Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Elektr energiyasini sotishni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 10-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2127-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 7-iyuldagi 53, 2010-32-son qarori (roʻyxat raqami 2127, 2010-yil 31-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 31-son, 263-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energiyasini sotishni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 11-sentabr,
98-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 11-sentabr,
2019-48-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 11-sentabrdagi 98 va 2019-48-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Elektr energiyasini sotishni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. HETK elektr energiyasini “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJdan elektr energiyasini yetkazib berish shartnomasiga asosan oladi. HETK har oyda Byuro va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning tegishli vakillari bilan birgalikda elektr tarmogʻining balans boʻyicha mansublilik chegarasida hisob-kitob davri uchun elektr energiyasini hisobga olish asboblari koʻrsatkichlarini yozib oladi.
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJdan elektr energiyasini sotib olish boʻyicha operatsiyalar HETKning buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:”.
2. 6-bandning birinchi xatboshisidan “(quvvati)” hamda “va quvvat” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. 9-bandning birinchi xatboshisidagi “energiyasi (quvvati)ning” degan soʻzlar “energiyasining” degan soʻz bilan almashtirilsin.
4. 12-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kredit 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” schyoti — elektr energiyasini isteʼmolchi — yuridik shaxslarga, elektr taʼminotining namunaviy shartnomasiga muvofiq tayyorlangan HETK va isteʼmolchi — yuridik shaxs oʻrtasidagi elektr taʼminoti shartnomasiga asosan hisoblangan shartnomadagi miqdor boʻyicha sotishdan olingan tushum summasiga;”.
5. 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Hisob-kitob davri uchun koʻrsatilganidan 5 foizdan ortiq miqdorda elektr energiyasi isteʼmol qilinganda, isteʼmolchilardan (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilgandan ortiq isteʼmol qilingan elektr energiyasi jami hajmi uchun belgilangan tarifning 1,15 baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
Hisob-kitob davri uchun elektr energiyasining ortiqcha olingan hajmi, isteʼmolchi — yuridik shaxsning hisoboti bilan yoki solishtirish dalolatnomasi bilan tasdiqlangan hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanadi.”.
6. 30-bandning birinchi xatboshisidan, 33-bandning birinchi, uchinchi, oltinchi va oʻninchi xatboshilaridan “Oʻzdavenergonazorat” DI tasdiqlagan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
7. 34-bandda:
ikkinchi xatboshidan “va quvvati” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “12” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin.
8. 36-bandning “a” va “d” kichik bandlaridagi “12” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin.
9. 7-paragrafning nomidagi “energiya va quvvatlarni” degan soʻzlar “energiyani” degan soʻz bilan almashtirilsin.
10. 40-bandning birinchi xatboshisidagi “energiyasi va quvvatini” va “energiya va quvvatlarni” degan soʻzlar “energiyani” degan soʻz bilan almashtirilsin.
11. 41-bandning birinchi xatboshisidagi “energiya va quvvatlarni” degan soʻzlar “energiyani” degan soʻz bilan almashtirilsin.
12. 42-banddagi “energiya va quvvatning iqtisodiy qiymati, aynan shu soatlarda reaktiv quvvat va (yoki)” degan soʻzlar “energiyaning iqtisodiy qiymati, shuningdek aynan shu soatlarda reaktiv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. 432-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“432. Respublika isteʼmolchilariga elektr energiyasini sotishdan tushadigan mablagʻlardan (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga asosan ajratiladigan maqsadli mablagʻlar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan elektr energiya isteʼmoli uchun toʻlovlar hamda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻzkimyosanoat” AJ, “Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJ korxonalaridan tushadigan mablagʻlar bundan mustasno) ajratmalar Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi va HETK buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:”.
14. 44-banddan “va quvvati” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
15. 45-banddan “Oʻzdavenergonazorat” DI tasdiqlagan” va “va quvvati” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
16. 1, 2 va 3-ilovalarning “Koʻrsatkichlar nomi” ustuni 2-pozitsiyasidan “(“Oʻzdavenergonazorat” DI tomonidan tasdiqlangan)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
17. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan kelishilgan.
Energetika vaziri A. SULTANOV
2019-yil 11-sentabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 10/19/2127-4/3894-son)