Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×



mundarija mavjud emas

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2019-yil 4-oktabrdagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. “O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan respublika hududiga tovarlarni noqonuniy ravishda chetdan olib kelish, chetga olib chiqish hamda etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ichki ishlar idoralariga taqdim etish va yagona markazlashgan hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni (ro‘yxat raqami 1698, 2007-yil 19-iyul) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish bo‘yicha e’tirozlar mavjud emasligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2019-yil 10-iyundagi 33/02-01/1595-son, Oliy sudining 2019-yil 13-avgustdagi 08/UM-500-19-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2019-yil 25-avgustdagi 35/2273-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 29-avgustdagi 17/2-25593-son hamda Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 12-avgustdagi 04-03/22-01515-son xatlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi