21.09.2019 yildagi 794-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.09.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2023-yillarda Buxoro viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi oʻn yil davomida boshqaruv usullarining eskirishi oqibatida Buxoro viloyati iqtisodiyotida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi hayot darajasini oshirish uchun mineral-xom ashyo va mehnat resurslarini, tadbirkorlik qobiliyati, aholining yuqori bilim darajasi va mehnat malakasini, tabiiy-iqlim sharoitlari hamda noyob tarixiy merosni oʻz ichiga olgan mavjud boy resurs salohiyatidan toʻliq foydalanish imkonini bermaydigan barqaror nomutanosibliklar yuzaga keldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-2019-yillarda mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy tub oʻzgarishlar doirasida Buxoro viloyatida qiymati 1,5 trillion soʻmlik investitsiyalar oʻzlashtirilishi hisobidan 235 ta yangi korxona ishga tushirildi. Yiliga 8 milliard kub metr gazni qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan Qandim gazni qayta ishlash zavodi qurilishi yakunlandi, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 22 ta qishloq va 4 ta mahallani obodonlashtirish orqali 90 ming nafardan ziyod aholining uy-joy sharoiti yaxshilandi, 65 ta tibbiyot muassasasi, 80 ta umumtaʼlim maktabi, 106 ta maktabgacha taʼlim muassasasi, uzunligi 1 806,3 kilometr ichimlik suv quvurlari va 727 kilometr avtomobil yoʻllari qurildi hamda rekonstruksiya qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mamlakat aholisi umumiy sonining 6 foizini Buxoro viloyati aholisi tashkil etishiga qaramasdan, hududning respublika sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi atigi 3,7 foizni tashkil qiladi. Yalpi hududiy mahsulotning atigi besh qismi sanoat ishlab chiqarishi sohasida shakllanadi, undagi xorijiy investitsiyalar ulushi esa 8 foizni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakat umumiy eksport hajmida hududiy eksport ulushi bor-yoʻgʻi 2,2 foizni tashkil qiladi. Respublika boʻyicha eksport hajmi aholi jon boshiga 433 AQSh dollarini tashkil etsada, viloyatda bu koʻrsatkich 86 dollarga teng. Viloyat infratuzilmani, birinchi navbatda, aholini toza ichimlik suv bilan taʼminlashni yaxshilash, kanalizatsiya, elektr energiyasi tarmoqlari va avtomobil yoʻllarini rivojlantirishga keskin ehtiyoj sezmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7,3 ming gektardan ortiq yer qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqarilgan, sugʻoriladigan yerlarning 83 foizidan faqat ikki turdagi mahsulot — fermer xoʻjaliklari uchun zarur darajadagi hosildorlik va rentabellikni taʼminlay olmaydigan paxta va gʻalla yetishtirish uchun foydalanilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, boshqaruv, resurs va investitsiya salohiyatini hududning ustuvor sohalariga yoʻnaltirishni nazarda tutuvchi rivojlanishning yangi strategiyasini ishlab chiqish kabi hudud oldida turgan vazifalarni hal etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar 2019 — 2023-yillarda Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sanoat salohiyatini quyidagilar hisobidan rivojlantirish va 2023-yilda uning oʻsishini 3 baravarga oshirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshilgan qiymatlarning oʻzaro bogʻliq zanjirini yaratish orqali barcha turdagi qishloq xoʻjaligi, qurilish va turli mineral xom ashyoni chuqur qayta ishlash, xususan, zamonaviy texnologiyalar, shu jumladan xorijiy sheriklarning mablagʻlari va texnologiyalaridan foydalangan holda tayyor mahsulot ishlab chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshilgan qiymatlar zanjirini rivojlantirishning innovatsion, texnologik va logistik samaradorligini taʼminlaydigan hududiy, tarmoq va tarmoqlararo resurs-sanoat klasterlarini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatning barcha paxtachilik kompleksini yuqori sifatli paxta xom ashyosi yetishtirishdan eksportbop tayyor toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishgacha boʻlgan butun jarayonning texnologik bogʻliqligini taʼminlaydigan ishlab chiqarishni tashkil etishning klaster shakliga bosqichma-bosqich oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi xom ashyosini, jumladan, qorakoʻl teri, moʻyna, charm, goʻsht va sut, baliq mahsulotlari, meva-sabzavot xom ashyosi va texnik ekinlarni chuqur qayta ishlash boʻyicha yoʻqotilgan ishlab chiqarishlarni qayta tiklash, yangilarini tashkil qilish va faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarishni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik sanoat zonalari korxonalarini har bir tuman va shaharda, shuningdek, “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasida (keyingi oʻrinlarda EIZ deb ataladi) tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalarida hududiy joylashtirish orqali samarali rivojlantirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft va gaz sohasida yirik loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan qish mavsumida aholini tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlash va uni eksportga yetkazib berish, shuningdek, MTO texnologiyasi asosida gaz xom ashyosini chuqur qayta ishlash hamda yakuniy mahsulotlar — polistirol, polietilentereftalat, sintetik kauchuklar, spandeks, poliuretan, akrilonital-butadiyen-stirol va boshqa polimer mahsulotlar ishlab chiqarish uchun “Gazli” yer osti gazni saqlash omborini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agrar sektorni quyidagilar hisobidan jadallashtirish va diversifikatsiya qilish, har bir gektardan olinadigan mahsulotni ayni vaqtdagi 1,2 ming AQSh dollaridan 6 ming AQSh dollarigacha koʻpaytirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yiliga 2-3-marta hosil olish, paxtachilik va gʻallachilikda hosildorlikni kamida 1,3 baravarga, meva-sabzavotchilikda 1,5 — 2 baravarga, chorvachilikda mahsuldorlikni 1,2-1,3 baravarga oshirishni va ishlab chiqariladigan mahsulotlarning yuqori sifatini hamda narxlari raqobatbardoshligini taʼminlaydigan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yuritishning ilgʻor usullarini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat koʻrsatayotgan tarmoqlarni rivojlantirish, limonlar, yongʻoqning turli navlarini yetishtirish, ipakchilik va baliqchilik, moʻynali hayvonlarni koʻpaytirish kabi yangi tarmoqlar hamda kichik tarmoqlarni tashkil qilgan holda qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avval foydalanishdan chiqarilgan 7,3 ming gektar yerni qishloq xoʻjaligi oborotiga bosqichma-bosqich kiritish va 17,3 ming gektar yangi yerlarni oʻzlashtirish, shuningdek, 50 ming gektar yerda tuproqni qayta ishlash va sugʻorish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini optimal joylashtirishning zamonaviy usullarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan koʻmaklashishning yangi mexanizmlarini joriy qilish orqali fuqarolarning shaxsiy yordamchi xoʻjaliklari yerlaridan samarali foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ishlab chiqarish infratuzilmasini, jumladan, xizmat koʻrsatadigan korxonalar tashkil etilguniga qadar shakllantiriladigan suv taʼminoti, kanalizatsiya, elektr energiya taʼminoti va avtomobil yoʻllari tizimlarini quyidagilar hisobidan jadal rivojlantirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik sanoat zonalarida, “Gʻijduvon” EIZ va “Buxoro agro” erkin iqtisodiy zonasida (keyingi oʻrinlarda “Buxoro agro” EIZ deb ataladi), infratuzilmani tashkil etish xarajatlarni kamaytiradigan sanoat va industrial-agrar ishlab chiqarishlarni joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning mablagʻlari bilan bir qatorda xalqaro moliya institutlari (keyingi oʻrinlarda XMI deb ataladi) va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda XHMT deb ataladi) arzon uzoq muddatli imtiyozli kredit resurslarini jalb qilish, davlat-xususiy sheriklikni keng rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) turizmdan viloyat iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim omili sifatida foydalanish, hududni quyidagilar hisobidan respublika turistik markaziga aylantirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro darajadagi mehmonxonalarni jadal rivojlantirish 2023-yilda yiliga 1 million turistlarning hududga qulay tashrif buyurishini, ularning sonini 3 — 3,5 baravarga oshirish, bir nafar turistdan olinadigan oʻrtacha foydani hozirgi 200 AQSh dollaridan 400 AQSh dollargacha koʻpaytirish, Buxoro shahri iqtisodiyotida turizm ulushini 50 foizga yetkazishni taʼminlaydigan zarur shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy aviakompaniyalarga janubi-sharqiy Osiyo shaharlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri parvozlarni amalga oshirishga ruxsatnomalar berish, respublikaning yirik shaharlari oʻrtasida avtomobil va temir yoʻl qatnovlarini yoʻlga qoʻyish hamda koʻpaytirish orqali Buxoro xalqaro aeroportining transport logistikasini jadal rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chuqur oʻylangan ziyorat turizmi va viloyatdagi 7 ta muqaddas qadamjolarni bogʻlovchi logistik transport yoʻnalishlarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori sifatli umumiy ovqatlanish tizimini, jumladan, “halol” standarti boʻyicha joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Buxoro viloyatida quyidagilar hisobidan urbanizatsiya jarayonini jadallashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2030-yillarda Kogon shahri, Gʻijduvon, Peshku, Qorakoʻl tumanlarini va viloyat ahamiyatidagi shahar boʻlgan Gazli shaharchasini bosqichma-bosqich rivojlantirish, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kogon shahrini — Kogon (Kogon shahri va Kogon tumani) hududida yuqori texnologiyali va eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarishlar, innovatsion startap-gʻoyalarni amalga oshirish, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etishni ragʻbatlantirish va tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻijduvon tumanini — “Gʻijduvon” EIZ hududlarini kengaytirish, ziyorat turizmi hamda savdo-tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Peshku tumanini — qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun mavjud mineral-xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, shuningdek, grafitni chuqur qayta ishlash boʻyicha sanoat-qurilish klasterini tashkil etish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qorakoʻl tumanini — taʼlim va turizmni rivojlantirish, goʻsht, sut, charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha xom ashyoni qayta ishlaydigan chorvachilik klasterini tashkil etish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gazli shaharchasini — tabiiy gazni saqlash va chuqur qayta ishlash sohasidagi loyihalarni amalga oshirish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) viloyat aholisining bilimi va kasbiy salohiyatini talab etilgan kadrlarni tayyorlash uchun rivojlanishning barcha sohalari hamda tarmoqlarida amalga oshirilayotgan dasturlar bilan bogʻliq boʻlgan maktabgacha, maktab, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim tizimida, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida xalqaro miqyosdagi raqobatbardosh darajagacha oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash doirasida quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2023-yillarda Buxoro viloyatini, shuningdek, uning tumanlari va shaharlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning maqsadli parametrlari 1, 1a, 1b, 1s, 1d va 1d-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2023-yillarda Buxoro viloyati iqtisodiy rivojlantirishning asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2023-yillarda Buxoro viloyatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2023-yillarda keyinchalik Buxoro viloyatida amalga oshirish uchun ishlab chiqiladigan istiqbolli investitsiya loyihalarining roʻyxati 3a-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-2020-yillarda Buxoro viloyatida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining roʻyxati 4-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlarga “nol” xarid qiymatida sotiladigan, shuningdek, davlat organlariga keyinchalik samarali foydalanish uchun beriladigan Buxoro viloyatidagi boʻsh turgan davlat mulki obyektlarining roʻyxati 5-ilovaga* muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2022-yillarda Buxoro viloyatida amalga oshiriladigan ijtimoiy soha loyihalarining roʻyxati 6-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2023-yillarda Buxoro viloyatida, jumladan, XMI va XHMT qarz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalarining roʻyxati 7-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2023-yillarda Buxoro viloyatida turizmni yanada rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 8-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari tomonidan Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha koʻmaklashish ishlari 9-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2023-yillarda Buxoro viloyati shahar va tumanlarining eksport salohiyatini rivojlantirish prognozlari 10-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Buxoro viloyati hokimligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan sanoat zonasi — Peshku tumanida qurilish sanoati klasterini va chorvachilik mahsulotlarini sanoat usulida qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan sanoat zonasi — Qoraqoʻl tumanida chorvachilik klasterini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyatida foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va davlat mulki obyektlari negizida 11-ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha kichik sanoat zonalarini (keyingi oʻrinlarda KSZ deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va Buxoro viloyati hokimligi tashkil etiladigan KSZlar hududidagi, shuningdek, ularning ishtirokchilari ishlab chiqarish maydonlariga tashqi yoʻl-transport hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari kafolatli oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi vakolatli organlar bilan birgalikda Buxoro shahrining bosh rejasini 2019-yil oxirigacha va Kogon shahri, Gʻijduvon, Qorakoʻl, Peshku tumanlari markazlari hamda Gazli shaharchasining bosh rejalarini 2020-yil oxirigacha Buxoro viloyatida urbanizatsiya strategiyasi bilan bogʻlagan holda tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish, avtomobil yoʻllarini rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun qarz mablagʻlarini jalb etish toʻgʻrisida kelishuvlarga erishilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 