Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bayonnoma
2017-yil 5-oktabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida mineral oʻgʻitlarni yetkazib berish sohasida uzoq muddatli hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirish kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2017-yil 5-oktabrda imzolangan mineral oʻgʻitlarni yetkazib berish sohasida uzoq muddatli hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimning (keyingi oʻrinlarda — Bitim) 8-moddasiga asosan, quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda
Bitimning 3-moddasi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Quyidagilar Tomonlarning mazkur Bitimni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ijro organlari hisoblanadi:
Oʻzbekiston tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati;
Qirgiziston tomonidan — Qirgiziston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vazirligi”.
2-modda
Mazkur Bayonnoma imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi Bitim amal qilishi tugatilgunga qadar amalda boʻladi.
Bishkek shahrida 2019-yil 1-avgustda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, qirgiz va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Mazkur Bayonnoma qoidalarini talqin etishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar rus tilidagi matnga tayanadilar.
(imzolar)