24.09.2019 yildagi 805-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.09.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasi bilan xamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻmitaning beshinchi majlisi yakunlariga koʻra erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil apreldagi Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi va “Bir makon, bir yoʻl” ikkinchi xalqaro forumda ishtirok etishi, shuningdek muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlar Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning strategik xususiyatini mustahkamladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston-Xitoy Hukumatlararo hamkorlik qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda HXK deb ataladi) navbatdagi majlisi Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida hukumatlararo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy va transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim bosqich boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imzolangan ikki tomonlama bitimlar va erishilgan kelishuvlarning soʻzsiz va toʻliq amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. HXK majlisi yakunlari boʻyicha savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, bank-moliya, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalarda umumiy qiymati 4 342,0 mln AQSh dollari boʻlgan bitimlar, memorandumlar va toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin va bu tomonlarning strategik sheriklik munosabatlarini yanada faollashtirishga intilishidan dalolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2019-yil 27 — 29-avgust kunlari Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻmitaning beshinchi majlisi yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni amalga oshirish boʻyicha Amaliy tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda Reja deb ataladi) ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar — Rejada koʻrsatilgan masʼul ijrochilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir loyiha boʻyicha tarmoq jadvallari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rejadagi tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi, ularning “ljro.gov.uz” tizimidagi ijrosi majburiy aks ettirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Rejaning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi axborot hisobot oyidan keyingi oyning 3-sanasigacha taqdim etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hisobot oyidan keyingi oyning 7-sanasigacha har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasiga Reja tadbirlarining amalga oshirilishi toʻgʻrisida axborot kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ijro etuvchi apparatiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatiga tasdiqlangan Rejaning bajarilish holatining tanqidiy tahlilini taqdim etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev va Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 24-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
805-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2019-y., 09/19/805/3800-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)