Qonun 17-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarni. Mikromoliya bankini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya olish uchun ariza beruvchi mikromoliya bankini tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani olganidan keyin olti oydan kechiktirmay Markaziy bankka ushbu Qonun 20-moddasi birinchi qismining ikkinchi — yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlarni, shuningdek ushbu moddaning uchinchi qismida va ushbu Qonun 20-moddasi birinchi qismining ikkinchi — yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlarning elektron shakldagi koʻchirma nusxalarini taqdim etadi. Markaziy bank tomonidan mikromoliya bankini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida mazkur qarorni ilova qilgan holda, Markaziy bank mikromoliya tashkiloti faoliyati mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirilayotganligi munosabati bilan mikromoliya tashkilotini Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida davlat xizmatlari markaziga iltimosnoma kiritadi. Davlat xizmatlari markazi mikromoliya bankini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish toʻgʻrisidagi qaror olingan kundan eʼtiboran ikki ish kuni ichida mikromoliya tashkiloti toʻgʻrisidagi yozuvni Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestridan chiqaradi va bu haqda keyingi ish kunidan kechiktirmasdan Markaziy bankni xabardor qiladi. Markaziy bank davlat xizmatlari markazi tomonidan mikromoliya tashkiloti toʻgʻrisidagi yozuv Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestridan chiqarilgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida: mikromoliya tashkiloti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestridan chiqaradi; mikromoliya bankini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradi; Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registriga mikromoliya tashkiloti faoliyati mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirilganligi bilan bogʻliq oʻzgartirishlarni kiritadi; ariza beruvchiga litsenziya beradi. Litsenziya berilganligi uchun qonunda belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning daromad olishga yoʻnaltirilgan faoliyati uchun berilgan kreditlarning kredit portfelidagi va (yoki) koʻrsatilgan islomiy moliya operatsiyalarining moliyalashtirish portfelidagi ulushi yetmish foizdan kam boʻlgan mikromoliya tashkiloti faoliyatini oʻzgartirish orqali tashkil etilgan mikromoliya banki mazkur kreditlarining va (yoki) islomiy moliya operatsiyalarining ulushini oʻz faoliyatini oʻzgartirgan kundan eʼtiboran ikki yil ichida yetmish foizga yetkazishi shart. 753-modda. Mikromoliya banki faoliyatini bank faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatiga oʻzgartirish”; Mikromoliya banki faoliyatini bank faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatiga oʻzgartirish: mikromoliya banki faoliyatini bank faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatiga oʻzgartirishga doir Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasini olish; berilgan litsenziyani qayta rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi. Mikromoliya banki faoliyatini bank faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatiga oʻzgartirishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun ariza beruvchi aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan faoliyatni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida Markaziy bankka quyidagilarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi: aksiyadorning (aksiyadorlarning) mikromoliya banki faoliyatini bank faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatiga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorini; bankning ustavi loyihasini; ushbu Qonun 16-moddasi birinchi qismining beshinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlarni; ariza faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatiga oʻzgartirish uchun taqdim etilgan taqdirda, qoʻshimcha ravishda ushbu Qonun 16-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarni; bank ustav kapitalida chet el banki ishtirok etgan taqdirda ushbu Qonun 17-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarni. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun ariza beruvchi mikromoliya banki faoliyatini bank faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatiga oʻzgartirishga doir dastlabki ruxsatnoma olingandan keyin olti oydan kechiktirmay, Markaziy bankka quyidagilarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi: ushbu Qonun 20-moddasi birinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlarni; bankning ustavini ikki nusxada; bank joylashgan yerdagi Markaziy bank hududiy bosh boshqarmasining bank binolari, ularning muhofaza qilinishi taʼminlanganligi, uskunalar, ishlarni tashkil etish texnika vositalari bilan jihozlanganligi va dasturiy taʼminotining Markaziy bank talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasini, bankning joylashgan yeri oʻzgargan yoki uning binosi rekonstruksiya qilingan taqdirda; ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hujjatlarning elektron shakldagi nusxalarini. Arizani koʻrib chiqish va ariza beruvchini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor etish bankni tashkil qilishga doir dastlabki ruxsatnomani olish, bankni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda ushbu Qonunning 19 va 21-moddalarida nazarda tutilgan hollardan tashqari mikromoliya banki tomonidan oxirgi olti oy davomida prudensial normativlarga rioya etilmaganligi mikromoliya banki faoliyatini bank faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatiga oʻzgartirishga doir dastlabki ruxsatnomani berishni yoki berilgan litsenziyani qayta rasmiylashtirishni rad etish uchun asos boʻladi. Markaziy bank tomonidan litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Markaziy bank Banklarning davlat reyestriga mikromoliya banki faoliyati bank faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatiga oʻzgartirilganligi toʻgʻrisidagi tegishli yozuvni kiritadi, shuningdek berilgan litsenziyani qayta rasmiylashtiradi. 754-modda. Bank faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirish Bank faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirish bankka berilgan litsenziyani qayta rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun ariza beruvchi aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan bank faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida Markaziy bankka quyidagilarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi: aksiyadorning (aksiyadorlarning) bank faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorini; mikromoliya bankining ustavini ikki nusxada; aksiyadorlar roʻyxatini; mikromoliya bankining kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolari, bankning islomiy moliya kengashi aʼzolari — islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki uchun, shuningdek muhim ahamiyatga ega xodimlari toʻgʻrisidagi ularning ushbu Qonunning 36-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini baholashdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborotni; mikromoliya banki joylashgan yerdagi Markaziy bank hududiy bosh boshqarmasining bank binolari, ularning muhofaza qilinishi taʼminlanganligi, uskunalar, ishlarni tashkil etish texnika vositalari bilan jihozlanganligi va dasturiy taʼminotining Markaziy bank talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasini — bankning joylashgan yeri oʻzgargan yoki uning binosi rekonstruksiya qilingan taqdirda; mikromoliya bankining ustav kapitalida chet el banki ishtirok etgan taqdirda ushbu Qonun 17-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarni; ushbu qismning ikkinchi — yettinchi xatboshilarida sanab oʻtilgan hujjatlarning elektron shakldagi koʻchirma nusxalarini. Arizani koʻrib chiqish va ariza beruvchini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor etish bankni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda ushbu Qonunning 21-moddasida nazarda tutilgan hollardan tashqari bank faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi: bank tomonidan oxirgi olti oy davomida prudensial normativlarga rioya etilmaganligi; bankning toʻlovga qobiliyatsizligi yoki toʻlovga qobiliyatsiz boʻlib qolish ehtimolining mavjudligi. Markaziy bank tomonidan litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Markaziy bank Banklarning davlat reyestriga bank