Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Patent vakillari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 8-fevraldagi PQ-4168-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 21-oktabr,
887-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 887-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Patent vakillari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
patent vakilligiga nomzod (nomzod) — patent vakili sifatida faoliyatni amalga oshirish istagini bildirgan jismoniy shaxs;
patent vakili — ushbu Nizom talablariga muvofiq yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) hamda boshqa tashkilotlar oldida intellektual mulk obyektlariga huquqiy muhofaza olish va uni amalga oshirish masalalari boʻyicha vakillik qilish huquqi berilgan jismoniy shaxs.
2. 4-bandning uchinchi xatboshidagi “toʻrt” soʻzi “uch” soʻzi bilan almashtirilsin;
3. Quyidagi mazmundagi 61, 62 va 63-bandlar qoʻshilsin:
“61. Patent vakillarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yuqori malakali kadrlar tayyorlashni taʼminlash, ularning intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza va himoya qilish sohasidagi nazariy va amaliy bilimlarini chuqurlashtirish va yangilash, ular kasbiy tayyorgarligining zamonaviy talablarga muvofiqligini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi.
62. Intellektual mulk sohasida mutaxassislarni, shu jumladan, patent vakillarini tayyorlash, ularning bazaviy oliy maʼlumotidan qatʼi nazar Toshkent davlat yuridik universitetida magistratura yoʻnalishining “Intellektual mulk huquqi” ixtisosligi boʻyicha amalga oshiriladi.
63. Intellektual mulk sohasida mutaxassislarni, shu jumladan, patent vakillarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Qayta tayyorlash kurslarida oʻqitish davomiyligi olti oyni tashkil etadi.
Patent vakillari malakasini oshirish har besh yilda kamida bir marta, keyinchalik attestatsiyadan oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Qayta tayyorlash kurslaridan oʻtgan patent vakillariga diplom beriladi.
Malaka oshirish kurslaridan oʻtgan patent vakillariga sertifikat beriladi.
Patent vakillarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Markaz va patent vakili oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida toʻlov hisobiga amalga oshiriladi.
Patent vakillarini qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan oʻtish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ushbu Nizom talablariga muvofiq belgilanadi”.
4. II-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Patent vakilligiga nomzodni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakilini attestatsiyadan oʻtkazish”.
5. 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Nomzodni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakilini attestatsiyadan oʻtkazish Agentlik tomonidan Agentlik belgilaydigan patent vakillarini attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi”.
6. 8-bandda:
a) birinchi xatboshidagi “Attestatsiya” soʻzi “Patent vakilligiga nomzodning attestatsiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Malaka imtihoni jarayoni audio va videoyozuvda yoziladi, shuningdek Agentlikning rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida translyatsiya qilinadi”.
7. Quyidagi mazmundagi 81-band qoʻshilsin:
“81. Patent vakili attestatsiyasi patent vakillarining kasbiy malaka darajasini xolisona baholash maqsadida oʻtkaziladi.
Patent vakillari attestatsiyasi har besh yilda kamida bir marta oʻtkaziladi”.
8. 9-bandda:
a) birinchi xatboshidagi “Patent vakillarini” soʻzlari “Nomzodlarni va patent vakillarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) uchinchi xatboshidagi “nomzodning patent vakili sifatida” soʻzlari “nomzod yoki patent vakilining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) toʻrtinchi xatboshidagi “patent vakilligiga nomzodlarning” soʻzlari “nomzodlar yoki patent vakillarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) beshinchi xatboshidagi “patent vakilligiga nomzodlarning” soʻzlari “Nomzodlar yoki patent vakillari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. 10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Nomzod Agentlikka oʻzini patent vakili sifatida attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza beradi. Arizaga oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom nusxasi, intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish sohasida yoki advokat sifatida intellektual mulk obyektlariga huquqlarni himoya qilish sohasida unda zarur ish staji mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar, attestatsiyadan oʻtkazish uchun belgilangan toʻlov toʻlanganligi haqidagi hujjat, shuningdek, nomzodning istagiga koʻra uning kasb bilimlari darajasini tavsiflovchi boshqa hujjatlar ilova qilinadi.
Patent vakili Agentlikka attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza beradi.
Arizaga malaka oshirish kurslarida oʻqiganlik toʻgʻrisida sertifikat nusxasi ilova qilinadi”.
10. 11-bandda:
a) birinchi xatboshidagi “Shaxslar” soʻzi “Nomzodlar yoki patent vakili” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ikkinchi xatboshidagi “Patent vakilligiga nomzod” soʻzlari “Nomzod yoki patent vakili” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11. 12-banddagi “shaxslar” soʻzi “nomzodlar yoki patent vakili” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12. 13-bandda:
a) birinchi xatboshidagi “patent vakilligiga nomzodni” soʻzlari “nomzod yoki patent vakilini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) “b” kichik bandning ikkinchi xatboshidagi “patent vakilligiga nomzod” soʻzlari “nomzod yoki patent vakili” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. 14-bandning birinchi xatboshidagi “Patent vakilligiga nomzod” soʻzlari “Nomzod yoki patent vakili” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14. 15 va 16-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Attestatsiyadan oʻtgan patent vakilini Patent vakillari davlat reyestrida (bundan keyin — reyestr) roʻyxatdan oʻtkazish uning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
16. Agentlik reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn kun mobaynida patent vakiliga attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma beradi va roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarini Agentlikning rasmiy axborotnomasida eʼlon qiladi. Guvohnoma shakli va eʼlon qilinadigan maʼlumotlar tarkibi Agentlik tomonidan belgilanadi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/887/3944-son)