1-ILOVA
2-ILOVA
3-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
1. |
Urugʻchilik sohasidagi zarur normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish. |
Urugʻchilik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar xalqaro standartlarga muvofiqligini tahlil qilish asosida urugʻchilik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish. |
2019-yil noyabr |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), “Oʻzstandart” agentligi (Sattarov), Urugʻchilikni rivojlantirish markazi (Namazov), tegishli vazirliklar va idoralar |
|
2. |
Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari va duragaylarining birlamchi urugʻliklari va duragaylarini yetishtirish tizimini shakllantirish. |
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning har birida 3 tadan ixtisoslashtirilgan elita urugʻchilik xoʻjaliklarini tashkil etish, ularning har biriga unumdor, suv bilan yaxshi taʼminlangan maydonlardan 100 gektardan yer ajratish hamda Urugʻchilikni rivojlantirish markazi (Markaz)ning hududiy boshqarmalari tasarrufiga oʻtkazish boʻyicha qarorlar qabul qilish.
2. Ixtisoslashtirilgan elita urugʻchiligi xoʻjaliklarining har birida 40 gektar maydonda urugʻlik paxta, 40 gektar maydonda urugʻlik gʻalla va 20 gektar maydonda boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarining superelita va elita urugʻliklarini yetishtirish. |
2019-yil noyabr
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), tegishli vazirliklar va idoralar |
|
3. |
Urugʻchilik xoʻjaliklari oʻrtasida tender tanlovini oʻtkazish tartibini takomillashtirish. Markaz va urugʻchilik subyektlari oʻrtasida shartnoma munosabatlarini shakllantirish. |
1. Urugʻchilik xoʻjaliklari tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish. 2. Markaz va urugʻchilik subyektlari oʻrtasida urugʻlik materiallari yetishtirish boʻyicha shartnomalar tuzish tartibini ishlab chiqish. |
2020-yil |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Urugʻchilikni rivojlantirish markazi (Namazov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
4. |
Hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib qishloq xoʻjaligi ekinlarining bittadan navi boʻyicha urugʻlik maydonlarini joylashtirish va istiqbolli navlar urugʻini yetishtirishni tashkil etish hamda nav agrotexnikasini ishlab chiqish. |
1. Amaldagi qoʻllanmalarga qatʼiy rioya etgan holda hududlarda ekinlarning bittadan navlari urugʻlarini yetishtirishni tashkil etish. 2. Istiqbolli deb topilgan va yangi navlarning ekin maydonlarini qabul qilingan sxemalar asosida bosqichma-bosqich kengaytirib borish. 3. Originatorlar bilan hamkorlikda qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining urugʻchilik maydonlari uchun ilmiy-asoslangan agrotexnikani ishlab chiqish hamda urugʻchilik xoʻjaliklarida unga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlash. |
2020-yildan |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), tegishli vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
5. |
Urugʻlik paxta xom ashyosi va urugʻlik donni qayta ishlash tizimini takomillashtirish. |
1. “Oʻzpaxtasanoat” AJ va “Oʻzdonmahsulot” AKga qarashli tashkilotlarning urugʻlik sexlari va omborlarini belgilangan tartibda 10 yil muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan Markazga sotish. 2. Urugʻlik paxta xom ashyosi va urugʻlik donni texnik paxta xom ashyosi va tovar dondan alohida qabul qilish, saqlash va qayta ishlash tizimini joriy qilish. |
2020-yil |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Xaydarov), “Oʻzpaxtasanoat” AJ (Maqsudov), “Oʻzdonmahsulot” AK (Poʻlatov), tegishli vazirliklar va idoralar |
|
6. |
Elita urugʻchilik laboratoriyalari va urugʻlik tayyorlash sexlarini modernizatsiya qilish boʻyicha takliflarni tayyorlash hamda tegishli tashkilotlarga taklif kiritish. |
1. Elita urugʻchilik laboratoriyalari binolarini kapital taʼmirlash, yangilarini qurish, urugʻlik tayyorlash sexlarini modernizatsiyalash hamda qishloq xoʻjaligi texnika va agregatlarini xarid qilish boʻyicha takliflar tayyorlash. 2. Xalqaro standartlar talablariga javob beradigan zamonaviy markaziy sinov laboratoriyasini tashkil qilish uchun talab etiladigan mablagʻlar manbalarini aniqlash. |
