16.09.2019 yildagi PQ-4453-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 17.09.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda respublikada yengil sanoatning toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik tarmoqlarini rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarning turlari va assortimentini kengaytirish, shuningdek, tarmoq korxonalarining investitsiya va eksport faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrilgan chora-tadbirlar respublikada ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining 80 foizdan koʻprogʻini va ip kalavaning 45 foizdan koʻprogʻini qayta ishlash boʻyicha quvvatlarni yaratish, shuningdek, 2018-yilda tayyor mahsulot eksport hajmini 1,6 milliard AQSH dollariga yetkazish imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish uchun berilgan imtiyozlar va preferensiyalar mahalliy tayyor charm ishlab chiqarish hajmini 6 foizga va krast bosqichidagi charm ishlab chiqarish hajmini 44 foizga oshirish imkonini yaratdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga jahon bozorlaridagi raqobatning kuchayishi, texnologiyalarning rivojlanishi va xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining kamaytirilishi ushbu sohalarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilishini talab etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yengil sanoatning jadal va barqaror rivojlanishini taʼminlash, mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlash orqali birinchi navbatda tashqi bozorlarda raqobatbardosh boʻlgan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va kengaytirish, shuningdek, salohiyatli xorijiy investorlarni jalb etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xom ashyoni chuqur qayta ishlash asosida bozor talablaridan kelib chiqqan holda yuqori qoʻshilgan qiymatga ega toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishning 2020 — 2025-yillarga moʻljallangan maqsadli parametrlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-2020-yillarda yengil sanoatning toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini qoʻllab-quvvatlash va jadal rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” va “Oʻzcharmsanoat” uyushmalari bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qaror bilan tasdiqlangan maqsadli parametrlarning bajarilishini soʻzsiz taʼminlashga qaratilgan investitsiya loyihalari roʻyxatini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali yarim tayyor charmni (TIF TN boʻyicha 4104, 4105, 4106 21 000 0 kodlari) olib chiqishda 2021-yilning 1-yanvaridan boshlab eksport qilinadigan mahsulot qiymatining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali paxta ip-kalavalarini (TIF TN boʻyicha 5205, 5206, 5207 kodlari) olib chiqishda 2021-yilning 1-yanvaridan boshlab eksport qilinadigan har bir kilogramm ip-kalava uchun 0,01 AQSH dollari miqdorida yigʻim undiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mazkur bandning “b” kichik bandida koʻrsatilgan mablagʻlarning 75 foizi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining alohida bank hisob raqamiga quyidagilar uchun yoʻnaltiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqimachilik va tikuv-trikotaj tarmoqlari korxonalarida xalqaro standartlarni joriy etish, tayyor mahsulotlarni tashqi bozorlar talablarini hisobga olgan holda sertifikatlash boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq korxonalarining xalqaro koʻrgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etish, milliy brendlarni yaratish va ilgari surish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, jumladan ularni xorijga oʻqish uchun yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, uning ijro etuvchi apparati xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, shuningdek, Uyushmaning xorijiy vakolatxonalarini saqlash va xorijiy mutaxassislarni jalb etish xarajatlarini kompensatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi aʼzolari umumiy yigʻilishining qarori bilan belgilangan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu bandning “v” kichik bandida koʻrsatilgan mablagʻlar boʻyicha daromadlarni shakllantirish va mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini kiritsin hamda unda har yili daromadlar va xarajatlar smetasi tasdiqlanishini, shuningdek, ushbu mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan Uyushma aʼzolarining umumiy yigʻilishi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan nazorat olib borilishini nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2020-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot davri natijalari boʻyicha yalpi tushumning umumiy hajmida tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarining eksporti 60 foizdan kam boʻlmagan eksport ulushiga ega boʻlgan korxonalar 2023-yil 1-yanvarga qadar mol-mulk soligʻini toʻlashdan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik sohalari korxonalarining foyda soligʻi boʻyicha soliqqa tortiladigan bazasi yetti yil davomida teng ulushlarda zamonaviy tozalash va kanalizatsiya inshootlarini qurish boʻyicha xarajatlar summasiga kamaytiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorva mollarini soʻyish boʻyicha zamonaviy avtomatlashtirilgan majmualarni ishga tushirayotgan tashkilotlar va terini qayta