Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 30-maydagi PQ-4348-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 30-maydagi PQ-4348-son qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 10-oktabr,
860-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-oktabrdagi 860-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-sentabrdagi 416-son qarori bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 13-bandga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“elektrotexnika sanoati tarmogʻi tashkilotlarining oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun texnologik asbob-uskunalarga nisbatan tuzilgan import kontraktlari boʻyicha — toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab 270 kalendar kun;”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 14-bandga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“elektrotexnika va elektrmaishiy mahsulotlar eksport operatsiyalari boʻyicha — yuk bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab 180 kalendar kun;”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshlar toʻrtinchi va beshinchi xatboshlar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 9-apreldagi 86-son qaroriga ilova* quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2019-y., 09/19/860/3898-son; 15.05.2020-y., 09/20/283/0587-son)