Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 23-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3081-1]
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019-yil 17-sentabrdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan, buyuraman:
1. “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilariga oʻquv-ishlab chiqarish majmualarida beriladigan kasblar boʻyicha malaka talablarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni (roʻyxat raqami 3081, 2018-yil 29-oktabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2019-yil 10-sentabrdagi 04-04/2-1290-son, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2019-yil 14-sentabrdagi 84-04-1715-son xatlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazining 2018-yil 10-sentabrdagi 10-mh-son, 9/qq-son “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilariga oʻquv-ishlab chiqarish majmualarida beriladigan kasblar boʻyicha malaka talablarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 3081, 2018-yil 29-oktabr) davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 23-sentabr,
422-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2019-y., 10/19/3081-1/3789-son)