ishlovchi korxonalar 2023-yil 1-yanvarga qadar yer soligʻi toʻlashdan ozod etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” va “Oʻzcharmsanoat” uyushmalarining xorijiy konsultantlari, shuningdek, toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik sohalari korxonalarida mehnat faoliyatini yuritayotgan xorijiy mutaxassislar Oʻzbekiston Respublikasidagi daromad manbalari boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini uning belgilangan stavkasidan 50 foiz miqdorida toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, “Oʻzpaxtasanoat” AJ tomonidan 2018 — 2020-yillar hosilidan paxta tolasini mahalliy toʻqimachilik korxonalariga birja savdolarida milliy valyutaga sotish mahsulot yuklab joʻnatilgan kundan 90 kun mobaynida yakuniy hisob-kitob qilgan holda 35 foiz oldindan toʻlov asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzpaxtasanoat” AJga paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlariga sotish nazarda tutilgan paxta tozalash zavodlari va tayyorlov maskanlarining baholash qiymatidan quyidagi chegirmalarni taqdim etish masalasida paxta tozalash zavodlarining boshqaruv organlarida tashabbus bilan chiqish tavsiya etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yil mobaynida toʻlanganda — 50 foiz miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki yil mobaynida toʻlanganda — 40 foiz miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch yil mobaynida toʻlanganda — 30 foiz miqdorida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda paxta tozalash zavodlari va tayyorlov maskanlarining chegirmalarni hisobga olgan holdagi bahosi ularning balans qiymatidan past boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlarining paxta xom ashyosini yetishtirish boʻyicha xarajatlarini moliyalashtirish uchun 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar faqat 11 oy oʻtganidan soʻng qaytariladi, har bir transh uchun qaytarish muddatini hisoblash esa paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlariga mablagʻlar kelib tushgan paytdan boshlanadi. Xuddi shunday tartib tijorat banklari tomonidan Jamgʻarma kredit resurslarini qaytarishda ham qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta urugʻlik chigitini ishlab chiqarish paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tomonidan mustaqil amalga oshirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasteri doirasida oʻz ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilayotgan paxta tolasini sertifikatlash ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tijorat banklariga paxta xom ashyosini yetishtirish va yigʻib olishni moliyalashtirish uchun valyuta kredit liniyalari jalb qilinishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kelgusi yil uchun paxta xom ashyosi yetishtirishning prognoz hajmlari va gʻoʻzani navlari boʻyicha joylashtirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarorlari oldingi yilning 1-oktabridan kechiktirmasdan qabul qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi Oʻzbekiston-Koreya oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparki belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha oʻz ehtiyojlari uchun olib kiradigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy taʼminotlar uchun 2023-yil 1-yanvarga qadar bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi bir oy muddatda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi Oʻzbekiston-Koreya oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparkining buyurtmanomalariga binoan “Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududidan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer maydonlari ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik sohalari korxonalarida zamonaviy tozalash inshootlari qurishni va mavjudlarini modernizatsiya qilishni moliyalashtirish uchun donor mamlakatlar, xalqaro hamda xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy davlatlar bank tuzilmalarining texnik koʻmak mablagʻlarini (grantlarini) jalb etish boʻyicha tegishli choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Toshkent shahar hokimligi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasiga mahalliy toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning doimiy faoliyat koʻrsatuvchi koʻrgazma maydonchasini tashkil qilish uchun Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 44-b uy manzilida joylashgan uch qavatli binoni unga tutash hududi bilan balans qiymatida topshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-oktabrdagi “Toʻqimachilik sanoati xom ashyo bazasini diversifikatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3314-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gʻulomov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 16-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4453-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-sentabrdagi PQ-4453-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xom ashyoni chuqur qayta ishlash asosida bozor talablaridan kelib chiqqan holda yuqori qoʻshilgan qiymatga ega toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishning 2020 — 2025-yillarga moʻljallangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI PARAMETRLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mahsulot nomi

