09.10.2019 yildagi 854-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona buyurtmachi xizmatlari (injiniring kompaniyalari) rahbar xodimlari va mutaxassislari uchun belgilanadigan yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tarif koeffitsiyentlariga oshiruvchi koeffitsiyentlarning cheklangan miqdorlariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlarni markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurishda yagona buyurtmachi xizmatlari, direksiyalar, injiniring kompaniyalari (keyingi oʻrinlarda yagona buyurtmachi xizmatlari deb ataladi) xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 16-maydagi 124-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 5-son, 48-modda) bilan tasdiqlangan Yagona buyurtmachi xizmatlari (injiniring kompaniyalari) rahbar xodimlari va mutaxassislari uchun belgilanadigan yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tarif koeffitsiyentlariga oshiruvchi koeffitsiyentlarning cheklangan miqdorlarining izoh qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“*) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xoʻjalik departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK va Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yoʻllari boʻyicha hududiy boshqarmalar huzuridagi “Mintaqaviy avtomobil yoʻllari boʻyicha buyurtmachi xizmati” DUKning yagona buyurtmachi xizmatlari uchun investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hajmlaridan qatʼi nazar, 2,0 miqdorida oshirilgan koeffitsiyent qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Ichki ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligining yagona buyurtmachi xizmatlari uchun investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hajmlaridan qatʼi nazar, 3,0 miqdorida oshirilgan koeffitsiyent qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
**) Oshirilgan koeffitsiyent miqdori moliyalashtirishning barcha manbalari boʻyicha investitsiya loyihalari hajmlariga oʻzgartirishlar kiritilgandan keyin navbatdagi oydan boshlab qayta koʻrib chiqiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 9-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
854-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 09/19/854/3842-son)