ILOVA
ILOVA
|
Bosqichlar |
|
Masʼullar |
|
Oʻtkaziladigan tadbirlar |
|
Bajarish muddatlari |
|
|
||||||
|
1-bosqich |
Bosh prokuratura Akademiyasi, Akademiya qabul komissiyasi |
Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasiga oʻqishga qabul qilish muddatlari, mutaxassislik nomlari va qabul kvotalari toʻgʻrisida Bosh prokuratura va Akademiya rasmiy veb-saytlari hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon berish |
10-maydan boshlab | |||
|
|
||||||
|
2-bosqich |
Bosh prokuratura Akademiyasi, Akademiya qabul komissiyasi aʼzosi — prokuratura organlarining kadrlar tarmoqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari, prokuratura organlari attestatsiya komissiyalari |
Nomzodlar tomonidan ariza va tegishli hujjatlar Akademiya qabul komissiyasi aʼzosi-prokuratura organlarining kadrlar tarmoqlariga topshirish; |
10-iyun — 10-avgust | |||
|
Attestatsiya komissiyalari tomonidan ichki nomzodlar bilan suhbat oʻtkazish va ularning kirish imtihonida ishtirok etishiga oid attestatsiya komissiyasi qarorini qabul qilish. |
||||||
|
Kirish imtihonida ishtirok etadigan nomzodlarning arizalari va ularga ilova qilingan hujjatlarni Akademiya qabul komissiyasiga yuborish. |
||||||
|
|
||||||
|
3-bosqich |
Bosh prokuratura Akademiyasi, Akademiya qabul komissiyasi masʼul kotibi |
Kirish imtihonlari olinadigan fanlar dasturini Akademiya rasmiy veb-saytiga joylashtirish |
Kirish imtihoni boshlanishidan bir oy oldin | |||
|
|
||||||
|
4-bosqich |
Bosh prokuratura Akademiyasi, Akademiya qabul komissiyasi |
Kirish imtihonlari 1. Yozma imtihon (yozma ish va chet tilidan imtihon) ni oʻtkazish. 2. Yozma ishni muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlar bilan suhbat oʻtkazish. |
Qoida tariqasida, bir hafta ichida | |||
|
|
||||||
|
5-bosqich |
Nomzodlar |
1. Kirish imtihoni natijalari boʻyicha shikoyat qilish; |
Kirish imtihoni javoblari eʼlon qilingan kundan boshlab 2 ish kuni mobaynida | |||
|
Apellatsiya komissiyasi |
2. Shikoyatlarni koʻrib chiqish. |
2 ish kunida | ||||
|
|
||||||
|
6-bosqich |
Bosh prokuratura Akademiyasi, Akademiya qabul komissiyasi |
Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarni magistraturaga oʻqishga qabul qilishga tavsiya etish |
12-sentabrga qadar | |||
|
|
||||||
|
7-bosqich |
Bosh prokuratura Akademiyasi boshligʻi |
Qabul qilishni rasmiylashtirish 1. Nomzodlarni davlat grantlari asosida magistraturaga qabul qilish va toʻlov-kontrakt asosida nomzodlarni darsga qoʻyish haqida buyruq chiqarish; |
15-sentabrga qadar | |||
|
2. Nomzodlarni toʻlov-kontrakt asosida magistraturaga qabul qilish haqida buyruq chiqarish. |
1-oktabrga qadar, shartnomada belgilangan toʻlov summasining yarmi toʻlangandan soʻng |