Oʻlchov birligi

2019-yil (kutilayotgan)

Prognoz

2025-yilga oʻsish

2020-y.

2021-y.

2022-y.

2023-y.

2024-y.

2025-y.

I.

Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi

mln doll.

4 325,5

5 861,6

8 058,2

11 319,3

12 514,1

13 764,6

15 028,5

3,5-marta

1.

Ip-kalava,

shundan boʻyalgan va aralash

ming tn

623,7

770,3

921,4

930,2

974,3

990,3

1 032,5

2,7-marta

182,5

223,6

248,5

276,0

413,0

463,8

470,5

2,6-marta

2.

Tayyor ip-gazlama, jami:

shu jumladan paxtadan tashqari tayyor ip-gazlamalar (aralash, sintetik, junli, jun-paxmoq aralashmali, adyolbop, dekorativ mebelbop, texnik, maxsus ip-gazlamalar)

mln kv. m.

471,0

963,4

1 061,9

1 237,9

1 253,4

1 364,2

1 425,9

3-marta

130,3

223,6

248,5

276

413,6

463,8

470,5

3,6-marta

3.

Tayyor trikotaj mato

ming tn

174,8

227,5

350,0

406,8

520,0

540,0

546

3,1-marta

4.

Tikuv-trikotaj mahsulotlari

mln dona

790

1 070,6

1 680

2 850

2 248,3

3 080,0

3 205,3

4,1-marta

5.

Toʻqimachilik galantereyasi

mlrd soʻm

72

106,5

156,8

191,6

221,3

278,1

360,5

5-marta

6.

Paypoq mahsulotlari

mln juft

260,8

312,4

325,9

409,3

415,1

421,8

427

1,6-marta

II.

Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari eksporti hajmi

mln doll.

2 156,4

2 703,3

3 130

3 908,3

4 760,00

5 731,9

7 075,00

3,3-marta

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishilgan takliflari asosida Maqsadli parametrlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-sentabrdagi PQ-4453-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xom ashyoni chuqur qayta ishlash asosida bozor talablaridan kelib chiqqan holda yuqori qoʻshilgan qiymatga ega charm-poyabzal va moʻynachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishning 2020 — 2025-yillarga moʻljallangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI PARAMETRLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mahsulot nomi

Oʻlchov birligi

2019-yil (kutilayotgan)

Prognoz

2025-yilga oʻsish

2020-y.

2021-y.

2022-y.

2023-y.

2024-y.

2025-y.

I.

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi

mln doll.

349,9

455,9

519,1

660,5

809,1

1 116,0

2 250,0

6,4-marta

1.

Poyabzal

mln juft

86,1

105,8

154,2

205,3

230,2

258,4

289,7

3,4-marta

shu jumladan:

ayollar poyabzali

mln juft

17,2

22,1

35,8

51,1

60,0

77,9

104,8

6,1-marta

2.

Charm kiyim-kechak

ming dona

18,5

23,5

26,8

35,3

39,5

44,2

49,5

2,7-marta

3.

Charm-attorlik mahsulotlari

mln doll.

4,8

7,4

8,1

11,2

12,6

14,5

16,4

3,4-marta

4.

Oshlangan charm, jami:

mln kv. dm

1 125,0

1 460,0

1 617,5

2 179,4

2 470,9

2 772,0

3 148,6

2,8-marta

shu jumladan:

birinchi bosqichda qayta ishlangan charm (vet-blyu)

mln kv. dm

205,4

115,2

97,5

54,2

–—

ikkinchi va uchinchi bosqichda qayta ishlangan charm (krast, finish)

mln kv. dm

919,6

1 344,8

1 520,0

2 125,2

2 470,9

2 772,0

3 148,6

5.

Ishlov berilgan jun

tn

2 260,0

2 400,0

2 880,0

3 500,0

3 920,0

4 390,0

4 931,8

2,2-marta

II.

Charm-poyabzal va moʻynachilik mahsulotlari va jundan tayyorlangan mahsulotlar eksporti hajmi

mln doll.

