Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Saylov va referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Saylov va referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim meʼyoriy hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais M. ABDUSALOMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 19-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
939-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-sentabrdagi 939-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov va referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻRIQNOMA

Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga (bundan buyon matnda Saylov kodeksi deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) va Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga (bundan buyon matnda mahaliy Kengash deb yuritiladi) saylovlar va referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va yoʻq qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hujjatlarni saqlash va davlat arxivga topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagi hujjatlar Markaziy saylov komissiyasining idoraviy arxivida oʻn besh yil mobaynida saqlanib, keyinchalik Oʻzbekiston Milliy arxiviga topshiriladi:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1081-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qarorlari, majlis bayonnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) saylov hamda referendumga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) siyosiy partiyalar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizalari ilovalari bilan birga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi deputatligiga roʻyxatga olingan nomzodlar roʻyxatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Senat aʼzoligiga nomzodlarni koʻrsatishga doir Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari Toshkent shahar, viloyatlar va tuman (shahar) Kengashlari qoʻshma majlislari bayonnomalari, Markaziy saylov komissiyasining saylov va referendum natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Qonunchilik palatasi deputatlarining, Senat aʼzolarining roʻyxatlari va hisob kartochkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) saylov va referendum natijalari boʻyicha moliyaviy hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etilgan saylov va referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyalarining saylov va referendum natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalarining birinchi nusxalari ilovalari bilan birga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markaziy saylov komissiyasiga siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari Markaziy saylov komissiyasida ular kelib tushganidan soʻng olti oy mobaynida saqlanadi va mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Saylov va referendum toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishiga doir Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan shikoyat va arizalar, ular yuzasidan qabul qilingan qarorlar uch yil mobaynida saqlanadi va mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan hujjatlarni davlat arxiviga topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Viloyatlar va Toshkent shahar saylov komissiyalari tomonidan quyidagi hujjatlar saylov yakunlari rasman eʼlon qilinganidan soʻng viloyatlar va Toshkent shahar davlat arxivlariga saqlash uchun topshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) viloyatlar va Toshkent shahar saylov komissiyalarining qarorlari, majlis bayonnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) siyosiy partiyalar rahbarlarining xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashi deputatligiga nomzodlarni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizalari ilovalari bilan birga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) viloyatlar va Toshkent shahar Kengashi deputatligiga roʻyxatga olingan nomzodlar roʻyxatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) saylangan viloyat va Toshkent shahar Kengashi deputatlarining roʻyxatlari va hisob kartochkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) saylov natijalari boʻyicha moliyaviy hujjatlar;

e) saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishiga doir shikoyat va arizalar, ular yuzasidan qabul qilingan qarorlar;

