Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrugʻi
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 16-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1462-2]
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019-yil 12-sentabrdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, buyuraman:
1. “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagog kadrlari attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni (roʻyxat raqami 1462, 2005-yil 28-mart) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markaziga kiritilgan 2017-yil 26-dekabrdagi 1-6/37-1493/8-son taqdimnomaning talablari bajarilmaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2005-yil 24-martdagi 05/QQ, 01-77, 01/1185-son “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagog kadrlari attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1462, 2005-yil 28-mart) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-sentabr,
405-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2019-y., 10/19/1462-2/3749-son)