190,0

230,0

280,0

335,0

520,7

910,7

1 500,0

7,9-marta

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan “Oʻzcharmsanoat” uyushmasining Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishilgan takliflari asosida Maqsadli parametrlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-sentabrdagi PQ-4453-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-2020-yillarda yengil sanoatning toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini qoʻllab-quvvatlash va jadal rivojlantirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl xaritasi”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

boshlanishi

yakunlanishi

I. Toʻqimachilik, charm-poyabzal va moʻynachilik tarmoqlari ishlab chiqarishi uchun mahalliy xom ashyo bazasini kengaytirish

1.

Mahalliy xom ashyo asosida toʻqimachilik, charm-poyabzal va moʻynachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha mavjud salohiyat va imkoniyatlar toʻgʻrisida mahalliy va xorijiy investorlarni keng xabardor qilish.

2019-yil sentabr

2019-yil noyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), TIV (A. Komilov), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev), SSP (A. Ikramov)

2.

Toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik tarmoqlari korxonalarida zamonaviy tozalash va kanalizatsiya inshootlari mavjudligini monitoring qilish.

2019-yil yanvar

2020-yil mart

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Saliyev), Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Qoʻchqorov), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

3.

Zamonaviy tozalash va kanalizatsiya inshootlarini kompleks qurish va ularga toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik tarmoqlari korxonalarini ulash.

2020-yil yanvar

2021-yil dekabr

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Saliyev,) “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

4.

Toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik tarmoqlari investorlariga yer maydonlari ajratishda, ushbu yerlarni qishloq xoʻjaligi foydalanishidan chiqarish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishidagi yoʻqotishlarni, istisno tariqasida, kechiktirib qoplab berilishi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2019-yil sentabr

2019-yil oktabr

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

5.

Jismoniy shaxslardan charm xom ashyosini xarid qilishda charm-poyabzal va moʻynachilik korxonalari mahsulotlariga qoʻshimcha qiymat soligʻini hisoblashning maxsus tartibini joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2019-yil sentabr

2019-yil oktabr

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), DSQ (B. Musayev), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

6.

Vazirlar Mahkamasiga ruxsatnomasiz va veterinariya, veterinar-sanitariya qoidalari va normalarini buzgan holda qoramollarni soʻyish faoliyati bilan shugʻullanganlik uchun maʼmuriy jarima miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida taklif kiritish.

2019-yil sentabr

2019-yil oktabr

Davlat veterinariya qoʻmitasi (B. Norqobilov),
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

7.

Vazirlar Mahkamasiga istisnosiz barcha paxta tozalash zavodlarida paxta tolasini majburiy davlat avtomatlashtirilgan hisobga olish va markirovkalash tizimini joriy etish, bunda boshlangʻich bosqichlarda paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlarida paxta tozalash zavodlari va tayyorlov maskanlarida paxta xom ashyosini qabul qilishni hisobga olish va monitoring qilish tizimini joriy etish boʻyicha takliflar kiritish.

2019-yil sentabr

2019-yil oktabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev),
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov)

8.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan tijorat banklariga paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va paxta tolasini yetishtirish boʻyicha klasterlarning xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan kredit resurslari stavkalarini, shuningdek, ushbu kredit resurslarini soʻndirish muddatlarini paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlarning moliyaviy barqarorligini taʼminlaydigan darajaga keltirish maqsadida qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil sentabr

2019-yil oktabr

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev),

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov)

II. Importni optimallashtirish va eksport salohiyatini oshirish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash va marketing

9.

Toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning faoliyatini quyidagi yoʻnalishlarda chuqur tahlil qilish:

ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish va modernizatsiya qilish samaradorligi;

mavjud va rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalarining zamonaviy talablarga muvofiqligi.

2019-yil sentabr

2019-yil noyabr

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

10.

Furnituralar (toʻgʻnogʻichlar, toʻqimachilik yorliqlari, tugmalar, iplar va h.k.), aksessuarlar ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishni taʼminlash.

