Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 3-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2282-7]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 13-noyabrdagi 84-sonli ““Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2282-9, 07.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 566-son “Oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 14-oktabrdagi 63-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2282, 2011-yil 17-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 45-46-son, 483-modda) bilan tasdiqlangan Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-sentabr,
99-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 16-sentabrdagi 99-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 10-bandning ikkinchi xatboshisi “daftarchasi” degan soʻzdan keyin “, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasining asli yoki dublikati” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Inspektor arizachi yoki tashkilot vakiliga taqdim etilgan hujjatlarning (mehnat daftarchasi, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasining asli yoki dublikati, arxiv maʼlumotlari, tashkilot tomonidan taqdim etilgan maʼlumotnomalar, yakka tartibdagi tadbirkor (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, dehqon xoʻjaligi aʼzosi, oilaviy tadbirkorlik subyekti oilasi aʼzosi uchun, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mehnat shartnomasi boʻyicha yollangan xodimlar uchun) tomonidan 2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun sugʻurta badallari, 2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun esa yagona ijtimoiy toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi maʼlumotnomalar va soliq agenti hisoblanmaydigan ish beruvchidan daromad oluvchi xodimning jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyalaridan tashqari) asl nusxalarni qaytaradi va unga arizaning tegishli qismini qirqib olgan holda, hujjatlar qabul qilinganligi toʻgʻrisida tilxat beradi, bunda tilxat nusxasi taqdim etilgan hujjatlar bilan birgalikda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimida saqlanadi. Mehnat daftarchasining, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasining asli yoki dublikati Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining pensiya tayinlash komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — komissiya deb yuritiladi) tomonidan pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni tayinlash yoki tayinlashni rad etish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingandan soʻng arizachiga qaytarilishi shart.
Mehnat daftarchasi, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasining asli yoki dublikati pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni tayinlash arizasining orqa tomoniga mehnat daftarchasi, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasining asli yoki dublikati olinganligi toʻgʻrisidagi sanasini koʻrsatgan holda arizachi yoki tashkilot vakilining imzosi bilan qaytariladi.”.
3. 12-ilovada:
a) “Yoshga doir nafaqa tayinlash boʻyicha yigʻmajildda” boʻlimining 4-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
4. |
Qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa hujjatlar (nikoh toʻgʻrisida guvohnoma, mehnat daftarchasi, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasi nusxalari va b.) |
”; |
b) “Nogironlik nafaqasi tayinlash boʻyicha yigʻmajildda” boʻlimining 5-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
5. |
Qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa hujjatlar (nikoh toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi va b.) |
”. |
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 10/19/2282-7/3850-son)