Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
qarori
Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 21-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2771-2]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet, Soliq va Bojxona kodekslari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 24-martdagi 20, 2016-14, 01-02/8-10-son qarori (roʻyxat raqami 2771, 2016-yil 30-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 13-son, 124-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 22-iyul,
84-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 22-iyul,
2019-44-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 22-iyul,
01-02/8-40-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 22-iyuldagi 84, 2019-44, 01-02/8-40-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “berilishi mumkin” degan soʻzlar “beriladi” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. 332-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“332. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 56 va 57-moddalariga muvofiq ortiqcha toʻlangan soliqlar summalarini qaytarish yoki hisobga olish uchun davlat soliq xizmati organi axborot tizimida mablagʻlarni qaytarish yoki hisobga olish toʻgʻrisida elektron xulosa tayyorlaydi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash orqali “OʻRMV” ATga elektron tarzda yuboradi. Elektron xulosa tuzishning imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda, xulosalar davlat soliq xizmati organining yozma murojaatiga asosan tegishli gʻaznachilik boʻlinmalariga qogʻoz shaklida yuborilishi mumkin.”.
3. 333-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“333. Davlat soliq xizmati organi axborot tizimidan “OʻRMV” ATga elektron tarzda yuborilgan mablagʻlarni qaytarish yoki hisobga olish toʻgʻrisida elektron xulosa tegishli tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlinmasi tomonidan bir ish kuni mobaynida koʻrib chiqilib qonun hujjatlariga muvofiq xulosada koʻrsatilgan mablagʻlarni qaytarish yoki hisobga olishga eʼtirozlari boʻlmaganida “OʻRMV” ATda xulosani tasdiqlaydi, eʼtirozlar boʻlganida esa, sababini koʻrsatgan holda qaytariladi.”;
ikkinchi xatboshidagi “moliya boʻlimi” degan soʻzlar “gʻaznachilik boʻlinmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 334-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“334. Tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan “OʻRMV” ATda maʼqullangan xulosalar, xulosada koʻrsatilgan daromad shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan joriy tushumlar hisobidan qaytarish yoki hisobga olish uchun bir ish kuni muddatida ijroga qabul qilinadi.”.
5. 371-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“371. Mazkur Yoʻriqnomaning 37-bandida belgilangan muddat oʻtganidan soʻng mablagʻni qaytarish yoki hisobga olish toʻgʻrisidagi elektron xulosani ijro etish “OʻRMV” ATda avtomatik tarzda toʻxtatiladi va qaytarish yoki hisobga olish boʻyicha toʻlov hujjati shakllantirildi.
Bunda toʻlov hujjati tegishli daromad turi uchun qaytarish yoki hisobga olish toʻgʻrisidagi xulosalar tasdiqlangan davridagi belgilangan ajratmalar meʼyoriga mutanosib ravishda xar bir budjet uchun alohida shakllantiriladi.”.
6. 372-bandda:
uchinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari tomonidan” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha gʻaznachilik boshqarmalari tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “moliya boʻlimlari” degan soʻzlar “Gʻaznachilik boʻlinmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “DMJ taqsimlovchisi” degan soʻzlar “Moliya vazirligi Gʻaznachiligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 373-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“373. Gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan “OʻRMV” ATda maʼqullangan toʻlov hujjati shu kundan kechiktirmasdan tasdiqlanadi va mablagʻlar tegishli budjetdan mavjud qoldiqlar doirasida qaytariladi.”.
8. 49 — 53-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
9. 59-band “gʻaznachilik boʻlinmalari” degan soʻzlardan keyin “va xududiy moliya organlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
10. 61-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
11. Quyidagi mazmundagi 651-band bilan toʻldirilsin:
“651. Soliq va boshqa majburiy toʻlovlardan budjet tizimi budjetlariga ajratmalar meʼyorlari boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda yangidan belgilangan ajratmalar meʼyorlari ushbu Yoʻriqnomaning 13 va 14-bandlarida belgilangan tartibda “OʻRMV” ATga kiritilguniga qadar budjet tizimi budjetlariga amalga oshirilgan ajratmalar summasi boʻyicha yuzaga kelgan tafovut Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan daromad turlari kesimida ortiqcha oʻtkazilgan summalarni budjet tizimi budjetlarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan qayta hisob-kitob qilinadi va toʻgʻrilanadi.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2019-y., 10/19/2771-2/3609-son)