Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish yoʻli bilan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda bolalarni davlat maktabgacha taʼlimi bilan keng qamrab olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Maktabgacha taʼlim vazirligining:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini, istisno tariqasida, uning idoraviy mansubligida qoldirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini (keyingi oʻrinlarda — IIV MTT) Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — DMTT) tizimiga kiritish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
(1-bandning ikkinchi-uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV MTTning taʼlim-tarbiya jarayonini muvofiqlashtirish va metodik boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV MTT oʻz faoliyatini davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi IIV MTT direktori Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda Ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV MTT xodimlariga davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari uchun qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari va imtiyozlar qoʻllaniladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV MTTni saqlash xarajatlari Ichki ishlar vazirligiga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari va Vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(2-bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Keyingi tahrirga qarang.
3. 2019-yil 1-oktabrdan quyidagi tartib joriy etilsin, unga koʻra:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV MTT tarbiyalanuvchilari umumiy oʻrinlari sonining 80 foizi ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining farzandlari uchun ajratiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi IIV MTT tarbiyalanuvchilari umumiy oʻrinlari sonining 20 foizi Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq jamlanadi;
idoraviy maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish kvotasiga oʻzgartirishlar kiritish, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ehtiyojidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(3-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziriga budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV MTT xodimlariga, qonun hujjatlarida belgilangan qoʻshimcha haq va toʻlovlardan qatʼi nazar, ragʻbatlantiruvchi ustamalar belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV MTTga mutaxassis-psixologlarni, ular mehnatiga haq toʻlash miqdorini belgilashda mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, shartnoma asosida jalb etish;
Oʻzbekiston Respublikasi IIV MTTni taʼmirlash, kapital va joriy taʼmirlash, shuningdek moddiy-texnik taʼminlashni amalga oshirish;
ehtiyojlardan kelib chiqib, keyinchalik davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tizimiga kiritish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan taʼminlanishga oʻtkazishni nazarda tutgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi IIVning yangi MTTni qurish va moddiy-texnik jihozlash huquqi berilsin.
(4-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 13-sentabr,
769-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.09.2019-y., 09/19/769/3743-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)