2019-yil sentabr

2019-yil dekabr

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

11.

Respublikada ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilgan toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik mahsulotlari importini qisqartirish boʻyicha yillik amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2019-yil sentabr

2019-yil oktabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov),
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

12.

Investitsiya loyihalari amalga oshirilishini joylarga chiqqan holda oʻrganish.

doimiy ravishda

doimiy ravishda

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S.Umurzakov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B.Xodjayev)

13.

Investitsiya loyihalarini samarali va oʻz vaqtida amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan mavjud muammolarni hal qilish va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish.

doimiy ravishda

doimiy ravishda

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

14.

Toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik mahsulotlari ichki va tashqi bozor konyunkturasini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning rivojlanish tendensiyalarini, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari koʻmagida oʻrganish.

2019-yil sentabr

2019-yil noyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev),
TIV (A. Komilov)

15.

Salohiyatli xorijiy xaridorlar va investorlarni taklif etgan holda “Uzcharmexpo” 11-Xalqaro koʻrgazmasini oʻtkazish.

2019-yil oktabr

2019-yil oktabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

16.

Mashhur xalqaro toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni, jumladan franchayzing shartnomalari asosida jalb qilish boʻyicha muzokaralar olib borish.

2019-yil sentabr

2019-yil dekabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

17.

Milliy ishlab chiqaruvchilarning toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik mahsulotlarini, shu jumladan mahalliy ishlab chiqarish korxonalarining ixtisoslashgan xalqaro toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik mahsulotlari koʻrgazmalari va xorijiy tenderlarda ishtirok etishida koʻmaklashish orqali ilgari surish.

doimiy ravishda

doimiy ravishda

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov),
TIV (A. Komilov), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov),
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

18.

Yirik xaridorlar buyurtmalari asosida jozibador shartlarda yetkazib beriladigan tayyor toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport oldi maqsadli moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklardan kamida 100 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit mablagʻlarini jalb qilish.

2019-yil sentabr

2019-yil noyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov)

19.

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va “Oʻzcharmsanoat” uyushmasining veb-saytlarida ishlab chiqarilayotgan, eksport va import qilinayotgan va mahalliylashtirilayotgan mahsulotlar boʻyicha axborotlarni, shuningdek, sohani rivojlantirish boʻyicha axborot-tahliliy materiallarni, tarmoq korxonalarini tashkil etish va boshqarish, toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hamda tegishli ruxsatnomalarni olish boʻyicha metodik qoʻllanmalarni joylashtirish.

2019-yil sentabr

2019-yil dekabr

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

20.

Toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik mahsulotlari mahalliy ishlab chiqaruvchilarining onlayn maʼlumotlar bazasini yaratish.

2019-yil sentabr

2019-yil oktabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev),
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov)

21.

Toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik mahsulotlarini respublika hududiga noqonuniy olib kirishning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha xalqaro tajribalar asosida chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil sentabr

2019-yil oktabr

DBQ (A. Asamov),
DSQ (M. Mirzayev), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

22.

Paxta tolasiga talab va taklif asosida shakllantiriladigan hamda xalqaro bozordagi haqiqiy narxlarga mos keladigan narx belgilashning yangi mexanizmini joriy etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2019-yil sentabr

2019-yil oktabr

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov)

23.

Eksport qilingan tovarlar (ishlar va xizmatlar) boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun toʻlangan jarimalarning bir qismini, muddati oʻtgan qarzdorlikni toʻliq soʻndirish sharti bilan qaytarib berish tizimini joriy qilish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2019-yil sentabr

2019-yil oktabr

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), DSQ (B. Musayev),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov)

III. Toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga innovatsiyalar va xalqaro standartlarni joriy etish

24.

Toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik tarmogʻiga innovatsiyalarni joriy etish boʻyicha ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish.

2019-yil sentabr

2019-yil dekabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

25.

Ishlab chiqarish jarayonlariga ilm-fan yutuqlarini joriy etish.

2019-yil sentabr

2019-yil dekabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

26.