faoliyati mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyati faqat islomiy banki faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirilganligi toʻgʻrisidagi tegishli yozuvni kiritadi, shuningdek berilgan litsenziyani qayta rasmiylashtiradi. Oʻz faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirgan bank mikromoliya banki uchun cheklangan moliyaviy operatsiyalarni faoliyati oʻzgarguniga qadar tuzilgan shartnomalarni bajarish maqsadida, mazkur shartnomalarning amal qilish muddati tugaguniga qadar, biroq faoliyati oʻzgargan sanadan eʼtiboran ikki yildan oshmagan muddat davomida amalga oshirishga haqli. Bunda mazkur shartnomalarda majburiyatning dastlabki belgilangan summasini va shartnomaning amal qilish muddatini oʻzgartirish taqiqlanadi. 755-modda. Mikromoliya banki faoliyatini yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga oʻzgartirish Mikromoliya banki faoliyatini yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga oʻzgartirishga omonatlar (depozitlar) toʻliq qaytarilgandan va (yoki) omonatlarga (depozitlarga) kiritilgan pul mablagʻlarini qaytarish boʻyicha majburiyatlar boshqa bankka oʻtkazilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi. Mikromoliya banki faoliyatini yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga oʻzgartirish uchun ariza beruvchi mikromoliya banki faoliyatini yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida Markaziy bankka “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 20-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadi. Mikromoliya banki faoliyatini yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga oʻzgartirish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikda nobank kredit tashkilotlarini hisob roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Markaziy bank tomonidan mikromoliya banki faoliyatini yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga oʻzgartirishga rozilik berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan taqdirda, Markaziy bank litsenziyani chaqirib oladi. Mikromoliya banki mikromoliya bankining faoliyatini yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki islomiy mikromoliya bankining faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga oʻzgartirishga rozilik berish toʻgʻrisidagi Markaziy bankning qarori asosida roʻyxatdan oʻtish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan hujjatlarni davlat xizmatlari markaziga taqdim etadi. Davlat xizmatlari markazi mikromoliya tashkiloti qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran ikki ish kuni ichida Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registriga mikromoliya tashkiloti qayta roʻyxatdan oʻtkazilganligi bilan bogʻliq oʻzgartirishlarni kiritadi. Markaziy bank Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registriga oʻzgartirishlar kiritilgan kundan eʼtiboran ikki ish kuni ichida mikromoliya banki toʻgʻrisidagi yozuvni Banklarning davlat reyestridan chiqaradi va mikromoliya tashkilotini hisob roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradi. Mikromoliya banki faoliyatini yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatini oʻzgartirish orqali tashkil etilgan mikromoliya tashkiloti hisob roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran ikki yil ichida oʻz faoliyatini mikromoliya tashkilotlari faoliyati uchun belgilangan talablarga muvofiqlashtirishi shart. 11-bob. Banklarni qayta tashkil etish |
76-modda. Bankni qayta tashkil etish | 76-modda. Bankni qayta tashkil etish |
Bankni qayta tashkil etish raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning talablari hisobga olingan holda, aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga muvofiq qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish va oʻzgartirish shaklida Markaziy bankning ruxsati bilan amalga oshiriladi. Bankni qayta tashkil etish Markaziy bankning talabiga binoan ham amalga oshirilishi mumkin. | Bankni qayta tashkil etish raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning talablari hisobga olingan holda, aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga muvofiq qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish va oʻzgartirish shaklida Markaziy bankning ruxsati bilan amalga oshiriladi. Bankni qayta tashkil etish Markaziy bankning talabiga binoan ham amalga oshirilishi mumkin. |
