18.10.2019 yildagi 882-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzbekistan Airways” AJ vakolatxonalarining xorijda ochilgan hisobraqamlarining amal qilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzbekistan Airways” AJ vakolatxonalari hisob-kitoblari tizimining shaffofligini, valyuta operatsiyalarining oʻz vaqtida va toʻgʻri hisobga olinishini, shuningdek, “Uzbekistan Airways” AJning xorijdagi vakolatxonalari faoliyatidan olingan tushumlarning respublika tijorat banklaridagi hisobraqamlarga tushishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2020-yil 1-yanvardan boshlab “Uzbekistan Airways” AJning xorijdagi vakolatxonalarining barcha tushumlari (ekspluatatsiya xarajatlari va vakolatxonalarni saqlash xarajatlaridan tashqari) majburiy tartibda Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi hisobraqamlarga tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Uzbekistan Airways” AJ vakolatxonalarining ekspluatatsiya xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank va Transport vazirligi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi vakolatxonalari hisobraqamlarining amal qilish tartibi toʻgʻrisida” 1999-yil 23-iyuldagi 360-son qaroriga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar kiritish haqida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 18-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
882-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2019-y., 09/19/882/3937-son)