ILOVA
ILOVA
|
Bosqichlar |
|
Subyektlar |
|
Tadbirlar |
|
Muddatlar |
|
|
||||||
|
1-bosqich |
Maktabgacha taʼlim vazirligi |
1. Maktabgacha taʼlim muassasalaridagi taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun pedagoglarga va tarbiyalanuvchilarga foydalanish uchun tavsiya etiladigan oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarning (bosma va elektron) roʻyxatini shakllantiradi. 2. Oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarni (bosma va elektron) yaratish boʻyicha ommaviy axborot vositalari va vazirlikning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi. |
Har yili fevral oyida | |||
|
|
||||||
|
2-bosqich |
Ijodiy jamoalar |
1. Oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarning (bosma va elektron) original maketlarini yaratishda ishtirok etish taklifini Ishchi organga rasmiy xat bilan murojaat etadi. 2. Tayyorlangan oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarni (bosma va elektron) original maket holatida ishchi organga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi. |
Eʼlonda belgilangan muddatlarda | |||
|
|
||||||
|
3-bosqich |
Ishchi organ |
Qabul qilib olingan original maketlarni ekspertlar guruhiga taqdim etadi. |
Qabul qilingan kundan boshlab 3 kun muddatda | |||
|
|
||||||
|
4-bosqich |
Ekspertlar guruhi |
Taqdim etilgan original maketlarini ekspertizadan oʻtkazadi hamda tegishli xulosalarini Ishchi organga taqdim etadi. |
2 oy muddatda | |||
|
|
||||||
|
5-bosqich |
Maktabgacha taʼlim vazirligi |
Jamoatchilikning fikr-mulohazalarini inobatga olish maqsadida vazirlikning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida joylashtiradi. |
2 hafta davomida | |||
|
|
||||||
|
6-bosqich |
Ishchi organ |
1. Maketlarini oʻrganib chiqib, muhokama qiladi, ularning roʻyxatini tasdiqlaydi va Maktabgacha taʼlim vazirligining grifini berish boʻyicha qaror qabul qiladi. 2. Nashrga tavsiya etilgan oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlarni nashr etish uchun texnik topshiriqlar ishlab chiqadi. |
10 kun davomida
| |||
|
|
||||||
|
7-bosqich |
Maktabgacha taʼlim vazirligi |
1. Maqbul narxlar taklif etadigan nashriyotlarni tanlab olish uchun ommaviy axborot vositalari hamda vazirlikning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-sayti orqali eʼlon beradi va tanlovni oʻtkazadi. 2. Tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya qaroriga koʻra gʻolib boʻlgan nashriyotlar bilan shartnomalar imzolaydi. |
1 oy davomida
|