08.10.2019 yildagi 853-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻining ayrim tabiiy hududlari va obyektlaridan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi hududidagi ekologik va ilmiy jihatdan noyob hamda qimmatli boʻlgan “Urungʻoch” tabiiy koʻlini saqlash maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb ataladi) va Oʻzbekiston ekologik partiyasining “Urungʻoch” koʻli va unga tutash hududlarni davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent viloyati hokimligi bir oy muddatda Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻining Burchmullo davlat oʻrmon xoʻjaligi hududida joylashgan maydoni 43 ga boʻlgan “Urungʻoch” tabiiy koʻli va unga tutash hududlarni belgilangan tartibda davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb eʼlon qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, “Urungʻoch” davlat gidrologik tabiat yodgorligi Burchmullo davlat oʻrmon xoʻjaligining bir qismi hisoblanadi va ushbu xoʻjalik tomonidan yerlari olib qoʻyilmasdan va obyektga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi har qanday faoliyatni taqiqlagan holda boshqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar “Urungʻoch” davlat gidrologik tabiat yodgorligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Urungʻoch” tabiiy koʻli va unga tutash hududlarni oʻzgartirishsiz saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
togʻ ekotizimi oʻsimlik va hayvonot dunyosini qayta tiklash va takror koʻpaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik turizmni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy va ekologik-maʼrifiy ishlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ekologik taʼlim va tarbiyasiga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi deb ataladi) koʻrsatib oʻtilgan vazifalarni bajarish uchun masʼul organ etib tayinlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Burchmullo davlat oʻrmon xoʻjaligining shtat birliklari doirasida “Urungʻoch” davlat gidrologik tabiat yodgorligini qoʻriqlash uchun tegishli malaka va maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassislar biriktirilishini nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda “Urungʻoch” davlat gidrologik tabiat yodgorligi hududida soʻqmoq yoʻllar majburiy tartibda toʻsiqlar bilan jihozlanishini, oʻrindiqlar, chiqindi tashlash qutilari, hojatxonalar (biotualetlar) oʻrnatilishini, shuningdek, suv havzasiga borish, “Urungʻoch” koʻli atrofi va unga tutash hududlarda barcha turdagi savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etishni taqiqlovchi cheklovchi va maʼlumotlar belgilari oʻrnatilishini, taʼminlab turistik yoʻnalishlarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Urungʻoch” davlat gidrologik tabiat yodgorligi hududida yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan rekreatsion yuklama meʼyorlarini (muayyan vaqt davomida tashrif buyuruvchilarning ruxsat etilgan soni) ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligi va Davlat ekologiya qoʻmitasi bilan birgalikda davlat ekologik nazoratini amalga oshirish maqsadida Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻining Burchmullo davlat oʻrmon xoʻjaligi hududida ekologik post oʻrnatilishi joyini aniqlasin va uni joylashtirish uchun belgilangan tartibda yer uchastkasini biriktirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Davlat ekologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi va Oʻzbekiston ekologik partiyasi bilan birgalikda 2020-yil 1-martgacha davlat tabiat yodgorliklari deb eʼlon qilish masalasini koʻrib chiqish va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni davlat kadastriga kiritish uchun tabiiy obyektlar va komplekslarni, shu jumladan, yoshi 100 va undan oshgan daraxtlarni xatlovdan oʻtkazsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi N.J. Bakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 8-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
853-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2019-y., 09/19/853/3884-son)