10.09.2019 yildagi O‘RQ-566-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baʼzi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 17-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 24-avgustda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 754-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda) 15-moddasining ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi 915-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 22-aprelda qabul qilingan OʻRQ-350-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 96-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda, № 10, 674-modda, № 12, 781-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 10-modda birinchi qismining oʻn birinchi xatboshisidagi “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 11-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisidagi “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismidagi “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining rahbari, shuningdek hududdagi profilaktika inspektorlari” degan soʻzlar “shuningdek hududdagi profilaktika inspektorlari va ularning jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismining yigirma ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasiga aʼzolar qabul qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 14-modda birinchi qismining oʻn uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari bilan birgalikda “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi aʼzolari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 25-moddaning toʻrtinchi qismidagi “hamda Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining rahbari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi OʻRQ-703-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda) 283-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu Kodeksning 193-moddasida nazarda tutilgan deputatlik va senatorlik faoliyatining kafolatlari buzilgan taqdirda, tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari devonlari hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari kotibiyatlari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzmasdan oʻzining arizasida huquqbuzarning shaxsi, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va bu huquqbuzarlikning mohiyati haqidagi maʼlumotlarni, shuningdek ishni hal etish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni koʻrsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Advokatura toʻgʻrisida”gi 349-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 48-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2008-yil, № 12, 641-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2018-yil, № 10, 673-modda; 2019-yil № 1, 3-modda, № 5, 267-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 31-modda quyidagi mazmundagi oʻninchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Advokatlik guvohnomasining shakli va uni berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 17-modda birinchi qismining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi xatboshisi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi 763-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 115-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2012-yil, № 4, 106-modda; 2014-yil, № 12, 343-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda) 8-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olishni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishib olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustda qabul qilingan “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi 120-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7-8, 212-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2011-yil, № 4, 98-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 22-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi 362-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 72-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 40-modda, № 10, 671-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 6-moddaning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 10-moddaning nomi va birinchi xatboshisidagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining” va “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar tegishincha “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining” va “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi OʻRQ-363-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 12, 352-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda) 11-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi — sanoat xavfsizligiga, radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlikka, yer qaʼridan foydalanilayotganda ishlarning bexatar olib borilishiga rioya etilishi yuzasidan”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-mayda qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-371-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 129-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 5, 267-modda) 21-moddasi birinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari bilan birgalikda “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi aʼzolari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-407-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 272-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 5, 267-modda) 15-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismidagi “va inspektorlaridan” degan soʻzlar, “inspektorlaridan va ularning jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi qismidagi “jamoatchilik tuzilmalari” degan soʻzlar “jamoatchilik tuzilmalari aʼzolari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-427-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 4, 135-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 5-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kengash raisining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va u bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabini boshqaradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 7-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kengash oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalik lavozimlariga nomzodlarning zaxirasini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlashni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, rais oʻrinbosarlari va sudyalari lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari va rais oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, harbiy sudlarning raislarini va sudyalarini lavozimga tayinlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlarining sudyalik lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga qonunga muvofiq xulosalar (taqdimnomalar) kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalar oliy malaka hayʼatining tavsiyasiga koʻra sudyalarni ularning vakolatlari muddati davrida oʻz arizalariga asosan viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalari, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, harbiy sudlarning raislari va sudyalari lavozimlariga qaytadan tayinlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalar oliy malaka hayʼatining tavsiyasiga koʻra sudyalarni oʻz arizalariga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlarining sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari va sudyalari lavozimlariga qaytadan tayinlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga taqdimnomalar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshini sudyaning roziligi bilan besh yilgacha uzaytirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnoma kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlarining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, harbiy sudlarning sudyalik lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshini sudyaning roziligi bilan besh yilgacha uzaytiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan saylanadigan sudyalarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar (takliflar) kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunda nazarda tutilgan hollarda, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, harbiy sudlarning raislari va sudyalarini lavozimidan ozod qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlari sudyalarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga xulosalar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalar va oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi Kengash aʼzolariga nisbatan xizmat tekshiruvlari oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish masalasini koʻrib chiqadi va materiallarni sudyalarning tegishli malaka hayʼatlariga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi Kengash aʼzolarini intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalarni jinoiy yoki maʼmuriy javobgarlikka tortish masalalari yuzasidan xulosa beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini taʼminlash, odil sudlovga erishish darajasini va uni amalga oshirish sifatini