j) viloyatlar va Toshkent shahar saylov komissiyasiga taqdim etilgan okrug saylov komissiyalarining saylov natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalarining birinchi nusxalari ilovalari bilan birga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan quyidagi hujjatlar saylov yakunlari rasman eʼlon qilinganidan soʻng tuman va shahar davlat arxivlariga saqlash uchun topshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tuman va shahar saylov komissiyalarining qarorlari, majlis bayonnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) siyosiy partiyalar rahbarlarining xalq deputatlari tuman va shahar Kengashi deputatligiga nomzodlarni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizalari ilovalari bilan birga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) roʻyxatga olingan tuman va shahar Kengashi deputatligiga nomzodlar roʻyxatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) saylangan tuman va shahar Kengashi deputatlarining roʻyxatlari va hisob kartochkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) saylov natijalari boʻyicha moliyaviy hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishiga doir shikoyat va arizalar, ular yuzasidan qabul qilingan qarorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) tuman va shahar saylov komissiyasiga taqdim etilgan uchastka saylov komissiyalarining saylov natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalarining birinchi nusxalari ilovalari bilan birga.
(5-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1081-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Okrug va uchastka saylov komissiyalari va referendum oʻtkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari tomonidan hujjatlarni Davlat arxiviga topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Okrug saylov komissiyalari va referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyalari tomonidan quyidagi hujjatlar saylov va referendum yakunlari rasman eʼlon qilinganidan soʻng tegishli viloyatlar, shahar va tuman davlat arxivlariga saqlash uchun topshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) saylov va referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyalarining qarorlari va majlis bayonnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) saylov hamda referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) okrug komissiyalarining saylov va referendum natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalarining ikkinchi nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) uchastka komissiyalarining ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalarining birinchi nusxalari ilovalari bilan birga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Uchastka saylov komissiyalari va referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari tomonidan quyidagi hujjatlar saylov va referendum yakunlari rasman eʼlon qilinganidan soʻng tegishli shahar va tuman davlat arxivlariga saqlash uchun topshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) uchastka komissiyalarining qarorlari, majlis bayonnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ovoz berish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalarining ikkinchi nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) fuqarolarning shikoyatlari, arizalari va ular yuzasidan qabul qilingan qarorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) komissiya aʼzolarining alohida fikrlari hamda boshqa hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Okrug va uchastka saylov komissiyalari va referendum oʻtkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari tomonidan hujjatlarni hokimliklar idoraviy arxivlariga topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Saylovchilar roʻyxatlari (saylovchilar roʻyxatlarining elektron versiyasi), shuningdek referendumda ovoz beruvchilar roʻyxatlari saylov va referendum yakunlari rasman eʼlon qilinganidan soʻng tegishliligi boʻyicha shahar va tuman hokimliklariga topshirilib, ularning idoraviy arxivlarida navbatdagi saylov yoki referendumga qadar foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qoʻyiladigan hujjatlashtirilgan axborot sifatida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Saylov byulletenlari, shuningdek referendumda ovoz berish byulletenlari saylov yoki referendum yakunlari rasman eʼlon qilinganidan soʻng tegishliligi boʻyicha shahar va tuman hokimliklariga topshirilib, ularning idoraviy arxivlarida bir yil davomida saqlanadi va mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Okrug va uchastka saylov komissiyalari va referendum oʻtkazuvchi okrug va uchastka komissiyalarining moliyaviy hisobotlari saylov yoki referendum yakunlari rasman eʼlon qilinganidan soʻng tegishliligi boʻyicha shahar va tuman hokimliklariga topshirilib, ularning idoraviy arxivlarida besh yil davomida saqlanadi va mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman va shahar Kengashlari deputatlari qoʻshma majlisining Senat aʼzolari saylovi yakunlari toʻgʻrisidagi bayonnomasining ikkinchi nusxasi va Senat aʼzolari saylovini oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa hujjatlar tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar kengashlari idoraviy arxivlarida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Milliy arxiviga, viloyat, shahar va tuman arxivlariga hujjatlarni topshirish Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 101-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1081-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. Hujjatlarni yoʻq qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Yoʻriqnomada belgilangan saqlash muddati tugagan quyidagi hujjatlar yoʻq qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imzo varaqalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylov byulletenlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
referendumda ovoz berish byulletenlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga doir hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Amaliy ahamiyatini yoʻqotgan hujjatlarni yoʻq qilish boʻyicha Markaziy saylov komissiyasi, viloyatlar, tuman va shahar hokimliklari huzurida ekspert komissiyalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Imzo varaqalari va Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlar Markaziy saylov komissiyasi raisi farmoyishi bilan tuzilgan Markaziy saylov komissiyasi huzuridagi ekspert komissiyasi tomonidan yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov byulletenlari va referendumda ovoz berish byulletenlari boshqa saylov komissiyalariga kelib tushgan murojaatlar bilan bogʻliq hujjatlar tegishli viloyat, tuman va shahar hokimliklari huzurida ekspert komissiyalari tomonidan yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yoʻq qilinishi lozim boʻlgan hujjatlar dastlabki saralash va ekspertizani oʻtkazgan shaxslar tomonidan tegishli viloyat, tuman, shahar hokimi tasdiqlagan mazkur Yoʻriqnomaning ilovasiga muvofiq shaklda tuzilgan dalolatnoma asosida yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov byulletenlari va referendumda ovoz berish byulletenlarini yoʻq qilingani haqidagi dalolatnomaning bir nusxasi Markaziy saylov komissiyasiga taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Saylov byulletenlari, referendumda ovoz berish byulletenlari hamda boshqa hujjatlar koʻpi bilan 2-3 kv.sm. boʻlaklarga maydalash yoʻli bilan yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maydalash uchun tegishli uskuna boʻlmagan taqdirda hujjatlar yoqib yuborish yoʻli bilan yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni tiklash mumkin boʻlgan darajada yoʻq qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni va siyosiy partiyaning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovida ishtirok etishini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha toʻplangan imzo varaqalari yoqib yuborish yoʻli bilan yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Begona shaxslarning yoʻq qilinayotgan hujjatlar bilan tanishishi taʼqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov va referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tasdiqlayman” Qibray tuman hokimi ____________________F.I.Sh. (imzo) “____” __________20____ yil
DALOLATNOMA №
20__ yil “___” ___________
___________ tumani
Komissiya quyidagi tarkibda ___________________________________________________________________ ______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Saylov va referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaga asosan ilmiy-tarixiy qiymatga ega boʻlmagan, amaliy ahamiyatini yoʻqotgan va belgilangan saqlanish muddatlari tugagan quyidagi hujjatlar yoʻq qilinishi uchun ajratib olingan:
Jami: ____________ yillarda _______________________________ ish, tomdan iborat hujjatlar boʻlaklarga maydalash yoki yoqib yuborish yoʻli bilan yoʻq qilindi.
“Maʼqullayman” Tuman (shahar) hokimligi EK 20___ yil “___” ___________№
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-sentabrdagi 939-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining oʻz kuchini yoʻqotadigan ayrim meʼyoriy hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2000-yil 7-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oliy Majlis deputatlari saylovlari bilan bogʻliq hujjatlarni saqlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom toʻgʻrisida”gi 103-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi saylovini oʻtkazish bilan bogʻliq Markaziy saylov komissiyasining nizom va yoʻriqnomalari toʻgʻrisida” 2004-yil 18-sentabrdagi 198-son qarori 2-bandi va 2-ilovasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2007-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyatining ekspert komissiyasi toʻgʻrisidagi yangi tahrirdagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 368-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2010-yil 16-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2007-yil 28-dekabrdagi 368-son qaroriga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 496-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2014-yil 23-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiing 2007-yil 28-dekabrdagi 368-son qaroriga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 605-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-sentabrdagi 939-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining oʻzgartirish kiritilayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 97-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“97. Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlar Markaziy saylov komissiyasining Saylov va referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga muvofiq saqlash uchun tayyorlanadi hamda topshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 120-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“120. Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlar Markaziy saylov komissiyasining Saylov va referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga muvofiq saqlash uchun tayyorlanadi hamda topshiriladi”.