O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportida yuklarni xalqaro tashishni yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 7-iyundagi PQ-4353-son qarori)
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyuldagi 277-sonli “Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishning ruxsatnoma tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportida yuklarni xalqaro tashishni yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 7-iyundagi PQ-4353-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-martdagi 202-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 57-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 21-bandi birinchi xatboshidagi “eng kam oylik ish haqining uchdan” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining to‘rtdan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 25-avgust,
716-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2019-y., 09/19/716/3636-son)