Ikkilamchi xom ashyo resurslarini qayta ishlash va ulardan foydalanish texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish.

2019-yil sentabr

2019-yil dekabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

27.

Toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sohasidagi xalqaro standartlarni oʻrganish.

2019-yil sentabr

2019-yil noyabr

“Oʻzstandart” agentligi (D. Kattaxodjayev), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

28.

Amaldagi standartlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha taklif kiritish.

2019-yil dekabr

2020-yil yanvar

“Oʻzstandart” agentligi (D. Kattaxodjayev), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

29.

Innovatsion, energiya samarador, energiya tejamkor i import oʻrnini bosuvchi materiallar va texnologiyalarni keng joriy qilish boʻyicha takliflar kiritish.

2020-yil yanvar

2020-yil fevral

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abduraxmonov), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I.Haydarov), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F.Boboyev)

30.

Paxta tolasi ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasini takomillashtirishni inobatga olgan holda ilgʻor xorijiy tajribani tahlil qilish asosida paxta tolasi ishlab chiqarish boʻyicha standartlarni qayta koʻrib chiqish, shuningdek, paxta tolasini majburiy sertifikatlash tariflarini pasaytirish boʻyicha choralar koʻrish.

2019-yil sentabr

2019-yil oktabr

“Oʻzstandart” agentligi (D. Kattaxodjayev), Agroinspeksiya ( M. Esanov), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov)

IV. Korxonalarni yoqilgʻi-energetika resurslari bilan uzluksiz taʼminlash, zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etish, tozalash va kanalizatsiya inshootlarini qurish

31.

Tarmoq korxonalarining yoqilgʻi-energetika resurslari bilan taʼminlanganlik holatini, shuningdek, mamlakat hududlarida zaruriy infratuzilmalar mavjudligini yalpi xatlovdan oʻtkazish.

2019-yil sentabr

2020-yil mart

Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

32.

Qoʻshimcha quvvatlarni ishga tushirish, shuningdek, ularni (zarur hollarda) import qilish hisobiga tarmoq korxonalarini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan uzluksiz taʼminlash.

2019-yil sentabr

2020-yil mart

Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

33.

Korxonalarning ishlab chiqarish quvvatini oshirish va energiya samaradorligini taʼminlash imkonini beruvchi zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etish.

2019-yil sentabr

2020-yil mart

Energetika vazirligi

(A. Sultanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

34.

Ishlab chiqarish jarayonini energiya tejamkor texnologiyalarga oʻtkazish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish uchun xorijiy investitsiyalar va tijorat banklarining imtiyozli kreditlarini jalb etishda amaliy yordam koʻrsatish.

2019-yil sentabr

2020-yil mart

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

V. Ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish, mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish

35

Tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarining holatini oʻrganish va ularni modernizatsiya qilish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2019-yil sentabr

2019-yil noyabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmanov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov)

36.

Tadqiqot ishlarining natijalarini tijoratlashtirish boʻyicha takliflar kiritish.

2019-yil sentabr

2019-yil dekabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmanov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov)

37.

Oliy taʼlim muassasalarida toʻqimachilik, charm-poyabzal va moʻynachilik tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha mavjud yoʻnalishlar va mutaxassisliklarni xatlovdan oʻtkazish.

2019-yil sentabr

2019-yil oktabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov)

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

38.

Xalqaro tajriba va ishlab chiqarish ehtiyojlarini inobatga olgan holda yangi oʻquv yoʻnalishlari va mutaxassisliklari hamda qabul kvotalarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil oktabr

2019-yil noyabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

39.

“Taʼlim-fan-ishlab chiqarish” tizimi boʻyicha integratsiyani taʼminlash uchun tegishli oliy taʼlim muassasalarining ixtisoslashgan kafedralariga toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarining yetakchi korxonalarini biriktirish.

2019-yil sentabr

2019-yil oktabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

40.

Korxonalarning muammolarini oʻrganish va ularni hal etish boʻyicha ilmiy ishlar olib borishda tegishli oliy taʼlim muassasalari, olimlar, doktorantlar, tadqiqotchilar uchun sharoitlar yaratish.

