ILOVA
|
Tadbirlarning nomi |
Amalga oshirish shakli |
Bajarish muddatlari |
Summa |
Moliyalashtirish manbalari |
Ijrochilar | |
|
I. Kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bemorlarga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | ||||||
|
1. |
“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga kam uchraydigan (orfan) kasalliklarni davolashda ishlatiladigan tibbiy buyumlar importi davlat roʻyxatidan oʻtkazilmasdan amalga oshirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. |
Qonun loyihasi |
2019-yil 1-dekabr |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Davlat bojxona qoʻmitasi (Azimov) |
|
2. |
Kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga tashxis qoʻyish va monitorlash uchun tibbiy texnika, butlovchi jihozlar, reagentlar va sarflash materiallari, shuningdek, ularni davolash uchun orfan dori vositalari, tibbiy buyumlar va maxsus oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirish narxlarini va bojxona talablarini yengillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2020-yil 1-mart |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzaqov), Davlat soliq qoʻmitasi (Musayev), Davlat bojxona qoʻmitasi (Azimov) |
|
3. |
Hayot uchun xavfli va surunkali rivojlanadigan kam uchraydigan (orfan) kasallikka chalingan 18 yoshgacha bolalarning kasallik kechishi va bosqichidan qatʼiy nazar nogironligini belgilash va nafaqa olish huquqini taʼminlash. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2019-yil 1-dekabr |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Muxitdinov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Adliya vazirligi (Davletov) |
|
4. |
Milliy registrga kiritilgan hayot uchun xavfli va surunkali rivojlanib boruvchi kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qoʻyish, davolash standartlari hamda klinik protokollarni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
2020-yil 1-fevral |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
|
II. Kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy va ijtimoiy yordamni takomillashtirish | ||||||
|
5. |
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi laboratoriyasini tandem mass-spektrometri va biologik materiallardan sinama tayyorlash uchun asboblar komplekti bilan toʻliq jihozlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2020-yil 1-mart |
548,0 ming yevro |
PriboriOy (Finlyandiya) insonparvarlik yordami |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzaqov), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
|
6. |
Quyidagi kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarining selektiv skriningini oʻtkazish uchun doimiy ravishda Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini reagent va boshqa sarflash materiallari bilan taʼminlash: glikogen toʻplanishi kasalligi (Pompe kasalligi); Goshe kasalligi; Fabri kasalligi; Krabbe kasalligi; Niman-Pik (A, V turlari) kasalligi; mukopolisaxaridoz I-turi. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2020 — 2024-yillar |
10,3 mlrd soʻm 2020-yilda 2,1 mlrd soʻm |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev) |
|
7. |
Milliy registrga asosan mukovissidoz kasalligiga chalingan bolalarni orfan dori vositalari (Dornaza-alfa) va maxsus oziq-ovqat mahsulotlari bilan bepul taʼminlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2020 — 2024-yillar |
34,9 mlrd soʻm shundan |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzaqov) |
|
15,1 mlrd soʻm shundan |
Grantlar | |||||
|
8. |
Milliy registrga asosan gemofiliya kasalligiga chalingan bolalarni orfan dori vositalari (Trenaksan) bilan bepul taʼminlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2020 — 2024-yillar |
39,8 mlrd soʻm |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzaqov) |
|
39,8 mlrd soʻm shundan |
Grantlar | |||||
|
9. |
Milliy registrga asosan talassemiya kasalligiga chalingan bolalarni orfan dori vositalari (Deferoziroks) bilan bepul taʼminlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2020 — 2024-yillar |
23,9 mlrd soʻm shundan |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzaqov) |
|
23,9 mlrd soʻm shundan |
Grantlar | |||||
|
10. |
Milliy registrga asosan bullez epidermoliz kasalligiga chalingan bolalarni tibbiy buyumlar bilan bepul taʼminlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2020 — 2024-yillar |
53,0 mlrd soʻm shundan |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzaqov) |
|
159,5 mlrd soʻm |
Grantlar | |||||
|
11. |
Milliy registrga asosan tizimli boshlanuvchi yuvenil artrit kasalligiga chalingan bolalarni orfan dori vositalari (Totsilizumab) bilan bepul taʼminlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2020 — 2024-yillar |
