OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGINING
Qarori
Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq toʻlashning umumiy shartlari toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 26-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3130-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 538-son “Oʻz kuchini yoʻqotayotgan umummajburiy idoraviy hujjatlarning oʻrniga yangi normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hamda 2003-yil 2-dekabrdagi 537-son “Aholiga shoshilinch tibbiy yordam xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi va Transport vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi va Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining 2019-yil 22-yanvardagi 2-2019/QQ-son, 9-son va 1/103-son qarori (roʻyxat raqami 3130, 2019-yil 23-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3130/2539-son) bilan tasdiqlangan Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq toʻlashning umumiy shartlari toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasi mazkur qarorning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-avgust,
33-2019-QQ-son
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-avgust,
91-son
Transport vaziri A. RAMATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-avgust,
5-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri A. SHADMANOV
2019-yil 9-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi hamda Transport vazirligining 2019-yil 9-avgustdagi 33-2019-QQ-son, 91-son, 5-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq toʻlashning umumiy shartlari toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Tashkilotlar haydovchilarining (yuk avtomobillari haydovchilaridan tashqari) mehnatga haq toʻlash boʻyicha Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlar
|
Yengil avtomobil dvigatelining litrdagi ish hajmi; avtobusning gabarit uzunligi, metrda (avtomobilning texnik pasporti boʻyicha) |
Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlar | ||
|
Umumiy |
Tibbiy xizmat avtomobillari; | ||
|
1. Yengil avtomobillar | |||
|
Oʻta kichik va kichik |
1,8 litrgacha |
1 |
2* |
|
Oʻrtacha |
1,8 litrdan |
2 |
3* |
|
Katta |
3,5 litrdan ortiq |
3 |
4* |
|
2. Avtobuslar | |||
|
Oʻta kichik |
5 metrgacha |
2 |
3* |
|
Kichik |
5 metrdan |
3 |
4* |
|
Oʻrta |
7,5 metrdan |
4 |
5* |
|
Katta |
9,5 metrdan |
5 |
6* |
|
11 metrdan |
6 |
7* | |
|
15 metrdan ortiq |
7 | ||
|
3. Mototsikllar, motorollerlar hamda boshqa ikki va uch gʻildirakli motovositalar | |||
|
Har qanday sinfdagi |
- |
1 |
- |
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi Avtoxoʻjaligi balansida boʻlgan yengil avtomobillar haydovchilariga razryadlar mazkur jadvalda belgilangan razryadga nisbatan uch razryad, boshqa avtomobillar haydovchilariga ikki razryad yuqori belgilanadi.
Qonun hujjatlarida tashkilotga oʻzi uchun alohida razryad belgilash vakolati berilgan boʻlsa, ushbu tashkilotda mazkur jadvalda belgilangan razryaddan boshqa razryadlar qoʻllanilishi mumkin.
* Tez tibbiy yordam avtomobillari haydovchilariga razryadlar mazkur jadvalda belgilangan razryadga nisbatan bir razryad yuqori belgilanadi.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2019-y., 10/19/3130-1/3649-son)