Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining
buyrugʻi
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining ichki nazorati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 23-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1899-8]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-son “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2008-yil 29-noyabrdagi 2008-41-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1899, 2009-yil 6-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 66-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining ichki nazorati toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor A. NAZIROV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-oktabr,
2019-56-son
Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 14-oktabrdagi 2019-56-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining ichki nazorati toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Muqaddimadan “(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 29-30-son, 278-modda)” va “(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 31-32-son, 298-modda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 13-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Quyidagi mazmundagi 131-band bilan toʻldirilsin:
“131. I yoki II toifali malaka guvohnomasiga ega professional ishtirokchi, fond birjasi, boshqa birja fond boʻlimining nazoratchisi quyidagilardan biriga ega boʻlishi lozim:
moliyaviy-iqtisodiy, yuridik, matematik yoki axborot texnologiyalari mutaxassisliklaridan biri boʻyicha oliy maʼlumotga;
qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar, fond birjalari, boshqa birjalar fond boʻlimlarida yoki faoliyatning iqtisodiy, moliyaviy, yuridik sohalarida, axborot texnologiyalari sohasida yoxud koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalishlar boʻyicha davlat boshqaruv organlaridagi ishda oxirgi oʻn yilda kamida besh yillik ish stajiga.”.
4. 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Nazoratchi tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan holda, nazoratchi ish kunidan kechiktirmasdan aniqlangan qonunbuzilishi toʻgʻrisida professional ishtirokchisining rahbariga va qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga yozma ravishda axborot beradi.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 10/19/1899-8/3948-son)