31.10.2019 yildagi PQ-4503-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank-moliya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli institutsional islohotlar doirasida moliya sektorining barqarorligini, uning global moliya tizimiga integratsiyalashuvini ta’minlash, bank xizmatlarining sifatini va ulardan foydalanish imkoniyatlarini, birinchi navbatda xususiy biznes va aholi uchun oshirish choralari ko‘rildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ulushiga ega bo‘lgan tijorat banklarida zamonaviy korporativ boshqaruv tamoyillari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, faoliyat samaradorligi va investitsiyaviy jozibadorligini oshirish orqali ularning shaklini o‘zgartirish borasidagi ishlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, bank sektorini isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ilg‘or xalqaro amaliyotni inobatga olgan holda bank sohasidagi kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy usullarini joriy etish asosida tijorat banklari xodimlarining bilimi va malakasini oshirishni taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korporativ boshqaruv, moliyaviy menejment, audit, moliyaviy xatarlarni boshqarish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, qimmatli qog‘ozlar bozori sohalarida bank sektorining yuqori malakali kadrlarini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, bank xodimlarini baholash va rag‘batlantirishning ilg‘or xalqaro tajribasini joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi kadrlari salohiyatini rivojlantirishning asosiy tamoyillari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar tayyorlashga nisbatan xalqaro standartlarga va ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan tizimli yondashuv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining boshqaruv, o‘rta va quyi bo‘g‘in xodimlari mehnatiga ularning malakasi, bilimi va aniq ish natijalaridan (KPI) kelib chiqqan holda haq to‘lashning bonusli tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uzluksizligi, o‘qitish dasturlarining zamonaviy tijorat banklari tomonidan keng foydalanilayotgan raqamli texnologiyalarga muvofiqligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli lavozim uchun talab etiladigan malaka va tajribaga ega bo‘lgan boshqaruv xodimlarini, investitsion banking, loyihaviy moliyalashtirish, xatarlarni boshqarish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘qiyotgan kadrlarga taktik va strategik istiqboldagi samarali ishlash uchun zarur bilimlarni berish va ko‘nikmalarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biznes yuritishning umumiy tamoyillarini va yagona korporativ madaniyatni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank mutaxassislari, o‘qituvchilar tarkibi va talabalarni bank ishining aniq yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy banklarda va ta’lim muassasalarida o‘qitish hamda stajirovkadan o‘tkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (keyingi o‘rinlarda — O‘zmilliybank), Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi banklarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank-moliya akademiyasini (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) O‘zmilliybank tasarrufiga o‘tkazib, uni Akademiyaning ta’sischisi etib belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018 va 2019-yillarda Akademiya magistraturasiga qabul qilingan shaxslar uchun magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha amaldagi ta’lim dasturlarini, shuningdek, Akademiyaning sarf-xarajatlarini magistraturada davlat granti asosida ta’lim olayotgan shaxslarning o‘qishi tugagunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibini saqlab qolish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zmilliybank:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2020-yilning 1-fevraliga qadar yetakchi xorijiy hamkorlarni jalb etgan holda quyidagilarni nazarda tutuvchi 2020 — 2025-yillarda Akademiyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyaning xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingidagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritilishini ta’minlagan holda uning xalqaro reytingini bosqichma-bosqich oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi xorijiy biznes-maktablar va korporativ universitetlarning aynan bir xil dasturlari asosida bank-moliya sohasi mutaxassislarini o‘qitish dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya faoliyati (Chartered Financial Analyst), xatarlarni boshqarish (Financial Risk Manager), Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha moliya hisobi (Association of Chartered Certified Accountants va Chartered Public Accountant), ichki audit (Certified Internal Auditor), boshqaruv hisobi (Certified Management Accountant) sohalarida moliya xodimlarini xalqaro professional sertifikatsiya imtihonlariga tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududlaridagi tijorat banklarining filiallari uchun qisqa muddatli kurslar, seminarlar, treninglar, davra suhbatlari, stajirovkalar, sayyor o‘quv modullari va boshqa tadbirlarni tashkillashtirish va o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion ta’lim va ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, ilmiy-pedagog kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash doirasida xorijiy sheriklar bilan hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv jarayoniga yetakchi ta’lim muassasalari va bank-moliya sektoridan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish amaliyotini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2020 — 2025-yillarda Akademiyani rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini 2020-yilning 1-martiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 31-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4503-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2019-y., 07/19/4503/3978-son)