12,3 mlrd soʻm shundan |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzaqov) |
|
12,2 mlrd soʻm shundan |
Grantlar | |||||
|
12. |
Respublika bolalar ruhiy-asab kasalxonasida autistik spektr buzilishlari boʻlgan bolalarni davolash va reabilitatsiya qilish boʻlimini tashkil etish. |
Tashkiliy-amaliy choralar |
2020-yil 1-sentabr |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
|
III. Kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarni davolash boʻyicha kadrlar tayyorlash | ||||||
|
13. |
Kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarning oldini olish, tashxis qoʻyish va davolash boʻyicha oʻquv-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish va ularni tibbiyot oliy taʼlim muassasalari, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining oʻquv va ishchi dasturlariga joriy qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019-yil 1-dekabr |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
|
14. |
Tibbiyot oliy taʼlim muassasalari, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining professor-oʻqituvchilari, birlamchi tibbiy sanitariya yordami va barcha bosqichdagi bolalar davolash muassasalari mutaxassislari uchun kam uchraydigan (orfan) va irsiy-genetik kasalliklar muammosi boʻyicha seminar va konferensiyalar oʻtkazish. |
Sogʻliqni saqlash vazirligi buyrugʻi |
2019 — 2024-yillar |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (Izamov) |
|
15. |
Maqsadli fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar tanlovida ishtirok etish maqsadida irsiy-genetik kasalliklarning tarqalganligi, ularning oldini olish, oʻz vaqtida tashxis qoʻyish va davolashga yoʻnaltirilgan mavzularni shakllantirish va Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish. |
Tanlov natijalariga koʻra ilmiy loyihalar |
Loyihalar muddati |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov) |
|
16. |
Irsiy va genetik kasalliklar muammolari bilan shugʻullanuvchi jahonning yetakchi markazlari va klinikalari ishtirokida quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlik qilish: pediatr, gematolog, genetik, immunolog, laboratoriya ishi mutaxassislari va boshqalarning oʻqish stajirovkalari; birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish; ilmiy konferensiyalar va kongresslar oʻtkazish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019 — 2024-yillar |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (Izamov) |
|
IV. Kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarning profilaktikasi yuzasidan keng targʻibot-tashviqot ishlari olib borish | ||||||
|
17. |
Kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklar toʻgʻrisida hamda ushbu kasalliklar profilaktikasi yuzasidan axborot materiallarini ishlab chiqish va aholi oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borish. |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
Har chorakda |
- |
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (Izamov) |
|
18. |
Sogʻlom turmush tarzini olib borish, reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish, qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarning oldini olishga qaratilgan aholining tibbiy madaniyatini oshirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019-yil 1-dekabr (chora-tadbirlar rejasiga muvofiq) |
- |
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (Izamov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev) |
|
19. |
Hayot uchun xavfli va surunkali rivojlanib boruvchi orfan va boshqa irsiy-genetik kasalliklar bilan bolalar tugʻilishiga olib keluvchi omillarni, shuningdek, ularning oldini olish va bartaraf etishni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019-yil 1-dekabr (chora-tadbirlar rejasiga muvofiq) |
- |
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (Izamov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev) |
|
20. |
Jamoat tashkilotlari, xalqaro va nodavlat notijorat tashkilotlar, shuningdek, kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlarning ota-onalari hamkorligida irsiy-genetik va tugʻma kasalliklarning oldini olishga hamda ushbu kasallikka chalingan bolalar boʻlgan oilalarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni olib borish. |
Tashkiliy- chora-tadbirlar |
2019-yil 1-dekabr (chora-tadbirlar rejasiga muvofiq) |
- |
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (Izamov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov) |
|
2019 — 2024-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun jami xarajatlar 424,6 mlrd soʻm va 548,0 ming yevro: |
||
|
|
||
|
shundan: |
mlrd soʻm |
ming yevro |
|
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
174,1 |
- |
|
PriboriOy (Finlyandiya) kompaniyasining insonparvarlik yordami |
- |
548,0 |
|
Homiylar mablagʻlari |
250,5 |
- |