Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 05.04.1995 yildagi 121-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1995-YIL 11-YANVARDAGI 11- SON QARORINI QISMAN OʻZGARTIRISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qaroriga oʻzgartirish kiritilib, 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Avtomobil vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish hujjatlarini rasmiylashtirganlik uchun stavka hamda hududga kirganlik uchun olinadigan toʻlov, viza va boj yigʻimlaridan tashqari, 100 AQSH dollari miqdorida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻimlarni undirish bevosita bojxona postlarida bank boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi va olingan mablagʻlar AQSH dollarida Respublika yoʻl fondining valyuta schyotiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish hujjatlarini rasmiylashtirish, hududga kirganlik uchun yigʻimlarning toʻlanganligini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining bojxona xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, tushgan valyuta mablagʻlari “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni tomonidan tranzit magistral yoʻllarni tuzatish va saqlash uchun chet ellarda ishlab chiqarilgan yoʻl texnikasi, asbob-uskunalar, texnologiyalar va materiallarni sotib olish, shuningdek, chet ellarda yoki xorijiy firmalar mutaxassislarini respublikaga taklif etgan holda malakali kadrlar tayyorlash maqsadida foydalaniladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-band chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 5-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121-son