Davlat yagona taʼsischisi boʻlgan bankni qayta tashkil etish Markaziy bank bilan kelishilgan holda vakolatli organning qarori asosida amalga oshiriladi. | Davlat yagona taʼsischisi boʻlgan bankni qayta tashkil etish Markaziy bank bilan kelishilgan holda vakolatli organning qarori asosida amalga oshiriladi. |
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bankni qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori mavjudligi bankni qayta tashkil etish uchun ruxsatnoma olish toʻgʻrisida Markaziy bankka ariza berish uchun asos boʻladi. | Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bankni qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori mavjudligi bankni qayta tashkil etish uchun ruxsatnoma olish toʻgʻrisida Markaziy bankka ariza berish uchun asos boʻladi. |
Markaziy bank bankni qayta tashkil etishni rad etgan taqdirda, aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bankni qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori haqiqiy emas deb hisoblanadi. | Markaziy bank bankni qayta tashkil etishni rad etgan taqdirda, aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bankni qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori haqiqiy emas deb hisoblanadi. |
Bankni qoʻshib yuborish, boʻlish, ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish uchun Markaziy bankning ruxsatnomasi olinganidan keyin qayta tashkil etish natijasida yangidan vujudga keladigan har bir bankni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya olish uchun zarur tashkiliy-texnik tadbirlar bajariladi. | Bankni qoʻshib yuborish, boʻlish, ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish uchun Markaziy bankning ruxsatnomasi olinganidan keyin qayta tashkil etish natijasida yangidan vujudga keladigan har bir bankni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya olish uchun zarur tashkiliy-texnik tadbirlar bajariladi. |
Bankni qayta tashkil etish uchun Markaziy bankning ruxsatnomasi olinganligi qayta tashkil etilishi natijasida vujudga keladigan banklarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga litsenziya berish uchun kafolat boʻla olmaydi. | Bankni qayta tashkil etish uchun Markaziy bankning ruxsatnomasi olinganligi qayta tashkil etilishi natijasida vujudga keladigan banklarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga litsenziya berish uchun kafolat boʻla olmaydi. |
Qayta tashkil etilayotgan bank qayta tashkil etish jarayonini Markaziy bankning ruxsatnomasi olingan kundan eʼtiboran olti oy ichida tamomlashi shart. | Qayta tashkil etilayotgan bank qayta tashkil etish jarayonini Markaziy bankning ruxsatnomasi olingan kundan eʼtiboran olti oy ichida tamomlashi shart. |
Qayta tashkil etish natijasida yangidan yuzaga kelgan banklarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga litsenziya berish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Qayta tashkil etish natijasida yangidan yuzaga kelgan banklarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga litsenziya berish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
Bankni qayta tashkil etish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi. | Bankni qayta tashkil etish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi. |
77-modda. Litsenziyani chaqirib olish | 77-modda. Litsenziyani chaqirib olish |
Markaziy bank quyidagi hollarda litsenziyani chaqirib olishga haqli: | Markaziy bank quyidagi hollarda litsenziyani chaqirib olishga haqli: |
agar bank litsenziyani olganidan keyin oʻn ikki oy ichida bank faoliyatini amalga oshirishni boshlamagan, bu faoliyatdan toʻgʻridan-toʻgʻri voz kechgan yoki moliyaviy operatsiyalarni uch oydan ortiqroq muddat davomida amalga oshirmagan boʻlsa; | agar bank litsenziyani olganidan keyin oʻn ikki oy ichida bank faoliyatini va (yoki) islomiy bank faoliyatini amalga oshirishni boshlamagan, bu faoliyatdan toʻgʻridan-toʻgʻri voz kechgan yoki moliyaviy operatsiyalarni, shu jumladan islomiy moliya operatsiyalarini uch oydan ortiqroq muddat davomida amalga oshirmagan boʻlsa; |
