09.09.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1656-2
1. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda sud ijrochilarining sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar, moliya-kredit tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq (ro‘yxat raqami 1656, 2007-yil 5-fevral) hamda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda sud ijrochilarining sudlar, huquqni muhofaza qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish organlari, moliya-kredit tashkilotlari bilan hamkorligi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyruqni (ro‘yxat raqami 1656-1, 2012-yil 10-oktabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2019-yil 13-apreldagi 7/12-19-24-son xati ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2007-yil 5-fevraldagi 21-mh-son “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda sud ijrochilarining sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar, moliya-kredit tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1656, 2007-yil 5-fevral) hamda 2012-yil 10-oktabrdagi 226-mh-son “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda sud ijrochilarining sudlar, huquqni muhofaza qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish organlari, moliya-kredit tashkilotlari bilan hamkorligi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1656-1, 2012-yil 10-oktabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.