Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2021 05.09.2019 yildagi 735-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2021
Hujjat 05.05.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan oʻtkazish va roʻyxatga olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, qishloq xoʻjaligida oʻsimliklarni himoya qilishning samarali usullarini hamda ekologik jihatdan xavfsiz, kam zaharli kimyoviy va biologik vositalarni qoʻllash, kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan oʻtkazish va roʻyxatga olish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 17-apreldagi PF-5708-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi etib qayta tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasi (Davlat kimyo komissiyasi)ni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan oʻtkazish va roʻyxatga olish boʻyicha davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasi Ishchi organini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan oʻtkazish va roʻyxatga olish boʻyicha davlat komissiyasi Ishchi organi (keyingi oʻrinlarda Ishchi organ deb ataladi) etib qayta tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasi Ishchi organining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 274-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligida foydalanish uchun tavsiya etilayotgan respublikada ishlab chiqarilgan va chet eldan olib kelingan kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari hujjatlarini oʻrganib chiqish, ularning biologik jihatdan samaradorligini, toksikologik-gigiyenik va ekologik, shu jumladan tuproq mikroflorasi va faunasiga taʼsirini aniqlash uchun sinovlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligida oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy va biologik himoya vositalari, defoliantlar hamda oʻsimliklarni oʻsishini boshqaruvchi vositalar roʻyxatini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatga olingan kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining inson salomatligiga va atrof-muhitga salbiy taʼsiri, nomaqbul xossalari hamda biologik jihatdan samaradorligi past ekanligi aniqlangan taqdirda ularni qoʻllashni taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllash reglamentlari va qoidalarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan oʻtkazish va roʻyxatga olish boʻyicha davlat komissiyasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda Komissiya toʻgʻrisidagi nizomni, Ishchi organ ustavi va tuzilmasini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasi (Davlat kimyo komissiyasi) faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2005-yil 4-yanvardagi 1-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 1-son, 1-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 5-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
735-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 735-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan oʻtkazish va roʻyxatga olish boʻyicha davlat komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

J.A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, komissiya raisi

2.

Sh.J. Teshayev

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari

3.

R. Ochilov

Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan oʻtkazish va roʻyxatga olish boʻyicha davlat komissiyasi Ishchi organi rahbari, komissiya raisining oʻrinbosari

4.

A. Jalolov

Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktorining oʻrinbosari

5.

X.Z. Xusanov

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

6.

D.S. Mirzaboyev

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh boshqarmasi boshligʻi, Davlat Bosh sanitariya vrachining oʻrinbosari

7.

D.Y. Kattaxodjayev

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari

8.

Sh.M. Miralimova

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti direktori

9.

A.B. Ucharov

Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti direktori

10.

Y.B. Saimnazarov

Akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori

11.

B.A. Sulaymonov

Toshkent davlat agrar universiteti rektori

12.

R.K. Karimov

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti professori

13.

lavozimiga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo boshqarmasi boshligʻi, komissiya kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Davlat komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2019-y., 09/19/735/3694-son; 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son)