31-dekabrgacha boʻlgan muddatda mazkur qarorga 7-ilovada* nazarda tutilgan investitsiya loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini (keyingi oʻrinlarda TIA deb ataladi) ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda mazkur qaror bilan tasdiqlangan loyihalarni amalga oshirish doirasida XMI va XHMTning zarur moliyaviy mablagʻlari jalb qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi bilan birgalikda mazkur qarorga 7-ilovada* nazarda tutilgan infratuzilma investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish boʻyicha guruhlarni bir oy muddatda tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, loyihalar TIA va ishchi hujjatlarini ishlab chiqish uchun mablagʻlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XMI va XHMT mablagʻlari ishtirokida amalga oshiriladigan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining 2019 va 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturlari doirasida umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda taʼmirlash uchun nazarda tutilgan kapital qoʻyilmalar limitlari doirasida ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar koʻchalarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda taʼmirlash boʻyicha Buxoro viloyatining mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XMI va XHMT mablagʻlari ishtirokida amalga oshiriladigan suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining 2019 va 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan nazarda tutilgan kapital qoʻyilmalar limitlari doirasida ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va Buxoro viloyati hokimligi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan hamda taʼmirlanadigan umumiy foydalanishdagi avtombil yoʻllari, xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar koʻchalarining uchastkalarini bir oy muddatda belgilangan tartibda aniqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning birinchi xatboshiga muvofiq quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan hamda taʼmirlanadigan uchastkalar roʻyxatiga haqiqiy holati foydalanish shartlariga mos keladigan, shuningdek, qayd etilgan maqsadlarga ajratilgan mablagʻlar hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining avval tasdiqlangan qarorlariga binoan barpo etilayotgan va qurilishi tugallangan avtombil yoʻllarini kiritish qatʼiyan man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda viloyatning shahar hamda tumanlarida sanoat, qishloq xoʻjaligi va turizmni kompleks rivojlantirishni taʼminlaydigan 2020 — 2024-yillarda Buxoro viloyatida muhandislik va suv infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturi loyihasini 2019-yilning 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Buxoro viloyati hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar va tarmoq xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda 12-ilovada* koʻrsatilgan davlatga hamda xoʻjalik birlashmalariga tegishli boʻlgan boʻsh turgan va foydalanilmayotgan obyektlar, shuningdek, yer maydonlari xoʻjalik faoliyatiga jalb qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 12-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Buxoro viloyati hokimligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) vakolatli davlat organlari bilan birgalikda KSZlarni tashkil etishning barcha tashkiliy tartibotlarini ikki oylik muddatda yakuniga yetkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ va EIZlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishning samaradorligini oshirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda boshqa yoʻnalishlar qatorida quyidagilar nazarda tutilgan 2019 — 2023-yillarda Buxoro viloyatida innovatsiyalarni joriy etish, agrar sektorni jadallashtirish va diversifikatsiya qilish dasturi loyihasini ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproqni lazer yordamida rejalashtirishga toʻliq oʻtish, 50 ming gektardan kam boʻlmagan maydonda tomchilatib sugʻorish tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hosildorligi yuqori boʻlgan sifatli urugʻliklar, nihollar va koʻchatlarni joriy etish, qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari zararkunandalari hamda hayvonlar kasalliklariga qarshi samarali kurashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7,3 ming gektar yerni qishloq xoʻjaligida foydalanishga qaytarish, shuningdek, yangi 17,3 ming gektar yerni oʻzlashtirish hamda qaytarilayotgan va yangi oʻzlashtirilayotgan yerlarni istiqbolli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga tanlov asosida ijaraga ajratish, gektaridan kamida 4 — 7 ming AQSh dollari ekvivalentida daromad olish majburiyati bilan joylashtiriladigan qishloq xoʻjaligi ekinlarini mustaqil belgilash huquqini, shuningdek, eksport mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga ustuvor huquqlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda Buxoro viloyatining barcha hududlarida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlarni tashkil etishning klaster shaklini bosqichma-bosqich joriy qilish va paxta-toʻqimachilik sektorida ishlab-chiqarish zanjirini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi takliflarni uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va boshqa vakolatli vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar yerlaridan samarali foydalanishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Qorovulbozor tumanida joriy qilingan tajribani 2019-2020-yillarda viloyatning barcha tumanlarida joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun yer uchastkalarini oʻz vaqtida ajratish boʻyicha barcha zarur tadbirlar belgilangan tartibda amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining Birlashgan Arab Amirliklarining ilgʻor tajribalari asosida 2020-2021-yillarda Buxoro shahrida Prezident maktabini tashkil qilish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Buxoro viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Prezident maktabi 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab faoliyat koʻrsatishni boshlashi uchun barcha zarur tashkiliy-moliyaviy tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Belgilansinki, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasidan 2 km radiusda tadbirkorlik faoliyati uchun yer uchastkalari ajratilganda, infratuzilma tarmoqlarini qurish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar quyidagi mablagʻlar hisobidan qoplanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EIZ uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti (suv va kanalizatsiya uchun) va mahalliy budjet mablagʻlari teng ulushlarda (50:50);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ uchun — tegishli tuman (shahar) budjeti mablagʻlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 kilometrgacha masofadagi muhandislik tarmoqlarini qurish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar, EIZdan tashqari, loyiha tashabbuskori — tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda quyidagilarning masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi — jadal ijtimoiy, ishlab chiqarish, yoʻl va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmani tashkil etish loyihalarining samarali hamda oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi — MTO loyihalarining oʻz vaqtida amalga oshirilishi va nazarda tutilgan muddatlarda “Gazli” yer osti gazni saqlash omborining quvvati oshirilishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi — yoʻl-kommunikatsiya infratuzilmasini tashkil qilish loyihalarining nazarda tutilgan muddatlarda samarali hamda oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi — Kogon hududida “Gʻijduvon” EIZ quvvatlarini 2023-yilgacha toʻliq ish bilan taʼminlash maqsadida yuqori texnologiyali va eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarishga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali uning faoliyati samarali etilishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi — “Buxoro agro” EIZ hududida 3,0 ming gektar yer oʻz vaqtida oʻzlashtirilishi va ularda 2023-yilgacha issiqxona xoʻjaliklari hamda intensiv bogʻlar optimal joylashtirilishi, Buxoro viloyatida meva-sabzavot eksporti 280 mln AQSh dollarigacha yetkazilishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi — 2020-yildan boshlab paxta tolasini va 2023-yildan boshlab ip-kalavani qayta ishlashni toʻliq oʻzlashtirish maqsadida loyihalarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi hamda Buxoro viloyatida toʻqimachilik mahsulotlari eksporti 260 mln AQSh dollarigacha yetkazilishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi — Peshku tumanida qurilish materiallari ishlab chiqarish boʻyicha xom ashyo resurslari oʻzlashtirilishi va qurilish sanoati klasteri faoliyatining samarali tashkil etilishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi va “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi — charm-poyabzal va goʻsht-sut mahsulotlari ishlab chiqarishning tugallangan jarayonlari (chorvachilik klasterlari) tashkil etilishi uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi — 2023-yilda xorijiy turistlar oqimini 1 million kishiga yetkazilishiga erishish va har bir turistdan olinadigan daromadni 400 AQSh dollarigacha yetkazish boʻyicha zarur choralar koʻrilishi uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, Bosh vazir oʻrinbosari E.M. Ganiyev hamda Buxoro viloyati hokimi Oʻ.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 21-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
794-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2019-y., 09/19/794/3791-son; 23.04.2021-y., 09/21/234/0366-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son; 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)