Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5843-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, respublika davlat organlari va tashkilotlarida kadrlar maʼmuriyatchiligining zamonaviy usullarini ilgʻor xalqaro standartlarga muvofiq joriy etish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi filiallarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi) direktoriga quyidagi huquqlar berilsin:
zarur hollarda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, shu jumladan uning markaziy apparati tashkiliy tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan soni hamda mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga yuklangan vazifalar ijrosini taʼminlash doirasida malakali va yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijda yashayotgan vatandoshlarni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining rahbar lavozimlariga va maslahatchilar sifatida jalb qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xodimlari uchun lavozim maoshlariga (tarif stavkalariga) ustamalar va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarni belgilash.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Jamgʻarma mablagʻlari;
xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik koʻmak vositalari va grantlari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. Belgilansinki:
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori uch nafar oʻrinbosarga, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega boʻlib, ular Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosariga, direktor oʻrinbosari esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
davlat fuqarolik xizmatchilaridan iborat boʻlgan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xodimlari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlari uchun belgilangan moddiy ragʻbatlantirish va mehnatga haq toʻlash, tibbiy xizmat koʻrsatish shartlari tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sh.D. Kudbiyev ikki oy muddatda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligini zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur kasbiy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirishni taʼminlasin.
7. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga quyidagi vakolatlar berilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi boʻyicha qonun hujjatlarining soʻzsiz bajarilishini, zarur hollarda huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari xodimlarini jalb qilgan holda oʻrganish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat organlari va tashkilotlariga davlat fuqarolik xizmati sohasida ishlarni takomillashtirish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni belgilangan tartibda kiritish;
davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslariga davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, davlat fuqarolik xizmatchilarining huquq va qonuniy manfaatlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida yozma ogohlantirish eʼlon qilish;
davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlaridan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa maʼlumotlarni soʻrash va olish;
davlat organlari va tashkilotlarining davlat fuqarolik xizmati masalalarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq majlislari, yigʻilishlari va hayʼat majlislarida ishtirok etish;
oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun, zarur hollarda, davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tuzish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi qonun hujjatlariga zid hujjatlarini toʻxtatish yoki bekor qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar boʻlinmalari respublikada kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmatining zamonaviy tamoyillarini joriy etishda eng muhim boʻgʻin hisoblanadi.
Quyidagilar davlat organlari va tashkilotlari kadrlar boʻlinmalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda kadrlarni saralab olish va joy-joyiga qoʻyishning maksimal darajada shaffof va adolatli tartibini joriy etish;
muvaffaqiyatli xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda menejmentning zamonaviy tizimlari asosida kadrlar bilan ishlash mexanizmini takomillashtirish;
kadrlarni boshqarish sohasida xodimlar tarkibining son va sifat xususiyatlari davlat organlari va tashkilotlari oldida turgan vazifalarga muvofiq kelishiga erishish va uni saqlab qolishga yoʻnaltirilgan siyosatni shakllantirish va amalga oshirish;
davlat organlari va tashkilotlarning mehnat resurslariga boʻlgan ehtiyojlarini davlat organlari va tashkilotlari oldida turgan vazifalarga, ularni rivojlantirish strategiyalariga, shuningdek, mehnat bozoridagi oʻzgarib borayotgan tashqi va ichki konyunkturaga mos ravishda qanoatlantirish;
davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun mansab pogʻonalaridan koʻtarilishda mehnat faoliyatini axloq-iroda sifatlari, iqtidori va koʻnikmalarini obyektiv baholashga asoslangan teng imkoniyatlar yaratish;
kadrlar salohiyatini doimiy rivojlantirish va maksimal toʻliq ishtirok etishini taʼminlash asosida davlat organlari va tashkilotlari oldida turgan vazifalarga erishishda har bir xodimning shaxsiy hissasini oshirishda koʻmaklashish;
davlat fuqarolik xizmatchilarida yuksak kasbiy odob-axloqni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga toqat qilib boʻlmaydigan munosabatni shakllantirish boʻyicha taʼsirchan choralarni koʻrish;
muntazam asosda kadrlarning professional darajasini oshirish, bunda ularning uzluksiz taʼlim olishini (sohaga oid va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda), shu jumladan xorijda tashkil etish.
9. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan birgalikda uch oy muddatda davlat organlari va tashkilotlarining oʻrta va quyi boʻgʻinidagi eng istiqbolli xodimlarning kamida 1000 nafarini 3 oydan 6 oygacha boʻlgan muddatda Koreya Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Yevropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan xorijiy davlatlarga stajirovkaga bosqichma-bosqich yuborish boʻyicha besh yilga moʻljallangan dastur ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Belgilansinki:
xorijiy stajirovkani oʻtayotgan shaxslarga, stajirovka oʻtayotgan mamlakatdagi Oʻzbekiston Respublikasi elchisi mehnatiga haq toʻlash miqdorining 60 foizi miqdorida oʻrtacha oylik ish haqi toʻlanadi;
xorijiy stajirovkani oʻtash uchun yuborilayotgan shaxslar hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va yuborayotgan davlat organi yoki tashkiloti oʻrtasida tomonlarning majburiyatlari, shu jumladan yuborilayotgan shaxs tomonidan stajirovka tugagandan soʻng davlat organi va tashkilotida kamida ikki yil ishlab berish majburiyati bayon etilgan kontrakt tuziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur bandni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Jamgʻarma mablagʻlari, xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa donorlarning texnik koʻmagi va grantlari hisobidan qoplanadi.
10. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, yangi kompetensiyalarni oʻrgatishni tashkil etish maqsadida ilgʻor jahon standartlari asosida jihozlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari malakasini oshirish markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ikki oy muddatda ushbu bandning amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsin.
11. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 43-uy, 1-korpus manzili boʻyicha joylashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-yilda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi taʼminoti uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida mablagʻlar ajratsin hamda 2020-yildan boshlab har yili zarur budjet mablagʻlarini nazarda tutsin, shuningdek, 6 dona, shu jumladan 4 dona shaxsiy biriktirilgan xizmat yengil avtomobillarini saqlash uchun limit belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi filiallarini joylashtirish va ularga har bir hududga 1 dona avtotransport hisobidan xizmat avtotransport vositalari xarid qilish uchun zarur boʻlgan pul mablagʻlari ajratilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va uning filiallarini yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulanishini, shuningdek, zarur aloqa, jumladan hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 3-oktabr,
PQ-4472-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi PQ-4472-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining
TASHKILIY TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi PQ-4472-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi markaziy apparatining
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 238 nafar (130 nafar — 2019-2020-yillarda), shundan 98 nafari (60 nafari — 2019-2020-yillarda) — markaziy apparat, 140 nafari (70 nafari — 2019-2020-yillarda) — filiallar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi PQ-4472-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi filiallarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi PQ-4472-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi)ning maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va masʼuliyati, faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga bevosita boʻysunadi va unga hisob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat organlari va tashkilotlarida inson resurslarini rivojlantirish hamda xodimlarni boshqarish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan davlat fuqarolik xizmati ishlari boʻyicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi oʻz nomi yozilgan va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan muhr va blanklarga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy hisobvaraqlariga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining rasmiy nomlanishi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, qisqartirilgan nomi — Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi;
b) ingliz tilida:
toʻliq nomi — Agency for the Development of Public Service Under the President of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Public Service Agency;
v) rus tilida:
toʻliq nomi — Agentstvo razvitiya gosudarstvennoy slujbi pri Prezidente Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — ARGOS.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi joylashgan joy (pochta manzili): Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 43-uy, 1-korpus.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining tuzilmasi
9. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tizimiga quyidagilar kiradi:
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining markaziy apparati;
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining filiallari.
10. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi filiallari yuridik shaxs tashkil etmasdan mahalliy ijro hokimiyati organlaridan, boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda hamda bevosita Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga boʻysungan holda faoliyat yuritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va uning filiallari asosiy vazifalari hamda funksiyalari
Keyingi tahrirga qarang.
11. Quyidagilar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
davlat fuqarolik xizmati transformatsiyasining gʻoyaviy platformasini, uni rivojlantirish dasturlari va loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmati sohasida yagona siyosatning amalga oshirilishini taʼminlash;
davlat organlari va tashkilotlarining davlat kadrlar siyosati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish jarayonlari va istiqbollarini monitoring va tahlil qilish hamda ushbu sohadagi muammolar va tahdidlarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
ochiqlik, professionallik va hisobdorlik tamoyillariga asoslangan xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishning innovatsion usullarini joriy etish;
Milliy kadrlar zaxirasini boshqarish, Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestrini yuritish, shuningdek, davlat xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalini tashkil etish va yuritish;
davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholashning oʻlchanadigan indikatorlari (eng muhim koʻrsatkichlari) tizimini joriy etish va ularning natijalarini tahlil qilish, jamoatchilik fikrini oʻrganish hamda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining ochiq reytingini shakllantirish;
malakali va yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijda yashayotgan vatandoshlar orasidan aniqlash va jalb etish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatiga iqtidorli yoshlar va xotin-qizlarni keng jalb etish boʻyicha tizimli ishlarni olib borish;
eng istiqbolli kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga ochiq mustaqil tanlov asosida qabul qilishni tashkillashtirish;
davlat fuqarolik xizmatchilarida yuksak kasb etikasi, korrupsiyaga toqatsiz munosabatni va unga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish;
davlat fuqarolik xizmati sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va uni izchil takomillashtirib borish, davlat fuqarolik xizmatchilari shaxsiy maʼlumotlarining xavfsizligini taʼminlagan holda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
davlat fuqarolik xizmatchilarining ish beruvchilar bilan oʻzaro munosabatlarida ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Keyingi tahrirga qarang.
