24.10.2019 yildagi PF-5856-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.10.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, biznesni rivojlantirish uchun byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda hukumat qarorlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan, shu jumladan eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazorati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan toʻlangan jarima summasini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan qaytarib berish tartibini aniqlashtirishni hisobga olgan holda tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 24-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5856-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi PF-5856-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 20-apreldagi PF-837-son Farmoni bilan tasdiqlangan Eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazorati toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagi mazmundagi oltinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar jarimani qoʻllash masalasini koʻrib chiqish paytiga kelib, valyuta mablagʻlarining kelib tushishi yoki respublikaga tovarlarni olib kirish hamda “erkin muomalaga chiqarish” rejimida rasmiylashtirish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish taʼminlangan boʻlsa, jarima qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sudning jarima qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorini ijro etish paytiga kelib, valyuta mablagʻlarining kelib tushishi yoki respublikaga tovarlarni olib kirish hamda “erkin muomalaga chiqarish” rejimida rasmiylashtirish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish taʼminlangan boʻlsa, qoʻllanilgan jarima toʻlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jarima qoʻllanilganidan keyin 90 kunlik muddat ichida valyuta mablagʻlarining kelib tushishi yoki respublikaga tovarlarni olib kirish hamda “erkin muomalaga chiqarish” rejimida rasmiylashtirish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish taʼminlangan boʻlsa, toʻlangan jarima Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan qaytarib berilishi lozim.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oltinchi xatboshisi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5564-son Farmoni 1-bandi “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi “tashqi savdo shartnomalari boʻyicha qarzlar bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2019-y., 06/19/5856/3956-son)