litsenziya berish shartlari bank tomonidan bajarilmaganda; | litsenziya berish shartlari bank tomonidan bajarilmaganda; |
ushbu Qonunning 54-moddasida koʻrsatilgan qoʻpol qoidabuzarliklardan biri bank tomonidan sodir etilganda; | ushbu Qonunning 54-moddasida koʻrsatilgan qoʻpol qoidabuzarliklardan biri bank tomonidan sodir etilganda; |
agar bank ketma-ket keluvchi uch chorakning har birida bank regulyativ kapitalining oʻn foizidan ortiq yoki muddatidan qatʼi nazar, regulyativ kapitalning ellik foizidan ortiq miqdorda zarar koʻrgan boʻlsa yoki zarar koʻrish ehtimoli mavjud boʻlsa; | agar bank ketma-ket keluvchi uch chorakning har birida bank regulyativ kapitalining oʻn foizidan ortiq yoki muddatidan qatʼi nazar, regulyativ kapitalning ellik foizidan ortiq miqdorda zarar koʻrgan boʻlsa yoki zarar koʻrish ehtimoli mavjud boʻlsa; |
qayta tashkil etish natijasida bankning faoliyati tugatilganda; | qayta tashkil etish natijasida bankning faoliyati tugatilganda; |
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida bankni ixtiyoriy ravishda tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda; | aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida bankni ixtiyoriy ravishda tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda; |
Oʻzbekiston Respublikasida bank tashkil etgan chet davlat bankidan litsenziya chaqirib olinganda; | Oʻzbekiston Respublikasida bank tashkil etgan chet davlat bankidan litsenziya chaqirib olinganda; |
Markaziy bank tomonidan mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga oʻzgartirishga rozilik berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda; | |
bank toʻlovga qobiliyatsiz boʻlib qolganda. | bank toʻlovga qobiliyatsiz boʻlib qolganda. |
Bankning toʻlovga qobiliyatsizligi deganda quyidagi hollar tushuniladi: bank mijozlarning oʻziga nisbatan qoʻygan talablarini oʻn besh kun ichida toʻlashga qodir boʻlmasa; bankning majburiyatlari uning aktivlaridan ortib ketsa; omonatchilar va kreditorlar tomonidan bankka ishonib topshirilgan mablagʻlarning butligiga xavf soluvchi har qanday boshqa holatlar mavjud boʻlsa. | Bankning toʻlovga qobiliyatsizligi deganda quyidagi hollar tushuniladi: bankning oʻz mijozlari talablarini mablagʻlar yetarli emasligi sababli yetti kun ichida qanoatlantirishga qodir emasligi; bank majburiyatlari uning aktivlaridan ortib ketganligi; bank kapitali monandligi koeffitsiyentlarining va (yoki) ustav kapitali miqdorining qonunchilikda belgilangan eng kam miqdordan ellik foizga va undan koʻp foizga kamayganligi; bankning moliyaviy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning hisobotlarda toʻgʻri aks ettirilishi ushbu qismning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan asoslarning yuzaga kelishiga olib keladigan hollar Markaziy bank tomonidan aniqlanganligi; omonatchilar va kreditorlar tomonidan bankka ishonib topshirilgan pul mablagʻlarining but saqlanishiga xavf soluvchi holatlarning mavjudligi. |
Bank boshqaruvi bankning toʻlovga layoqatsizlik holati yuzaga kelgan yoki mijozlar tomonidan talab etilgan daʼvolarni qanoatlantira olmaslikka oid tavakkalchilik mavjud boʻlgan hollarda darhol Markaziy bankka xabar berishi kerak. | Bank boshqaruvi bankning toʻlovga layoqatsizlik holati yuzaga kelgan yoki mijozlar tomonidan talab etilgan daʼvolarni qanoatlantira olmaslikka oid tavakkalchilik mavjud boʻlgan hollarda darhol Markaziy bankka xabar berishi kerak. |
Bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyaga (litsenziyalarga) ega boʻlgan bankdan: islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya chaqirib olinsa, bank oʻz faoliyatini bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya asosida davom ettiradi; bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning chaqirib olinishi bankning islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasining ham chaqirib olinishiga olib keladi, bundan bankni faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bankka oʻzgartirish natijasida Markaziy bank tomonidan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning chaqirib olinishi holati mustasno. | |