2020-yil mart |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Moliya vazirligi (Tursunov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmanov), tegishli vazirliklar va idoralar |
|
7. |
Qishloq xoʻjaligi ekinlari kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurash ishlarini jadallashtirish, urugʻdorilagichlardan samarali foydalanish, ularni ishlatish meʼyorlari va tayyorlash texnologiyalariga qatʼiy rioya qilish. |
1. Urugʻlik chigit va urugʻlik donni dorilashda zamonaviy texnologiyalar 2. Qishloq xoʻjaligi ekinlari kasalliklari va zararkunandalariga qarshi qoʻllaniladigan samarali urugʻdorilagichlarni yaratish va sinash ishlarini jadallashtirish. 3. Urugʻdorilagichlarni ishlatish meʼyorlari va tayyorlash texnologiyalariga qatʼiy rioya qilish. |
2020-yil iyun |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), “Oʻzagrokimyohimoya” AJ (Isayev), tegishli vazirliklar va idoralar |
|
8. |
Sabzavot, poliz, dukkakli don, moyli va ozuqa ekinlari navlari va duragay urugʻchiligi tizimini takomillashtirish, elita, yuqori reproduksiyali hamda duragay urugʻlarini yetishtirishni yoʻlga qoʻyish. |
1. Sabzavot, poliz, dukkakli don, moyli va ozuqa ekinlariga boʻlgan talabdan kelib chiqib navlarning elita, yuqori reproduksiyali hamda duragay urugʻliklarini xalqaro standartlar talablari asosida yetishtirishga ixtisoslashgan urugʻchilik fermer xoʻjaliklarini tashkil etish, ichki ehtiyojni taʼminlash va eksportga chiqarishni oshirish. 2. Sabzavot, poliz, dukkakli don, moyli va ozuqa ekinlari navlarining original va elita urugʻliklarini yetishtirish usullarini takomillashtirish, urugʻliklarni tayyorlashda innovatsion va ilgʻor xorijiy texnologiyalarni tatbiq qilish. |
2020-yildan |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), tegishli vazirliklar va idoralar, |
|
9. |
Seleksiya va urugʻchilik sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, olim va mutaxassislarga shart-sharoitlar yaratish va ularni ragʻbatlantirish, urugʻchilik sohasida halqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish. |
1. Elita xoʻjaliklari, urugʻchi va urugʻshunos mutaxassislarning malakasi, kasb mahorati va ular tomonidan yetishtirilgan mahsulot sifatiga qarab moddiy ragʻbatlantirish choralarini koʻrish. 2. Urugʻchilik sohasiga yosh kadrlar va mutaxassislarni jalb qilish, ularni mahalliy va xalqaro institutlarning grant mablagʻlari hisobiga xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishini tashkil etish. 3. Urugʻchilik sohasi rivojlangan mamlakatlar ilmiy muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlik oʻrnatish. |
2020-yildan |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), tegishli vazirliklar va idoralar |
|
10. |
Urugʻchilik boʻyicha halqaro tashkilotlarga (ISTA, OECD. ISF, IPPC va h.k.) bosqichma-bosqich aʼzo boʻlish, urugʻchilik sohasida faoliyat yuritayotgan yirik xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish. |
1. Urugʻchilik boʻyicha halqaro urugʻchilik tashkilotlari bilan aloqa oʻrnatish va ularga aʼzo boʻlish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
2019-yil oktabr |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), Urugʻchilikni rivojlantirish markazi (Namazov), tegishli vazirliklar va idoralar |
|
11. |
Urugʻlik yetishtirish, isteʼmolchilarga yetkazish, import va eksport bilan shugʻullanuvchi xususiy firma hamda korxonalar ishini muvofiqlashtirish. |
1. Xususiy urugʻchilik firma va korxonalari bilan qonunda belgilangan tartibda oʻzaro hamkorlikni oʻrnatish. 2. Urugʻliklarni eksport qilish mexanizmlarini ishlab chiqish, xalqaro bozorga “Uzbek seeds” milliy brendi ostida urugʻliklarni eksport qilish choralarini belgilash. |
2020-yil avgust |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Intellektual mulk agentligi (Fayzullayev), tegishli vazirliklar va idoralar |