a) davlat fuqarolik xizmati transformatsiyasining gʻoyaviy platformasini, uni rivojlantirish dasturlari va loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmati sohasida yagona siyosatning amalga oshirilishini taʼminlash sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
zamon talablari va xalqaro standartlarga muvofiq davlat fuqarolik xizmati transformatsiyasining gʻoyaviy platformasi va davlat fuqarolik xizmati sohasidagi siyosatning asosiy yoʻnalishlarini shakllantirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirishga, xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish sohasida ilgʻor xalqaro standartlar va eng yaxshi xorij amaliyotlarini joriy etishga qaratilgan davlat dasturlari hamda loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
davlat organlari va tashkilotlarining tashkiliy tuzilmasini ularning boʻlinmalari ishini samarali tashkil etish, bir-birini takrorlovchi vazifa va funksiyalarni bekor qilish nuqtai nazaridan tahlil qiladi va ular faoliyatini optimallashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;
davlat fuqarolik xizmati, shu jumladan kadrlarga oid ish yuritish, davlat fuqarolik xizmatchilarining maʼlumotlar bazasini shakllantirish masalalarida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqadi hamda ularni belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun kiritadi;
davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirishga oid takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda davlat organlari va tashkilotlariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlarni taqsimlaydi, ulardan samarali, maqsadli va oqilona foydalanilishini nazorat qiladi;
b) davlat organlari va tashkilotlarining davlat kadrlar siyosati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirishga oid boshqa masalalar boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bilan ishlash boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
davlat fuqarolik xizmati masalalarida davlat organlari va tashkilotlariga tushuntirishlar beradi va zarur yordam koʻrsatadi;
davlat fuqarolik xizmati kadrlarini shaffof ravishda va adolatli saralab olish hamda joy-joyiga qoʻyishni taʼminlash, davlat organlari va tashkilotlarining malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar ishlab chiqadi;
kadrlar tarkibining son va sifat jihatidan davlat organlari va tashkilotlarining maqsadlariga muvofiq kelishiga erishish va uni saqlab qolishda davlat organlari va tashkilotlariga koʻmaklashadi;
v) davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish jarayonlari va istiqbollarini monitoring va tahlil qilish hamda ushbu sohadagi muammolar va tahdidlarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
davlat fuqarolik xizmati sohasida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini tizimli asosda monitoring qiladi, aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni bartaraf etish choralarini koʻradi;
davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish jarayonlari va istiqbollarini tahlil qiladi va uning natijalari boʻyicha sohadagi nuqsonlarni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni tayyorlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat organlari va tashkilotlarining mehnat resurslariga boʻlgan son va sifat jihatidan haqiqiy talab-ehtiyojlarini oʻrganadi va prognozlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat fuqarolik xizmati sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning taʼsiri samaradorligini baholaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat fuqarolik xizmatining holati, rivojlanish jarayonlari va istiqbollari, ushbu sohadagi qonunchilik ijrosining borishi toʻgʻrisida axborot-tahliliy materiallar tayyorlaydi;
davlat fuqarolik xizmati statistikasini yuritadi, davlat fuqarolik xizmatchilarining markazlashtirilgan hisobini yuritadi;
axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash uchun davlat fuqarolik xizmati sohasidagi statistik hisobot shakllarini ishlab chiqadi;
g) xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishga innovatsion uslublarni joriy etish sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
maqsadli koʻrsatkichlarga erishish samaradorligi va natijadorligi nuqtai nazaridan davlat organlari va tashkilotlarining inson resurslari va kadrlar salohiyatidan foydalanishini baholaydi;
davlat organlari va tashkilotlari jamoalarida axloqiy-ruhiy holatni oʻrganadi, muhitning yomonlashuviga imkon yaratayotgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlaydi, ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
kadrlar oʻz salohiyatini toʻla-toʻkis namoyon etishi uchun munosib shart-sharoitlarni yaratishda davlat organlari va tashkilotlariga koʻmaklashadi;
