14.10.2019 yildagi 868-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 13-maydagi PF-5715-son Farmoni ijrosini taʼminlash, respublika ipoteka bozorini bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida qoʻshimcha rivojlantirish va yangi moliyaviy vositalarni tatbiq etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 13-maydagi PF-5715-son Farmonida respublikada aksiyadorlik jamiyati shaklidagi ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasini tashkil qilish va 2019-yilda uning faoliyat koʻrsatishini yoʻlga qoʻyish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Markaziy banki va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining boshlangʻich ustav kapitali miqdori 25,0 mlrd soʻm boʻlgan aksiyadorlik jamiyati shaklidagi qayta moliyalashtirish kredit tashkiloti — Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasini (keyingi oʻrinlarda kompaniya deb ataladi) taʼsis etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kompaniya ustav kapitalida davlat nomidan aksiyador sifatida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniya ustav kapitalida 25 mlrd soʻm miqdordagi davlat ulushi Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajaratiladigan mablagʻlar hisobidan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar kompaniyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy va xalqaro kapital bozorlarida moliyaviy resurslarni, shu jumladan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlarini jalb qilish va keyinchalik ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishga yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining arzon uy-joylarga ortib borayotgan ehtiyojini qanoatlantirish uchun bozor tamoyillari asosida tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar, shu jumladan ipoteka qimmatli qogʻozlarni chiqarish va investorlar oʻrtasida joylashtirishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka krediti tizimini takomillashtirishga koʻmaklashish, ipoteka bozorini rivojlantirishning zamonaviy uslub va vositalarini tatbiq etish, ipoteka krediti va ipoteka qimmatli qogʻozlar bozorida likvidlilikni oshirish va tavakkalchilikni kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka krediti va qayta moliyalashtirish sohasidagi metodologik hamda normativ-huquqiy bazani, shu jumladan xorijiy ekspert va mutaxassislarni jalb qilgan holda ishlab chiqishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Kapital bozorini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda kompaniyani davlat roʻyxatidan oʻtkazish, uning korporativ hujjatlarini tasdiqlash, shuningdek, boshqaruv va nazorat organlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash boʻyicha tegishli tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklariga ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish tartibi, qayta moliyalashtirish uchun tijorat banklarini tanlash mezonlari, shuningdek, ipoteka kreditlarini qarzga oluvchilarni tanlab olish shartlari toʻgʻrisidagi nizomlarni xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini inobatga olgan holda ishlab chiqish va tasdiqlashda kompaniyaga yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kompaniya emissiya qimmatli qogʻozlarni chiqarishni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qimmatli qogʻozlarni chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun yigʻimlar toʻlashdan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda kompaniyani joylashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 14-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
868-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2019-y., 09/19/868/3913-son)