Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADVOKATLIK BIRLAShMALARIDA ADVOKATLIK FAOLIYATI BILAN ShUGʻULLANUVChI ShAXSLARNI IJTIMOIY HIMOYa QILISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Advokatlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarning ixtiyoriy, professional birlashmalari sifatida advokatlik tuzilmalari faoliyatining oʻziga xosligini hisobga olib, shuningdek ularning samarali faoliyatini va ijtimoiy himoyalanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Belgilansinki, advokatlik birlashmalari ish haqi fondining 7 foizi miqdorida, ulardan advokatlik tuzilmalari umumiy ehtiyojlariga summalar ushlab qolingandan keyin, Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Mehnat vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq Sugʻurta badallarini hisoblash va toʻlash, davlat ijtimoiy sugʻurta mablagʻlarini sarflash va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 15-iyul,
250-son