2019-yil sentabr

2019-yil noyabr

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

41.

Korxonalarning moddiy-texnik bazasini (shu jumladan laboratoriyalarini) ilmiy-tadqiqot ishlarida foydalanish uchun bepul asosda taqdim etish.

2019-yil sentabr

2019-yil noyabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

42.

Yangi ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy qilish uchun sharoit yaratish.

2019-yil sentabr

2019-yil dekabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

43.

Soha korxonalari tomonidan tegishli oliy taʼlim muassasalarining oʻquv laboratoriyalariga yangi materiallar, texnologik liniyalar maketlari, xom ashyo va mahsulotlar namunalarini taqdim qilish.

2019-yil sentabr

2019-yil dekabr

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

44.

Ilgʻor xorijiy kompaniyalarni jalb etgan holda toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha koʻnikma va malaka oshirish markazlarini tashkil etish.

2019-yil sentabr

2019-yil dekabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

45.

“Oʻzengsanloyiha” MCHJ loyihalash institutining ustav jamgʻarmasi (kapitali)dagi davlat aksiyalar paketini (ulushini) nominal qiymatda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasiga oʻtkazish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2019-yil sentabr

2019-yil noyabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov),

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov)

46.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar toʻgʻrisida takliflar kiritish:

iyun oyining ikkinchi yakshanbasini Toʻqimachilik, tikuv-trikotaj sanoati xodimlari kuni deb eʼlon qilish;

“Oʻzbekiston Respublikasi faxriy toʻqimachisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish.

2019-yil sentabr

2019-yil noyabr

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-sentabrdagi PQ-4453-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3693-son qarorining 10-bandi toʻrtinchi xatboshidagi “charm-poyabzal” soʻzlari “poyabzal” soʻzi bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi F-5302-son farmoyishi bilan tasdiqlangan 2020-yil 1-yanvarga qadar bojxona toʻlovlaridan (bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish bundan mustasno) ozod qilingan “Termiz-tezkor-qurilish” XK, “Fayz Binokor Oltiariq” XK, “Shashmoxkashob” agrofirmasi, “Janub tekstil” MCHJ, “Surxon teks” MCHJ, “Amudar Textile” MCHJ, “Norteks Style” MCHJ, “Sherobod Textile Invest” MCHJ va “Surxon sifat tekstil” MCHJlar tomonidan olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, texnika, qurilish materiallari roʻyxatining rus tilidagi matni “Agrofirma “Shashmoxkashob” boʻlimi 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Sistema elektropodklyucheniya ustroystv dlya pryadilnoy fabriki

(Electrical connection system for spinning mill equipments)

Transformator 3150 KVA 10.5/0.4KV (suxogotipa) (Transformer 3150 KVA 10.5/ 0.4 KV (dry type),

Shinoprovodnaya sistema

(Bus bar system)

Sistemakabelnixkanalov

(Electrical cables systems)

Elektrokabeli

(Electrical cables)

Elektroshiti 0,4 kv

(Electrical panels 0.4 KVA)

Sistema osvesheniya (vklyuchayushaya lampochki, fiksatori i pr.)

(The lighting system (complete with LED lamps, lighting fixtures, etc.)

8504340000

komplekt

1

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxati quyidagi mazmundagi 621-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“621. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 106-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bandning beshinchi xatboshidagi “2018-yilgi hosil” soʻzlari “2018 — 2020-yillardagi hosil” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ilovaning 14-bandi toʻrtinchi xatboshidagi “2018-yilgi hosil” soʻzlari “2018 — 2020-yillardagi hosil” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2019-y., 07/19/4453/3756-son; 09.02.2021-y., 07/21/4982/0094-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 06/22/53/0052-son, 26.02.2022-y., 07/22/143/0166-son, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 13.01.2023-y., 06/23/2/0024-son; 21.11.2023-y., 06/23/198/0868-son; 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son; 23.05.2024-y., 07/24/181/0360-son; 28.12.2024-y., 06/24/229/1090-son; 17.03.2025-y., 06/25/47/0243-son)