Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Xalqaro mehnat tashkilotining sanoat va savdoda mehnat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi 81-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1947-yil 11-iyul) ratifikatsiya qilish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 3-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 24-avgustda maʼqullangan
Senat tomonidan 2019-yil 24-avgustda maʼqullangan
Xalqaro mehnat tashkilotining sanoat va savdoda mehnat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi 81-sonli Konvensiyasi (Jeneva, 1947-yil 11-iyul) ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-avgust,
OʻRQ-556-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2019-y., 03/19/556/3656-son)