Markaziy bank boshqaruvining litsenziyani chaqirib olish toʻgʻrisidagi qarori ushbu qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. | Markaziy bank boshqaruvining litsenziyani chaqirib olish toʻgʻrisidagi qarori ushbu qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. |
Markaziy bank boshqaruvining qarori ushbu qaror qabul qilingan kuni bank rahbariyatiga imzo qoʻydirib topshiriladi. | Markaziy bank boshqaruvining qarori ushbu qaror qabul qilingan kuni bank rahbariyatiga imzo qoʻydirib topshiriladi. |
Bankning litsenziyasi chaqirib olinganligi toʻgʻrisidagi axborot mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir kun ichida ommaviy axborot vositalarida, shuningdek Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi lozim. | Bankning litsenziyasi chaqirib olinganligi toʻgʻrisidagi axborot mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir kun ichida ommaviy axborot vositalarida, shuningdek Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi lozim. |
Bankka Markaziy bank boshqaruvining litsenziyani chaqirib olish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan paytdan eʼtiboran ushbu Qonunga muvofiq banklar uchun ruxsat etilgan faoliyatni amalga oshirish taqiqlanadi, bundan bankning tugatilishi bilan bogʻliq harakatlar mustasno. | Bankka Markaziy bank boshqaruvining litsenziyani chaqirib olish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan paytdan eʼtiboran ushbu Qonunga muvofiq banklar uchun ruxsat etilgan faoliyatni amalga oshirish taqiqlanadi, bundan bankning tugatilishi bilan bogʻliq harakatlar mustasno. |
78-modda. Bankning faoliyatini tugatish va bankni tugatish Bankning faoliyatini tugatish va bankni tugatish ixtiyoriy yoki majburiy (Markaziy bank tomonidan litsenziya chaqirib olinganda) shaklda amalga oshirilishi mumkin. Bankning faoliyatini tugatish va bankni tugatish uchun: bank aksiyadorlari umumiy yigʻilishining bankni ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qarori; Markaziy bank boshqaruvining bankni majburiy tugatish haqidagi qarori asos boʻladi. Bankning faoliyatini tugatish va bankni tugatish, shu jumladan ixtiyoriy shaklda tugatish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi. Bankni tugatish Banklarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilgan kundan eʼtiboran tamomlangan deb va bank tugatilgan deb hisoblanadi. 79-modda. Ixtiyoriy tugatish Ixtiyoriy tugatish bank aksiyadorlari (ishtirokchilari) umumiy yigʻilishining ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qarori asosida, kreditorlar va omonatchilarning talablarini qanoatlantirish imkoniyati mavjud boʻlganda hamda Markaziy bankning ruxsati olinganda amalga oshiriladi. Bankni ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalar egalari boʻlgan aksiyadorlar ovozlarining toʻrtdan uch qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Bank Markaziy bankka aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan bankni ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida darhol yozma shaklda xabar berishi shart. Bankni ixtiyoriy tugatishga ruxsat olish uchun bank aksiyadorlar umumiy yigʻilishining mazkur qarori qabul qilinganidan keyin besh kundan kechiktirmay Markaziy bankka quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beradi: bankni tugatish toʻgʻrisida aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tugatish sabablari koʻrsatilgan holda qabul qilingan qaror; aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlangan, tugatish jarayonini, kreditorlarning va omonatchilarning talablarini qanoatlantirish tartib-taomillari va muddatlari doirasidagi tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan tugatish rejasi; ixtiyoriy tugatishga ruxsat berish toʻgʻrisida Markaziy bankka ariza bilan murojaat etilgan paytdagi talablarni qanoatlantirish uchun mablagʻlar yetarli ekanligini tasdiqlovchi balans hisoboti; tugatish komissiyasining tarkibi toʻgʻrisidagi axborot va boshqa zarur maʼlumotlar. Bankni tugatish komissiyasi oldindan Markaziy bank bilan kelishilgan holda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tayinlanadi. Agar tugatish komissiyasi tayinlanmagan boʻlsa, bankni tugatish boʻyicha komissiya Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan tashkil etiladi. Tugatish komissiyasining rahbari va aʼzolari ushbu Qonunning 36-moddasi