13.09.2019 yildagi PF-5825-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Chiroqchi” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatini kompleks rivojlantirish, mineral xom ashyo va qishloq xoʻjaligi resurslarini chuqur qayta ishlash boʻyicha yuqori texnologik va eksportbop mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda shu asosda viloyatning eksport salohiyatini oshirish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish hamda hudud aholisi farovonligini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qashqadaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligining Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida “Chiroqchi” erkin iqtisodiy zonasini (keyingi oʻrinlarda — “Chiroqchi” EIZ) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar “Chiroqchi” EIZning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi bozorlarda talab etilayotgan va import oʻrnini bosuvchi, yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatning ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy xom ashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish hamda erkin iqtisodiy zona ishtirokchilari oʻrtasida va umuman respublikada sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan samarali foydalanish asosida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta ishlashni chuqurlashtirish va ularning eksport hajmini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
logistika xizmatlari koʻrsatishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish, sanoat sohasidagi ishlab chiqarish subyektlariga ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksportini tashkil etishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlashtirish, sertifikatlashtirish va markirovka qilish boʻyicha xalqaro standartlarga muvofiq ilmiy-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish va ularning xulosalari xalqaro darajada eʼtirof etilishini taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Chiroqchi” EIZning soha kadrlariga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqib, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish, shu jumladan ularning “Chiroqchi” EIZda joylashgan hududdagi tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashida qatnashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Chiroqchi” EIZning faoliyat koʻrsatish muddati 30 yilni tashkil etadi va ushbu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Chiroqchi” EIZ faoliyati davomida uning hududida alohida soliq, bojxona va valyuta tartibotlari amal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-son “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni 3, 4 va 5-bandlari qoidalari “Chiroqchi” EIZ ishtirokchilariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qashqadaryo viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi DUKni “Chiroqchi” EIZning bosh rejasini ishlab chiqish, shuningdek, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini qurish hamda rekonstruksiya qilish boʻyicha buyurtmachi etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻzshaharsozlikLITI” DUKni “Chiroqchi” EIZning bosh rejasini ishlab chiqish boʻyicha bosh loyihalash tashkiloti etib belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Qashqadaryo viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari hududidan “Chiroqchi” EIZning chegaralarini aniqlash, ularni kelgusida kengaytirish va “Chiroqchi” EIZ faoliyatini tashkil etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda “Chiroqchi” EIZning bosh rejasi ishlab chiqilishini hamda belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Transport vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Chiroqchi” EIZ ishtirokchilariga oʻz vaqtida va sifatli xizmat koʻrsatish uchun logistika markazlarini hamda bojxona postini tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari oʻz faoliyatini erkin iqtisodiy zona direksiyasi va logistika markazlari binolaridagi alohida ajratilgan xonalarda ijara toʻlovlarisiz olib borishlari inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Qashqadaryo viloyatining mavjud mineral xom ashyo resurslarini inobatga olgan holda, import tarkibini har tomonlama tahlil qilish asosida “Chiroqchi” EIZ hududida import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlari ishlab chiqarish tashkilotlarini joylashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilib, tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Chiroqchi” EIZ hududida yer osti suv zaxiralari mavjudligini oʻrganib chiqib, undan samarali foydalanish boʻyicha takliflarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻztransgaz” AJ “Chiroqchi” EIZ hududini, shuningdek, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish maydonlarini tashqi yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan kafolatli taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda “Chiroqchi” EIZ hududida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillar uchun Investitsiya dasturini shakllantirishda “Chiroqchi” EIZning belgilangan tartibda tasdiqlangan bosh rejasi asosida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun kapital qoʻyilmalar limitlarini hamda zarur markazlashtirilgan investitsiyalar ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qashqadaryo viloyati hokimligi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining buyurtmalariga koʻra “Chiroqchi” EIZda amalga oshiriladigan loyihalarni tashkil etish boʻyicha ishga jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar uchun Oʻzbekiston Respublikasiga koʻp martalik kirish vizalarini konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirishni taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Chiroqchi” EIZda amalga oshiriladigan loyihalarni tashkil etish boʻyicha ishga jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarni turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 13-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5825-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.09.2019-y., 06/19/5825/3744-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)