kadrlarning professional sifatlar va xizmatlarni adolatli hamda xolisona baholashga asoslangan lavozim boʻyicha oʻsishida davlat organlari va tashkilotlarida teng imkoniyatlar taʼminlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
kadrlarning mehnat salohiyatini doimiy rivojlantirish va uni toʻliq ishga solish asosida davlat organi va tashkiloti maqsadlariga erishishda har bir xodimning shaxsiy hissasini oshirishda koʻmaklashadi;
inson resurslarini boshqarish va kadrlar salohiyatini oshirishning innovatsion uslublarini izlaydi va oʻrganadi, keyinchalik ularni Oʻzbekiston sharoitida tatbiq etadi;
eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (EMSK) asosida davlat xizmatchilari faoliyatining natijadorligini baholash tartibini belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat fuqarolik xizmatchilarining raqobatbardoshligini inobatga olgan holda inson resurslarini boshqarishga innovatsiyalarni joriy etish va kadrlar salohiyatini oshirish natijalarini baholash metodikasini ishlab chiqadi;
davlat fuqarolik xizmatiga innovatsion uslublarni tatbiq qilish, davlat fuqarolik xizmatchilari ishida buyruqbozlikka barham berishning samarali yoʻllari va mexanizmlarini belgilaydi;
kadrlarning professional darajasini (sohaga oid va yuqori malakali mutaxassislarni jalb etgan holda) muntazam ravishda oshirib borishni tashkillashtiradi, shu jumladan xorijiy davlatlarda;
Keyingi tahrirga qarang.
d) Milliy kadrlar zaxirasini boshqarish, Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestrini yuritish sohasida:
Milliy kadrlar zaxirasini boshqarish va Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri yuritilishini taʼminlaydi;
barcha toifalardagi davlat fuqarolik xizmatchilari Davlat xizmati lavozimlarining davlat reyestri bilan qamrab olinganligini tahlil etadi;
Milliy kadrlar zaxirasiga kiritish uchun davlat xizmatchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻz vaqtida, toʻliq va haqqoniy taqdim etilishi yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bilan ishlash boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Milliy kadrlar zaxirasi va Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri yuritilishini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalini tashkil etadi va uning doimiy yangilangan holatda boʻlishini taʼminlaydi;
e) davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradoriligini baholashning oʻlchanadigan indikatorlari (eng muhim koʻrsatkichlari) tizimini joriy etish va ularning natijalarini tahlil qilish:
davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini baholash maqsadida foydalaniladigan oʻlchanadigan indikatorlar (eng muhim koʻrsatkichlar) ishlab chiqilishini taʼminlaydi;
oʻlchanadigan indikatorlar (eng muhim koʻrsatkichlar)ni ishlab chiqish, shuningdek, ularning natijalarini tahlil qilish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga rahbarlik qiladi va uslubiy yordam koʻrsatadi;
davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligining oʻlchanadigan indikatorlari (eng muhim koʻrsatkichlar) koʻrsatgan natijalar tahlilining xolisligi va haqqoniyligini nazorat qiladi;
davlat fuqarolik xizmatchilari koʻrsatgan oʻlchanadigan indikatorlar (eng muhim koʻrsatkichlar) natijalarini tahlil qiladi;
davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatidan qoniqish darajasini baholashning zamonaviy uslublaridan foydalanadi, shu jumladan jamoatchilik fikrini oʻrganadi, statistika va ijtimoiy tadqiqotlarni tahlil qiladi;
davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholash yakunlari boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining ochiq reytingini shakllantiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
j) malakali va yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijda yashayotgan vatandoshlar orasidan aniqlash va jalb etish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatiga iqtidorli yoshlar va xotin-qizlarni keng jalb etish sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
istiqbolli mutaxassislar, shu jumladan yoshlar va xotin-qizlar, xorijda yashayotgan vatandoshlar orasida davlat fuqarolik xizmatining ijobiy timsolini shakllantirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlaydi;
davlat organlari va tashkilotlariga malakali va yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish borasida davlat organlari va tashkilotlaridagi ishlar holatini monitoring qiladi;
muhim ilmiy va amaliy tajribaga ega boʻlgan, chet ellardagi nufuzli sanoat, moliya, ilmiy-tadqiqot, taʼlim va boshqa tashkilotlarda ishlayotgan vatandoshlar bilan aloqa oʻrnatadi;
davlat fuqarolik xizmatchilari lavozimlarida ishlash uchun talab yuqori boʻlgan xorijlik olimlar, oʻqituvchilar, muhandislar va boshqa mutaxassislarni jalb etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va ularni jalb etish boʻyicha choralar koʻradi;
Keyingi tahrirga qarang.
