Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“KORXONALAR (TAShKILOTLAR)GA FAOLIYATNING AYRIM TURLARI BILAN ShUGʻULLANISh HUQUQINI BERADIGAN MAXSUS RUXSATNOMALAR (LITSENZIYALAR) BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA nIZOM”GA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-sonli “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 4-son, 23-modda) quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
| Oʻzbekiston Respublikasi va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish | | Vazirlar Mahkamasi |
| Toʻylar, yubileylar va boshqa tantanalarga badiiy xizmat koʻrsatish (konsert qoʻyish) | | Vazirlar Mahkamasi |
| Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazer disklar ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, koʻpaytirish va sotish | | Vazirlar Mahkamasi |
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 21-fevral,
99-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1997-y., 2-son, 7-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 12-son, 81-modda)