talablariga muvofiq boʻlishi lozim. Markaziy bank bankni ixtiyoriy tugatishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi arizani olgan kundan eʼtiboran ikki oy ichida taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va quyidagi shartlar bajarilgan boʻlsa, bankni ixtiyoriy tugatish uchun ruxsat beradi, agar: bankni ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror qonunchilikka muvofiq qabul qilingan boʻlsa; bank toʻlovga layoqatli boʻlsa; bank tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda toʻliq va yetarli maʼlumotlar mavjud boʻlsa; taqdim etilgan tugatish rejasi kreditorlar va omonatchilarning talablari toʻliq qanoatlantirilishi uchun imkoniyatlar boʻlishini taʼminlasa; bank Markaziy bankning soʻrovnomasiga koʻra bankni ixtiyoriy tugatishga ruxsat berish shartlari bajarilganligini aniqlash uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etgan boʻlsa. Markaziy bank salbiy qaror qabul qilgan taqdirda ixtiyoriy tugatishga ruxsat berish rad etilgani toʻgʻrisidagi asoslantirilgan qarorni bankning kuzatuv kengashiga yetkazadi. Zarur hollarda Markaziy bank tugatish rejasi va jadvalining qayta koʻrib chiqilishini yoki qoʻshimcha hujjatlar va axborot taqdim etilishini talab qilishi mumkin. Markaziy bank ixtiyoriy tugatish uchun ruxsat berganidan keyin bank litsenziyasini chaqirib oladi. Agar ixtiyoriy tugatish jarayonida bank toʻlovga layoqatsiz ekanligi aniqlansa, tugatish komissiyasi zudlik bilan Markaziy bankka xabar berishi hamda bankning moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi tegishli hisobot va hujjatlarni taqdim etishi kerak. Markaziy bank ushbu moddaning oʻninchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va ushbu Qonunning 77-moddasi ikkinchi qismida koʻrsatilgan asoslardan birontasi mavjud boʻlgan taqdirda, bankning toʻlovga layoqatsizligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va majburiy tugatish jarayonini boshlab yuboradi. 80-modda. Majburiy tugatish Bank Markaziy bank boshqaruvining litsenziyani chaqirib olish toʻgʻrisidagi qarori asosida majburiy tugatiladi. Bankni majburiy tugatish chogʻida tugatish komissiyasi Markaziy bank tomonidan tayinlanadi. Markaziy bank tugatish komissiyasi tarkibiga Markaziy bank xodimlarini kiritishga haqli. 81-modda. Tugatish komissiyasining vakolatlari Tugatish komissiyasi tayinlangan paytdan eʼtiboran bank ishlarini boshqarish boʻyicha, shu jumladan bank aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi, kuzatuv kengashi va boshqaruvi vakolatlari ushbu komissiyaga oʻtadi. Tugatish komissiyasi tayinlangan sanadan eʼtiboran ikki kun ichida ommaviy axborot vositalarida, shuningdek bankning rasmiy veb-saytida bank tugatilganligi, shu jumladan uning omonatchilari va kreditorlari tomonidan talablarni qanoatlantirish toʻgʻrisidagi arizalarni berish tartibi va muddatlari toʻgʻrisidagi eʼlonni chop etishi shart. Talablarni taqdim etish muddati bank tugatilganligi toʻgʻrisidagi xabar eʼlon qilingan kundan eʼtiboran ikki oyni tashkil etadi va mazkur muddat tugaganidan soʻng tugatish komissiyasi tomonidan talablar qabul qilinmaydi. Tugatish komissiyasi qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq axborotni ham oshkor qilishi kerak. Tugatish komissiyasi litsenziya chaqirib olingan kundan eʼtiboran ikki oy ichida kreditorlarni aniqlash hamda debitorlik qarzlarini va Markaziy bankning majburiy zaxiralar jamgʻarmasida depozitga qoʻyilgan mablagʻlarni olish choralarini koʻradi. Mazkur mablagʻlar birinchi navbatda tugatilayotgan bankning qarzlarini jismoniy shaxslarning talablari asosida toʻlashga qaratiladi, bundan bankka aloqador boʻlgan shaxslar mustasno. | |
12-bob. Yakunlovchi qoidalar | 12-bob. Yakunlovchi qoidalar |
82-modda. Nizolarni hal etish | 82-modda. Nizolarni hal etish |
Bank va uning mijozlari oʻrtasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi. | Bank va uning mijozlari oʻrtasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi. |
83-modda. Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik | 83-modda. Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik |
Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi. | Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi. |