malakali va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash sohasida rivojlangan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning nufuzli taʼlim va ilmiy markazlari bilan aloqalarni izchil yoʻlga qoʻyish va ular bilan hamkorlikni rivojlantirishni taʼminlaydi;
ilgʻor xorijiy taʼlim muassasalarida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish va xorijiy mutaxassislarni jalb etish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
z) eng istiqbolli kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga ochiq mustaqil tanlov asosida qabul qilishni tashkillashtirish sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
oʻz amaliyoti va ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda davlat fuqarolik xizmatiga saralab olishning asosiy parametrlarini ishlab chiqadi va takomillashtiradi;
mustaqillik, odillik va shaffoflik tamoyillari asosida Milliy kadrlar zaxirasiga kadrlarni tanlov asosida qabul qilishni tashkillashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat fuqarolik xizmatiga tanlov asosida saralab olishni oʻtkazish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bilan ishlash boʻlinmalari ishini muvofiqlashtiradi;
tanlov asosida davlat fuqarolik xizmatiga kirayotgan davlat xizmatchilarining xizmatga oid faoliyatini monitoring qiladi, shu jumladan ularni davlat xizmatidan boʻshatish toʻgʻrisidagi masalani kelishadi;
Keyingi tahrirga qarang.
i) davlat fuqarolik xizmatchilarida yuksak kasb etikasi, korrupsiyaga toqatsiz munosabatni va unga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish sohasida;
davlat fuqarolik xizmatchilarida yuksak kasb etikasini, korrupsiyaga toqatsiz munosabatni va unga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish boʻyicha taʼsirchan choralarni koʻradi;
davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat fuqarolik xizmatchilariga yuksak maʼnaviy va axloqiy fazilatlarni singdirish dasturlari ishlab chiqilishini taʼminlaydi;
davlat fuqarolik xizmatchilarining oilasida sogʻlom axloqiy-ruhiy muhitni shakllantirish, oilaviy mojarolarning davlat fuqarolik xizmatini oʻtashga taʼsir qilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tizimli tushuntirish ishlarini tashkillashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
k) davlat fuqarolik xizmatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va uni takomillashtirish hamda davlat fuqarolik xizmatchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish sohasida:
davlat fuqarolik xizmatining yagona elektron axborot-tahliliy tizimi faoliyat yuritishini taʼminlaydi;
Milliy kadrlar zaxirasi, boʻsh ish oʻrinlari va lavozimlarni egallash uchun tanlovlar, davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining son va sifat tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning axborot bazasini shakllantiradi;
inson resurslarini boshqarish va kadrlar salohiyati darajasini oshirish milliy axborot tizimini rivojlantirish va takomillashtirishning eng muhim yoʻnalishlarini ishlab chiqadi;
davlat xizmati elektron axborot-tahliliy tizimining boshqa davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi;
davlat xizmatchilari shaxsiy maʼlumotlarining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tizimli choralarni koʻradi;
l) davlat fuqarolik xizmatchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ularning mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashish sohasida:
davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonun talabini buzgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda davlat organlari va tashkilotlariga takliflar kiritadi;
davlat fuqarolik xizmatchilarini huquqiy va ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy va ijtimoiy kafolatlarini mustahkamlash boʻyicha takliflar tayyorlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi filiallarining inson resurslarini rivojlantirish hamda hududlardagi davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini boshqarishga yoʻnaltirilgan asosiy vazifalari va funksiyalari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining huquqlari va javobgarligi
Keyingi tahrirga qarang.
1-§. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining huquq va majburiyatlari
Keyingi tahrirga qarang.
14. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Keyingi tahrirga qarang.
davlat fuqarolik xizmatchilarining huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etish boʻyicha qonun hujjatlarining soʻzsiz ijro etilishini, shu jumladan huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari xodimlarini jalb etgan holda oʻrganish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat organlari va tashkilotlariga davlat fuqarolik xizmati sohasida ishlarni takomillashtirish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni belgilangan tartibda kiritish;
davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslariga davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, davlat fuqarolik xizmatchilarining huquq va qonuniy manfaatlarining buzilishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida yozma ogohlantirish eʼlon qilish;
davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlaridan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa maʼlumotlarni soʻrash va olish;
davlat organlari va tashkilotlarining davlat fuqarolik xizmati masalalarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq majlislari, yigʻilishlari va hayʼat majlislarida ishtirok etish;
oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun, zarur hollarda, davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tuzish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi qonun hujjatlariga zid hujjatlarini toʻxtatish yoki bekor qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
davlat fuqarolik xizmati sohasida ilmiy va amaliy tadqiqotlar hamda ishlanmalarni amalga oshirish boʻyicha loyihalarni saralab olish uchun tanlovlar eʼlon qilish va tanlov komissiyalarini tuzish;
davlat fuqarolik xizmati sohasidagi ilmiy va amaliy tadqiqotlarga yoʻnaltiriladigan budjet moliyaviy resurslarini taqsimlashda ishtirok etish;
davlat fuqarolik xizmati sohasidagi kadrlarni tayyorlash, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, yangi kompetensiyalarni oʻrgatish uchun belgilangan tartibda idoraviy ilmiy va oʻquv markazlarini tashkil etish;
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish va davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish masalalarini yoritish uchun matbuot organlarini taʼsis etish;
oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va uning idoraviy tuzilmalariga tegishli davlat mulkini belgilangan tartibda begʻaraz foydalanish huquqi bilan bir boʻlinmadan boshqa boʻlinmaga topshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, uning tarkibiy boʻlinmalari hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tizimiga kiruvchi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash choralarini koʻrish;
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlariga muvofiq Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ijtimoiy infratuzilmasini barpo etish va takomillashtirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishi yuzasidan javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-§. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi filiallarining huquq va majburiyatlari
Keyingi tahrirga qarang.
16. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi filiallari quyidagi huquqlarga ega:
Keyingi tahrirga qarang.
davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining soʻzsiz ijro etilishini, shu jumladan davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalarida davlat fuqarolik xizmatchilarining huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini oʻrganish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalarining mansabdor shaxslariga davlat fuqarolik xizmatchilarining huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etish boʻyicha qonun hujjatlarining buzilishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida yozma ravishda ogohlantirishlar eʼlon qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalari rahbarlariga aniqlangan qonun hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha belgilangan muddatlarda ijro etilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalaridan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa maʼlumotlarni soʻrash va olish;
davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalarining davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish, davlat fuqarolik xizmatchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq majlislari, yigʻilishlari, hayʼatlarida ishtirok etish.
17. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi filiallari quyidagi majburiyatlarga ega:
davlat fuqarolik xizmati sohasidagi qonun hujjatlari, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari, shuningdek, zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan taʼsirchan nazoratni amalga oshirish;
tegishli hududda davlat fuqarolik xizmatining holati toʻgʻrisida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga haqqoniy tahliliy va boshqa axborotni taqdim etish.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi rahbarlarining funksional majburiyatlari
Keyingi tahrirga qarang.
18. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq uning rahbarlari quyidagi funksional majburiyatlarni bajaradilar:
a) Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori:
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javobgar boʻladi;
oʻz oʻrinbosarlari hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, uning filiallari va idoraviy tashkilotlari boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini hamda shaxsiy javobgarlik darajasini belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻz vakolati doirasida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, uning filiallari va idoraviy tashkilotlarining xodimlari tomonidan ijro etilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va boshqa qarorlar qabul qiladi;
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi markaziy apparatining xarajatlar smetasini va belgilangan shtatlar soni doirasida shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;
belgilangan shtatlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi markaziy apparatining tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi;
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va uning filiallari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
ijro intizomiga, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonun hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqish muddatlari va tartibiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksional majburiyatlarni bajaradi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori oʻrinbosarlari:
davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va sifatli tayyorlashni tashkil etish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining topshiriqlariga binoan davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirishga oid dasturiy hujjatlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi;
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga muvofiq Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining tegishli boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
oʻzlari mutasaddilik qilayotgan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarida kadrlar zaxirasini shakllantirish boʻyicha ishlarni tizimli asosda tashkillashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlari va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining qarorlariga muvofiq boshqa funksional majburiyatlarni bajaradi;
v) Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari:
tarkibiy boʻlinma toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq aniq yoʻnalishlar boʻyicha vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlaydi;
oʻzlari muvofiqlashtirayotgan sohalarning rivojlanish holatini baholaydi va amalga oshirishning samarali mexanizmlari bilan ularni yanada rivojlantirish boʻyicha aniq takliflarni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi rahbariyatiga kiritadi;
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi rahbariyatining buyruqlari, farmoyishlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlaydi;
qonun hujjatlari va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining qarorlariga muvofiq boshqa funksional majburiyatlarni bajaradi;
g) Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi filiallarining rahbarlari:
yuklatilgan vazifalarga, shuningdek, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi rahbariyatining topshiriqlariga muvofiq filiallarning faoliyatini tashkil etadilar;
hududda davlat fuqarolik xizmatining rivojlanishi, davlat fuqarolik xizmatchilarining huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi holatiga baho beradi va zarur hollarda, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi rahbariyatiga tegishli takliflarni kiritadi;
qonun hujjatlari va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining qarorlariga muvofiq boshqa funksional majburiyatlarni bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi rahbarlarining javobgarligi
Keyingi tahrirga qarang.
19. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori:
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Nizom va boshqa qonun hujjatlari bilan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi zimmasiga yuklangan vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi, shuningdek, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
amalga oshirilayotgan dasturlar, strategiya va konsepsiyalarda koʻzlangan natijalarga erishilishi, ularning davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirishga taʼsiri;
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tizimida ijro intizomiga rioya etilishi yuzasidan javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Direktor oʻrinbosarlari:
ishonib topshirilgan yoʻnalishlar va sohalar boʻyicha vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida bajarilishi hamda natijadorligi;
mutasaddilik qilinayotgan yoʻnalishlar boʻyicha sohalarning barqaror rivojlanishini taʼminlashga oid koʻrilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi yuzasidan javobgar boʻladi.
21. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi filiallarining boshliqlari:
Keyingi tahrirga qarang.
yuklatilgan vazifa va funksiyalarning sifatli bajarilishini tashkil etish;
tegishli hududda davlat fuqarolik xizmati sohasidagi qonunchilik, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi rahbarlarining topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan taʼsirchan nazoratni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli hududda davlat fuqarolik xizmatining holati toʻgʻrisida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga haqqoniy tahliliy va boshqa axborotlarni oʻz vaqtida taqdim etish yuzasidan javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7-bob. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish
Keyingi tahrirga qarang.
1-§. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi rahbariyati
Keyingi tahrirga qarang.
22. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi — Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori rahbarlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan uch nafar oʻrinbosarlarga, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining davlat fuqarolik xizmatchilaridan iborat boʻlgan xodimlari, shu jumladan uning filiallari boshliqlari va xodimlari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
2-§. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hayʼati, boshqa kengash va konsultativ ekspert organlari
Keyingi tahrirga qarang.
24. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligida direktor, direktorning birinchi oʻrinbosari, direktor oʻrinbosarlari, shuningdek, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi uning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
Hayʼat:
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va topshiriqlari sifatli bajarilishini tashkil etish;
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish dasturlari, strategiya va konsepsiyalarini amalga oshirishning samaradorligini baholash bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi.
Hayʼat Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hayʼatining yigʻilishlariga davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari taklif etiladi.
Hayʼat uning tarkibidagi aʼzolar yarmidan koʻprogʻi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hayʼat qarorlari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining buyruqlari va hayʼat bayonnomalari bilan amalga oshiriladi. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori bilan hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan taqdirda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori mustaqil ravishda qaror qabul qiladi.
Hayʼat faoliyatining tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi huzurida direktorning birinchi oʻrinbosari (Kengash rahbari), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi alohida tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, jamoatchilik hamda fuqarolik jamiyati institutlarining taniqli vakillaridan iborat tarkibda Davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish boʻyicha jamoatchilik kengashi tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jamoatchilik kengashining aʼzolari soni, shaxsiy tarkibi va nizomi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jamoatchilik kengashi majlisida qabul qilingan qaror asosida Kengash raisiga uning shaxsiy tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
Quyidagilar Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
davlat fuqarolik xizmatini yanada rivojlantirishga, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchisining maqomi oshirishga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalarni muhokama qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish, davlat fuqarolik xizmatchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlarni taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va dasturiy hujjatlarning amaliy ijrosi mexanizmlarini tanqidiy koʻrib chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirishning qonunchilik bazasini takomillashtirishga oid takliflarni ishlab chiqishda, shu jumladan ishlab chiqilayotgan va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga koʻrib chiqish uchun kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini muhokama qilish yoʻli bilan ishtirok etish.
Keyingi tahrirga qarang.
