Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Qarori
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda taʼlim olishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 28-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2691-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi boʻyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-son “Psixiatriya yordami koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2015-yil 10-iyundagi 15-mh-son, 30-son qarori (roʻyxat raqami 2691, 2015-yil 30-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 26-son, 346-modda) bilan tasdiqlangan Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda taʼlim olishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Uyda yakka tartibda taʼlim olish uchun asos boʻladigan kasalliklar roʻyxatining Psixonevrologik kasalliklar boʻlimi Kasallikning nomlanishi va patologik holatlari ustunidagi “Ruhiy kasalliklar” degan soʻzlar “Ruhiy holati buzilganligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-oktabr,
14-mh-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-oktabr,
95-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2019-y., 10/19/2691-2/3965-son)