yaxshilash boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalarning malaka hayʼatlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ularning faoliyatini tekshiradi, sudyalarning malaka hayʼatlari raislari hisobotlarini eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning sudyalar tomonidan odob-axloq qoidalarini buzish masalalariga doir murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalarning faoliyatini ularning kasbiga munosibligi nuqtai nazaridan oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalarning odob-axloq kodeksini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalarning faoliyatini oʻrganish va baholash mezonlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalarni kasbiy tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishga doir dasturni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti direktorining mazkur departament faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini har yili eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarning, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga nomzodlarning shaxsiy va kasbiy sifatlari darajasini oʻrganish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, shuningdek mansabdor shaxslardan hamda fuqarolardan Kengash faoliyati bilan bogʻliq zarur axborotni, hujjatlarni va boshqa materiallarni soʻrab oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining Reglamentini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshisidagi “Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazini” degan soʻzlar “Sudyalar oliy maktabini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshisi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 17-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“nomzodning koʻrsatilgan sudyalik lavozimiga munosibligi yoki munosib emasligi haqida yoxud nomzodning takroriy tanlovda ishtirok etishi uchun ruxsat berish huquqini qoldirish toʻgʻrisida”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 18-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kengash sudyalik lavozimiga birinchi marta, navbatdagi oʻn yillik muddatga va sudyalik lavozimida boʻlishning keyingi muddatsiz davriga tayinlanadigan (saylanadigan) nomzodning munosibligini aniqlashda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining rahbarlik lavozimlariga nomzodni tayinlashda (saylashda) huquqni muhofaza qiluvchi organlardan zarur axborotni soʻrab olishi mumkin. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Kengashning soʻrovi olingan kundan eʼtiboran bir oylik muddatda tegishli xulosani taqdim etishi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 20-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kengash sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaxirasini (bundan buyon matnda zaxira deb yuritiladi) shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxiraga kiritilish istagini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Kengashga ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Mazkur ariza ikki oy ichida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxiraga sudyalik lavozimlari uchun zarur bilimga, yetarli hayotiy tajribaga va benuqson obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan yuqori malakali yuristlar orasidan oʻttiz uch yoshdan kichik boʻlmagan, oliy yuridik maʼlumotga, yuridik ixtisos boʻyicha kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi shaxslar zaxiraga kiritilishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqaddam sudlanganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odil sudlovni amalga oshirishga monelik qiladigan kasalliklarga yoki jismoniy nuqsonlarga ega boʻlganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun vakolatlari oldingi ish joyi boʻyicha belgilangan tartibda tugatilganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalik lavozimiga munosib emasligi tufayli zaxiraga kiritishni rad etish haqida Kengash xulosasi qabul qilinganidan keyin bir yil oʻtguniga qadar zaxiraga kiritish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxiraga kiritish sudyalik lavozimiga nomzodning ushbu Qonunda nazarda tutilgan mezonlarga munosibligini oʻrganish va Kengash tomonidan belgilanadigan tartibda oʻtkaziladigan imtihondan muvaffaqiyatli oʻtish natijalariga koʻra, Kengashning qarori bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalik lavozimiga nomzod quyidagi hollarda zaxiradan chiqariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxiradan chiqarish toʻgʻrisida oʻzi ariza berganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning oʻqish natijalari qoniqarsiz baholanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unda odil sudlovni amalga oshirishga monelik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar paydo boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vafot etganda yoki u sud qarori bilan vafot etgan deb eʼlon qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat yoki oʻzining shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiruvchi boshqa xatti-harakatlar sodir etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning sudyalik lavozimiga nomunosibligi haqida xulosa chiqarilganda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 24-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“24-modda. Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni tanlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻsh sudyalik lavozimlari toʻgʻrisidagi axborot Kengashning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni koʻrib chiqish muqobillik asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxiraga kiritilgan sudyalik lavozimiga nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlaganidan keyin boʻsh sudyalik lavozimlarini toʻldirish uchun tanlovda ishtirok etish toʻgʻrisida bevosita Kengashga ariza berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlashda Kengash tomonidan belgilanadigan tartibda turli oʻrganish usullaridan — suhbat oʻtkazishdan, mustaqil ekspertlar tomonidan test sinovidan oʻtkazishdan, berilgan muammolar boʻyicha mavzuga oid referatlar tayyorlashdan, ekspress soʻrovlardan foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalik lavozimiga nomunosibligi tufayli oʻziga nisbatan Kengashning zaxiraga kiritish rad etilganligi toʻgʻrisidagi xulosasi chiqarilgan shaxs bir yil oʻtgach, zaxiraga kiritish toʻgʻrisidagi ariza bilan Kengashga takroran murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxiraga kiritish boshqa sabablarga koʻra rad etilgan shaxs rad qilish sabablari bartaraf qilinganidan keyingina zaxiraga kiritish toʻgʻrisidagi ariza bilan Kengashga takroran murojaat qilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) quyidagi mazmundagi 241-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“241-modda. Sudyaning vakolatlari muddati tugaganidan keyin uni sudyalik lavozimiga va boshqa sudyalik lavozimiga tayinlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi vakolat muddatiga oʻz nomzodini koʻrsatish istagini bildirgan sudya vakolatlari muddati tugashiga kamida olti oy qolganda arizani va zarur hujjatlarni tegishli sudyalarning malaka hayʼatiga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa sudyalik lavozimiga oʻz nomzodini koʻrsatish istagini bildirgan sudya, buning sabablari va asoslarini koʻrsatgan holda Kengashga ariza beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalar oliy malaka hayʼati sudyani yangi muddatga yoki boshqa sudyalik lavozimiga tayinlash mumkinligi haqida Kengashga xulosa taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi, tumanlararo, tuman, shahar sudlari, harbiy sudlar raislari va sudyalari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha jamoatchilik fikrini Kengash tomonidan tasdiqlanadigan tartibga koʻra oʻrganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning vakolatlari muddati tugaganidan keyin Kengash uch oy ichida nomzodning sudyalik lavozimiga munosibligi yoki nomunosibligi haqidagi masalani koʻrib chiqishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sudya oʻzi daʼvogar boʻlgan lavozim talablariga javob bermasa, Kengash uni quyi turuvchi sudyalik lavozimiga koʻrib chiqish masalasini kun tartibiga kiritishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari sudyalik lavozimida ishlagan shaxslarni sudyalik lavozimiga koʻrsatish toʻgʻrisidagi masala yangi vakolatlar muddatiga va boshqa sudyalik lavozimlariga taqdim etilgan sudyalar uchun qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 8-sentabrda qabul qilingan “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-444-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 9, 508-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 8-moddaning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 25-moddadagi “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 10-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-566-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son)