Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
NAQD PUL TUShUMIDAN FOYDALANIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6325-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Tadbirkorlikni va fermerlik harakatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining doimiy naqd pul tushumiga ega boʻlgan xususiy korxonalarning tushumidan kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlar uchun naqd pulni sarflashning cheklangan normalarini belgilash toʻgʻrisidagi taklifi ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining2002-yil 7-oktabrdagi 346-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2002-y., 19-son, 147-modda)
3. Xorijiy korxonalar va tashkilotlarga, shuningdek, ularning vakolatxonalariga notariusda rasmiylashtirilgan oldi-sotdi yoki ijara shartnomasi asosida fuqarolarning omonatlariga mablagʻ oʻtkazish yoʻli bilan binolarni jismoniy shaxslardan sotib olishga va ijaraga olishga ruxsat berilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 3-fevral,
29-son
Kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlar uchun tushumdan naqd pul sarflashning cheklangan normalari
| 1. Chakana savdo korxonalari: | |
| — qishloq joylarda va shahar tipidagi shaharchalarda | — bir oylik tovar oborotining 5 foizigacha |
| — shaharlarda | — bir oylik tovar oborotining 2 foizigacha |
| 2. Umumiy ovqatlanish korxonalari | — bir oylik tovar oborotining 4 foizigacha |
| 3. Aholiga pulli xizmat koʻrsatish korxonalari | — bir oylik tushumning 5 foizigacha |
| 4. Tomosha koʻrsatish korxonalari | — bir oylik kassa tushumining 2,5 foizigacha |
| 5. Gastrollarda boʻlgan teatr va musiqa jamoalari, konsert va sirk brigadalari | — qoʻyilgan spektakllar va koʻrsatilgan konsertlar boʻyicha yigʻimlarning 15 foizigacha |
| 6. Komission doʻkonlar | — savdo ustamasi chiqarib tashlangan holda tovar qiymatidagi farq miqdorida |
| 7. Dorixonalar (dori-darmonlar va doriv�r oʻsimliklarni topshiruvchi jismoniy shaxslar bilan hisob-kitob qilish uchun) | — savdo ustamasi chiqarib tashlangan holda dori-darmonlar va dorivor oʻsimliklar qiymatidagi farq miqdorida |
Keyingi tahrirga qarang.