24.08.2019 yildagi PQ-4426-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 31.10.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini jadallashtirishning yangi tizimini joriy etish boʻyicha masʼuliyatini yanada oshirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, aholining isteʼmol tovarlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, respublikada sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha yagona tizimning mavjud emasligi ishlab chiqarish quvvatlaridan toʻliq foydalanilmayotganligiga hamda mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlash orqali qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish darajasining pasayishiga sabab boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, respublikada ishlab chiqarilayotgan tovarlarga oʻxshash boʻlgan tovarlarni chetdan import qilish “Oʻzavtosanoat” AJ, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzmetkombinat” AJ, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi korxonalari hamda Buxoro, Namangan, Sirdaryo, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahridagi korxonalar hissasiga toʻgʻri keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha yagona tizim yaratish, tarmoq va hududlarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan toʻliq va samarali foydalanish orqali butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallarni ishlab chiqarishni oʻzlashtirish hamda sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va import hajmini optimallashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari faoliyatining investitsiyalar jalb qilinishini va eksportni ragʻbatlantirish bilan birgalikda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoniga ilmiy izlanish natijalarini va zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy qilish orqali mahalliy xom ashyo hamda sanoat kooperatsiyasi negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini jadallashtirish eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biri etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmalariga hokimning ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari boʻyicha yordamchisi lavozimi (keyingi oʻrinlarda ― hokim yordamchisi) joriy etilsin. Hokim yordamchisining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika import hajmi va nomenklaturasini chuqur tahlil qilish asosida hamda hududdagi mavjud resurslarni hisobga olgan holda hududda mahalliylashtiriladigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallarning aniq roʻyxatini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy kompaniyalar va tashkilotlarning takliflari va salohiyatini oʻrganish asosida import oʻrnini bosadigan mahsulotlarning eng koʻp talab qilinadigan turlarini oʻzlashtirish boʻyicha xorijiy sheriklarni sanoat kooperatsiyasiga keng jalb etishga doir takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy mahalliylashtirish dasturlari loyihalarini shakllantirish, ularning amalga oshirilishini tashkil etishda, shuningdek hamkorlar topish, uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyishda loyiha tashabbuskorlariga doimiy ravishda amaliy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy mahalliylashtirish dasturidagi loyihalarda belgilangan maqsadli parametrlarga erishishning tizimli monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring natijalari boʻyicha aniqlangan tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga kiritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining hajmi va texnik parametrlari yuzasidan axborotlarni elektron kooperatsiya portaliga joylashtirib va yangilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududdagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga respublikada ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining turlari, texnik tavsiflari va sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berish orqali hududiy sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish va muntazam ravishda hududiy sanoat yarmarkalarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, hokim yordamchisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari va viloyat hokimining oʻrinbosari ― viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi bilan hamkorlikda ishlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlariga koʻra viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitta shtat birligidan iborat oʻzining alohida kotibiyatiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hokim yordamchisi rahbarligida mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari boʻyicha doimiy asosda faoliyat koʻrsatuvchi ishchi guruh tashkil etilsin va uning namunaviy tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tuzilmasini ushbu qarorda belgilangan talablarga muvofiq qayta koʻrib chiqib, yangi tuzilma va boshqaruv xodimlarining shtat birligini tasdiqlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, vazirlik va idoralar ikki oy muddatda ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar (keyingi oʻrinda ― davlat ulushi yuqori boʻlgan korxonalar), shuningdek ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi davlat ulushi yuqori boʻlgan korxonalarga tegishli yuridik shaxslar boshqaruv organlari yigʻilishlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona rahbarining mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda axborot texnologiyalari masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimini kiritish hamda uning faoliyati samaradorligi va natijadorligining asosiy koʻrsatkichlarini tasdiqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlar sotib olish boʻyicha import shartnomalari (ularga qoʻshimcha shartnomalar) va ularning texnik talablarini korxona rahbarining mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda axborot-texnologiyalari masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari bilan kelishish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridlar jarayoni shaffofligi va asosliligi, shu jumladan mahalliy mahsulotlarning sifat va narx boʻyicha belgilangan parametrlarga muvofiqligini hisobga olgan holda import xaridlarini, shuningdek valyuta resurslaridan samarali foydalanilishini har chorakda tashqi auditdan oʻtkazish mexanizmini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari natijadorligi yuzasidan rahbar va xodimlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar samaradorligidan kelib chiqib, ularni ragʻbatlantirish yoki jazo choralarini koʻrish maqsadida, boshqaruv organlari yigʻilishlarida hisobotlarni tinglash amaliyotini