Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
NAQD PUL TUShUMIDAN FOYDALANIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6325-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Tadbirkorlikni va fermerlik harakatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining doimiy naqd pul tushumiga ega boʻlgan xususiy korxonalarning tushumidan kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlar uchun naqd pulni sarflashning cheklangan normalarini belgilash toʻgʻrisidagi taklifi ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻz mahsulotlarini savdo va qayta ishlash korxonalariga sotuvchi xususiy korxonalar, fermerlar va yuridik shaxs boʻlmagan tadbirkorlarga kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlar uchun banklardan oldingi oydagi sotilgan mahsulotlar va koʻrsatilgan xizmatlar hajmining 5 foizigacha naqd pul olishga ruxsat berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻn kun muddatda koʻrsatib oʻtilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga naqd pul berish tartibini ishlab chiqsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Istisno hollarda Respublika pul-kredit siyosati komissiyasi naqd pul massasini tartibga solish va hisob-kitoblarni naqd pul mablagʻlari bilan amalga oshirish, shuningdek mayda ulgurji operatsiyalar boʻyicha qaror qabul qilishi mumkin.
(2-band uchinchi xatboshi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 22-sentabrdagi 447-sonli qaroriga muvofiq toʻldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Xorijiy korxonalar va tashkilotlarga, shuningdek, ularning vakolatxonalariga notariusda rasmiylashtirilgan oldi-sotdi yoki ijara shartnomasi asosida fuqarolarning omonatlariga mablagʻ oʻtkazish yoʻli bilan binolarni jismoniy shaxslardan sotib olishga va ijaraga olishga ruxsat berilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 3-fevral,
29-son
Kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlar uchun tushumdan naqd pul sarflashning cheklangan normalari
| 1. Chakana savdo korxonalari: | |
| — qishloq joylarda va shahar tipidagi shaharchalarda | — bir oylik tovar oborotining 5 foizigacha |
| — shaharlarda | — bir oylik tovar oborotining 2 foizigacha |
| 2. Umumiy ovqatlanish korxonalari | — bir oylik tovar oborotining 4 foizigacha |
| 3. Aholiga pulli xizmat koʻrsatish korxonalari | — bir oylik tushumning 5 foizigacha |
| 4. Tomosha koʻrsatish korxonalari | — bir oylik kassa tushumining 2,5 foizigacha |
| 5. Gastrollarda boʻlgan teatr va musiqa jamoalari, konsert va sirk brigadalari | — qoʻyilgan spektakllar va koʻrsatilgan konsertlar boʻyicha yigʻimlarning 15 foizigacha |
| 6. Komission doʻkonlar | — savdo ustamasi chiqarib tashlangan holda tovar qiymatidagi farq miqdorida |
| 7. Dorixonalar (dori-darmonlar va doriv�r oʻsimliklarni topshiruvchi jismoniy shaxslar bilan hisob-kitob qilish uchun) | — savdo ustamasi chiqarib tashlangan holda dori-darmonlar va dorivor oʻsimliklar qiymatidagi farq miqdorida |
Keyingi tahrirga qarang.