8-bob. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyati samaradorligini baholash mezonlari
Keyingi tahrirga qarang.
26. Quyidagilar:
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori, direktorning birinchi oʻrinbosari, direktor oʻrinbosarlari, markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining boshliqlari faoliyati samaradorligi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan belgilanadigan faoliyat samaradorligini baholashning integratsiyalashgan koʻrsatkichlari asosida baholanadi;
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi filiallari boshliqlari va xodimlarining faoliyati samaradorligi — Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadigan faoliyat samaradorligini baholash koʻrsatkichlari asosida baholanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9-bob. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini moliyalashtirish va uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish
Keyingi tahrirga qarang.
27. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining xodimlari uchun belgilangan moddiy ragʻbatlantirish va mehnatga haq toʻlash, tibbiy xizmat koʻrsatish shartlari tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va uning filiallari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning asosiy turlari quyidagilardan iborat:
Keyingi tahrirga qarang.
oylik, choraklik, yarim yillik, yillik ish yakunlari boʻyicha prognoz koʻrsatkichlarni bajarganlik va oshirib bajarganlik uchun, shuningdek, bayram kunlari mukofotlash;
alohida muhim topshiriqlarni bajarganlik uchun yakka tartibda mukofotlash va boshqa ragʻbatlantirish toʻlovlari;
biriktirilgan ish sohasining murakkabligi va muhimligi hamda mehnatda erishgan yuqori natijalari uchun xodimning lavozim maoshiga ustamalar toʻlash;
xizmat majburiyatlarini bajarishdagi alohida xizmatlari uchun, yubiley sanalari va pensiyaga chiqishi munosabati bilan qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlash;
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va uning filiallari xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustamalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va uning filiallari xodimlariga Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan belgilanadigan tartibda uy-joy va avtotransport vositalarini sotib olish kreditlari boʻyicha boshlangʻich badalni toʻlash uchun bazaviy hisob-kitob miqdorining ikki yuz baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda foizsiz qarz taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻz turar joyiga ega boʻlmagan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va uning filiallari xodimlariga uy-joyni ijaraga olish shartnomalari boʻyicha xarajatlarini Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan belgilanadigan tartibda qoplash.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va uning filiallari xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi qoshidagi Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:
Keyingi tahrirga qarang.
yil davomidagi ish yakunlari boʻyicha lavozim maoshining besh baravarigacha miqdorda mukofot puli;
boshqa ustamalar va toʻlovlardan qatʼi nazar lavozim maoshlariga har oy ustamalar va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar toʻlanadi.
Mazkur bandda nazarda tutilgan moddiy ragʻbatlantirish tadbirlari miqdori va ularni toʻlash tartibi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xodimlariga budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan ularning lavozim maoshiga 400 foizgacha miqdorda shaxsiy ustamalar belgilashga haqlidir. Shaxsiy ustamalar miqdorini belgilashda mehnatga haq toʻlash Yagona tarif setkasi boʻyicha tarif koeffitsiyentlari bilan bir qatorda Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasidan beriladigan shaxsiy ustamalar, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari davlat xizmatchilarining lavozim maoshlariga nisbatan mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti ham lavozim maoshi hisobiga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xodimlari mehnat faoliyatini toʻxtatganlaridan soʻng ularga avvalgi ish joyi boʻyicha egallagan yoki unga teng boʻlgan lavozim berish kafolatlari taʼminlanadi, xodimning malakasi yetarli emasligi yoki sogʻligʻi tufayli yoxud oʻz funksional majburiyatlarini buzganligi oqibatida bajariladigan ishga nomuvofiqligi uchun mehnat faoliyati toʻxtatilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
10-bob. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tegishli boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oldidagi hisobdorligi
Keyingi tahrirga qarang.
32. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga belgilangan tartibda yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning loyihalarini kiritadi;
davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish uchun davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish boʻyicha takliflar va tavsiyalar tayyorlanishini taʼminlaydi;
belgilangan tartibda boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
33. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi filiallari har chorakda chuqur tahlillar asosida qoʻyilgan vazifalarning bajarilishi toʻgʻrisida umumlashtirilgan tahliliy axborotni, shuningdek, aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi har chorakda respublikada davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish holati toʻgʻrisidagi tahliliy materiallarni, shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi oʻz veb-saytida har chorak yakunlariga koʻra tegishli hisobot davrida respublikada davlat fuqarolik xizmatining rivojlanish holati toʻgʻrisida press-reliz eʼlon qilib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
11-bob. Yakunlovchi qoidalar
36. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.