joriy etish masalalarini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturiy taʼminotlarni joriy qilish tashabbusi bilan chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda har yili yangilanib boriladigan mazkur qarorning 6-bandi talablari joriy etiladigan yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda ― monitoring yuritiladigan korxonalar) roʻyxatini shakllantirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati tuzilmasida 3 ta shtat birligidan iborat Iqtisodiyot tarmoqlarida va hududlarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari shuʼbasi tashkil qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi (R.A. Gulyamov) vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, shuningdek hokim yordamchilarining mahalliylashtirishni hamda sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish yoʻnalishidagi faoliyatlarini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorning 2, 3 va 9-bandlarida nazarda tutilgan shtat birliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tizimidagi 10 ta va Davlat soliq qoʻmitasi tizimidagi 21 ta shtat birliklarini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish jarayonlarini chuqurlashtirish boʻyicha vakolatli organ sifatida belgilansin va vazirlikka quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallar ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish boʻyicha tarmoq va hududiy korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import tovarlariga boʻlgan respublika ehtiyojlarini doimiy ravishda oʻrganish orqali respublikada mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlashtirilishi tavsiya etiladigan talab yuqori boʻlgan mahsulotlarning elektron roʻyxatini yangilab borish orqali tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha mahalliylashtirish dasturlari loyihalarini shakllantirish, ularni amalga oshirishni tashkil etishda, sanoat kooperatsiyasi asosida hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda amaliy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarning maqsadli koʻrsatkichlari bajarilishini tizimli monitoring qilib borish va hisobotini yuritish, ishlab chiqarish bilan bogʻliq muammolarni vakolatli idoralar bilan birgalikda joyiga chiqqan holda bartaraf etish choralarini koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini jadallashtirishning yangi tizimini joriy etishdagi ustuvor vazifalarni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 10 kun muddatda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish, amalga oshirish va hisobot tizimini yuritish hamda ushbu jarayonda davlat boshqaruvi organlari va loyihalar tashabbuskorlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, davlat xaridlarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish yuzasidan, shu jumladan ochiqlik, shaffoflikni taʼminlash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni keng jalb etish hamda samaradorlik va natijadorlik tahlili borasidagi talablarni strategik ahamiyatga ega boʻlgan, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilishning alohida tartibi belgilangan xoʻjalik jamiyatlari va korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlarining barcha turlariga nisbatan tatbiq etishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar hamda hokim yordamchilari bilan birgalikda ikki oy muddatda mahalliylashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmini 2020-2021-yillar davomida kamida 20 foizga oshirishni, xususan import ulushi yuqori boʻlgan tovarlarning respublikada oʻzlashtirilishini yoʻlga qoʻyish boʻyicha yangi loyihalarni ishga tushirish boʻyicha dasturlar tasdiqlanishini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror loyihasida respublikada mavjud polimer, ip-kalava, charm, jun, ipak, mis, tabiiy tosh, qishloq xoʻjaligi va boshqa birlamchi xom ashyolarni chuqur qayta ishlash orqali qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish hamda texnologik asbob-uskunalarning tez ishdan chiquvchi butlovchi buyumlari, ehtiyot qismlari va materiallarini mahalliylashtirish nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mahalliylashtirish dasturi doirasida ichki bozorda talab yuqori boʻlgan importning oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning istiqbolli loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda ― Jamgʻarma) hisobidan kafillik va kredit foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilish shaklida moliyaviy qoʻllab-quvvatlanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, moliyaviy qoʻllab-quvvatlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-son “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan tartibda Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha kengash tomonidan maʼqullangan loyihalarga ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari ― moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 24-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4426-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-avgustdagi PQ-4426-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari boʻyicha doimiy asosda faoliyat koʻrsatuvchi ishchi guruhning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

lavozimiga koʻra

viloyat (Toshkent shahri) hokimining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari boʻyicha yordamchisi, ishchi guruh rahbari

lavozimiga koʻra

hududiy iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasi boshligʻi, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari

lavozimiga koʻra

viloyat hokimining oʻrinbosari ― hududiy investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari

lavozimiga koʻra

hududiy statistika boshqarmasi boshligʻi

lavozimiga koʻra

hududiy bojxona boshqarmasi boshligʻi

lavozimiga koʻra

hududiy monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshligʻi

lavozimiga koʻra

Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi boshligʻi

lavozimiga koʻra

hududiy davlat soliq boshqarmasi boshligʻi

lavozimiga koʻra

hududiy gʻaznachilik boshqarmasi boshligʻi

lavozimiga koʻra

Markaziy bank hududiy bosh boshqarmasi boshligʻi

lavozimiga koʻra

Oʻzstandart agentligi hududiy inspektorlari

lavozimiga koʻra

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmasi boshligʻi

lavozimiga koʻra

hududiy iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasi boʻlim boshligʻi ― ishchi guruh kotibi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 07/19/4426/3632-son; 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 27.02.2026-y., 07/26/74/0175-son)